1. Umumiy qoidalar



Download 205.4 Kb.
bet39/67
Sana22.05.2021
Hajmi205.4 Kb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67

26. Yuk tashish.


26.1

Tashilayotgan yukning vazni va o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.

26.2

Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to'g'ri joylashganligi va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga halaqit bermasligini ta'minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.

26.3

Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo'l qo'yiladi:
haydovchiga tevarak-atrof ko'rinishini cheklamasa;
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;
tashqi yoritish asboblari va yorug'lik qaitargichlarini, davlat raqami belgilarini va taniqlik belgilarni, shuningdek, ishoralarni va qo'l bilan beriladigan ishoralarni ko'rishni to'smasa;
shovqin solmasa, chang ko'tarmasa yo'lni va atrof muhitni iflos qilmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qaid etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o'tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko'rishi, uning iloji bo'lmasa bundan keyingi harakatlanishni to'xtatishi shart.

26.4

Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofik Katta o'lchamli yukbelgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha qilib oldi oq chiroq yoki yorug'lik qaitargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaitargich bilan belgilanishi kerak.

26.5

O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni 2,5 metrdan va balandligi yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq bo'lgan yoxud yuki transport vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining, ikki yoki undan ortiq tirkamali avtopoezdlarning harakatlanishi uchun DAN organlarining ruxsatnomasi bo'lishi kerak.


Download 205.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat