10-ma’ruza. Merkuriy. Venera yer fizikasi. Oy. Oy orbitasi va uning fazalari. Oyning aylanish davrlari. Oyning aylanishi va libratsiyasi. Yoritqichlarning Oy bilan to’silishi. Quyosh va Oy tutilishlari. Saros. Mars



Download 3.27 Mb.
bet11/12
Sana28.09.2021
Hajmi3.27 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Oy - Yer yo‘ldoshi. Oy Yerga eng yaqin osmon jismi bo‘lib, u sayyoramiz yo‘ldoshidir. Oyning Yer atrofidagi orbitasi barcha sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi ellips shaklidadir. Shu tufayli Oyning Yerdan uzoqligi biroz o‘zgarib turadi. U Yerga eng yaqin kelganda (orbitaning perigeyida) 363400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405400 kilometr masofada bo‘ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo‘lib, uning hajmi Yer hajmining ellikdan bir qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortishish kuchi Yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda g‘arbdan sharqqa tomon siljib, 27 kun 8 soatda Yer atrofini bir marta toia aylanib chiqadi. Oy o‘z o‘qi atrofida ham xuddi Shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shu bois u bizga (ya'ni Yerga) doimo bir tomoni bilan ko‘rinadi. Oy o‘zidan nur chiqarmaydi. Quyoshdan tushayotgan nurlarni qaytarishi hisobiga bizga ko‘rinadi.

Oyda atmosfera deyarli yo‘q. Oyning massasi Yerning massasidan 80 marta kichikdir.

Oyda olam qutbi Yerdan qaraganda, atrofida Yulduzlar aylanma harakat qiladigan Qutb Yulduziga mos kelmaydi. Yerda, Olamning shimoliy qutbi Kichiq Ayiq Yulduz turkumining a Yulduziga to‘g‘ri kelsa, Oy uchun qutb - Ajdaho Yulduz turkumining co Yulduziga to‘g‘ri keladi va u yerda shu Yulduz atrofida boshqa Yulduzlar aylanma harakatlanayotgandek tuYuladi (Oy o‘z o‘qi atrofida aylanganligi tufayli).

Oy relyefida Yernikiga o‘xshash obyektlar ko‘plab topiladi. Oyda ham pasttekisliklar, tepaliklar va tog‘lar bor. Bu obyektlarni birinchi marta Galileo Galiley 1610-yilda Oyni o‘zi yasagan teleskopdan kuzatib topgan edi. U pasttekisliklarga «dengizlar» deb nom bergan. Dengizlar degan nom shartli ravishda hozirgacha qo‘llanilsa-da, aslida u yerlarda suvdan asar ham yo‘q (69-rasm).

Oy sirtida ham Yerdagi kabi vulqon otilishi hodisalari bo‘lib turishini 1958-yili sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi bosh astronomik observatoriyasi (Pulkovo) professori N. A.Kazirov aniqladi. O‘sha yili olim Alfons krateridan gaz otilishini teleskopdan kuzatdi.

Oydagi tog‘lardan eng yiriklari Alp, Apenin va Kavkaz tog‘lari deb nomlangan. Tog‘larning balandligi ba'zan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, Oyda halqali tog‘lar ko‘plab uchraydi (98-rasm). Sirklar deb ataluvchi yirik halqali tog‘lardan Klaviy va Shikkardlarning diametrlari 200 kilometrgacha yetadi. Yerdagi tog‘lardan farqli o‘laroq, Oy tog‘lari ko‘proq tik chiqqan bo‘ladi. Oy orqa tomonining relyefi birinchi marta 1959-yili uchirilgan «Luna-3» avtomatik stansiyasi olgan rasmlardan nia'lum bo‘ldi va Oyning to‘liq globusini tayyorlashga imkon berdi. Oy orqa tomonining relyefi, bizga ko‘rinadigan old tomoni relyefidan biroz farq qilib, «dengizlar» deyiluvchi pasttekisliklar kamroq kuzatiladi.



«Luna-l 6», «Luna-20», «Luna-24» avtomatik stansiyalari Oy tuprog‘i va jinslaridan namunalar keltirdi.

«




10 – rasm. Oy sirtini “Appolon” ekipaji


Download 3.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat