1. xizmatdan foydalanish qoidalari



Download 15,06 Kb.
Sana27.09.2019
Hajmi15,06 Kb.
#22729
Bog'liq
ID

«ID.UZ» tizimidan foydalanish kelishuvi

Ushbu qoidalar, foydalanuvchi qoidalarga amal qilishga rozilik bildirgan holda, tizimdan foydalanishni boshlagan vaqtdan kuchga kiradi.



1. XIZMATDAN FOYDALANISH QOIDALARI
1.1. ID.UZ identifikatsiya tizimi xizmatlaridan foydalanish qoidalari shartlariga asosan foydalanuvchilarga o`z xizmatlarini ko'rsatadi. Qoidalarga ID.UZ Ma'muriyati tomonidan maxsus bildirish xabarisiz o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar yangi qoidalarda boshqa shartlar belgilanmagan bo'lsa, yangi qoidalar http://www.id.uz/ saytida joylashtirilgan kundan uch kun o`tgandan so'ng ko'chga kiradi.

2. XIZMATNING TA'RIFI
2.1. ID.UZ identifikatsiya tizimi foydalanuvchilarga quyidagi xizmatlar turini taklif etadi: 
- erkin va bepul ro`yxatdan o`tish hamda noyob (takrorlanmas) akkauntga ega bo'lish. 
- shaxsiy kabinet va profil sozlamalari. 
ID.UZ identifikatsiya tizimi servislaridan foydalanish uchun foydalanuvchi internet tarmog'iga ulangan kompyuter yoki mobil qurilmaga ega bo'lishi kerak. Internet tarmog'idan foydalanish huquqini sotib olish hamda Internet tarmog'iga chiqish uchun kerakli bo'lgan uskunalar va dasturiy mahsulotlarni sozlash va sotib olish foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda hal qilinadi.

3. SAYTDA RO`YXATDAN O`TISH
3.1. ID.UZ tizimining barcha funktsional imkoniyatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi ushbu tizimda ro`yxatdan o`tishi lozim. Foydalanuvchi, ro`yxatdan o`tish shakllarida so'ralgan shaxsiy ma`lumotlarni to'g'ri va aniq to'ldirishga rozilik beradi. 
3.2. Foydalanuvchi ro`yxatdan o`tganidan so'ng, saytdan identifikatsiyadan o`tishi uchun foydalanuvchi akkaunti (login) va parolga ega bo`ladi. Foydalanuvchi login va parolning xavfsizligiga faqatgina o`zi javobgar. Xavfsizlikning buzilishi va/yoki avtorizatsiyalanmagan kirishning har qanday holatlarida foydalanuvchi ID.UZ tizimining qayta aloqa vositasi orqali xabar berishi lozim. 
3.3. ID.UZ tizimida foydalanuvchining shaxsiy profilidagi ma`lumotlar foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi ma`lumotlar bo'lib, reklama xarakteriga ega bo'lmasligi shart. 
3.4. ID.UZ foydalanuvchisi shaxsiy profilida faqatgina shaxsiy rasmini yuklashi mumkin. Shaxsiy profilga tashkilot yoki brend logotipi, hayvonlar rasmini va boshqa shu kabi suratlarni yuklash ta'qiqlanadi. 
3.5. Foydalanuvchi profilidagi rasmlarni o'chirish imkoniyatiga ega. Agar foydalanuvchi o`z profilini o'chirmoqchi bo'lsa, ushbu harakatini profilida ko'rsatilgan mobil telefon raqami orqali tasdiqlashi lozim.

4. ID.UZ XIZMATLARIDAN FOYDALANISH HUQUQI
4.1. Foydalanuvchi ID.UZ tizimi ma`lumotlarini ommalashtirmaslikka, ko`chirmaslikka, sotmaslikka yoki qayta sotmaslikka shuningdek, tizim xizmatlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanmaslikka rozi bo`ladi. 
4.2. Foydalanuvchi ID.UZ tizimidan yuklab olgan dasturiy mahsulotlarni buzmasligi yoki uning birlamchi dasturiy kodlarini ko'chirib o`z maqsadlarida ishlatmaslikka rozi bo`ladi.

5. KONTENTNI MODERATSIYA QILISH HUQUQI
5.1. Foydalanuvchi tizim Ma`muriyatining qoidalar buzilgan taqdirda foydalanuvchining ma`lumotlarini o`zgartirish yoki o'chirish huquqi mavjudligini tan oladi. 
5.2. ID.UZ foydalanuvchisi o`z profiliga quyidagi ko'rinishdagi ma`lumotlarni kiritmasligi kerak:
•    tajovuzkorlikga chorlovchi, millatchilik, urush harakatlarining targ'iboti, umumqabul qilingan ahloqiy normalarning buzilishiga olib keluvchi hamda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid;
•    mazmuni boshqa odamlar yoki tashkilotlarning shaxsiyatiga teguvchi ma`lumotlar.
5.3. Foydalanuvchi o`zi yoki boshqa foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan ma`lumotlar uchun O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu qoidalarga zid holatlardan tashqari hollarda Ma'muriyat javob bermasligiga rozi bo`ladi.

6. FOYDALANUVChILARNING MAQOMLARI
6.1. ID.UZ tizimi foydalanuvchisi 2 ta maqomning biriga ega bo'lishlari mumkin: 
•    Oddiy foydalanuvchi; 
•    PassportID maqomiga ega foydalanuvchi. 
6.2. Foydalanuvchi ID.UZ tizimi orqali tashqi resurslarda avtorizatsiyadan o`tsa, maqomidan kelib chiqqan holda, turli huquqlarga ega bo'lishi mumkin. 
6.3. PassportID maqomi ID.UZ tizimi Ma'muriyati tomonidan foydalanuvchining shaxsan o`zi pasporti bilan kelib yozgan arizasiga muvofiq beriladi. PassportID moqimini olishi uchun foydalanuvchi o`z profilida ramiy ko'rinishdagi shaxsiy sur'atini yuklagan bo'lishi kerak. Ushbu maqom, davlat, kommunal, bank va boshqa xizmatlarni olishda, fuqaroning internet tarmog'ida shaxsini tasdiqlashni talab etuvchi tizimlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda ushbu jarayonlar ishlab chiqilmoqda.

7. HAVOLALAR
7.1. ID.UZ servislarida boshqa resurslarga havolalar mavjud bo'lishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu resurslarning ishchan holatda emasligiga hamda ushbu resurslar kontentidan foydalanish jarayonida etkazilgan har qanday zararlar bo`yicha ID.UZ tizimi javobgar emasligi bilan rozi bo`ladi.

8. ID.UZ MULKIY HUQUQLARI
8.1. Foydalanuvchi, ID.UZ tizimi va u bilan bog'liq dasturlar mahfiy ma`lumotlardan tashkil topib, intelektual mulk qonunchiligi bilan himoyalanganligini tan oladi. 
8.2. Ma'muriyat foydalanuvchining shaxsan o`ziga foydalanish uchun dasturiy ta'minot tarkibiga kiruvchi servislardan foydalanish huquqini beradi. Foydalanuvchi yoki foydalanuvchi ko'magida boshqa shaxslar dasturiy mahsulotni ko'chirish yoki o`zgartirish va sotish; dasturiy ta'minot asosida dasturlarni yaratish; dasturiy ta'minotning dasturiy kodlarini olish maqsadida buzish; servislar dasturiy ta'minotini sotish va ijaraga berish, shuningdek, servislarni yangilash va roziliksiz dasturiy mahsulotga kirish huquqini bermaydi va ushbu harakatlarni qat'iyan taqiqlaydi. 

9. KAFOLATLARDAN OZOD QILISH
9.1. Sayt ma'muriyati ID.UZ servislari foydalanuvchilarning xohishlari va kutgan talablariga javob berishini hamda sayt xatoliklarsiz va uzilishlarsiz ishonchli ishlashini kafolatlamaydi. 
9.2. Sayt ma'muriyati foydalanuvchining internet tarmog'ida ID.UZ tizimida ishlash jarayonida uchinchi tomondan foydalanuvchining kompyuter texnikasi va/yoki foydalanuvchining ma`lumotlarga etkazilgan hamda shu kabi boshqa zararlar etkazilishida javobgar emas. 
9.3. Sayt ma'muriyati saytdan foydalanish jarayonida yoki saytdan foydalana olinmaganlik natijasida etkazilgan zararlar uchun javobgarlikni o`z bo'yniga olmaydi. 
9.4. ID.UZ o`z xizmatlarini ko'rsatish va texnik qullab quvvatash uchun ishlatiladigan, texnik va boshqa ma`lumotlarni tijorat yuzasidan ko`paytirish va ommaga ma'lum qilish ta'qiqlanadi. 

10. UMUMIY MA’LUMOT
10.1. Ushbu qoidalar Foydalanuvchi va Ma'muriyat o`rtasita ID.UZ tizimi xizmatlaridan foydalanishni tartibga soluvchi yuridik shartnoma hisoblanadi. 
10.2. Ushbu qoidalarga asosan xizmatlar bepul amalga oshirilishini hisobga olib, ID.UZ tizimi xizmatlariga iste'molchilar huquqlarini himoyalash normalarini qo'llab bo'lmaydi.
10.3. Ushbu qoidalarning biror bir bandi sud tomondan kuchga ega emas yoki bajarilishi majburiy emas deb topilishi, boshqa bandlarning qonuniy kuchga ega emasligini va ularga rioya qilmaslikni anglatmaydi. 
10.4. Ushbu qoidalar foydalanuvchi tomonidan buzilgan hollarda, ID.UZ tizimi ma'muriyati tomonidan chora ko`rilmasa, Ma'muriyat ushbu qoida buzilishlar yuzasidan keyinchalik o`z manfaati doirasida chora ko`rish huquqini yo'qotmaydi. Shuningdek, shu kabi qoida buzulishlar yuz berganda Ma'muriyat o`z huquqlaridan voz kechmaydi. 
10.5. Yuqorida keltirilgan qoidalar bo`yicha savollar vujudga kelganda, foydalanuvchi ID.UZ tizimi ma'muriyati bilan orqali admin@id.uz pochtasi orqali yoki qayta aloqa shaklini to`ldirgan holda murojaat etishi mumkin.
Download 15,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish