1 yanvar yangi yil bayrami yangi yilning birinchi kuni



Download 48,77 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2017
Hajmi48,77 Kb.
#286
  1   2


YANVAR

1 yanvar - YAngi yil bayrami. YAngi yilning birinchi kuni.

1 yanvar – Samarqand viloyati tashkil etilganligining 125 yilligi (1887).

1 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor, rejissyor Muzaffar Muhamedov (1902-1995) tavalludining 110 yilligi.

2 yanvar - O‘zbek musiqashunosi, san’atshunoslik doktori, sozanda (tanbur, dutor) Isoq Rizqievich Rajabov (1927-1982) tavalludining 85 yilligi.

2 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Jahon metrologiya tashkilotiga (JMT) a’zo bo‘lgan kun (1993).

3 yanvar – Jarroh, meditsina fanlari doktori, professor, fan arbobi, akademik O‘ktam Oripovich Oripov (1927-2001) tavalludining 85 yilligi.

5 yanvar – Akademik, o‘zbek bastakori, musiqa folklorshunosi, xonanda va sozanda (nay, dutor), O‘zbekiston xalq artisti YUnus Rajabiy (1897-1976) tavalludining 115 yilligi.

8 yanvar - O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Anvar Obidjon (1947) tavalludining 65 yilligi.

9 yanvar - Jizzax viloyatidagi Mirzacho‘l tumani tashkil etilganligining 45 yilligi (1967).

10 yanvar - Ichki qo‘shinlar tashkil topganligining 20 yilligi (1992).

12 yanvar - O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa, rejissyor SHohida Ma’zumova (1907-1988) tavalludining 105 yilligi.

13 yanvar - O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining 20 yilligi (1992).

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni (1993).

15 yanvar - Bolalar shoiri va yozuvchisi, dramaturg SHukur Sa’dulla (1912-1972) tavalludining 100 yilligi.

20 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, sozanda (dutor, tanbur, sato) Turg‘un Alimatov (1922-2008) tavalludining 90 yilligi.

20 yanvar - SHoir va publitsist, tarjimon, yozuvchi, noshir Xurshid Davron (1952) tavalludining 60 yilligi.

22 yanvar - Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti tashkil etilganligining 85 yilligi (1927).

23 yanvar - Milliy gvardiya tashkil etilgan kunning 20 yilligi (1992).

23 yanvar - Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1997).

24 yanvar - Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).

25 yanvar – Harbiy arbob, birinchi o‘zbek general-mayori Sobir Rahimov (1902-1945) tavalludining 110 yilligi.

26 yanvar – Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).

28 yanvar - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).

30 yanvar – O‘zbekiston Evropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).

30 yanvar - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov (1938) tug‘ilgan kun.

YAnvar - “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali nashr etilayotganligining 20 yilligi (1992).

YAnvar - O‘smir va yoshlarning oylik adabiy-badiiy jurnali - “YOshlik” (1982) nashr etilayotganligining 30 yilligi.



FEVRAL

1 fevral - Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).

6 fevral - Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1991).

7 fevral - O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Oysha Mavlonova tavalludining (1922-1991) 90 yilligi.

9 fevral - Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludi kuni.

12 fevral - Aeroflot kuni (1979) (har yili fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

13 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001).

14 fevral - O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.

16 fevral - O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

17 fevral - Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).

21 fevral - Xalqaro ona tili kuni (YUNESKO).

23 fevral - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog Vladimir Ivanovich Popov (1907-1991) tavalludining 105 yilligi.

23 fevral - “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).

24 fevral - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).

25 fevral - Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi “Jahon axborot agentligi” tashkil etilgan kun (1994).

26 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).



MART

1 mart - Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.

1 mart - Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.

1 mart - O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi - YUNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.

1 mart - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, tilshunos olim, lug‘atshunos Zokir Ma’rufovich Ma’rufov tavalludining (1912-1984) 100 yilligi.

2 mart - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo‘lganligining 20 yilligi (1992).

4 mart - O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999).

4 mart - O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).

4 mart - “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1993).

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

10 mart - O‘zbekiston NATO qoshidagi SHimoliy Atlantika hamkorligi kengashiga a’zo bo‘lib kirgan kun (1992).

12 mart - O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi Tolibjon Sodiqov tavalludining (1907-1957) 105 yilligi.

12 mart - O‘zbekiston xalq artisti, xonanda, opera solisti (lirik dramatik bariton) Karim Zokirov (1912-1977) tavalludining 100 yilligi.

14 mart - O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan kun (1987).

15 mart - Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.

15 mart - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti (1936 yilda asos solingan Andijon Pedagogika instituti negizida) tashkil etilganligining 20 yilligi (1992).

17 mart - Butunjahon Dengiz kuni.

17 mart - “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).

18 mart - O‘zbekiston futbol kuni.

21 mart - Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).

21 mart - Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).

21 mart - “Xabar” gazetasining ilk soni bosmadan chiqdi (1992).

22 mart - Butunjahon suv kuni (1992).

23 mart - Butunjahon metrologiya kuni (1950).

24 mart - Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.

24 mart - O‘zbekiston Respublikasining CHegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).

25 mart - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etilgan kun (1992).

27 mart - Xalqaro teatr kuni (1961).



APREL

1 aprel - Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel - Butunjahon qushlar kuni.

1 aprel - Geologlar kuni (har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

2 aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni.

5 aprel - O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).

7 aprel - Butunjahon salomatlik kuni (1948).

7 aprel - Toshkent Islom universiteti tashkil etilgan kun (1999).

9 aprel - Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.

9 aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1993).

11 aprel - Fashist konslagerlaridan tutqunlarni ozod qilish xalqaro kuni.

12 aprel - Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).

14 aprel - O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun (1996).

15 aprel - Ilm-fan kuni (har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

17 aprel - YOng‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.

18 aprel - Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

22 aprel - Xalqaro olamni asrash kuni (har yili aprel oyining to‘rtinchi yakshanbasida nishonlanadi) (1990).

22 aprel - Xalqaro er sayyorasi kuni (BMTda 1990 yil e’lon qilingan).

22 aprel - O‘zbekiston xalq shoirasi, publitsist, tarjimon Oydin Hojieva (1942) tavalludining 70 yilligi.

23 aprel - Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (YUNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e’lon qilingan).

24 aprel - YOshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).

25 aprel - “Kamolot” YOshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001).

26 aprel - Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni.

28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).

29 aprel - Butunjahon birodarlashgan shaharlar kunining (1957) 55 yilligi.

29 aprel - Xalqaro raqs kuni.

30 aprel – O‘zbekiston Evropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).



MAY

1 may - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, madaniyat va davlat xodimi, jurnalist, suhandon Nasiba Ismoilovna Ibrohimova (1942) tavalludining 70 yilligi.

3 may - Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934).

5 may - “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “SHuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).

7 may - Radio kuni (1895).

9 may - Xotira va Qadrlash kuni - umumxalq bayrami (1999).

9 may - O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori San’at Devonov (1932) tavalludining 80 yilligi.

12 may - Xalqaro hamshiralar kuni.

15 may - Butunjahon oila kuni (1994).

15 may - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston FA akademigi Vohid Abdullaevich Abdullaev (1912-1985) tavalludining 100 yilligi.

15 may – O‘zbek kompozitori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Hamid Rahimov (1927-1977) tavalludining 85 yilligi.

17 may - Xalqaro elektraloqa kuni (1969).

17 may - O‘zbekiston xalq shoirasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Halima Xudoyberdieva (1947) tavalludining 65 yilligi.

18 may - Xalqaro muzeylar kuni (1977).

19 may - Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).

21 may - Xalqaro metrologiya kuni (YUNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).

22 may - Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.

25 may - O‘zbek kinodramaturgi, jamoat arbobi Sobir Muhamedov (1912-1978) tavalludining 100 yilligi.

27 may - Kimyogarlar kuni (1956) (har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

31 may - Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.



IYUN

1 iyun - Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.

3 iyun - Melioratorlar kuni (har yili iyun oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining 40 yilligi (1972).

5 iyun - Toshkent avtomobil yo‘llari institutining “Talaba” jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

10 iyun - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).

10 iyun - Engil sanoat xodimlari kuni (har yili iyun oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

11 iyun - Kompozitor, dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek opera asoschilaridan, professor Muxtor Arafovich Ashrafiy (1912-1975) tavalludining 100 yilligi.

14 iyun - Butunjahon Donorlar kuni.

15 iyun - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, pediatr-ftiziatr Anvar Ahrorovich Saidahmedov (1912-1983) tavalludining 100 yilligi.

17 iyun - Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.

17 iyun - Butun o‘zbek olimpik yugurish kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida o‘tkaziladi).

19 iyun - Butunjahon bolalar futboli kuni.

20 iyun - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor, sozanda, dirijyor Sayfi Jalil (1932-2003) tavalludining 80 yilligi.

20 iyun - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).

20 iyun - Butunjahon qochoqlar kuni.

23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni.

24 iyun - Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

26 iyun - Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni.

26 iyun - “Madad” sug‘urta agentligi 1995 yil 26 iyundagi O‘zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan kun.

27 iyun - O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 yil 24 iyun O‘zbekiston Respublikasi farmoni).

28 iyun - Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori, professor, Beruniy mukofoti laureati Muxtor Oripovich Ahmadjonov (1932-1998) tavalludining 80 yilligi.

30 iyun - Bibliograf, kitobshunos, tarixchi va sharqshunos olim Evgeniy Karlovich Betger (1887-1956) tavalludining 125 yilligi.

30 iyun - Ixtirochilar va ratsianalizatorlar kuni (har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).



IYUL

1 iyul - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).

1 iyul - Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).

1 iyul - “O‘zimpeksaloqa” tashqi savdo firmasi tashkil etilgan kun (1993).

2 iyul - O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).

5 iyul - Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan)

1 iyul - Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (har yili iyul oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

10 iyul - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).

11 iyul - Butunjahon xalqlari kuni (1989).

13 iyul - O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

14 iyul - Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktyori, teatr arbobi Muhammadali Abduqunduzov (1952) tavalludining 60 yilligi.

15 iyul - Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

17 iyul - O‘zbekiston xalq yozuvchisi, hajvchi yozuvchi Ne’mat Aminov (1937-2005) tavalludining 75 yilligi.

20 iyul - O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston Respublikalarining xalq artisti, xonanda sozanda, bastakor Komiljon Otaniyozov (1917-1975) tavalludining 95 yilligi.

20 iyul - Butunjahon shaxmat kuni.

20-21 iyul - “Imom al-Buxoriy kuni”.

27 iyul - O‘zbekiston xalq artisti Husan SHaripov tavalludining (1937) 75 yilligi.

AVGUST

2 avgust - O‘zbekiston xalq artisti, xushovoz xonanda, teatr aktyori Vaxobjon Fayozov (1912-1964) tavalludining 100 yilligi.

5 avgust - Mahallalar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

5 avgust - Temir yo‘lchilar kuni (1936) (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

6 avgust - Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni (1946). Xirosima fojeasi kuni.

9 avgust - Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.

11 avgust - Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi).

12 avgust - O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.

12 avgust - Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

18 avgust - Monumentalist rassom, O‘zbekiston xalq rassomi CHingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912-1995) tavalludining 100 yilligi.

18 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, nevropatolog olim Abdumannon Rahmonovich Rahimjonov (1927-2004) tavalludining 85 yilligi.

19 avgust - O‘zbekiston Respublikasining havo floti kuni (1995) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

19 avgust - “O‘zbekiston-Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

22 avgust - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).

25 avgust - Teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Obid Hasanov (1902-1976) tavalludining 110 yilligi.

26 avgust - SHaxtyorlar kuni (har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

27 avgust - Xalqaro Talabalar Ittifoqi tashkil topgan kun.

27 avgust - Kino kuni (1979).

28 avgust - “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998).

30 avgust – “SHon-sharaf” ordeni ta’sis etilgan kun (1995).

30 avgust - “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).

30 avgust – O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun(1996).

31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).


Download 48,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish