10-sinf O’zbekiston tarixidan mavzulshtirilgan testlar 1-mavzu (46ta)



Download 143,01 Kb.
bet1/32
Sana20.08.2021
Hajmi143,01 Kb.
#152692
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32


10-sinf O’zbekiston tarixidan mavzulshtirilgan testlar

1-mavzu (46ta)

1. Quyidagi fikr qaysi allomaga tegishli “Tarix millatlarning o’tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o’rganaturg’on ilmdir”.

A) Fitrat B) Behbudiy

C) Fayzulla Xo’jayev D) Hamza Hakimzoda

2. O’zbekiston tarixida sovet davrini belgilang?

A) 1920-1991-yillar B) 1920-1990-yillar

C) 1917-1991-yillar D) 1925-1991-yillar

3. O’zbekiston tarixida sovet davrini necha bosqichga ajratishadi?

A) 4 B) 5 C) 3 D) 2

4. O’zbekiston tarixida sovet davrining birinchi bosqichiga qaysi yillar kiradi?

A) 1920-1924-yillar B) 1917-1924-yillar

C) 1917-1926-yillar D) 1925-1930-yillar

5. O’zbekiston tarixida sovet davrining ikkinchi bosqichiga qaysi yiilar kiradi?

A) 1924-1991-yillar B) 1917-1990-yillar

С) 1917-1988-yillar D) 1925-1991-yillar

6. O’zbekiston tarixida sovet davrining ikkinchi bosqichi qaysi voqeadan boshlanadi?

A) Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tuzulishi bilan

B) 1925-yil fevralda O’zbekiston SSR ning tuzilishi bilan

C) Milliy hududiy chegaralanish o’tkazilgandan so’ng

D) SSSR tuzilishi bilan

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin o’tmish tariximizga boho bergan nutqi yangragan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisi qachon bo’lib o’tgan?

A) 2016-vil 10-dekabrda

B) 2016-yil 14-oktabrda

C) 2017-yil 4-fevral

D) 20l6-yil 14-dekabrda

8. 1917-yildagi voqealar jarayoni, haqida “Rusiyada bosh ko’targan yangi bir balo - bolshevik baiosi” deya baho bergan jadid namoyondasini aniqlang?

A) Fitrat B) Behbudiy

C) Fayzulla Xo’jayev D) Hamza Hakimzoda

9. “Haq olinur, berilmas!” shiori muallifini aniqlang?

A) Fitrat B) Behbudiy

C) Fayzulla Xo’jayev D) Hamza Hakimzoda

10. 1917-yil 27-fevraldagi Fevral inqilobi yangi hisob bilan qaysi kunga to’g’ri keladi?

A) 10-apre! B) 2-mart

C) 12-mart D) 14-yanvar

11. RSFSR (Rossiya) Xalq Komissarlari Soveti raisining Rossiya hududida grigorian kalendari joriy qilinishi to’g’risidagi dekreti qachon c’lon qilindi?

A) 1918-yil 27-fevral B) 1918-yil 31-yanvar

C) 1918-yil 26-yanvar D) 1918-yil 2-mart

12. Fevral inqiiobi davridagi Rossiya imperiyasi poytaxtini belgilang?

A) Petrograd B) Kiyev

C) Moskva D) Orenburg

13. So’nggi Rossiya imperotorini aniqlang?

A) Aleksandr I B) Nikolay II

C) Nikolay III D) Aleksandr IV

14. So’nggi Rossiya imperotori qachon taxtdan voz kechdi?

A) 1917-yil 27-fevral B) 1917-yil 29-fevral

C) 1917-yil 2-mart D) 1917-yil 1-mart

15. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti qaysi shaharda tuzildi?

A) Petrograd B) Toshkent

C) Moskva D) Orenburg

16. Moskvada hokimiyat qachon o’rnatildi?

A) 1917-yil 27-fevral B) 1917-yil 29-fevral

C) 1917-yil 2-mart D) 1917-yil 1-mart

17. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga 1917-yil mart - iyul oylarida boshchilik qilgan shaxsni belgilang?

A) Georgiy Lvov B) Aleksandr Kerenskiy

C) Lenin D) Stalin

18. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga 1917-yil iyul-oktabr oylarida boshchilik qilgan shaxsni belgilang?

A) Georgiy Lvov B) Aleksandr Kerenskiy

C) Lenin D) Stalin

19. Toshkentda ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) qachon tuzilgan edi?

A) 1917-yil 14-mart B) 1917-yil 29-fevral

C) 1917-yil 2-mart D) 1917-yil 7-aprel

20. Muvaqqat hukumat o’rnatilgan vaqtda Turkiston o’ikasi general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qo’mondoni kim edi?

A) Rozenbax B) Vyatkin

C) Vselovskiy D) Kuropatkin

21. Muvaqqat hukumat tomonidan Turkiston o’lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti qachon tuzildi?

A) 1917-yil 1-mart B) 1917-yil 29-fevral

C) 1917-yil 2-mart D) 1917-yil 7-aprel

22. Muvaqqat hukumat tomonidan Turkiston o’lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti qaysi shaharda faoliyat olib borgan?

A) Petrograd B) Toshkent

C) Buxoro D) Turkiston

23. Turkiston komitetiga raislik qilganlardan Nikolay Shchepkin qaysi partiya vakili edi?

A) bolsheviklar В) eserlar

*С) kadetlar D) RSFSR

24. Turkiston komitetiga raislik qilganlardan Vladimir Nakivkin qaysi partiya vakili edi?

A) bolsheviklar *B) eserlar

C) kadetlar D) RSFSR

25. Turkiston komitetiga turkiy xalqlar vakillaridan kimlar kiritilgan edi?

l. Muhammadjon Tinishboyev 2. Alixon Bukeyxonov 3. Fауzulla Xo’jayev 4. Sadri Maqsudiy 5. Zakiy Validiy 6. Abdul Aziz Davletshin

A) 2,3,5,6 *B) 1,2,4,6

C) 1,3,5,6 D) 1,2,3,4

26. “Islom kengashi” qachon tuzildi?

A) 1917-yil 14-mart B) 1917-yil 29-fevral

C) 1917-yil 1-mart D) 1917-yil 7-aprel

27. “Sho’roi Islomiya” qaysi shaharda tuzilgan va faoliyat olib borgan?

A) Petrograd B) Toshkent

C) Buxoro D) Turkiston

28. “Islom kengashi” tashkilotining dastlabki raisini belgilang?

A) Abdulvohidqori Abduraufqori o’g’li

B) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev

C) Munavvarqori Abdurashidxonov

D) Mustafo Cho’qay

29. 1917-yil 16 - 23-aprelda Toshkent shahrida…...

A) “Sho’roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi

B) Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo’lib o’tdi

C) Turkiston komiteti tuzildi

D) “Ittifoqi muslimin” siyosiy partiyasi tuzildi

30. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to’g’ri?

A) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi Turkiston musulmonlarinjng Miiliy Markazi - Turkiston o’lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi.

B) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo’lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o’rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho’roi Islomiya” tashkiloti saflda boMinish yuz berishiga olib keidi.

C) Buxoroda “Sho’roi islom” nomli gazeta chiqarilgan.

D) “Sho’roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko’ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo’llab-quvvatlash aytilgan.

31. Turkiston musulmonlarining Miiliy Markazi - Turkiston o’lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) ning lavozim egalarini to’gri joylashtiring.

1. Mustafo Cho’qay 2. Munavvarqori Abdurashidxonov 3. Ahmad Zaki Validiy

a) kotib b) rais

A) l-a,2-a,3-b B) l-b,2-a,3-а

C) l-a,2-b,3-а D) l-b,2-b,3-a

32. Qachonga kelib “Sho’roi islomiya” ning Samarqand, Qo’qon, Namangan, Andijon, Marg’ilon, Skobelev (Farg’ona), Marv, Turkiston, Oqmachit (Qizilo’rda), O’sh va boshqa shaharlarda shu’balari tuzildi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil fevral

C) 1917-yil iyun D) 1917-yil aprel

33. Qachonga kelib “Sho’roi islomiya”dan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qo’qon va Toshkcntda yangi jamiyat - “Sho’roi Ulamo”ga asos solishdi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil sentabr

C) 1917-yil iyun D) 1917-yil aprel

34. Ulamochiiarning Toshkent shu’basiga kirn rahbarlik qilgan?

A) Sherali Lapin B) Salomon Gersfeld

C) Nosirxon To’ra Kamolxon To’ra o’g’li

D) Mulla Muhiddinxon, Mulla Ulug’xon To’rayev

35. Ulamochiiarning Qo’qon shu’basiga kim rahbarlik qilgan?

A) Sherali Lapin B) Salomon Gersfeld

C) Nosirxon To’ra Kamolxon To’ra o’g’li

D) Mulla Muhiddinxon, Mulla Ulug’xon To’rayev

36. “Sho’roi Ulamo” tomonidan qanday jurnallari nashr qilingan?

A) “al-Izoh” va “al-Isloh” B)”Ulug’ Turkiston”

C) “Turon”, “Katta Farg’ona” D) “Oyna”

37. Toshkentda Turkiston va Qozog’iston musulmonlari qurultoyi qachon o’tkazilgan?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil sentabr

C) 1917-yil iyun D) 1917-yil aprel

38. “Ittifoqi muslimin” siyosiy partiyasi qachon tuzildi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil sentabr

C) 1917-yil iyun D) 1917-yil aprel

39. “Sho’roi Islomiya” va “Sho’roi Ulamo” tashkilotlari bolsheviklar tomonidan qachon tugatildi?

A) 1918-yil mart B) 1917-yil sentabr

C) 1918-yil may D) 1919-yil boshi

40. Rossiyada konstitutsion-demokratik partiya qachon tuzulgan va uning vakillari qanday atalgan?

A) 1906-yil, eserlar B) 1905-yil, eserlar

C) 1905-yil, kadetlar D) 1906-yil, kadetlar

41. Rossiya hukymatidagi sovetlar ichida dehqonlar manfaatini iiimoya qiluvchi guruh qanday atalgan?

A) eserlar B) kadetlar

C) sotsialistlar D) mensheviklar

42. O’zbekiston tarixida sovet davrining birinchi bosqichi qaysi respublikalar tashkil qilingan?

A) Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari

B) O’zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Qozog’iston ASSR

C) O’zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Qozog’iston ASSR, Qirg’iston ASSR

D) SSSR, USSR, BSSR, RSFSR

43. Qism, tarmoq bu…?

A) Menshevik

B) Bolshevik

C) Shu’ba

D) Sho’ba

44. Qizilo’rda 1917-yilda qanday nomlangan?

A) Skobelev

B) Verniy

C) Oqmasjid

D) Marv

45. Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi tuzulganidan qancha vaqt o’tib bolsheviklar va mensheviklar guruhi ajralib chiqqan?

A) 4 yil

B) 5 yil

C) 3 yil

D) 2 yil

46. Qaysi guruh sovetlar ichida dehqonlar manfaati himoya qilgan?

A) Kadetlar B) Bolsheviklar

C) Eserlar D) Mensheviklar




Download 143,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish