1 zulmat ostonasidagi muhabbat (1-fasl) Stefani Mayer


https://telegram.me/e_kutubxona



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana22.09.2019
Hajmi1,24 Mb.
#22472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Sumerki


 https://telegram.me/e_kutubxona

171
― Faqat jahling chiqmasin...
― Jeykob, sendan xafa bo’lishga hech qanday asosim yo’q. Billi amakidan ham
xafa emasman. Gapiraver.
― Bella, bilaman bu ahmoqlik, lekin dadam yigiting bilan uchrashmasligingni
istayapti. Sendan iltimos qilishimni so’radi.
― Billi amaki juda irimchi-da...
― Ha. Finiksda falokatga uchraganingda dadam aqldan ozay dedi. Dadam
ishonmadi... - u gapini oxirigacha aytolmadi...
― Men zinadan yiqilib tushdim, - dedim dona-dona qilib.
― Bilaman, - dedi u tezgina.
― Dadang shu ishda ham Edvardning qo’li bor deb o’ylayaptimi? - jahlim chiqdi.
Jeykob boshini yerdan ko’tara olmadi.
― Hech bo’lmasa, sen gapimga ishon, - gapim samimiy chiqdi shekilli Jeykob
tortinib qarab qo’ydi. ― Edvard rostdan ham hayotimni saqlab qoldi. Agar Edvard 
bilan doktor Kallen bo’lmaganida hozir birga raqs tushmayotgan bo’lardik.
― Albatta, - dedi u gaplarimga ishonib. Jeykob dadasiga ham ta'sirini o’tkaza
olishidan umid qilardim.
― Lekin dadam yana bir gapni yetkazib qo’yishimni so’radi.
― Xo’sh... Gapiraqol cho’zmasdan...
― Mayli... Eh, shunaqa ahmoqlik ham bo’ladimi... - peshanasini tirishtirdi yigit.
― Dadam haligi... biz seni kuzatib yurishimizni aytdi. Bella, men bu ishda ishtirok
etmoqchimasman!
Kulib yubordim xuddi ayg’oqchilar haqidagi kinolardagidek.
― Xo’sh, dadamga nima deb qo’yay? O’z ishingizdan qolmang, deymi?
― Yo’q, - xo’rsindim. ― Rahmat deb qo’y. Axir Billi amaki menga yaxshilik
istayapti-ku!
Qo’shiq tugagach sekin qo’limni oldim. Lekin Jeykob qimirlamadi.
― Balki yana raqs tusharmiz? - dedi u boshini egib. ― Senga biror narsa olib
kelaymi?
― Rahmat, Jeykob, - gapga aralashdi yerdan chiqqandek qarshimizda paydo
bo’lgan Edvard. ― Bellaga g’amxo’rlik qilishni o’zimga qo’yib ber!
Jeykob cho’chib tushdi.
― Qachon paydo bo’lding... Sezmay qolibman. Mayli, Bella, uchrashguncha, -
dedi u va ikkilanib orqaga tisarildi.
― Ko’rishguncha, - dedim men ham.
Navbatdagi musiqa yangragach, Edvard xo’jayinlarcha belimdan quchdi, men esa
sekingina mushakdor yelkasiga bosh qo’yib so’radim:
― Tinchlandingmi?
― Unchalik emas.
― Billi amakidan jahling chiqmasin. U dadamning yaqin do’sti, menga yaxshilik
istaydi.
Undan emas, o’g’lidan jahlim chiqyapti.
Ishonqiramay ko’zlariga tikildim.
― Nega?
 https://telegram.me/e_kutubxona

172
― Birinchidan, uni deb va'damni buzdim. Yoningdan jilmayman deb so’z
bergandim.
― Ha-ya, mayli kechirdim.
― Rahmat. Lekin bu hammasi emas.
Sabr bilan davomini kuta boshladim.
― U ko’rinishing chiroyli dedi, - qovog’ini uydi Edvard, ― Sen shunchaki
chiroyli emas juda go’zalsan.
― Oshirvording, sen xolis baho bermaysan.
― Yo’q, xolisman! - biz musiqaga mos aylana boshladik.
― Xo’sh, bu taraddudning sababini tushuntirib berasanmi? - so’radim.
Edvard hayratlanib tikilganini ko’rib, ko’zimni olib qochish uchun devordagi
gullarga qaradim. Shundan keyin biz aylangancha tashqariga qarab harakatlana
boshladik.
Yo’lda raqs tushayotgan Mayk bilan Jessikaga duch keldik, ular bizga qo’l siltab
qo’yishdi. Mana Anjela, Li, Samanta... Barcha sinfdoshlarim bizga havas bilan
qarashar, biz esa gir aylangancha ularning yonidan suzib o’tardik.
Nihoyat maktab hovlisiga chiqdik. Quyoshning so’nggi nurlari ostida bir-birimizga
termulgancha ancha payt turib qoldik. U o’jarlik bilan lablarini qimtidi.
― Nima gap? - so’radim. Edvard qorong’u osmonga chiqib kelgan oyga tikildi.
― Yana qorong’ulik... Kun qanchalik yaxshi bo’lmasin, baribir tugaydi...
― Dunyoda vaqt ta'sirini o’tkaza olmaydigan narsalar ham bor, - shivirladim.
― Men seni bitiruv kechasiga olib kelish uchun taraddud qilgandim, - nihoyat
savolimga javob berdi u. ― Chunki hayoting tabiiy kechishini istayman. Hamma
odamlarniki qatori... Agar Karlayl meni olib qolmaganida, menda ham shunday
bo’lardi. Afsuski, o’shanda o’lib ketmaganman...
Titrab ketdim.
― Albatta, o’z ixtiyorim bilan bitiruv kechasiga kelarmidim? . Agar sen mendan
uch ming marta kuchli bo’lmaganingda, kelmasdim.
Edvard jilmaydi, lekin ko’zlari sovuq boqib turardi. U oyga tikilib qoldi, men esa
unga.
― Bitta savolimga javob berasanmi? - dedi oydan ko’z uzmay.
― Sendan biror nimani yashirganmidim?
― So’z ber.
― Yaxshi, - dedim va shu zahoti afsuslandim.
― Bitiruv kechasiga olib kelayotganimni bilib nega hayratlanding?
― Shunchaki...
― Demak boshqa narsadan umid qilgansan! Seningcha men seni qayerga taklif
qilishim mumkin edi?
So’z berganimga pushaymon bo’lib, "gapirgim kelmayapti" dedim.
― Va'da berding!
― Esimda... - u meni uyalyapti deb o’yladi.
― Unda gapir.
― Aytsam jahling chiqadi-da...
― Baribir nima kutganingni bilishim kerak, - Edvardning qovog’i uyuldi. -
 https://telegram.me/e_kutubxona

173
Xo’rsindim, undan qutulish osonmas.
― M-men biror muhimroq voqeaga tayyorlanayapmiz deb o’ylabman... - dedim
cho’zib. ― Odamlarga xos bitiruv kechasiga emas! - dedim yerdan ko’z uzmay.
― N-nima? Odamlarga hos? - qayta so’radi u.
― Mayli, - taslim bo’lib ochiqcha gapirishga qaror qildim. ― Men fikringdan
qaytdingmi deb o’ylabman... - uning jahli chiqqanini ko’rib, darrov qo’shimcha 
qildim:
― O’zing so’rading, aytmoqchi emasdim...
― Rostdan ham shunchalik xohlayapsanmi? - hayratlandi Edvard.
Men bosh silkidim.
― Unda tayyorlan! Hozir hammasi tugaydi va hayotingning zulmati boshlanadi!
Kelajaging bilan xayrlashishga ham tayyormisan?
― Yo’q. Bu men uchun hayotimning intihosi emas, ibtidosi bo’ladi!
― Men bunga arzimayman, Bella!
Kulib boshimni ko’targanimda ko’zlarimiz uchrashdi.
Esingdami, menga o’z qadringni bilmaysan deganding? Sen ham shunaqasan!
― E, yo’q, men o’z qadrimni bilaman! Ey, odam degan ham shunaqa qaysar
bo’ladimi?.. Mayli, tayyormisan? - so’radi u ko’zimga tikilib.
― Ha, tayyorman...
U shirin jilmayib lablarini bo’ynimga bosdi...
Birinchi fasl tugadi.
https://telegram.me/e_kutubxona
 uchun tayyorlandi.
Jahon va o’zbek adabiyotining eng sara asarlarini 
https://telegram.me/e_kutubxona
manzilidan yuklab oling.
 https://telegram.me/e_kutubxona

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish