1-topshiriq: Bugungi o‘zbek romannavislari haqida ma’lumotga ega bo‘lish



Download 43 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi43 Kb.
#79970
Bog'liq
Zamonaviy o'zbek adabiyoti. 2-amaliy


TOPSHIRIQLAR:
1-topshiriq: Bugungi o‘zbek romannavislari haqida ma’lumotga ega bo‘lish

Zamonlar osha takomillashib kelayotgan roman janri uzoq va murakkab tadrijiy yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar davomida roman boshqa janrlar orasida badiiyat va qamrov jihatdan imkoniyatlari cheksiz ekanligini namoyon etdi. Roman nafaqat so‘z san’atining eng mukammal namunasi, balki o‘zi yaratilgan davr va jamiyat badiiy tafakkurining o‘ziga xos ko‘zgusi ekanligini ham ko‘rsatadi. Shuningdek, roman boshqa adabiy janrlar ichida insonga xos ong, ruh, vujud, aql tushunchalarining bir-biri bilan o‘zaro uyg‘ unligini aks ettira olgan, insonni shaxs sifatida shakllanishi jamiyatning ahvoli bilan bog‘ liqligini to‘laqonli, keng qamrovli badiiy inkishof eta oladigan janrdir.

Oʻzbek milliy romanining tarixi, taraqqiyot tamoyillari qisman o‘tmish va asosan zamonaviy voqelik bilan belgilanishini nazarda tutgan holda, uning shakllanishi va taraqqiyotida, avvalo, XX asrga kelib, mukammal roman janri tadrijiga ega bo‘lgan rus, so‘ng esa g‘ arb romanlari katta rol o‘ynaganligini e’tirof etish kerak. Bu xususda S.Mirvaliyev aytgan fikrlar bizning mulohazalarimizga esh keladi: “ O‘zbek adabiyotida realistik roman taraqqiyoti to‘rt manbaga – voqelik, xalq og‘ zaki ijodiyoti, klassik adabiyotning boy ananasi va rus, qardosh hamda jahon xalqlari romanchiligiga asoslangan”. O‘zbek romanining taraqqiyotiga bugungi kun nuqtai nazaridan qaralsa, uning qaysidir jihatlari kishini qoniqtarmasligi, tabiiy. Totalitar tuzumning nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga, siyosatiga o‘tkazgan tazyiqi, balki fan va san’at masalalariga ham aralashuvi o‘z tasirini o‘tkazmay qolmadi. Sotsialistik realizm metodining yakka hukmronligi natijasida ommaviy adabiyot gullab yashnadi, xalqimiz badiiy-estetik tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan asarlar yaratishga bo‘lgan urinishlar qo‘llab-quvvatlanmadi. Dunyoning boshqa milliy adabiyotlarida bo‘lganidek, romandan bosh maqsad – insonni bor bo‘yicha tasvirlash emas, sho‘ro kishisini ulug‘ lash avj oldi, alohida olingan odamning o‘y-xayollari, orzutashvishlarini tasvirlash ortga surildi. Istiqlol yozuvchilarimizga jahon romanchiligi yutuqlaridan kengroq bahramand bo‘lish imkoniyatini berdi. Buning natijasida adabiyotimizda modernistik uslublar, ong oqimi, absurd roman ta’sirida yaratilgan romanlar paydo bo‘ldi. O.Muxtorning “Maydon”, X.Do‘stmuhammadning “Bozor”, T.Rustamovning “Kapalaklar o‘yini” kabi romanlarida inson obrazi yangicha ruh, yangicha uslubda namoyon bo‘ldi
2-topshiriq: Mustaqillik davrida yaratilgan o‘zbek romaniga xos xususiyatlar

Mustaqillik arafasida, ya’ni XX asrning 80-yillarida o‘zbek romanchiligi katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. M.M. Do‘st, T.Murod, X.Do‘stmuhammad, O.Muxtor, X.Sulton kabi nisbatan yosh avlod vakillari tomonidan adabiyotimizga yangi epkinlar olib kirildi. Ular yaratgan romanlarda alohida olingan insonning dard-u g‘ amlari, o‘y-fikrlari, kechinma va orzulari talqin etila boshladi-ki, janr rivojidagi bu o‘zgarishlar keyingi yillar o‘zbek romanchiligi taraqqiyotini belgilab berdi. Istiqloldan so‘ng o‘zbek romanchiligi asosan ikki – ananaviy va noananaviy romanlar yo‘nalishida rivojlandi. Har bir adabiyotda bo‘lgani kabi o‘zbek romanchiligi ham o‘tish davri muammolaridan mustasno bo‘la olmas edi. Shu sababdan milliy istiqlol davrining birinchi yillari o‘zbek romanchiligida muayyan depsinishlar bo‘lib turdi. Roman janri tadrijiga nazar tashlasak, rus va g‘ arb adabiyoti romanchiligida ham aynan o‘tish davrlarida roman inqirozi muammosi yuzaga kelganiga amin bo‘lamiz. Agar adabiyotshunos Ye.Dobrenkoning «roman krizisi – bu aslo janr tanazzulini bildirmaydi, balki bir davrdan ikkinchi bir davrga o‘tish oralig‘ idagi muayyan bir tayyorgarlik davri» degan mulohazalarini nazarda tutsak, o‘zbek romanchiligida zohir bo‘lgan ba’zi bir noaniq holatlar o‘zbek adabiyotshunosligida ham roman janri xususidagi bahs va munozaralarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.


3-topshiriq: Hozirgi tarixiy romanlar, hozirgi trilogiyalar haqida ma’lumot bering

Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz, dastavval A.Qodiriyni, Oybekni esga olamiz. Har ikki tarixiy romannavis o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos yo‘nalishni boshlab berganlar. Agar A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari markazida asosan tarixiy voqealar tursa, Oybekning «Navoiy» romanida tarixiy shaxs birinchi o‘ringa chiqdi. Tarixnavis adiblarning 3-to‘lqini har ikki ustoz sanoatkorlarning an’analarini uyg’unlashtirib tasvirlashdi va natijada tarixiy roman 70-yillarda yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu parvozda O.Yoqubov, P.Qodirov, Mirmuhsin, M.Qoriyev kabilarning xizmati katta bo‘ldi. Tarixga murojaat qilishning o‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Avval yozuvchi qalamga olinayotgan davrni chuqur o‘rganishi, tarixiy haqiqatga to‘la amal qilishi, ayni paytda tarixiy shaxslar hamda voqealarning zamonaviy ruhini aniqlab olishi va haqqoniy tasvirlashi lozim. Tarixiy materiallar ipi zamon bilan o‘zviy bog’lanmas ekan, binobarin, u o‘z ruhi, g’oyasi bilan bugungi kunimizga xizmat qilmas ekan, bunday tarixiy asar o‘z vazifasini uddalay olmagan bo‘ladi. Mustaqillik bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-to‘lqini mamlakatimiz tarixining shu paytgacha qorong’i bo‘lib kelgan tomonlarini yoritishga kirishdilar. Bular orasida M.Alining «Sarbadorlar», B.Ahmedovning «Amir Temur» nomli xronologik, M.Karimning «Mohlaroyim», M.Qoriyevning «Ibn Sino», X.Begmatning «Mehribonim qaydasan?», A.Dilmurodning «Maxmud Torobiy» singari romanlari e’tiborga loyiqdir. Zero, tarixda ham, adabiyotda ham unutilganlar, oq dog’lar qolmasligi uchun harakat boshlandi. Bir paytlar yakkahokim kompartiya «o‘tmishni ideallashtirish, noinsofiy va notarixiy yondashishga, Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitoblar sahifalarida shu vaqtga qadar ko‘zga tashlanib turishiga» chek qo‘ygan edi. Tarixiy voqealar va shaxslarning paydo bo‘lishi «ayrim yozuvchilarning mulohazasizligi, tarix haqiqatiga zid ish tutishi» deb baholanardi.



Asr boshida romanchilikda katta tarixiy hodisa ro‘y berdi: birinchi o‘zbek fantastik trilogiyasi dunyoga keldi. Hojiakbar Shayxov "Tutash olamlar", "Ikki jahon ovorasi" asarlarining bevosita mantiqiy davomi bo‘lgan "Samoviy muhabbat" romanini e’lon qilib, "Tutash olamlar" deb ataluvchi birinchi o‘zbek ilmiy-fantastik trilogiyasini yaratdi. Bu hodisa milliy nasrimizda mavjud bo‘lgan bir kemtiklikning faktik jihatdan bartaraf etilishiga olib keldi. Istiqlol davriga kelib, tarixga munosabat o‘zgardi. Endi adiblardan tariximizni ro‘y-rost, bezak va qora bo‘yoqlarsiz tasvirlash talab qilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis adiblarning 4-avlodi «labbay» deb javob berdi. Ular o‘z oldida tarixiy mavzuda ko‘plab talantli asarlar yaratish vazifasi turganligi hal qilinishini kutib turgan muammolar borligini anglab etdilar va ularni hal etishga astoydil kirishdilar. Chunki xalqimiz o‘zoq tarixda ko‘rsatgan jasoratlari, qahramonligi to‘g’risida hali yetarli so‘zlab berilgani yo‘q. Zero, adib I.Rahim kuyinib yozganidek, «Adabiyotimiz xalqimizning tarixi oldida, o‘tib ketgan qahramonlarimiz ruhi oldida va hozir ham ibrat bo‘lib yashayotgan o‘sha davr pahlavonlari oldida katta qarzdor bo‘lib kelmoqda. Bu qarzni o‘zishni ham Vatanni himoya qilishdek jangovar burchimiz deb» bilishimiz lozim.
4-topshiriq: Hozirgi o‘zbek romanchiligidagi janriy izlanishlar

O‘tgan yili o‘zbek adabiyotining og‘irkavon janri bo‘lmish romanchilikda katta tarixiy hodisa ro‘y berdi: birinchi o‘zbek fantastik trilogiyasi dunyoga keldi. Hojiakbar SHayxov “Tutash olamlar”, “Ikki jahon ovorasi” asarlarining bevosita mantiqiy davomi bo‘lgan “Samoviy muhabbat” romanini e’lon qilib, “Tutash olamlar” deb ataluvchi birinchi o‘zbek ilmiy-fantastik trilogiyasini yaratdi. Bu hodisa milliy nasrimizda mavjud bo‘lgan bir kemtiklikning faktik jihatdan bartaraf etilishiga olib keldi.Bir vaqtlar shaxsning tarixdagi o‘rni, ayniqsa, hukmdorlarning millat taraqqiyotidagi mavqeiga sho‘roviy yondashuv SHohruh Mirzo singari taqvodor hukmdorlarning shaxsiyatiga noxolis munosabatni taqozo etgandi. Har qanday saltanat ichida tanazzul va chirish, antogonistik qarama-qarshilik borligini isbotlashni a’molga aylantirgan kommunistik mafkura Ulug‘bek Mirzoning tarixdagi ijobiy o‘rnini ko‘rsatish uchun uni nafaqat o‘g‘li Abdullatifga, balki onasi Gavharshodbegimga ham, otasi SHohruh Mirzoga ham qarshi qo‘yardi. Tarixga shunday munosabat badiiy adabiyotga ham o‘tgan, shu bois ko‘pchilik badiiy asarlarda Ulug‘bekning otasini irodasiz taqvodor, onasini esa o‘g‘lining ma’rifatchilik borasidagi ishlariga qarshi boruvchi, nabirasi Abdullatifni qutquga soluvchi mutaasib kuchlarning johil rahnamosi sifatida tasvirlashga moyillik bor edi.P. Qodirov ham tarixiy faktlarni keltirish, ham insoniy taqdirlarni tadqiq etish orqali shu xil yondashuvning asossiz va haqiqatga zidligini ko‘rsatgan. O‘quvchi jiddiy va bosiq ifoda ohangiga ega bu romandan kattagina ma’rifiy bahramandlik tuyadi. YOzuvchi g‘oyat chigal zamondagi sanoqsiz tarixiy hodisalar o‘rtasida mavjud sababiy bog‘liqliklarni yaxshi his qiladi. Turli manbalardagi tarixiy dalillarning o‘zaro aloqadorlik jihatlarini sezgirlik bilan ko‘ra oladi. Amir Temurning yolg‘izgina tirik qolgan o‘g‘li jasur va tajribali Shohruhni emas uzoqlarda yurgan nabirasi Pirmuhammadni valiahd qilganligi sabablarini hayotiy jihatdan ishonarli, badiiy jihatdan ta’sirli yo‘sinda ko‘rsatadi. Romanda sohibqironning Shohruh ta’siri kuchayib ketishidan xavfsirab, uni tergaganligi go‘zal tasvirlangan. Chunki hukmdorning bunday hadigi tabiiy va shu asnoda romanda Temur hazratlari tabiatining bir odam sifatidagi nuqtasi nurlantirib yuborilgan. SHuningdek, sohibqironning o‘limiga sabab bo‘lgan holat, ya’ni Amir Temurning shamollashi O‘trorda Berdibekning mehmonxonasida chiqqan kutilmagan yong‘in va shu bois hukmdorning ko‘chaga engil kiyimda chiqishga majbur bo‘lganligi ekanligi tasviri mantiqiy asosli ekanligi bilan asar jozibasini oshirgan.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish