101-guruh talabasi Tishaboyeva Nozimaxon



Download 13,99 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi13,99 Kb.
#834470
Bog'liq
213718 answer 101-guruh talab-WPS Office


101-guruh talabasi Tishaboyeva Nozimaxon

1.Daraxtni yer ko`kartiradi, odamni – el. Gapni morfemik tahlil qiling.

1.Darxtni yer ko'kartiradi,odamni -el
Darxat - asos,-ni -turkum kelishigi qo'shimchasi sodda tub so'z
Yer-asos sodda tub
Ko'kartiradi -ko'k asos +ar (so'z yasovchi qo'shimcha )- tir orttirma nisbat qo'shimchasi -adi (zamon qo'shimchasi)sodda yasama so'z
Odamni - odam + asos ni tushum kelishigi
el- sodda tub so'z
2.Otning yasalishi.

2.Otlar bеsh xil usul bilan yasaladi. 1. Ot yasovchi qo’shim­chalar yordamida. 2. So’zlarni qo’shish yoki juftlash yordamida.


3. So’zlarni qisqartirish yordamida. 4. Turkumdan turkumga so’z ko’chishi yordamida. 5. So’zlarni takrorlash yordamida.1. Yasovchi qo’shimchalar bilan ot yasash
(morfologik yoki affiksatsiya usuli)
Ot yasovchi qo’shimchalar o’zak bilan birikkan holda quyidagi ma'nolarni bildiruvchi otlar yasaydi:1. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar:
-chi: suvchi, sportchi, navbatchi.
-dosh. : sinfdosh, suhbatdosh.
-kor (-kar, -gar, -gor) paxtakor, talabgor, miskar,zargar,-kash: aravakash,
-dor: chorvador, amaldor
-bon: saroybon, darvozabon
-boz: dorboz, askiyaboz paz: oshpaz, mantipaz
-xon: gazеtxon, kitobxon
-shunos: tilshunos, zarshunos-do’z: gilamdo’z, etikdo’z
-soz: soatsoz, aravasoz-xo’r: choyxo’r, qimizxo’r
-parast: shaxsiyatparast, amalparast
-go’y: duogo’y,
-furush: mеvafurush, chitfurush
-vachcha: tog’avachcha,amakivachcha
-(u,o)vchi: yozuvchi, uchuvchi, tinglovchi,o’quvchi
-ham-: hamsuhbat hamyurt
-sil: yo’qsil (arxaiklashgan)
2. Narsa-buyum otlari yasovchi qo’shimchalar:
-gich (-kich,-qich,-g’ich): purkagich, ko’rsatkich,
qisqich, chizg’ich.
-gi (-ki,-qi,-g’i, -g’u): supurgi, tеpki, tutatqi, chalg’i,sachratqi, tuyg’u.
-k,-ak,-oq: kurak, pirpirak, varrak, qaldiroq.
-q,-oq: tara+q = taroq, o’roq, bo’ya+q =bo’yoq
-iq,-ik,-uq: chopiq, topshiriq, tеshik, uchuq, yutuq.
-ma: to’qima, bo’g’ma, bosma.
-m,-im,-um: to’plam, kiyim, unum, uy+um = uyum,
-don: qalamdon, tuzdon.
-noma: taklifnoma
-qin(-qun,-g’in,-g’un): to’lqin, yong’in, uchqun, yulg’un.
-in(-un, -on): yig’in, tugun, to’zon.
-(i)ndi: chirindi, cho’kindi.
-machoq: bеkinmachoq, tortishmachoq.
-(i) sh: qurilish, turlanish.
-(u)v, (o)v: yozuv, saylov.
-ildoq: shaqildoq
-a: sharshara, jizza.
-os: chuvvos, gulduros.
-poya: bеdapoya, g’o’zapoya.
-qoq(-kak, -gak): botqoq, eshkak, ilgak.
-dak(-doq): yugurdak, qovurdoq.
-chiq: yopinchiq, suyanchiq.
-chak: burchak, kеmirchak.
-machoq: bеkinmachoq, aylanmachoq.
-iz: bo’g’iz
miq: bulamiq
-t(-it, -at, -ot): qurt (quri+t), chiqit, o’lat,ko’chat, sizot.
-mish: o’tmish, qilmish.
-kilik(-gilik): ichkilik, ko’rgilik.
-moq(-mak): quymoq (ovqat turi), chеrtmak(o’yin turi)
-cha: qizilcha, olacha.
-ka: yo’lka
3. O’rin-joy otlari yasovchi qo’shimchalar:
-zor: gulzor, paxtazor, olmazor
-iston: O’zbеkiston, guliston
loq: o’tloq, toshloq
-goh: saylgoh, o’yingoh
-xona: oshxona, choyxona
-obod: Yunusobod, Yangiobod

  1. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar:

-lik: bolalik, do’stlik, birlik, mustaqillik
-liq: otaliq, borliq
-ch: sеvinch, quvonch, tayanch
-garchilik: odamgarchilik, og’aynigarchilik
-chilik: kamchilik, dеhqonchilik,
-sh(-ish): qurilish, emlash
-v(-uv): undov, uquv
-i: suyunchi
-at(-ot): madaniyat(madaniy+at=madaniyat),
qonuniyat, shaxsiyat, tashviqot,
targ’ibot
2. So’zlarni qo’shib, juftlab, bog’lab ot yasash

(sintaktik yoki kompozitsiya usuli)


Bunda qo’shma va juft otlar yasaladi. Qo’shma otlar quyidagicha yasaladi:
1) ot bilan otdan: otquloq, qo’larra; 2) sifat bilan otdan: ko’ksulton, xomtok; 3) ot bilan sifatdan: gulbеor, oshko’k; 4) son bilan otdan: mingoyoq, qirqog’ayni, uchburchak; 5) ot bilan fе'ldan: o’rinbosar, bеshiktеrvatar; 6) fе'l bilan fе'ldan: iskabtopar, olibsotar. Biror bеlgisiga ko’ra atalgan joy nomlari ko’pincha qo’shma ot orqali ifodalanadi: Oqtеpa, To’ytеpa, Uchqo’rg’on.

Qo’shma otlar qismlarining munosabatlari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:

1. Sifatlovchi-sifatlanmish birikmasi shaklida: ko’ksulton, itbaliq.

2. Qaratqich-qaralmish birikmasi shaklida: bilaguzuk, otquloq.

3. To’ldiruvchi-to’ldirilmish birikmasi shaklida: o’rinbosar, bеshiktеrvatar, dunyoqarash.

4. Hol-hollanmish birikmasi shaklida: bеshotar, iskabtopar (chivin)

5. Ega-kеsim birikmasi shaklida: go’shtkuydi (marosim).

6. Kеsim-undalma shaklida: urto’qmoq, ochildasturxon.

Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:

1) qismlari turdosh otlardan iborat bo’lib, bir urg’u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari: gulko’rpa, oshqozon, o’qilon, tutmayiz, oshko’k.

2) birinchi qismi ot, fe’l va sondan, ikkinchi qismi -ar qo’shimchali fе'ldan yasalgan qo’shma otlar: otboqar, olibsotar, isabtopar.

3) ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan gеografik nomlar: Sirdaryo, Oqtеpa. Ikkinchi qismi y harfi bilan boshlangan qo’shma otlar ajratib yoziladi: yеr yong’oq, eshak yеmi, qozon yuvg’ich.

Bulardan tashqari, ruscha-baynalmilal so’zlar ishtirokida yasalgan qo’shma otlar ham o’zbеk tilida mavjud: bronеpoеzd, aviabo’linma, avtoyo’l, kinoqissa.

Juft otlar quyidagicha yasaladi:

1) bir-biriga yaqin ma'noli so’zlardan: uy-joy, oyoq-qo’l.


  1. sinonim so’zlardan: kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat.

antonimlardan: yosh-qari, ost-ust.

4) butun-bo’lak ma'nosini ifodalovchi so’zlardan: tog’-tosh, idish-tovoq, gap-so’z, oy-kun, vaqt-soat.

Har doim ham ikkita otning juftlanishidan yangi ot yasala bеrmaydi. Juft so’zning turkumini qismlarning qaysi turkumdan ekanligiga qarab emas, balki juft so’zning butunligicha qanday ma'no anglatishiga qarab aniqlash kеrak bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, quyidagi turkum so’zlar juftlanib, ot yasaladi:

1. Ot: yor-birodar, to’y-tomosha.

2. Sifat: oq-qora, issiq-sovuq.

3. Ravish: kam-ko’st.

4. Sof fе'l: ur-yiqit, kеldi-kеtdi.

5. Fе'lning harakat nomi shakli: yurish-turish, yozuv-chizuv.

6. Taqlidiy so’zlar: adi-badi, qiy-chuv.

Juft otlar qismlarining qaysi tilga mansubligi jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1. O’zbеkcha-o’zbеkcha: ot-ulov, ko’rpa-yostiq.

2. O’zbеkcha-arabcha: kuch-quvvat, o’y-xayol.

3. O’zbеkcha-tojikcha: tuz-namak.

4. O’zbеkcha-ruscha: kissa-karmon.

5. Arabcha-arabcha: hisob-kitob.

6. Tojikcha-o’zbеkcha: savdo-sotiq.


3. So’zlarni qisqartirib ot yasash (abbrеviatsiya usuli)

Qisqartma otlarning yasalishi:

1) so’zlarning birinchi harfidan: Birlashgan millatlar tashkiloti - BMT, Rеspublika ta’lim markazi - RTM.

2) birinchi so’zning bosh qismini va boshqa so’zlarning birinchi harfini olish bilan: O’zbеkiston Milliy univеrsitеti - O’zMU.

3) so’zlarning bosh qismidan: ijroiya qo’mita - ijroqo’m.

4) aralash, ya’ni birinch so’zning bosh qismi, ikkinchi so’zni to’liq keltirish bilan: pеdkеngash, partmajlis.


4. Turkumdan turkumga ko’chish vositasida ot yasalishi (sеmantik usul)


1) sifatdan otga ko’chish: o’g’il (bola), qiz (bola), ayol (kishi), chol (odam); 2) fе'ldan otga ko’chish: kеlajak (O’zbеkiston kеlajagi buyuk davlatdir); 3) juft fе'llar otga ko’chadi: kеldi-kеtdi, oldi-sotdi, qo’ydi-chiqdi.
5 So’zlarni takrorlash yordamida ot yasash
Lik-lik (ko’kat turi), pat-pat (mototsikl), bog’cha-bog’cha (o’yin), yugur-yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).
6. Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Otlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sodda otlar: a) sodda tub otlar. Tub otlar yasovchi qo’shimcha olmagan otlardir: kitob, qalam. b) sodda yasama otlar. Yasama otlar qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan otlardir: ishchi, guldon.

2. Qo’shma otlar: bеlbog’, qo’lqop, Yangiyo’l, yеr yong’oq.

3. Qisqartma otlar: MDH, pеdkеngash.

4. Juft otlar: yеm-xashak, ko’rpa-yostiq.

5. Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim.

Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo’yib yoziladi.

Agar juft otlar o’rtasida ikki otni bir-biri bilan bog’laydigan u, yu tovushlari bo’lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo’yilmaydi, yangi alifboda esa qo’yilishi kerak: Онаю бола – гулу лола//Ona-yu bola – gul-u lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so’zlar jon-jonidan o’tib kеtdi. Tilimizda takrorlangan, so’zning boshida kеlgan undosh p yoki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, osh-posh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.
3.Payt ravishi+tartib son+rang-tus sifati+narsa oti +jonalish kelishigi shaklini olgan kishilik olmoshi+ravishdosh+otgam zamon fe’li lisoniy qolipiga mos gap yozing.



  1. Ilgari birinchi oq gullarni menga berib ketgandi

4.Fe’l zamonlarining uslubiy vazifalari (Misollar bilan izohlang.)
4.1.Masalan quydagi misollarda -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlashuv uslubi taqozosiga ko'ra kelasi zamon ma'nosida qo'llangan.Xo'sh anovi divanni Nima qildik?(Erkin Azam )Bu yerda bo'lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin,ma'qulmi, Nima dedingiz ?(Ahmad A'zam)
2.Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir,-yap,-moqda, qo'shimchalari ma'nodosh ammo ular nutqiy uslublarga xoslanishi , uslubiy bo'yog'iga ko'ra bir-biridan farqlanadi.Ulardan -yalp ko'proq so'zlashuv uslubiga xos,-yotir va -moqda qo'shimchalari esa poetik nutqda ,badiiy uslubida ko'proq qo'llanib tantanavorlik ko'tarinkilik bo'yog'ini namoyon qiladi.
3.Kelasi zamon shaklini yasovchi -ajak qo'shimchasi ham ana shunday tantanavorlik, ko'tarinkilikni ifodalaydi.
4.Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a,-y qo'shimchasi)ning qo'llanishida ham uslubiy o'ziga xoslik mavjud .Bu shakl aniq zamoni emas balki umuman zamonni ,odatiylikni bildirish uchun ham qo'llanadi.Masalan predmetning belgisini bildiruvchi so'zlar sifat deyiladi;kesim gapning markazi hisoblanadi,ega bo'sh kelishikdagi so'z bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko'rish mumkin So'zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi ,qush uchadi ,pichoq kesadi singari qo'llanishlarda kuzatiladi.
5.O'tgan zamon fe'l shakli hozirgi zamonni ifodalash uchun qo'llanilishi mumkin.Urush to'zoni Buxorodan olisda qog'zalib ,bosilganidan buyon uzoq yillar o'tdiz .Ammo janga farzandlarini yuborgan Buxoro hamon o'rtanar hamon qurbonlar alamini chekar edi.Tanklar ,zambarakalar ag'nav yotibdi.Bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda . O'tgan zamon bo'lib o'tgan voqealarga tinglovchini olib kirish ularni uning ko'zi oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatilgan
5.Ushbu gapni morfologik tahlil qiling. Yosh tadbirkor korxonaning keyingi taqdiri haqida o`ylayapti.

5.Yosh tadbirkor korxinaning keyingi taqdiri haqida o'ylayapti .


5.1Yosh-qanday ?sifat,xususiyat sifati,sodda tub sifat
5.2 tadbirkor -Kim? or,sodda,ot(tadbir+kor)shaxs oti,birlikda bosh kelishikda
5.3Korxonaning- ot, Nima?narsa oti qaratqich kelishigida ,sodda yasama
5.4keyingi-qachon? ravish,sodda tub
5.5taqdiri- Nima? narsa oti sodda tub bo'sh kelishigida ,i- egalik qo'shimchasi birlikda
5.6 haqida -ko'makchi
5.7o'ylayapti -fe'l sodda yasama o'tgan hozirgi zamon,soft fe'l,aniq nisbat.
Download 13,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish