10-Mavzu. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish



Download 10,64 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi10,64 Kb.
#253140
Bog'liq
10-Mavzu. 


10-Mavzu. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish 

  Reja:


1.  Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirilishi.

2.  Markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyoti asoslarini, qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish.

3.  Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini shakllantirish. Hududlar iqtisodiyotining mutanosib rivojlanishi.

4.  Iqtisodiyotni erkinlashtirish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda kichik biznesni rivojlantirish zarurati.

5.  Moliya-bank sohasini isloh qilinishi.

6.  Soliq siyosati – iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlaridan boshlab, jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirib, shu asosda odamlarda mulkdorlik tuyg‘usini uyg‘otishga jiddiy e’tibor qaratildi. Endilikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarimizning mantiqi va izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor, avvalo, shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulk hquqularining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o‘z biznesiga behavotir investisiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko‘paytirishi, o‘z mulkiga o‘zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim” - deb ta’kidlagan.  Tadbirkor va ishbilarmonlarning bunyodkorlik harakatlari mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismi sifatida o‘zining ijobiy samarasini bera boshladi. Eng asosiysi – so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari barqaror tus oldi. Erkin iqtisodiyotning sinalgan tamoyillariga izchil amal qilinishi natijasida tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati oshdi. Pirovardida, kichik biznesning shakllari kengayib, aholining mulkka egalik tuyg‘usi uyg‘ona boshladi. Bu hol o‘rta mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib bermoqda.

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari, ularning faoliyati haqida gapirganda, ushbu sub’yektlar faoliyat olib borayotgan muhit – iqtisodiy, ijtimoiy va qonuniy tizim muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari uchun ma’lum iqtisodiy zona mamlakat misolida olinadigan bo‘lsa, shu mamlakatda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishning qonuniy asoslari qay darajada yo‘lga qo‘yilgan va u amaliyotda qanday ishlamoqda; mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun iqtisodiy imkoniyatlar mavjudmi, ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanishning ijtimoiy jihatlari o‘zida nimalarni mujassam etadi, degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Shunday ekan, yuqoridagi faktorlarni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekistondagi kichik biznes va tadbirkorlik muhitini o‘rganish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish ushbu sohani yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishni demokratlashtirish, nomarkazlashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik institutlari nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning rolini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Bu davrda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda asosiy qonuniy hujjat — 2000 yil 25 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni xizmat qildi. Ushbu Qonunning asosiy vazifasi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat edi. Ushbu Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” deb ko‘rsatilgan. Demak, ushbu ta’rifga asosan, tadbirkorlikda 4ta asosiy tushuncha muhim o‘rin egallaydi, ya’ni — tavakkalchilik, mulkiy javobgarlik, daromad olish va qonunda man etilmagan tashabbuskor faoliyat deb belgilangan edi.

Davlatning  iqtisodiy boshqarish tizimini nomarkazlashtirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi orasidagi farqlarning chuqurlashib ketishining oldi olinadi hamda ularni bir-birlariga yaqinlashtirishga harakat qilinadi. Chunki boshqarishni o‘ta markazlashtirish, odatda, hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi farqlarning kuchayishiga olib keladi. Chunki “markaz” hududlarning ehtiyojini ob’yektiv ravishda to‘la hisobga olishga qodir emas. Shuningdek, markazlashgan boshqarish tizimi joylardagi ma’muriy va xo‘jalik sub’yektlarining faolligi va tashabbuskorligini bostiradi.

Iqtisodiyotni modernizasiyalash va isloh qilishni yanada chuqurlashtirish istiqbollari.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, "... asosiy yetakchi sohalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga, molik loyihalarni amalga oshirish uchun siyosatni olib borish"[13] inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Demokratik          bozor         islohotlarini         va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi 2009-2012 yillarga mo‘ljallab   qabul   qilingan  Inqirozga  qarshi  chora-tadbirlar  dasturida nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat edi:

·            Eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari;

·            Mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko‘rsatuvchilari

mahsulotlariga ichki talabni noinflyasiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha

choralar;

·            Iqtisodiyotning real sektori sohasida resurs bazasini kengaytirish va investision faollik o‘sishini ta’minlash choralari;

·            Elektro-energetika sohasini modernizasiya qilish, energiya sig‘imini

qisqartirish va energiyani tejash tizimini joriy etish;



Kichik biznesning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga ko‘maklashish. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim
Download 10,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish