10-ma’ruza: Xiva adabiy muhitidagi madaniy hayot reja: XVII-XVIII (I yarmi) asrlarda ijtimoiy-siyosiy hayot. Tarixnavislik. Xalq kitoblari. Sayyodiy va uning Tohir



Download 58,89 Kb.
bet1/9
Sana31.08.2021
Hajmi58,89 Kb.
#160283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-ma'ruza


10-ma’ruza: Xiva adabiy muhitidagi madaniy hayot

REJA:


  1. XVII-XVIII (I yarmi) asrlarda ijtimoiy-siyosiy hayot.

  2. Tarixnavislik.

  3. Xalq kitoblari.

  4. Sayyodiy va uning «Tohir va Zuhra» dostoni.

Tayanch so‘z va iboralar: Ijtimoiy-siyosiy hayot, adabiy-madaniy hayot, lug‘at asarlar, tarixnavislik, adabiy tazkiralar, xalq kitoblari, she’riy va nasriy shakl, xalq qissalari, dostonlar.

Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida markazlashgan kuchli davlatning poytaxti Samarqand bo‘lib, uning o‘g‘li Shohruhmirzo bu davlatni shartli tarzda ikki — Xuroson va Movarounnahr davlatlariga ajratdi. Natijada Xuroson poytaxti Hirot shahrining siyosiy va ilmiy-madaniy markazlik mavqei oshib bordi. Ayniqsa, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy yashab, ijod etgan davrda (XV asming II yarmi) bu yerda adabiyot va san’at ancha taraqqiy etdi. XVI asr boshlariga kelib esa, tanazzulga yuz tutgan temuriylar davlati o‘miga o'zbek uruglaridan Muhammad Shayboniy (1451—1510) boshliq shayboniylar sulolasi keldi. Shayboniylaming Turkiston va Xurosondagi hukmronliklari XVI asr oxirigacha davom etdi va u ashtarxoniylaming hokimiyatga kelishi bilan barham topdi. Shayboniylar va ashtarxoniylar hukmronliklari davrida poytaxt qilib Buxoro tanlandi.

Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham o'zaro nizolar, tarafkashlik janglari, ba’zan hokimiyatga qarshi qo‘zg‘olonlar davom etdi. Mustaqil xonliklarga ajralish harakati to'xtamadi. Awal Xiva (XVII asr boshlarida), so‘ng Buxoro xonliklari yuz aga keldi. Shunday qilib, XVIII asr o‘rtalariga kelib ashtarxoniylar sulolasi barham topdi.

Shunday bir beqaror vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori Nodirshoh 0‘rta Osiyo xonliklariga hujum boshladi, Xiva, Buxoro xonliklari hududlarida bir qancha vaqt o‘z hukmronligini yurgizdi. Shaharlami (Xiva, Buxoro, Samarqand) to'pga tutib, vayron qildi; u yerlardagi noyob narsalami o‘lja sifatida Eronga jo‘natdi. Ular ichida Mirzo Ulug'bek hozirgi Qirg‘izistonning Chu vodiysi tog‘larida mo‘g‘ul xonlaridan Shermuhammadxonga qarshi janglar olib borib, uning saroyidan o‘lja sifatida Samarqandga keltirgan va bobosi Sohibqiron Temur sag‘anasiga qo‘ydirgan qora yashm tosh hamda Bibixonim masjidining naqshinkor darvozasi ham bo'lgan. Keyinchalik Nodirshoh Olloh taoloning qahridan qo‘rqib, ulami yana Samarqandga qaytargan ekan.



  1. asming II yarmiga kelib mahalliy zodagonlar va istibdod joniga tekkan fuqaro isyonlari tufayli xonliklar tiklandi. Xiva bilan Buxoro xonligi o'rtasida, shu xonliklaming o'zida ichki ziddiyatlar avj olib, uzluksiz nizolarga sabab bo‘ldi. Bir oz vaqt o‘tib xonliklar o‘rtasidagi chegaralar va munosabatlar muayyan darajada mo’tadillashdi. Shu davrda Faig‘ona vodiysida Qo‘qon xonligi vujudga keldi va u qisqa vaqt ichida iqtisodiy-siyosiy jihatdan o‘z mavqeini yaxshilab, Buxoro va Xiva xonliklari bilan raqobatlasha oladigan mustaqil bir davlatga aylandi. Bu xonlikka Faig'ona vodiysi shaharlari, Isfara va boshqa chegaradosh joylar qarar edi. XVIII asming oxiridan Qo'qon xonlari — amir Olimxon va Umarxon olib borgan urushlar tufayli xonlik hududi Qashqar (Sharqiy Turkiston) shahridan Norin uzilishigacha, Janubdan Tibetgacha, Shimoldan—Toshkent, Chimkent orqali Dashti Qipchoqqacha (Oq Masjidgacha) kengaytirilgan edi.

XVII—XVIII asrlarda Turkiston xalqlari madaniyati, san’ati, ma’naviy hayoti asosan uch mustaqil xonlik hududida rivojlandi. Bu xonliklarda ko'plab iste’dodli tarixchilar, tazkiranavislar, xattotlar, musiqashunoslar, musiqa ustalari, shoir va adiblar yashab, barkamol asarlar yaratdilar.

Xullas, madaniy-adabiy hayot uch xonlik doirasida ijtimoiy- tarixiy sharoitga qarab, goh siljishda, goh turgunlikda, goh tanazzulda bo‘lib turdi. Xon va amirlar, hukmron guruh vakillari, mulkdor shaxslar madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, ziyoratgohlar qurdirardilar. XVII—XVIII asrlar mobaynida Toshkentda Baroqxon madrasasi, Buxoroda Mir Arab, Abdullaxon, Abdulazizxon madrasalari, Nodir devonbegi masjidi, shu shaxsning Samarqandda Xoja Ahror Vali masjidi yonida qurdirgan madrasasi, Samarqandda Sherdor, Tillakori, madrasalari, Xivada Arabmuhammad madrasasi, Anushaxonning Oq masjidi, keyinroq XVIII asr davomida Xivada qurilgan Madrasai Sherg‘ozixon, Madrasai Muhammad Amin inoq, Buxorodagi Madrasai domlo Tursunjon, Qo‘qondagi Madrasai Emazar elchi, Qo‘qondagi Madrasai Mir, Madrasai Xonxo‘ja kabilar shunday arxitektura obidalaridan edi.

Madrasai oliyalar, umuman, madrasalardagi ta’lim-tarbiya, tahsil jabhalarida Islom tarixi, Qur’on va hadislami, aqoidga, fiqhga doir kitoblami mutolaa, qildirish bilan birga o‘z shogirdlariga Ahmad Yassaviy hikmatlari, Rabg‘uziy qissalari, Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Bedil kabi muborak zotlaming diniy va dunyoviy fikrlarini singdirishga harakat qilgan mudarrislar ham ko‘p bo‘lgan. Xivadagi madrasai oliyalardagi Said Muhammad Oxund, Mavlono Yahyo, Davlatmamad Ozodiy (Maxtumqulining otasi), Mavlono Kiromiy (Munisning ustozlaridan) kabi mudarrislaming ko‘plari ham mudarris, ham shoir sifatida ta’lim va badiiy adabiyotimiz tarixida muhim iz qoldiigan siymolardir.

Bu asrlarda bir qancha iste’dodli kotiblar, xattotlar o‘zlarining nozik hunarlari bilan qanchadan-qancha diniy-tasawufly asarlami, ta’lim-tarbiyaga doir risolalami, badiiy asarlami — devon, bayoz, majmualami xilma-xil yozuv-husnixatda kitobat qilganlar. Ayrim zamonaviy ilmiy asarlarda ulaming sermashaqqat, lekin sharafli ishlari zikr etilgan.




Download 58,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot