1-Variant 1-Savol



Download 32,68 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi32,68 Kb.
#37327
Bog'liq
Pedagodika yakuniy


1-Variant 1-Savol

O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida ish yuritilayotgan xalq ta’limi tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi sahi-harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O‘zbekistonning ilk «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun mazmunida Respublika ta’limi tizimi, uning asosiy yo‘nalishlari, maqsad, vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini topdi. Biroq, 1997 yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda bu borada muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.

Har qanday mamlakatning kuchi uning fuqarolarining ma’naviy etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy etukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish jarayoni tashkil etadi.

Ho‘sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan? «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir1.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishiini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:

  • «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

  • ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;

  • yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

2-Savol

Axloq va pedagogik qarashlar hamda ta‘limotlar tarixiy jarayon bo’lib, kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan paydo bo’lib, shakllanib rivojlanib borgan. Tarbiya va axloqiy fikrlarning kelib chiqishi ibtidoiy jamiyat, uning yovvoyilik va vahshiylik davrlari tugab, tsivilizatsiya davri boshlanganida «Aqlli odam» (Xomosapiens) deb atalgan odamlar shakllangan davrda paydo bo’la boshlagan.

Odamlar to’plagan turmush tajribasini yoshlarga o’rgatish, ularni g’ayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta‘lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo’lgan.

Tarbiya haqidagi pedagogik fikrlar, qarashlar va ta‘limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari – Xoldey, Vavilon (Bobil), Misr, Xindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan. Shu boisdan eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlari, jumladan Xoldey, Vavilon, Misrda va Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklar o’rganib olganlar1.

Qadimgi Misr o’zining tarbiyaviy-axloqiy pandnomalari (quldorlar hayotiga doir xilma-xil maslahatlar, do’stlar bilan, xizmatkorlar bilan muomala qoidalari va hokazo) bilan mashhur bo’lgan va ularni koxinlar (kelajak haqida «karomat qiluvchi» kishilar, ruxoniylar) yaratganlar. Ular axloqning ibtidosi samoda deb qaraganlar hamda odamning buyuk maqsadini xudo bilan qo’shilib ketishda ko’rganlar, asosiy axloqiy majburiyatni firavinlar (Qadimgi Misr podsholarining an‘anaviy nomi) ga xizmat qilish va xudolarga hurmat bilan qarash deb bilganlar. Koxinlar kishilardagi «odobsizlik», «tarbiyasizlik» xudolarni lozim darajada e‘zozlamaslikdan paydo bo’ladi deb bilganlar.

Demak, Qadimgi Misrda diniy va dunyoviy ma‘nodagi axloqiy-tarbiyaviy ta‘limotlar paydo bo’lgan.

Eramizdan avvalgi II asrda qog’oz ilk bor Xitoyda kashf etildi va ishlab chiqilgan. Keyinchalik VII asrda Samarqanda qog’oz ishlab chiqarila boshlandi va Yevropa mamlakatlariga sotilgan. XVII asrda qog’oz ishlab chiqish Yevropa mamlakatlariga ham yoyilgan.1000 yildan buyon bo’lib kelayotgan qog’oz bosish Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin to’xtatilgan.

Sharq mamlakatlaridagi ilk tarbiya maktablarida xat-savod o’rgatish murakkab, og’ir ish hisoblangan. Ilm olish – nina bilan quduq qazish, deb bejiz aytilmagan. Shu boisdan mutafakkir olimlar o’qitishning yengilroq usullarini topish ustida bosh qotirganlar. Bu davrlarda yozuv, o’qish, hisob va din ilmlari yaratildi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida maktablarda qattiq intizom o’rnatilgan, bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo’llangan.Markaziy Osiyoda falsafiy, axloqiy, ma‘rifiy tafakkurning ilk kurtaklari xalq og’zaki ijodida o’z aksini topgan. Ularda yozuv paydo bo’lgunga qadar va undan keyin ham xalq ruhi va ma‘naviy faolligi aks etgan. Sharqda, jumladan O’zbekiston hududida ta‘lim-tarbiyaga juda katta e‘tibor berilib, bolalarni kichik yoshdan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr oqibatli qilib voyaga yetkazish, el-yurtga nafi tegadigan farzand qilib o’stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e‘tibor qilishgan.

Sharq pedagoglari bolalarni o’qishga qiziqtirish uchun kitobdagi voqealarni qush va hayvonlar tilidan hikoya qilar edilar. Masalan, «Qobusnoma», «Axloqi Muhsiniy», «Kalila va Dimna» kabi asarlar shular jumlasidandir.

VII- VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar bosib olgach, islom dini asosidagi sifat jihatidan yangi tizimga ega bo’lgan ta‘lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi.Arab tilini o’rganish joriy etildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish uchun maktablar, machit va madrasalar tashkil qilindi. Bu usulda o’qitish 1917 yil Oktyabr to’ntarilishidan keyin eski unsur sifatida qoralandi va yangi (jadid) usulidagi o’qitish tizimi (maktablar) yuzaga keldi.

Eramizdan oldingi VI asrdan milodiy V asrgacha bo’lgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, Respublika boshqaruvi o’rnatildi. Bu davrda o’ziga xos ta‘lim-tarbiya tizimlari va mutafakkirlar tomonidan o’ziga xos pedagogik ta‘limotlar yaratildi.

Afinadagi quldorlar o’z bolalariga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyalarni berganlar. Afinada bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan.7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar «gramatist va kifaristlar» maktablarida ta‘lim olganlar So’ngra 14-15 yoshli bolalar «polistra» (kurash) maktablarida taxsil olgan.16-17 yoshli bolalar «Gimnaziya» da, 18-20 yoshli bolalar esa Efiliya maktablarida ta‘lim-tarbiya olganlar.

Yunonistonlik olimlar Demokrit, suqrot, Aflotun, Arastu, shuningdek mashhur Rim pedagogi Kvintilianlar o’z asarlarida ta‘lim-tarbiyaga doir pedagogik nazariyalar yaratdilar. Masalan, Demokrit tarbiyaning tabiatga mosligi g’oyasini o’rtaga qo’ygan.O’qitish jarayonida bolalarning qiziquvchanligini hisobga olish zarurligini o’qtirgan. Ta‘limning kishi tabiatini o’zgartiruvchi qudratli kuch ekanligini, o’qitishda majburlash usulidan ko’ra, ishontirish usulidan foydalanish afzalligini ta‘kidlagan edi.

3-Savol

Ular oddiy kunni o‘z ixtiyorlari bilan qanday o‘tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o‘smir vaqtini o‘z holicha o‘tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko‘radi, 50 foizi sport bilan shug‘ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o‘smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.

O‘smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to‘liq bo‘ladi.

Bu yoshda o‘smirlar kattalar oldida o‘zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan talab o‘sadi. “Dangasa”, “qo‘pol”, “bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og‘rinib qabul qiladilar.

O‘z-o‘zini tarbiyalash natijasida o‘g‘il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; qizlar esa – o‘ta ko‘nikuvchan, kamtar va jiddiy bo‘la boshlaydilar.

Shuning uchun o‘smirga o‘z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o‘smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo‘la boshlaydi. Muhimi, o‘smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo‘lib qolganligini tan olish zarur.



Katta maktab yoshi – kollej, litsey o‘quvchilari (o‘spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.

O‘spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim.

SHaxsning ijtimoyilashuvi. SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog‘liq bo‘lgan holat va hodisalar o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko‘rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.

Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. CHunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o‘rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g‘oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi.

Odamlar ijtimoiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o‘rganadilar.



Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo‘ladi: to‘liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatmaydigan odamlar ham mavjud.

Bu holat ko‘p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g‘oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.



Zero, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta’kidlab o‘tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.

4-Savol

Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan.

Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.

Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ke tma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi.

Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar.

Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.

Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ula rga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.

Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq.

Ko‘pchilik olimlar ta’lim ob’ekt deb o‘qitish jara yonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.

Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p.

Darxaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlaretakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.

Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.

Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi.



Umumiy didaktikaning predmeti dars o‘tish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchining o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;

- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;

- ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.

Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.



5-Savol

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o‘rta ta’lim;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi..Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Bu o‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o‘zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, kasb tanlash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o‘quvchilarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo‘nalishi bo‘lgan – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.Akademik litsey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o‘quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo‘nalishidagi o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.

1



Download 32,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish