1. Suv bu g‘ining atmosferaga o‘tishi. To‘yingan bug‘ bosimi. Havo namligini harakterlaydigan kattaliklar. Havo namligini o‘lchash



Download 82,5 Kb.
bet1/2
Sana03.03.2022
Hajmi82,5 Kb.
#480802
  1   2
Bog'liq
Nam havo.


Nam havo.Absalyut va nisbiy namlik

Reja:



1.Suv bu g‘ining atmosferaga o‘tishi. To‘yingan bug‘ bosimi.
2.Havo namligini harakterlaydigan kattaliklar.
3.Havo namligini o‘lchash.
4.Suv bug‘ining parsial bosimi va nisbiy namlikning sutkalik va yillik o‘zgarishi.
5. O‘rmonlarning havo namligiga ta’siri.
1.Ma’lumki, butun yer sirtining 70 foizcha qismini suv qoplagan. Atmosferada mavjud suv bug‘ining asosiy qismi okean va dengizlarning bug‘lanishidan hosil bo‘ladi. Кo‘llar, daryolar, suv havzalari, nam tuproq va o‘simliklarning bug‘lanishidan ham atmosferaga ancha miqdordagi suv bug‘i o‘tadi. Qor qoplami va muzliklarning bug‘lanishi juda kam darajada bo‘ladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, bug‘lanuvchi sirt turiga qarab bug‘lanish har xil jadallikda o‘tadi. Bir joyning o‘zida ham bug‘lanish haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
Suv bug‘lanishida havoning suv sirtiga yondoshgan qatlamlarida eng ko‘p suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i atmosferaning yuqori qatlamlariga asosan havo bilan birgalikda issiqlik konveksiyasi, turbulent aralashish va molekulyar diffuziya jarayonlari bilan ko‘tariladi.
Havodagi suv bug‘ining miqdori joyning fizik-geografik sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bundan tashqari havodagi suv bug‘ining miqdori yil fasllariga, sutka vaqtiga va ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Shuning uchun ham havodagi suv bug‘ining miqdori ham o‘zgaruvchandir.
Atmosferada uzluksiz ravishda bug‘lanishga teskari jarayon suv bug‘ining havodan suvga, tuproqqa, o‘simlik, qor va muz qoplamlariga o‘tishi ham ro‘y berib turadi. Agar ajralib chiquvchi suv molekulalarining soni, qaytuvchi suv molekulalari sonidan oshiq bo‘lsa, natijaviy jarayon bug‘lanish bo‘ladi.
Bug‘lanayotgan sirt ustidagi suv bug‘ining miqdori ortgan sari birlik yuzadan vaqt birligida ajralib chiqayotgan molekulalarning soni, qaytib tushayotgan molekulalar soniga teng bo‘lib qolishi mumkin, ya’ni bug‘lanayotgan muhit bilan uning ustidagi bug‘ orasida harakatli muvozanat vujudga keladi. Bunday holatdagi bug‘ni to‘yingan bug‘ deyiladi. Agar bug‘lanayotgan sirtdan uchib chiquvchi molekulalar soni, bug‘lanayotgan sirtga qaytib tushuvchi molekulalar sonidan kam bo‘lsa, natijaviy jarayon – suv bug‘ining kondensasiyasi bo‘ladi.
Suv bug‘i boshqa gazlar kabi bosimga ega. Suv bug‘ining parsial bosimini ko‘pincha suv bug‘ining elastikligi deb ham yuritiladi. Havodagi mavjud suv bug‘ining parsial bosimini e harfi bilan belgilanadi. Havoda suv bug‘lari ortsa suv bug‘ining parsial bosimi e ham ortadi. Suv bug‘ining parsial bosimi e ni hozirgi vaqtda gPa (gektopaskal) birlikda o‘lchanadi.
Berilgan haroratda suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) biror maksimal E qiymatgacha ortishi mumkin va uni bug‘ning shu haroratdagi maksimal elastikligi yoki to‘yingan bug‘ (elastikligi) deb yuritiladi. Demak, eShunday qilib, havodagi suv bug‘ining berilgan haroratda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta parsial bosimini to‘yingan bug‘ bosimi deyiladi va E harfi bilan belgilanadi va uni ham gPa birlikda ifodalanadi.
Havoning harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, to‘yingan bug‘ bosimi ham kattalasha boradi.
Masalan, harorat 00S bo‘lganda suvning tekis sirti ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi 6,1 gPa ga, 100S da esa 12,3 gPa ga, 200S da 23,4 gPa ga, 300S da 42,4 gPa ga teng bo‘ladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, harorat oshgan sari havo tobora ko‘p suv bug‘ini saqlay oladi.
Musbat haroratlarda distirlangan suvning tekis sirti ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi faqat haroratga bog‘liq. Manfiy haroratlarda esa u yana bug‘lanayotgan sirtning qanday (o‘ta sovigan bug‘ yoki muz) holatda ekanligiga bog‘liq.
Biror haroratda muz ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi, xuddi shu haroratdagi o‘ta sovigan suv ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan kichik. Masalan, harorat –50S bo‘lganda o‘ta sovigan suv ustidagi bug‘ bosimi 4,21 gPa, muz ustidagi bug‘ bosimi esa 4,01 gPa ga teng. Demak, suv ustidagi bug‘ning to‘yinishi, muz ustidagi to‘yinishga qaraganda ko‘proq bosimda boshlanadi.
To‘yingan bug‘ bosimi harorat va bug‘lanayotgan sirtning qanday fazaviy holatda ekanligidan tashqari, bug‘lanayotgan sirtning egriligining turiga ham bog‘liq.
Qavariq sirt, masalan tomchi ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi, huddi shu haroratdagi tekis sirt ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan katta. Botiq sirt, masalan kapillyar naydagi suv sathi ustidagi bug‘ bosimi xuddi shu haroratdagi tekis sirt ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan kichik bo‘ladi. Ammo bu farqlar radiusi 10-4sm dan kichik tomchilar ustida va tuproqdagi juda ingichka kapillyarlar ustida sezilarli bo‘ladi.
2.Havodagi suv bug‘ining miqdoriga havo namligi deyiladi. Havoning namligi suv bug‘ining parsial bosimi, to‘yingan bug‘ bosimi, absolyut namlik, havoning nisbiy namligi, to‘yinish etishmovchiligi, shudring nuqtasi kabi kattaliklar bilan tavsiflanadi.
Endi ularning har birini qarab chiqamiz:
1.Suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) e deb – berilgan haroratda havo tarkibidagi suv bug‘ining faqat o‘zi, havo hajmiga teng hajmni egallaganida hosil qiladigan bosimiga aytiladi. Suv bug‘ining parsial bosimi oldin aytganimizdek gPa birlikda o‘lchanadi.
2.To‘yingan suv bug‘ining bosimi E – berilgan haroratda suv bug‘ining mumkin bo‘lgan eng katta parsial bosimi (elastikligi) dan iborat va u ham gPa birlikda ifodalanadi.
3.Absolyut namlik α deb – havoning hajm birligidagi suv bug‘ining massasiga aytiladi. Havoning absolyut namligi g/m3 birlikda ifodalanadi.
Absolyut namlik α bilan suv bug‘ining parsial bosimi e orasida quyidagicha munosabat mavjud:
bu yerda: e – gPa birlikda ifodalangan suv bug‘ining parsial bosimi
T – absolyut harorat
Masalan, 00S (yoki 273 К) haroratda to‘yinish holatida absolyut namlik α q4,9 g/m3 ga teng.
4.Havoning nisbiy namligi  deb – mazkur haroratdagi suv bug‘i parsial bosimi e ning xuddi shu haroratdagi to‘yingan bug‘ bosimi E ga nisbatiga aytiladi va foiz hisobida quyidagicha ifodalanadi:
ƒ  …………. (15.)
Quruq havoda eq0 bo‘lganidan  q0 teng bo‘ladi, agar eqE bo‘lsa  q100% bo‘ladi. Demak, havo suv bug‘iga to‘yinganida nisbiy namligi 100 foizga tenglashadi.
Shunday qilib, nisbiy namlik havoning suv bug‘iga to‘yinishiga qanchalik uzoq-yaqinligini tavsiflaydigan kattalikdir.
5.To‘yinish etishmovchiligi d – berilgan haroratdagi to‘yingan bug‘ bosimi E bilan, havo tarkibidagi mavjud suv bug‘i parsial bosimi e ning ayirmasiga teng:
d=E-e
To‘yinish etishmovchiligi d ni ham gPa birlikda ifodalanadi.
To‘yinish etishmovchiligi havoning berilgan haroratda suv bug‘iga to‘yinishi uchun mavjud bug‘ miqdoriga yana qancha bug‘ kerakligini bildiradi. Nisbiy namlik oshgan sari to‘yinish etishmovchiligi kamaya boradi,  q100% bo‘lganda esa to‘yinish etishmovchiligi nolga teng bo‘ladi.
e va E ning ta’riflaridan ko‘rinadiki, e havodagi suv bug‘ining miqdoriga, E esa havo haroratiga bog‘liq. Shuning uchun to‘yinish etishmovchiligi havoning harorat va namlik sharoitini ifodalaydigan kattalikdir. Bu esa namlik etishmovchiligini qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sish sharoitini baholashda foydalanish imkonini beradi.
6.Shudring nuqtasi td deb havodagi mavjud suv bug‘ining to‘yinish xolatiga o‘tish haroratini aytiladi. Nisbiy namlik  q100% bo‘lganida havo harorati shudring nuqtasi bilan mos tushadi.
Jadval bo‘yicha to‘yingan bug‘ bosimi 12,3 gPa bo‘lsa, mazkur vaqtda havoning harorati qandayligiga qaramasdan shudring nuqtasi 100S ga teng bo‘ladi, chunki shu haroratda to‘yingan suv bug‘i 12,3 gPa bosim beradi.
Demak, shudring nuqtasini aniqlash uchun suv bug‘ining parsial bosimi e ni bilish kerak. U holda to‘yingan bug‘ bosimi jadvaliga qarab, e ning qiymati bo‘yicha, uning to‘yingan bug‘ga aylanishi haroratini aniqlash lozim, xolos.
3.Hozirgi vaqtda havo namligini o‘lchash uchun psixrometrik va gigrometrik usullar eng ko‘p qo‘llaniladi.
Birinchi usulning nomi grekcha «psixros»-sovitish, sovuq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, havo namligini aniqlash uchun termometrlardan birini sovitish kerakligini bildiradi.
Havo namligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan eng ko‘p tarqalgan asboblar-stansion va aspirasion psixrometrlarning ishlashi shu usulga asoslangan.
Psixrometr 2 ta bir xil bir-biriga yaqin o‘rnatilgan termometrlardan tashkil topgan. O‘ng tomondagi termometrning rezervuarini batist materiali bilan o‘ralgan va batistning ikkinchi uchini suvli idishga tushirilib qo‘yilgan, chap tomondagi termometr «quruq» deb atalib, u atrofdagi havo haroratini ko‘rsatadi. O‘ng tomondagi termometr rezervuarini batist bilan o‘ralib, batistning ikkinchi uchini suvli idishga tushirilib qo‘yilganligi uchun «ho‘llangan» termometr deb ataladi.
Ho‘llangan termometr rezervuari sirtida bo‘ladigan bug‘lanish jadalligi atrofdagi havoning namligiga bog‘liq. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, batist orqali suvning bug‘lanishi shunchalik tez boradi va ho‘llangan termometr ko‘rsatishi quruq termometr ko‘rsatishidan shunchalik past bo‘ladi. Demak, quruq va ho‘llangan termometrlar ko‘rsatishlarining farqi havo namligini xarakterlaydi.
Stansion psixrometr meteorologik maydondagi psixrometrik budkada maxsus shtativga tik (vertikal) holatda bir-biriga yaqin joylashtirilgan ikkita bir xil psixrometrik termometrdan tashkil topgan.
Aspirasion psixrometr MV-4M ikkita psixrometrik termometrlardan iborat bo‘lib, ular metall g‘ilofga yonma-yon qilib joylashtiriladi. Bu psixrometrda ham o‘ng tomondagi termometr rezervuarini o‘lchashlar vaqtida ho‘llaniladi.
Bu ikki turdagi psixrometrda o‘lchashlarda dastlab quruq va ho‘llangan termometrlarning farqiga qarab «Psixrometrik jadvallar» yordamida e ni aniqlanadi. So‘ngra e ning qiymatlariga maxsus tuzatmalar kiritiladi (Tuzatmalar kiritish tartibi laboratoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanmalarda tushuntirilgan). So‘ngra e ning tuzatilgan qiymatlari asosida «Psixrometrik jadvallar» yordamida havo namligining boshqa xarakteristikalari aniqlanadi.
Havo namligini o‘lchashning gigrometrik usuli yog‘sizlantirilgan odam sochining gigroskopik xossalaridan foydalanishga asoslangan.
Soch tolali gigromometr MV-1 meteorologik stansiyalarda psixrometrik budkaga o‘rnatilgan. Bu gigrometrda ma’lum uzunlikdagi yog‘dan tozalangan soch tolasi bo‘lib uning bir uchi metall ramkaga mahkamlanadi, ikkinchi uchi esa strelkaga ulangan. Havo namligining o‘zgarishi bilan soch tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Natijada strelka harakatga tushib shkaladagi havoning nisbiy namligiga doir sonlarni ko‘rsatadi.
Gigrograf M-21A havo nisbiy namligi o‘zgarishlarini uzluksiz yozib boradigan asbobdir. Bu turdagi gigrografning namlikni qabul qiluvchi qismi yog‘dan tozalangan odam sochlari tolalaridan tayyorlangan dasta bo‘lib, uning ikkala uchi ham ramaga mahkamlangan bo‘ladi. Gigrografning qolgan qismlarining tuzilishi termografnikiga o‘xshaydi.
4. Atmosferaning yerga tutashgan qatlamida e ning sutkalik o‘zgarishi ancha aniq ko‘rinishga ega. Okeanlar, dengizlar va qirg‘oqlar ustidagi suv bug‘i parsial bosimining o‘zgarishlari suv hamda havo haroratlarining sutkalik o‘zgarishiga o‘xshaydi. Uning minimal qiymatlari quyosh chiqishi oldidan va maksimal qiymatlari soat 14-15 larda kuzatiladi. Quyosh chiqishi oldidan faol sirtlarning harorati eng past va bug‘lanishi kam. Shuning uchun havodagi suv bug‘i ham oz bo‘ladi.(6-rasm, a)
Yilning sovuq vaqtlarida quruqlik ustidagi suv bug‘i parsial bosimining o‘zgarishi yuqoridagiga o‘xshaydi. (6-rasm,b)
Quruqlik ichkarisida e ning sutkalik o‘zgarishining borishi boshqacha xarakterda bo‘ladi. Yilning iliq davrida, ayniqsa yozda quruqlik ichkarisidagi e ning sutkalik o‘zgarishida ikkita minimum: kechasi va tushki soatlarda, ikkita maksimum: ertalab va kechqurun kuzatiladi.
Birinchi minimum erta tongda havo harorati minimumi bilan birgalikda boshlanadi. So‘ngra bug‘ bosimi harorat bilan birgalikda soat 9 gacha ortadi. Shundan so‘ng bug‘ bosimi soat 15 largacha kamayadi, bunda ikkinchi minimum boshlanadi. So‘ngra bug‘ bosimi soat 21-22 largacha yana ortadi, ikkinchi maksimum boshlanadi (6-rasm). Suv bug‘i parsial bosimining ikkilanma bo‘lishining sababi, quruqlik ustida kunduzgi soatlarda konveksiyaning rivojlanishidir. Quyosh chiqqanidan keyin tuproq isiy boshlaydi.

rasm. Tropik okeandagi va Nukus shahridagi suv bug‘i parsial bosimining qishda va yozda sutkalik o‘zgarishining borishi. ∆e –o‘rtacha sutkalik qiymatlardan chetlanishi.


Shuning uchun bug‘lanish ham kuchayadi va yer sirti ustidagi bug‘ bosimi ham ortadi. Soat 8-10 larda konveksiya etarli darajada rivojlangan bo‘ladi. Yer sirtiga yaqin suv bug‘iga boyigan havo konveksiya sababli yuqoriga ko‘tariladi, uning o‘rniga esa ancha quruq havo egallaydi, natijada suv bug‘i parsial bosimi kamaya boshlaydi.
Suv bug‘ining vertikal almashinishi soat 14-16 larda eng kuchaygan bo‘ladi, xuddi shu vaqtga suv bug‘i bosimining minimumi to‘g‘ri keladi. Soat 14-16 lardan keyin bug‘ning vertikal almashinishi kuchsizlanadi va quyi qatlamlardagi suv bug‘i parsial bosimi yana orta boshlaydi, quyosh botishiga yaqin esa ikkinchi maksimal qiymatiga erishadi.
Suv bug‘i parsial bosimining yillik o‘zgarishi quruqlik va okean ustidagi havo haroratining yillik o‘zgarishi bilan mos keladi. Shimoliy yarim sharda parsial bosimning maksimal qiymati iyul oyida, minimal qiymati esa yanvar oyida kuzatiladi.
O‘zbekiston hududida suv bug‘i parsial bosimining taqsimlanishi quyidagicha bo‘ladi: qishda (yanvarda) respublika tekisliklarining shimoliy qismida e ning qiymatlari 3-4 gPa, janubiy qismida 5-6 gPa teng.
Ammo tog‘li qismida haroratning pastligi sababli e miqdori 1-2 gPa dan kam. Yozda suv bug‘ining parsial bosimining o‘rtacha miqdori qishga nisbatan ko‘p bo‘lib, Orol dengizi bo‘yida, Quyi Amudaryoda 19-25 gPa ga etsa, Qizilqumda 9-10 gPa ni tashkil qiladi. Demak, yozda e ning taqsimlanishi haroratdan tashqari yana sug‘oriladigan erlarga, suv havzalari (daryo, kanal, suv omborlari, ko‘llar) ning mavjudligiga ham bog‘liq.
Suv bug‘i parsial bosimining sutkalik amplitudasi qishda 0,3-0,7 gPa ni, yozda esa 1,0-5,0 gPa ni tashkil qiladi.
Suv bug‘i parsial bosimining yer sirtidagi eng kam qiymatlari qishda Antarktika va Yakutiyada uchrab, e ning qiymatlari gektopaskalning yuzlik ulushlariga teng bo‘ladi, ekvatorda esa e ning eng katta qiymati 35 gPa gacha etadi. Havo qanchalik issiq bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bug‘ni to‘yinmagan holda saqlashi mumkin va bug‘ning parsial bosimi ham kattalasha boradi. Ammo e ning qiymatlari suv bug‘ining atmosferaga o‘tishi imkoniyatlariga ham bog‘liq. Masalan, cho‘llarda harorat yuqori bo‘lsa ham suv bug‘ining parsial bosimi juda kam, chunki quruq erning bug‘lanishi juda kamligidan atmosferaga ham oz bug‘ miqdori qo‘shiladi.
Havo nisbiy namligining sutkalik o‘zgarishining borishi havo haroratining sutkalik o‘zgarishiga teskari ravishda ro‘y beradi. Buni quyidagicha tushuntiriladi.
Nisbiy namlik  ning sutkalik o‘zgarishi e va E larning sutkalik o‘zgarishiga bog‘liq.
Suv bug‘i parsial bosimi e ning sutkalik o‘zgarish amplitudasi unchalik katta emas. Кunduzi bug‘lanish kuchayib atmosferada bug‘ miqdorining ortish tezligiga qaraganda to‘yingan bug‘ bosimi tezroq ortadi. Demak, e ga nisbatan E tezroq ortadi. Shuning uchun e/E nisbat havo harorati oshgan sari kamaya boradi va sutkalik minimum soat 14-15 larga to‘g‘ri keladi. Nisbiy namlikning sutkalik maksimumi esa kechasi yoki quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi.
Nisbiy namlik sutkalik o‘zgarishining bunday me’yorda o‘tishi ba’zi yerlarda dengiz qirg‘oqlarida briz shamolining ta’sirida buziladi. Chunki tushki paytlarda briz shamoli qirg‘oqqa ko‘plab suv bug‘ini olib keladi, natijada e ning qiymati ortishi natijasida  ham ortadi (normal sutkalik o‘zgarishda esa  tushki paytda kamayishi kerak).
Nisbiy namlikning yillik o‘zgarishida maksimal qiymati qishda, minimal qiymati esa yozda kuzatiladi.
O‘zbekiston hududida havoning nisbiy namligi yil davomida o‘zgarib boradi: yoz oylarida kamayib, qishda esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilikning ko‘pligi sababli ortadi.
Tekisliklarda va tog‘ oldi rayonlarda yanvar oyida havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi 70-80% atrofida (Termizda 79%, Toshkentda 71%) bo‘ladi. Tog‘li joylarda havoning nisbiy namligi ancha kam. Masalan, Chimyonda 59%, Shoximardonda 55%.
O‘zbekistonda yozda (iyulda) haroratning yuqoriligi va yog‘inlarning deyarli bo‘lmasligi sababli havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi Qizilqumda, Qarshi va Sherobod cho‘llarida eng kam bo‘lib, 30-35% ni tashkil etadi. Qolgan qismlarida esa o‘rtacha nisbiy namlik 40-50% atrofida (Andijonda 46%, Chimyonda 48%) o‘zgaradi.
Toshkent shahrida yanvarda o‘rtacha oylik nisbiy namlikning sutkalik o‘zgarishida maksimum 77% mahalliy vaqt bilan soat 22 atrofida, minimum 58% esa soat 13 larda kuzatiladi. Toshkent shahrida iyul oyida o‘rtacha nisbiy namlikning sutkalik o‘zgarishida maksimum 57% soat 04 larda, minimum 23% esa soat 13-16 larda kuzatiladi.
Havoning nisbiy namligi 30% va undan kam bo‘lgan kunlarni qurg‘oqchil kunlar deb yuritiladi. Uni bilish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida amaliy ahamiyatga ega. Bunday kunlar respublikamiz tekislik qismida yil bo‘yi o‘rta hisobda 100-200 kunni, eng janubda Sherobodda esa 200 kundan ham oshiq.
To‘yinish etishmovchiligining o‘zgarishida maksimum tushki paytdan keyin, minimum esa ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi.
Masalan, Chimboyda yanvarda o‘rta oylik to‘yinish etishmovchiligining sutkalik o‘zgarishida maksimum 1,9 gPa soat 1600 da,minimum esa 0,6 gPa soat 04-07 larda kuzatiladi.
Chimboyda iyulda o‘rtacha oylik to‘yinish etishmovchiligining sutkalik o‘zgarishida maksimum 37,2 gPa mahalliy vaqt bilan soat 16 da, minimum esa ertalab soat 04 da kuzatiladi.
O‘simlik qoplami, ayniqsa ochiq va sokin ob-havoda havo namligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Qoplami ichida havoning kuchaygan (ortiqcha) namligi vujudga keladi, chunki o‘simliklar juda ko‘p suvni bug‘latadi va shu bilan erga yaqin havo qatlamini suv bug‘i bilan boyitadi.
Qoplam ichida havo namligining ortishiga bundan tashqari o‘simliklarning shamol tezligini ancha darajada kamaytirishi ham sabab bo‘ladi. Qoplam ichida shamol tezligi kamaygaligi uchun nam havoning qoplam tepasida ancha quruq havo bilan namlik almashinuvi qiyinlashadi. O‘rmonlar havo namligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rmonlarda nisbiy namlik ochiq joylardagiga qaraganda doimo ancha ko‘proq bo‘ladi va bu farq 5-10 foizgacha etadi.
Yilning iliq davrida o‘rmondagi havoning absolyut namligi ochiq daladagidan yuqori bo‘ladi, ammo qish davrida bu farq juda kam sezilarli darajaga tushib qoladi.

Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish