1. xalqaro sug’urta bozori



Download 303 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2020
Hajmi303 Kb.
  1   2   3
Xalqaro sug'urta bozori va sug'urta operatsiyalari

Reja:
1. Xalqaro sug`urta bozori

2. Xalqaro sug`urtaning turlari

3. Yevropa sug`urta bozori

4. Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari

1. XALQARO SUG’URTA BOZORI

Sug’urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug’urta kompaniyalari, birgalikda sug’urtalash va qayta sug’urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko’pgina mamlakatlarda xorijiy sug’urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan. Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo’yicha barcha to’siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug’urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo’lsada, milliy sug’urta bozorlari o’ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug’urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug’urta himoyasining turlariga taalluqlidir. Masalan, hayotni sug’urtalash, sug’urta bo’yicha yig’iladigan badallarning 77 foizini tashkil etsa, bu ko’rsatkich Yevropada - 47 foiz, Shimoliy Amerikada - 42 foizni tashkil etadi. Bunday tafovutning yuzaga kelishiga asosiy sabab, davlat tomonidan ijtimoiy himoya past bo’lgan mamlakatlarda, aholining pensiya ta'minotini o’zlari hal qilishidir (G’arbiy Yevropa sug’urta bozorining tarkibini 1-jadvaldan ko’rish mumkin).



AQSHda 9130 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritadi va sug’urta to’lovlari aholi jon boshiga 1999 yilda 2334 EKYuni tashkil qilgan.

Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlari eng yuqori bo’lgan mamlakat - Lyuksemburg bo’lib, 1999 yilda u aholi jon boshiga 2800 EKYuni tashkil etgan. Sababi, Lyuksemburgni nemislar, belgiyaliklar va boshqa mamlakatlardan kelgan mexmonlar bu erni kapital joylashtiriladigan «soliq jannati» deb atashadi.

Buyuk Britaniyada eng erkin sug’urta tizimi barpo etilgan. Bu yerda xattoki, sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladigan maxsus organ ham yo’q. Nazorat sanoat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Sug’urta badallarini o’rnatish va sug’urta qilish qoidalari erkinligiga qaramasdan, bu yerda ko’rsatilayotgan xizmat sifati boshqa mamlakatlardagidan ancha yuqori, narxlari esa, past darajada. Tarixan tarkib topishiga ko’ra, Britaniya sug’urta bozori ikkita mustaqil qismga bulingan: London va boshqa barcha hududlar. London bozori, odatda, xorijiy mijozlarni, dengiz kemalarini, neft kompaniyalarini, TMKlarni sug’urtalaydi. London bozorida hukmronlik qiluvchi Lloyd sug’urta kompaniyasi oxirgi yillardagi qiyinchiliklardan, faqatgina, jiddiy tashkiliy islohotlarni amalga oshirish bilan chiqmoqda. Ushbu qiyinchiliklar mamlakat ichkarisidagi mijozlarni sug’urtalovchi - ichki sug’urta bozoriga ta'sir etmadi.

Germaniyada sug’urta bozori davlat tomonidan qattiq tartibga solinadi. Uning o’ziga xos jihati shundaki, sug’urta biznesi yirik sanoat kapitali bilan yaqin aloqada. Kapitalda va boshqaruvda o’zaro ishtirok etish keng tus olgan. Mutaxassislarning fikricha, taxminan 50 ta kishi barcha yirik nemis sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladi. Shuning uchun ham, raqobat asosan sotish tarmoqlari o’rtasida mayjud.

Germaniyada sug’urta bozorida hukmronlik qiluvchi kompaniyalardan biri - «Alyans» kompaniyasidir. U hayotni sug’urtalash sohasining 42 foizini va boshqa sug’urta sohalari 38 foizini egallab olgan. «Alyans» aylanmasining taxminan 55 foizga yaqini ichki bozor, qolgani xorijiy faoliyat bilan bog’liq. Yaqinda, ikkita frantsuz kompaniyalari «AXA» va «IAR»ni birlashishidan oldin, «Alyans» Yevropadagi eng yirik sug’urta kompaniyasi edi.

«R+V» sug’urta kompaniyasi kattaligi jihatdan Germaniyada ikkinchi o’rinda turadi. Uning yuksalishiga Berlin devorining kulashi katta ta'sir ko’rsatdi. Ushbu kompaniya kooperativ tarkibga ega bo’lib, u asosan, qishloq aholisi va qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarni sug’urtalashga ixtisoslashgan.

Xorijiy kapitalga nisbatan qonuniy cheklovlarning mayjud emasligiga qaramasdan, nemis sug’urta bozori nisbatan yopik hisoblanadi. Bu aholining: «nemislar o’z sug’urtachilarini afzal biladilar» degan psixiologiyasi bilan bog’liq. Bundan tashqari, bu yerda agentlar tarmog’i juda zich. 50 mingga yaqin agentlar sug’urta kompaniyalarida agent bo’lib to’liq ish kunida ishlashsa, taxminan 270 ming kishi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritadilar. Agentlar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabat dustona va uzoq muddatli asosda shakllangan.

Sug’urta xizmatlari an'anaviy bo’lib, nemis sug’urta kompaniyalari yuqori riskli tajribalarni o’tkazishga moyil emaslar.



Germaniyada qayta sug’urtalash keng rivojlangan. Bu - Birinchi Jahon urushidan keyin, to’g’ri sug’urtalash bilan shug’ullanayotgan nemis sug’urta kompaniyalariga xorijda faoliyat yuritish ta’qiqlanishi natijasida yuzaga keldi. Chunki, ushbu ta’qiqlar qayta sug’urtalovchilarga taalluqli emasdi va sug’urta kapitali yillar davomida ushbu sohaga oqib utdi.

Nemis bozorining eng muhim tomoni - bank sug’urtalashdir, ya'ni sug’urta kompaniyasi o’z savdo shoxobchasida nafaqat sug’urtalash bilan, balki bank xizmatlarini ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi.



Frantsuz sug’urta bozori hayotni sug’urtalash va avtomobil sug’urtasiga ixtisoslashgan. Ayniqsa, avtomobil va avtotransport egalari javobgarligini sug’urtalash kuchli darajada rivojlangan.

Birinchi Jahon urushidan so’ng, ko’pgina yirik korxonalar va banklar singari sug’urta kompaniyalari milliylashtirilgan edi va uzoq vaqt davlat ixtiyorida bo’ldi.

Bu holat milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Hozirgi kunda, davlat sug’urta kompaniyalarining ma'lum qismi xususiylashtirilgan. Hayotni sug’urtalash bo’yicha eng yirik sug’urta kompaniyasi - CNP davlat ixtiyorida qolmoqda. Ushbu kompaniyani sotish loyihasi mavjud bo’lsada, qulay investor topilmaganligidan, uni sotish loyihasi amalga oshmasdan kelayotir. CNP xususiy kompaniyalarga nisbatan hech qanday imtiyozga ega emas.

Frantsiyada ijtimoiy sug’urtaning roli katta. Yaxshi yo’lga qo’yilgan ijtimoiy ta'minot, pensiyalar bo’yicha davlat kafolatlari, hayotni sug’urtalashni bu yerda boshqa Yevropa mamlakatlarnikiga nisbatan past darajada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ammo, keyingi yillarda ijtimoiy ta'minot va pensiya fondining byudjetlari taqchillikka ega bo’lishi kuzatilmoqda.

Davlat hayotni sug’urtalashni rag’batlantirish bo’yicha qator tadbirlami amalga oshirdi va oxirgi 10-15 yil ichida Frantsiya ushbu masalada kushnilaridan ilgarilab ketdi.

Bu sohadagi asosiy tadbirlardan biri sifatida, hayotni sug’urtalash bo’yicha jiddiy soliq imtiyozlari berilishini kuzatish mumkin. Ushbu imtiyozlardan birinchisi: sug’urta shartnomasiga ko’ra, to’langan to’lov foizlaridan soliq olinmaydi. Bu sug’urta shartnomasini bank omonatidan ham foydalirok qilib qo’yadi. Ushbu imtiyoz sug’urta shartnomasining muddati 8 yil bo’lganda amal qiladi

Ikkinchidan, sug’urta qilinuvchi vafot etganda, sug’urta shartnomasiga asosan, olinadigan kapital merosidan soliq to’lanmaydi. Bundan tashqari, sug’urtalash meros qilinadigan mulk tarkibiga kiritilmaydi va boshqa merosxurlar bilan bo’lib olinmaydi. Shunday qilib, hayotni sug’urtalash - o’z merosxurlariga, merosdan soliq tulamasdan pul qoldirishning eng qonuniy yo’li hisoblanadi.

Frantsiyada bank sug’urtasi ham yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari, hayotni sug’urtalash shartnomalari, xattoki pochta orqali sotiladi. Qishloq joylarda va kichikrok shaxarlarda, pochta bulimlari, nafaqat pochta xizmatini, balki sug’urta, bank xizmatlarini ham ko’rsatadi. Ular bank hisobvaraqlarini yuritadilar, jamgarma hisobvaraqlarini ochadilar va boy bo’lmagan aholi uchun o’ziga xos bankirlar hisoblanadilar.

Shunday qilib, turli mamlakatlarda aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayot tarziga moslashib, sug’urta turli xil shakllarda namoyon bo’lmoqda.
2. XALQARO SUG’URTANING TURLARI

Yevropa iqtisodiy hamkorlik tizimida qabul qilinishicha, sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda o’z faoliyatlarini tashkil qiladilar. Ixtisoslashmagan sug’urta tashkilotlari sug’urtaning bir necha turlari bo’yicha o’z ishlarini olib boradilar. Ixtisoslashgan sug’urta tashkilotlari 1-2 yo’nalishlarda ixtisoslashgan holda faoliyat yuritadilar. EHTda sug’urta guruhlari quyidagi ikki xilga bo’linadi: uzoq va qisqa muddatli umumiy sug’urta turlari.

Uzoq muddatli sug’urta turlariga quyidagi etti xil sug’urta yo’nalishlari kiradi:



  • hayotni va annuitentini sug’urtalash;

  • nikoh va farzand tavalludini sug’urtalash;

  • sog’liq uzluksizligini sug’urtalash;

  • tonting sug’urtasi;

  • kapitalni qayta sug’urtalash;

  • pensiya sug’urtasi;

  • boshqa turdagi uzoq muddatli sug’urtalar.

Yuqoridagi uzoq muddatli sug’urta turlaridan boshqa xalqaro amaliyotda quyidagi sug’urta yo’nalishlari mavjud:

  • baxtsiz hodisalardan sug’urtalash;

  • tibbiy sug’urta;

  • avtomobillarni sug’urtalash;

  • temir yo’l vagonlarini sug’urtalash;

  • samolyotlarni sug’urtalash;

  • kemalarni sug’urtalash;

  • transport yuklarini sug’urtalash;

  • mulkni yongin va tabiiy ofatlardan sug’urtalash;

  • transport xaydovchilarining fukarolik javobgarligini sug’urtalash;

  • kema egalarining fukarolik javobgarligini sug’urtalash;

  • umumiy javobgarlik sug’urtasi;

  • kredit sug’urtasi;

  • xodimlarni zararlar extimolidan sug’urtalash;

  • moliyaviy zararlarni sug’urtalash;

  • sud xarajatlari to’lovlaridan sug’urtalash va boshqalar.

Yuqoridagi sug’urta turlari mohiyatini ochib berish uchun ularning qo’llanish sohalari bilan tanishamiz.

Eng an'anaviy sug’urta turlaridan bo’lgan hayotning aralash sug’urtasining bunday nomlanishiga sabab, unda 3 xil sug’urta javobgarligi mujassamlashtirilganligidadir. Mazkur sug’urta turida shartnomada ko’rsatilgan yoshga etib, oxirgi badal to’langandan keyin kompaniya koplama pulini to’laydi. Koplama ishsizlik va vafot hodisalarini chetlab utmaydi. Hayotning aralash sug’urta shartnomasi 1 oydan 6 oygacha, 1 yilga, 3 yilga, 5 yilga, 10, 15 va 20 yilga tuziladi.

Bolalar va nikox tuyi sug’urtasi bo’yicha shartnoma tuzilgan kunda bolaning yoshi 15 dan oshmagan bo’lishi kerak. Bolaning ota-onasi, boshqa karindosh-uruglari, farzandlikka olgan shaxslar bunday shartnomalar tuzishi mumkin. Kasalligi tufayli I guruh nogironlari bilan sug’urta shartnomasi tuzilmaydi. Nikox sug’urtasining asosiy maqsadi, nikox tuyiga qadar shartnomada ko’rsatilgan sug’urta mablag’i yig’ilib, tuy arafasida uni sug’urtalanuvchiga topshirish va unga bu tantanali tadbirni amalga oshirishda yordam ko’rsatishdir. Badal miqdori sug’urta puliga mos ravishda bo’ladi va pulning sug’urta muddatidagi oylarga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Agar 21 yildan keyin nikox tuyi o’tkazilmasa o’tgan har qaysi to’liq yil uchun sug’urta pulining 3 foiz har bir to’liq oy uchun esa, 0,25 foiz miqdorida to’lanadi.

Tibbiy sug’urta turi sug’urta hodisasi ruy berganda davolanish xarajatlarini qoplash maqsadida, sug’urtalanuvchilardan olinadigan badallar hisobidan shakllantirilgan fond mablag’laridan moddiy yordam ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. Tibbiy sug’urta ikki xil bo’ladi: majburiy va ixtiyoriy.

Fuqarolarni qo’shimcha pensiyaga sug’urta qilish -sug’urtachi bilan sug’urtalanuvchi o’rtasida shartnoma tuzishdan boshlanadi. Bunday shartnomalar 25 yildan 60 yilgacha erkaklar va 20 dan 55 yilgacha bo’lgan ayollar bilan faqat ularning foydasini ko’zlab tuziladi. Kushimcha pensiyaga sug’urtalangan fukaro, faqat sug’urta muddati davomida hamda qo’shimcha pensiya olish davrida baxtsizlik hodisalaridan ham sug’urtalangan hisoblanadi. Pensiyaga chiqqungacha o’tgan davr sug’urta muddati deb ataladi. Bu muddat tugagach, agar sug’urta shartnomasi bo’yicha hamma badallar to’langan bo’lsa, sug’urtalanuvchi pensiya yoshiga tulgandan so’ng, ularga umrlari oxirigacha qo’shimcha pensiya to’lanadi.

Baxtsiz hodisalardan sug’urtalash hayotni aralash sug’urtalash qoidalari asosida shakllanib, shu bilan birga, alohida sug’urta sifatida ham amalga oshiriladi. Sug’urta shartnomasi amal qilgan davrda sug’urta hodisasi sodir bo’lib kolsa, bu holda tekshirish o’tkazilib, hujjatlar asosida sug’urta koplamasining miqdori aniqlanadi. Agar sug’urta shartnomasining muddati tugasa, baxtsiz hodisa sodir bo’lishi munosabati bilan sug’urta koplamasi to’lansa, sug’urtalangan shaxs vafot etsa, sug’urtalangan shaxs doimiy ishlash uchun chet elga ko`chib ketsa, sug’urta shartnomasi bekor qilinadi. Shuni aytish kerakki, sug’urta idoralari baxtsizlik hodisalari sababini chuqur o’rganish va uni aniqlash maqsadida sug’urtalanuvchining tibbiy kurikdan o’tishi uchun mutaxassis shifokor xuzuriga borishlari shart

Yuklarni sug’urta qilish uchun sug’urta tashkilotlari yuridik va jismoniy shaxslar, yukni junatuvchilar, yukni qabul qilib oluvchilar bilan shartnoma tuzib, bunda sug’urtalashga doir asosiy ko’rsatkichlar keltiriladi. Yuklar sodir etilishi mumkin bo’lgan barcha hodisalaridan sug’urtalanadi. Sug’urta shartnomasi yuzasidan javobgarlik yuk ombordan junatish uchun olingandan boshlanadi va butun yo’l davomida yukni ortish va uni tushirib, qaytadan ortish, omborda saqlash, yuk qabul qiluvchining omboriga yoki sug’urta guvoxnomasida ko’rsatilgan oxirgi punktdagi belgilangan manzilga yetkazib berilgunga qadar davom etadi.

Transport vositalarining ixtiyoriy sug’urtasi o’zining 4 xil ob'ektiga ega:



  1. Transport vositalari

  2. Xaydovchi va yulovchilar

  3. Transportga tegishli qo’shimcha uskunalar

  4. Asosiy transport vositasi yoki pritsepda tashilayotgan yo’q.

Axoliga tegishli mol-mulkni ya'ni, imoratlar, uy-joylar, kvartiralar, xayvonlarni sug’urta qilish uchun zaruriy ma'lumotlar aniqlanadi. Bunda ajratilgan er uchastkalari, xususiylashtirilgan turar-joy fondi va soliq idoralari ma'lumotlaridan foydalaniladi. Sug’urta koplamasini to’lashda imoratning shikastlanishi va vayron bo’lishini kuzga tutish lozim. 1-kavatda uni ta'mirlash xarajatlari koplanadi. Bunda imoratni saqlab qolish uchun ketgan xarajatlar koplamaga qo’shib to’lanadi.

Xalqaro sug’urta kompaniyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida sug’urtalovchilarning faoliyati turli xil tashkiliy shakllarda ya'ni, hissadorlik kompaniyalari; davlat va aralash sug’urta tashkilotlari; xususiy tadbirkorlik va birlashmalar; kooperativ sug’urta tashkilotlari; qo’shma korxonalar; avtosug’urtalovchilar parallel shakllarda namoyon bo’ladi. Turli davlatlarda sug’urta jamiyatlarini tuzishda turli xil tashkiliy-huquqiy shakllardan amaliyotda foydalaniladi. AQSH va Germaniyada hissadorlik jamiyatlari, Frantsiyada o’zaro sug’urta jamiyatlari, Buyuk Britaniyada esa, sug’urta assotsiatsiyalari ish olib bormoqda.

Italiya va Ispaniyada kooperativ sug’urtalash amaliyotda keng qo’llanilmoqda, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Yaponiyada davlat kapitali ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.

Ular, asosan, xalqaro sohada maydonga chiqadilar. Bu kompaniyalarga Germaniyaning «Germes», Frantsiyaning «Kofase» kompaniyalari misol bula oladi.

Bu kompaniyalarning kay tarzda shakllanishi, ularning faoliyati ma'lum me'yoriy aktlar va maxsus davlat sug’urta nazorati organlari tomonidan tartibga solinadi.

Yuqorida aytib o’tilgan Germaniyaning «Germes» kompaniyasini olib qaraylik. Bu davlat sug’urta kompaniyasi bo’lib, turli mamlakatlar bilan tuziladigan shartnomalarga pul to’lovi nemis banklari va kompaniyalarining risklarini sug’urtalaydi.

Frantsiyaning «Kofase» kompaniyasiga keladigan bo’lsak, bu davlat sug’urta kompaniyasi bo’lib, Frantsiyadan eksport junatmalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan kreditlarni sug’urtalaydi.

Angliyaning «Lloyd» korporatsiyasi yuridik mustaqil sug’urtachilar birlashmasi bo’lib, ularning har biri o’zining moliyaviy sharoitidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda risklarni sug’urtalaydi. Lloyd XVII asrda paydo bo’lib, o’z nomini kafe egasi bulmish E.Lloyddan olgan. Ushbu kafeda faoliyati dengiz bilan bog’liq bo’lgan shaxslar tuplanar edi. 1871 yilda bu kompaniya dengiz sug’urta operatsiyalari bilan ish olib borish huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxs unvoniga muvaffak bo’ldi. 1911 yildan esa, barcha turdagi sug’urta operatsiyalari amalga oshirila boshlandi. Lloydning har bir a'zosi o’z faoliyatini ta'minlash yo’lida ma'lum miqdordagi pul mablag’ini depozit sharoitida kuyishi lozim, bu summa uning riskdagi ishtirok darajasini belgilaydi.

Lloyd a'zolari sug’urta turlari bo’yicha birlashtirilgan.



Bularga anderrayterlar boshchilik qilib, ular barcha sindikat a'zolari nomidan sug’urta risklarini qabul qiladilar. Lloyd dunyoning barcha yirik portlari va shaxarlarida o’z birikmalariga ega bo’lib, uzoq muddatli xat sug’urtalash va alohida turdagi kafolatli sug’urtadan boshqa barcha sohadagi sug’urta xizmatlarini keng miqyosda ko’rsatadi. Lekin, Lloydning taxminan yarim operatsiyalari dengiz sug’urtasi bilan bog’liq. Ushbu korporatsiya o’z tarkibiga 5000 atrofldagi sug’urta kompaniyalarini birlashtiradi. Agar ob'ekt bir muddatning o’zida Lloyd a'zolarining bir nechtasida sug’urtalangan bo’lsa, ularning har biri sug’urtalanuvchi oldida risk uchun olingan ma'lum miqdordagi pul mablag’i, va mahsulot uchun javobgar hisoblanadi. Korporatsiya a'zolari odatda, shartnomalarni brokerlar orqali tuzadilar.

Xalqaro sug’urta bozoridagi operatsiyalar. Sug’urta bozori bir necha sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan shakllanib, bir shaxar, mamlakat miqyosida emas, balki bir necha mamlakat doirasida, xalqaro sug’urta bozori sifatida shakllanadi, qayta sug’urtalash tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi. Bozor sharoitida faoliyat yurituvchi sug’urtalovchining qayta sug’urtalashga bo’lgan ehtiyojlari hozirgi kunda hech kimga sir emas. Uziga katta riskni oluvchi, lekin yetarli darajadagi rezerv va zahira fondlari bo’lmagan sug’urta tashkilotlari ob'ektiv yondoshgan holda qayta sug’urtalashni rivojlantirish uchun shart-sharoirt yaratib, shu yo’l bilan o’zlarining moliyaviy ahvollarini barqarorlashtiradilar.

Keng hajmdagi qayta sug’urtalash - bu sug’urtalash tomonidan o’zlari qabul qilgan riskning ma'lum bir qismini boshqa sug’urtachilar - qayta sug’urtachilarga topshirilishidir.



Shuni aytib o’tish kerakki, bir riskning o’zi bir necha qayta sug’urtachilarga topshirilishi mumkin. Qayta sug’urtalashga qabul qilingan riskni qayta sug’urtachi ham boshqa qayta sug’urtachiga topshirishi mumkin. Bu operatsiya retrotsissiya qayta sug’urtalovchi esa -retnotsesper deb ataladi.

Fakultativ qayta sug’urtalash. Bu usulga ko’ra, sug’urtachiga qabul qilingan risklarini boshqa ixtiyoriy sug’urta kompaniyaga qayta sug’urtalashga berish mumkin. Riskni qayta sug’urtalashga bera turib, sug’urtachi o’z foydasiga komission puldan bir qismini olish huquqiga ega bo’ladi.

Oblegatorli qayta sug’urtalash - fakultativ qayta sug’urtalashdan farqli o’laroq, bu usulda qayta sug’urtachi va qayta sug’urtalanuvchilar orasida shartnomaviy munosabatlarning bo’lishi ko’zda tutiladi. Qayta sug’urtalash shartnomasi bu holda tomonlararo munosabatlar va o’rnatilgan shart, majburiyatlarni aniq ifoda etuvchi yuridik hujjat hisoblanadi.

Bu shartnomalar o’z navbatida nisbiy va teskari nisbiy guruhga bo’linadi. Birinchi guruh o’z ichiga kvota va eksdident shartnomalarini, 2-guruh esa, jiddiy zararlari shartnomali va eksdident zarariyli shartnomalarini oladi.

Sug’urta amaliyotida bu usullardan aralash holda ham foydalaniladi.



Kveta shartnomasi - eng sodda, odiy qayta sug’urtalash shartnomasi turidir. Bu usulda sug’urtalovchi riskni qayta sug’urtalashga, topshirilayotgan aniq yoki aralash turdagi risklarni qabul qilingan kveta asosida topshiradi. Ushbu shartnomada qayta sug’urtalovning kveta va kremiya miqdori, zararlarni qoplashdagi ishtiroki, limiti ko’rsatiladi.

Summa ekstsedent shartnomasi. Bu usulga ko’ra, qayta sug’urtachi riskni qayta sug’urtalashga topshira turib, o’z foydasiga ma'lum bir summadagi pulni ushlab koladi, va qayta sug’urtalashga ushbu summadan tekshiradi. Ushbu summa sug’urtaning ma'lum bir turi yoki yirik risk turiga qarab belgilanadi.

Ekstsedent zarari shartnomasi. Bu kompaniya sug’urta portfellarini katta zarar va kutilmagan zararlardan himoya qilishning eng keng tarqalgan usulidir. Bu mexanizm sug’urta hodisasi yuz bergandan so’ngina ishga tushadi, zarar summasi aniqlangan va bu summa sug’urtalangan summadan katta bo’lishi lozim.

Ekstsedent zarariyligi shartnomasi yoki stop loss. Ushbu shartnomaning mohiyati shundaki, kompaniya o’z manfaatlarini himoya qilgan holda, tsedentning ortishiga moliyaviy zararlarni keltirib chiqarmasligini ta'minlaydi.
3. YEVROPA SUG’URTA BOZORI

Yevropa dunyoda sug’urta badallarini yig’ish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda (shimoliy Amerikadan keyin) turadi. 1989 yildan 1999 yilgacha bo’lgan oraliqda, Yevropada, yig’iladigan sug’urta badallarining hajmi mutlok ko’rinishda ikki martaga oshdi.



Dunyo sug’urta badallarida Yevropaning ulushi sezilarli darajada ortishi kuzatilmoqda. Agar, 1995 yilda butun sug’urta badallarining 51,3 foizi shimoliy Amerika hissasiga, 25,9 foizigina Yevropaga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1999 yilga kelib, vaziyat butunlay o’zgardi (1-diagramma). Shimoliy Amerikaning ulushi hamon katta bo’lsada, endi u 36 foizni tashkil etadi. Yevropaning ushbu bozordagi ulushi 33 foizni, Osiyoniki esa, 29 foizni tashkil etmoqda. Dunyo sug’urta bozorida «qolgan dunyo» hissasining ikki marta oshishiga qaramasdan, uning salmogi hamon 4 foizni tashkil etmoqda.

Hududlar_bo’yicha_sug’urta_badallarini_yig’ish_hajmi'>11-jadval

Hududlar bo’yicha sug’urta badallarini yig’ish hajmi (mlrd. AQSH dollarida)

Hududlar

1989y

1991y

1993y

1995y

1996y

1998y

1999y

Yevropa

375

469

491

643

675

711

762

Osiyo

311

372

628

756

647

572

621

Shimoliy Amerika

483

521

600

661

689

780

837

Qolgan dunyo

42

53

84

88

95

104

104

Jami

1211

1415

1803

2148

2106

2167

2324

Yevropa sugurta badallari dinamikasini organish, uni 1983 yildan 1999 yilgacha bolgan oraliqda ancha barqaror kechganligidan dalolat beradi. Bu vaqt oraligida Yevropa Osiyodagidek, ko’rsatkichlarning keskin o’zgarishini boshdan kechirmadi.

1-diagramma


Yevropa Sug’urta Kumitasi-ESQ (abbreviatura, orginal tilda - CEA) 29 ta mamlakatning milliy sug’urta assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Ularning to’liq ro’yxatini 2-jadvaldan ko’rish mumkin.

Belorusiya, Moldaviya, (Rossiyadan boshqa) Ruminiya, Ukraina va boshqa ESQga kirmaydigan ko’plab mamlakatlarning sug’urta operatsiyalari va statistik ko’rsatkichlari ESQ hisobotlarida aks ettirilmaydi.



12-jadval

Milliy sug’urta assotsiatsiyalari ESQga kiruvchi mamlakatlar ro’yxati

1

Avstriya

11

Frantsiya

21

Malta

2

Belgiya

12

Buyuk Britaniya

22

Niderlandiya

3

Shveytsariya

13

Gretsiya

23

Norvegiya

4

Kipr

14

Vengriya

24

Polsha

5

Chexiya

15

Irlandiya

25

Portugaliya

6

Germaniya

16

Islandiya

26

Shvetsiya

7

Daniya

17

Italiya

27

Sloveniya

8

Estoniya

18

Litva

28

Slovakiya

9

Ispaniya

19

Lyuksemburg

29

Turkiya

10

Finlandiya

20

Latviya







ESQ statistik ma'lumotnomalarida yagona «evro» valyutasi amal qiladigan 11 ta mamlakat hisobotlari aks ettiriladi. Bu mamlakatlar: Avstriya, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Finlandiya, Frantsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya.

ESQning Yevropa Iqtisodiy Hududi (EEH) bo’yicha ma'lumotnomalarida 15 ta, Yevropa Hamjamiyatiga (EH) a'zo mamlakat hamda Islandiya va Norvegiya bo’yicha ma'lumotlar ham keltiriladi. ESQning 1999 va 2000 yillar uchun ma'lumotnomasida Shveytsariya ham EEHga kiritilgan.

ESQga kiruvchi mamlakatlarda sug’urta badallarini tuplash hajmi. ESQga kiruvchi mamlakatlar sonining o’sishiga qaramasdan, tuplanadigan sug’urta badallarining 93,4 foizi hamon EH mamlakatlaridagi sug’urta operatsiyalariga va 98,4 foizi EEH mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bunda Shveytsariya bo’yicha ma'lumotlar EEHga kiritilmoqda.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat