1-topshiriq(3-mavzu).”O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘ldiring



Download 38,07 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi38,07 Kb.
#252365
  1   2
Bog'liq
O'zbekiston tarixi 1-topshiriq
1 Kirish Dozalar, og‘irlik o‘lchovlari, 1 Kirish Dozalar, og‘irlik o‘lchovlari, 1 Kirish Dozalar, og‘irlik o‘lchovlari, 1 Kirish Dozalar, og‘irlik o‘lchovlari, Instructions, 1-мавзу назарий, 1-мавзу назарий, Назорат иши № 1, task 7page 9, task 7page 9, nider, summary , 20-darsga-1, 20-darsga-1, 20-darsga-1


DIF fakulteti 312-20 guruh talabasi

Mallayev Og’abek




1-topshiriq(3-mavzu).”O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘ldiring.

O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar”( mil.avv.I ming y.- mil. III a,)



Davlatning nomi

Mavjud bo‘lgan davri

Hudud

Iqtisodiy hayot turlari

Boshqaruv tizimi va turi

Diniy e’tiqodi

O‘ziga hos xususiyatlari

Baqtriya davlati

Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qudratli davlat boʻlgan

Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afgʻoniston hududlarida joylashganligi ma’lum

Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur boʻlgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan. “Avesto”da Baqtriya eng goʻzal oʻlkalardan biri sifatida ta’riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor boʻlib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi.


Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi.

Zardushtiylik

Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar. Koʻplab mualliflar baqtriyaliklarga “koʻp sonli”, “jangavor” va “botir” xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib boʻlmaydigan” koʻplab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.


Salavkiylar davlati

miloddan avvalgi 312- yildan mil.av. 250- yillar

Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Natriya, Soʻgʻdiyona davlatlari kirgan edi

Bu hududlar harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgani sabab, savdo yoʻllari boʻylab shahar va boshqa manzilgohlar qurdirgan edi.Antiox I davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm va tetradraxmlar (pul birligi) zarb qilingan. Urushlar tufayli izdan chiqqan turmush Soʻgʻdiyona, Baqtriyada tiklana boshladi va savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlana boshladi. Bu davrda Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta’siri birmuncha kuchaydi.


Salavkiylar davlatida boshqarish tizimi uch boʻhindan: satraplar, eparxlar va giparxlardan -iborat boʻlgan

Zardushtiylik

Hududga yunon yozuvi, yunon ogʻirlik oʻlchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va ellin san'ati kirib keladi. Moddiy va badiiy madaniyat, savdo va shahar sozlik yangicha yoʻnalishda rivojlana boshlaydi. Oʻz navbatida, yunonlar mahalliy madaniyat va an'analarni qoʻllay boshlaganlar. Natijada, aralash madaniyatning-yunon va mahalliy sharq madaniyatininig tashkil topish jarayoni yuzaga keldi

Dovon davlati

Mil. av. III asr oxiri I asr boshlari

poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat)

Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar.



Dovon qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi oʻtroq aholi bilan bir qatorda, Fargʻonaning choʻl va dasht hududlarida koʻchmanchi chorvador aholi ham yashagan. Manbalarda bu koʻchmanchilarning ot ustida turib hamon otishga mohir ekanliklari haqida qayd etiladi.


Qadimgi Fargʻona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat hisoblangan. Podshoh davlat ishlarini Oqsoqollar kengashiga suyangan holda yuritgan. Oqsoqollar kengashi doimiy boʻlib, unda davlatning eng muhim masalalari muxohama qilingan.

Zardushtiylik

Oʻsha davrda Dovon davlati oʻzining “afsonaviy” va “samoviy” otlari bilan shuhrat qozongan. Dovon argʻumoqlari mamlakatdan tashqarida ham xususan, Xitoyda qadrlangan. Dovonliklar usta savdogar hisoblanganlar va foyda ustida raqobatlashganlar

Qangʻ davlati

III asrning boshlarida Yunon-makedon hukmronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolari keskinlashuvi natijasida paydo boʻlgan

Bu davlat hududi dastlab Sirdaryoning oʻrta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash togʻ va choʻl zonalari)dan iborat edi. Mil.av. II asrning boshlariga kelib Qangʻ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Fargʻona vodiysi shimoliy-sharqda Yue-chje qabilalari bilan, shimoli – gʻarbda Sarisuv daryosi, gʻarbda Sirdaryogacha borgan

Bu davlat iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan edi. Davlatning taqshi siyosati qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini oʻrnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va oʻz hududida osoyishtalik oʻrnatishga qaratilgan ediBu davlat iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan edi. Davlatning taqshi siyosati qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini oʻrnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va oʻz hududida osoyishtalik oʻrnatishga qaratilgan edi




Zardushtiylik

Qangʻliklarda koʻplab qal'a va koʻrganlar boʻlib, ular dushman qamal iga bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi rivojlangan. Qangʻ harobasidan, Choshtepa va Toshkent vohasi boshqa tepaqoʻrgʻonlardan topilgan arxeologik ashyolar Qangʻ davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi.


Xorazm davlati

Miloddan avvalgi IV-II asrlarda

Xorazm mustaqil davlat boʻlib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan

Xorazmda dehqonchilik va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan. Shaharlar muhim savdo yoʻllarida joylashgan

Davlat tipi – podshohlik boʻlib boshqarish shakli mutloq monarxiya, ya’ni yakkahokimlik edi.

Zardushtiylik

Bu davrlarda podshohlikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va hokimiyat sulolaviy tarzda meros boʻlib qolgan. Zarb qilingan tanga pullarda Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshohlar ismlari uchraydi

Kushon davlati

milodiy I—III-asrlar

Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar) kirgan.

Koʻpdan-koʻp yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda koʻplab sugʻorish inshootlari qurilib, yangi yerlar oʻzlashtirildi. Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar toʻgʻri burchakli boʻlib, qalin devorlar bilan oʻralgan. Shahar tuzilishiga koʻra, u bir necha qismlarga boʻlingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, alohida ibodatxonalar joylashgan qismi, savdo maydoni va boshqalar tartibli ravishda joylashgan edi.


Kushonda davlat tipi konfederativ podshohlik boʻlib, boshqaruv shakli monarxiya edi.

Zardushtiylik

Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalarning bir tomonida Budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari uchrasa, ikkinchi tomonida esa “shoh”, “shohlar shohi” atamasini koʻramiz. Buyuk ipak yoʻli tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab yashnadi

2-topshiriq(5-mavzu). IX-XII асрларда ижод этган алломалар мавзусига оид жадвални тўлдиринг







Download 38,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
koronavirus covid
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
sertifikat ministry
covid vaccination
vaccination certificate
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan tayyorlagan
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi