10-ma’ruza. Merkuriy. Venera yer fizikasi. Oy. Oy orbitasi va uning fazalari. Oyning aylanish davrlari. Oyning aylanishi va libratsiyasi. Yoritqichlarning Oy bilan to’silishi. Quyosh va Oy tutilishlari. Saros. Mars



Download 3,27 Mb.
bet12/12
Sana28.09.2021
Hajmi3,27 Mb.
#187671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
19- mashgulot

yordamida tekshirish
Luna-17» va «Luna-21» Oyga eksperimental laboratoriyalar («Lunoxod-l» va «Lunoxod-2»)ni eltdi. Bu laboratoriyalar Oyda bir necha o‘n kilometrlik masofani o‘tib, uning relyefi, tuprog‘i tarkibi, seysmik va vulqonli hodisalar, kosmik nurlar hamda shu kabi ko‘plab hodisalarni uzoq vaqt davomida o‘rgandi.

Oydan keltirilgan tuproq namunalarining analizi, Oy tuprog‘i asosan to‘rt xil jinslardan: mayda donador, g‘ovak yirik donador jinslardan, brekchiya deyiluvchi minerallar siniqlaridan va regolit (mayda zarrachalar va changlar)dan tashkil topganligini ko‘rsatdi. Bulardan birinchi uch xili kimyoviy jihatdan bir xil bo‘lib, regolit esa meteor moddalar aralashmasidan iboratliligi aniqlandi va u Oy materiklari uchun xarakterli jins degan xulosaga kelindi.

1969-yilning iyunida AQSHning «Apollon-ll» kosmik apparatida ikki astronavt - Armstrong va Oldringlar Oyga qo‘ndi. Oy ustida ular uzoq sayr qilib, Yerga Oy sirti toshlari, tuprog‘i, kristallarini olib qaytishdi. «Apollon»lar Oyga 12 astronavtni muvaffaqiyatli qo‘ndirib, Oyning relyefi, fizik tabiatiga tegishli qimmatli ma'lumotlarni qo‘lga kiritishdi (10-rasm).

Osoyishtalik «dengizi»dan olingan namunaning («Apollon-l 1») tarkibi 40-45% alyuminiy, 4-6% titan va magniyga ega bo‘lib chiqdi. Bo‘ronlar «okeani»dan olingan namuna («Apollon-12») esa biroz boshqacha bo‘lib, unda titan 2-3 marta kam, magniy, kobalt, vanadiy va skandiy esa aksincha ko‘p bo‘lib chiqdi. Agar Yer va Oy jinslarining kimyoviy tarkibi to‘g‘risida gapirilsa, bu jinslarda anchagina farq topiladi. Bu masalada ayniqsa, Oy changi deb nomlangan Oy sirti qatlami tabiati jihatidan diqqatga sazovordir. Uning tarkibi kristall siniqlari, temir-nikel aralashmali shisha donachalari, bir jinsli tiniq shisha parchalaridan tashkil topgan bo‘lib, yuqori vakuum sharoitida joylashgani tufayli juda yopishqoqligi ma'lum bo‘ldi.



Oyni o‘rganishning tabiat fanlari uchun muhimligi, uning atmosferadan xoliligidadir. Oyga o‘rnatilgan kichik teleskop Yerdagi katta teleskoplar yordamida olingan osmon jismlari rasmlaridan bir necha marta sifatli materiallar olishga imkon beradi. Oyda o‘rnatilgan o‘rtacha kattalikdagi observatoriya Yerdagi o‘nlab observatoriyalar xizmatini a'lo darajada o‘tay olishi mumkin. Shuningdek, muayyan Yer atmosferasi elektromagnit nurlarining juda kam qisminigina o‘tkazib, qolgan qismlari uchun «tiniq» emas. Oyda esa barcha to‘lqin uzunliklarida Koinotni o‘rganish imkoniyati mavjud. Kosmosdan sayyoramiz tomon turli to‘lqin uzunligidagi nurlardan tashqari, elementar zarrachalarning oqimi ham uzluksiz kelib turadi. Bu zarrachalarning manbalari portlovchi Yulduzlar, tumanliklar va asosan Quyoshdagi aktiv hodisalardir. Kosrnik nurlar deb yuritiluvchi bu oqim zarrachalari turli qiymatdagi energiyaga ega bo‘ladi. Kosrnik nurlarning Yer atmosferasida ko‘plab yutilib qolishi, ularni to‘la o‘rganishga imkon bermaydi. Oy sirtida turib bu nurlarni o‘rganish esa, fiziklar uchun juda samarali bo‘lib ko‘p yangiliklar bera oladi.

Shuningdek, Oyda qazilma boyliklar, qimmatbaho mineral va rudalar koni bo‘lishi mumkinligi, uning tuproq namunalarini o‘rganishdan ma'lum bo‘ldi.

Yaqin yillarga qadar Oyning kelib chiqishi haqida hukmronlik qilgan gepotezani biolog Charlz Darvinning o‘g‘li matematik va astronom Djoris Darvin taklif qilgan edi. Bu gepotezaga muvofiq, Oy Yerdan uning evolyutsiyasining dastlabki bosqichida ajralib chiqqan deb tushuntiriladi. Sayyoralaming Quyoshdan ajralganligi haqidagi kosmogonik gepoteza, hisoblashlar natijasida o‘zini oqlamagach, Darvinning gepotezasi asosiga ham putur yetdi.

Hozirgi davrda Oyning kelib chiqishi haqida ikkita gepoteza mavjud boiib, bulardan biriga ko‘ra (Yuri, Derbiger va Alven) Oy Quyosh atrofida Yerga yaqin masofada aylanuvchi kichik sayyora bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan Yerga yaqinlashib, u bilan «ushlanib» qolgan. Natijada Yerning tabiiy yo‘ldoshiga aylangan.



Ikkinchi gepotezaga ko‘ra (B.Yu. Levin boshchiligidagi guruh) Oy Yer • atrofida yig‘ilgan chang zarrachalaridan, Yerning massasi hozirgi massasining qariyb 0,3-0,5 qismini tashkil qilgan davrlarda hosil bo‘lgan. Bu gepotezaga ko‘ra, Oyning «yoshi» Yerdan 100-200 million yilga kamroq bo‘lishi zamonaviy ma'lumotlarga mos kelishi bilan diqqatga sazovordir. Bu ikki gepotezadan qay biriga ko‘proq yon berish hozircha qiyin bo‘lsa-da, Oyning ichki strukturasini va yoshini aniq o‘rganish, yaqin kelajakda bu kosmogonik muammoni hal qilishga to‘la imkon beradi.
Nazorat uchun savollar
1. Katta sayyoralarning ikki guruhi.

2. Yer – Оy tizimi.
Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish