1-topshiriq Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ta'lim-tarbiyani rivojlanishi hususida fikringiz?



Download 53,52 Kb.
bet1/11
Sana14.03.2021
Hajmi53,52 Kb.
#61619
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-TOPSHIRIQ JAVOBLAR


Mavzu: Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari. Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari.

Topshiriqlar:

1-topshiriq

  1. Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ta'lim-tarbiyani rivojlanishi hususida fikringiz?

  2. Turkiston o’lkasida dastlab ochilgan maktablar haqida nima bilasiz?

  3. Turkiston o’lkasida jadidchilik harakatini paydo bo’lishi hususida tushunchangiz?

  4. Jadid namoyandalaridan kimlarni bilasiz va ular faoliyatiga qisqa to’xtaling?(Qisqa konspekt qilasiz)


  1. Topshiriq Javoblar:

Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o’lkani qo’lga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.

Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning vafotidan so’ng Ekaterina hukumati tomonidan davom ettirildi. Nikolay II taxtga o’tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga intildi.

Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o’rnida 3 ta xonlik – Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo’qon xonliklari bo’lib, bular o’rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o’zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog’istonni o’zlariga tobe qildilar. So’ngra Qozog’iston orqali 1864 yilda Turkmaniston, Chimkent, Avliyo otani, 1865 yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867 yilda Ettisuv viloyati, 1868 yilda Samarqand, 1876 yilda Farg’ona viloyati Rossiya qo’liga o’tdi.

1876 yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’risida buyruqqa imzo chekdi. 1885 yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma erlari Russiya tasarrufiga o’tdi va o’lkada Turkiston general gubernatorligi tashkil etiladi.

Markaziy Osiyo mustamlaka davlatiga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida kurashni avj oldirdi. Chor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.

2. XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.

Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi. Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan.

Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi.

Mustamlaka ma’muriyati mashg’ulotlar o’rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o’qitishni rag’batlantiruvchi choralar ko’rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o’rganishga ko’proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilindi.

Eski maktablarda ham ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o’rgatish joriy qilindi, qizlarga o’qishni o’rgatish bilan birga yozishni ham o’rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko’ra o’zbek maktablari hayotida katta siljish ro’y berdi.

3. Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa bo’lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar maxsuldir.

Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy tomonlarini professor B.Qosimov o’z tadqiqotida batafsil bayon etgan.

XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha «jadid» so’zidan olingan bo’lib «yangi» degan ma’noni bildiradi). O’sha davrlardan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o’rta asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo’lgan kishilarni esa qadimistlar, deb atay boshladilar. XIX asr boshlarida bir qancha ma’rifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g’oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat boshida madrasa mudarrisi Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi. Qadimistlar esa ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar.

Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ’ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g’oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo’q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. Shuning uchun jadidchilikning yangi g’oyalar bilan paydo bo’lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir so’z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining ma’nosi ham «yangi» demakdir».




  1. Download 53,52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish