1. Strategik axborot tizimi tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirishga



Download 16,95 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi16,95 Kb.
#429111
Bog'liq
ATT 34ta


1.Strategik axborot tizimi — tashkilotning
strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirishga
oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi
kompyuter axborot tizimidir.
2.Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
– bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar;
– tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish
bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan xaridorlar;
– mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi
qismlar yetkazib beruvchi ta’minotchilarning narxlar
bo‘yicha siyosati
3.IT strategik maqsadlari: IT strategiyasini
tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, maqsadlarning
uchdan ikki qismi ko'plab korxonalar uchun
xosdir. Quyidagi tipik IT-strategik maqsadlarni
ta'kidlash mumkin:
4.Axborot xizmatlari - bu foydalanuvchilarning talablariga mos ravishda qaerda
bo’lishlaridan qatьiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini qidirish va
takdim etishni ta’minlash demakdir.
5.Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga
erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro
munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu
elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar
yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt
ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin.
6.Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat:
– kiritish;
– ishlov berish;
chiqarish;
– teskari aloqa.
7.Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi.

Axborot kiritish,


Axborotni qayta ishlash,
Axborotni chiqarish.
8.Axborot tizimining maqsadi – muayyan
professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan
professional axborot ishlab chiqarish. Axborot
tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal
qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni
to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni
ta’minlaydi.
9.Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga
erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash,
ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan
vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq
majmui.
10.«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob'еktlar»,
«aloqalar», «xususiyatlar».
11.Ob'еktlar – tizimning bir bo`lagi yoki komponеntlari bo`lib,
jismoniy, matеmatik o`zgaruvchan tеnglamalar, qoida va qonunlar,
tеxnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish
bo`linmalari kabi ko`plab chеklanmagan qismlarga ega.
12.Xususiyatlar – bu ob'еktning sifatini ifodalovchi paramеtrlardir.
Xususiyat tizimning ma'lum bir o`lchamga ega ob'еktlarini bittalab
miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini bеradi. Ob'еktlarning
xususiyatlari tizim harakati natijasida o`zgarishi mumkin.
13.Aloqalar -ob'еktlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida
yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elеmеntlarining
kеnja tizimlari va tizimlar o`rtasida aloqa bo`lishi nazarda tutiladi.
Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan
birlashuvchilar o`rtasida aloqaning mavjud bo`lishi tizimning asosiy
tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega
bo`lmagan elеmеnt ko`rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi.
14.Tizim quyidagi xususiyatlardan iboratdir:
– murakkablik;
– bo‘laklanish;
– yaxlitlik;
– qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi;
– tarkiblanishi.
• Tizimning murakkabligi uning tarkibidagi qismlarning ichki va
tashqi bog‘liqlari va dinamik o‘zgarishlariga bog‘liq.
• Tizimning bo‘laklanishi uning ko‘p quyi qismlardan yoki
elementlardan iborat bo‘lishidir, va ular ma‘lum maqsadga erishish
uchun yo‘naltirilgan.
• Tizimning yaxlitligi – bu elementlar to‘plami, umumiy maqsadga
erishishga mo‘ljallangan.
• Tizim qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi –
ularning funksional vazifasi har xilligi va avtonom ishlay olishida.
• Tizimni tarkiblanishi uning ichki aloqalarini iyerarxiklik pog‘onasi
bo‘yicha taqsimlanishidadir.
15.Elektron tijorat – axborot texnologiyalari
yordamida amalga oshiriladigan tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha
tadbirkorlik faoliyati. Elektron tijoratni
to’rt yo’nalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga (busines- to-business, B2B); biznes
iste’molchiga (business-to--consumer, B2C); biznes ma’muriyatga (business-toadministration,
B2A); iste’molchi ma’muriyatga
(consumer-to-administration, C2A). Shuningdek,
keyingi vaqtda iste’molchi iste’molchiga (consumer-to-consumer, C2C) va iste’molchi
biznesga (consumer-to- business, C2B) modellari
rivoj topmoqda.
16.Tranzaktsiya – any business related
exchange. Masalan: mijoz amalga oshirgan to’lov,
ishchiga to’langan ish haqi. Tranzaktsiyalarni qayta
ishlash tizimi bu biznes tranzaktsiyalarini saqlab
qolish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan
odamlar, jarayonlar, dasturlar, ma’lumot bazalari
va uskunalar bilan tashkil etilgan to’plamdir.
17.Axborot tizimlarining turlari-qo’lda bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomat
tizimlarga bo’linadi.
Ko’lda bajariladigan AT xamma qayta ishlash
operastiyalari inson tomonidan bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Avtomatlashtirilgan AT - ma’lumotlarni boshqarish
yoki qayta ishlash funkstiyasining bir qismi avtomat tarzda
ikkinchi bir qismi inson tomonidan bajariladi.
Avtomat AT - ma’lumotlarni boshqarish va qayta
ishlashning barcha funkstiyalari inson qatnashuvisiz (masalan,
texnologik jarayonlarni avtomat ravishda boshqarish) amalga
oshiriladi.
18.Shahsiy kompyuterning asosiy qurilmalariga quyidagilar kiradi:
• sistemali blok;
• monitor;
• klaviatura;
• sichqoncha;
19.Sistemali blok quydagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
• Korpus,
• Ona plata (Motherboard);
• Markaziy protsessor (mikroprotsessor);
• Operativ (tezkor) xotira;
• Qattiq disk (vinchester);
• CD-ROM qurilmasi - diskovod;
• Elektr ta’minoti bloki;
• Sovutgichlar (kullerlar);
• Video va ovoz kartalari.
20.Advanced Micro Devices, Inc. (ingliz tilidan
tarjimasi «Istiqbolli mikroqurilmalar») — 1969 yil
AQShning Kaliforniya shtatining Sanniveyl shahrida
Djerri Sanders va Djon Keri tomonlaridan tashkil qilingan. Bugungi kunda AMD mikrochiplarini
ishlab chiqarish bilan mashxur.
21.Operativ xotira o‘zida kompyuterda
ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi.
22.Videokartaning vazifasi- Kompyuterlardan grafikani, foto va vide axbortotlarni
monitorga chiqarish vazifasini videokartalar bajaradi.
23.Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu Komputerda
maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan
vositadir.
24.SOFTWARE
yaʼni “soft“-yumshoq, “ware“-"mahsulot" degan maʼnoni
bildiradi. Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema
dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi
dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)),
2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish
sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni
amalga oshiruvchi dasturlar, masalan:Microsoft Office,
Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun
ishlatiladigan dasturlar).
25.Shaxsiy kompyuter dasturlar
ta’minotining to’plami quyidagi
guruxlarga ajraladi:
1•Tizimli dasturlar
2•Amaliy dasturlar
3•Dasturlashtirish muhiti.
26.Tizimli dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil
yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
27.Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
28.Dasturlashtirish muhiti yoki instrumental dsturlar. Instrumental dasturlar
yangi dasturlar yaratuvchi dsturlar tizimlari.
29.Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
─ bugalteriya uchun ДТ;
─ personalni boshqarish ДТ;
─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
─ bank axborot tizimlari va boshqalar.
30.Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan
foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab
dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil
etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
─ grafik muxarrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil
qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya,
filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
31.Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni
ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
• ─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini
rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini,
jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
• ─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni

ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;


• ─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi
dasturiy vositalar;
• ─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan
foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
32.Kichik nashriyot
tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash,
avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini
yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va
hokazolarni bajaradi.

33.Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U


ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi,
lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
34.Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt
yo’nalishga bo’lish mumkin:
• ─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.
• Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat,
shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va
boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi.
• ─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar .
• yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt
tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
• ─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
• Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi
avlod EHM lari)ni yaratish muammolarini o’rganadi.
• ─ Intelektual robotlar.
35.Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot
(hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
36.Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha
(atrof) qurilmalaridir.
37.Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga
ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan
hujjatlarni o’z ichiga oladi.
38. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
─ sistemaviy dasturiy ta’minot;
─ amaliy dasturiy ta’minot;
─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
39.Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter
tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
40.Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet
sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
41.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari─ yangi dasturlarni ishlab
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.
42.Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda
saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar,
tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni
qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin.
43.ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, ichki foydalanuvchilar hamda
kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga
oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o’z
ichiga oladi.
44.Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
1• muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi;
2• ishlashning ishonchliligi;
3• tezkorligi va unumdorligi;
4• foydalanishning oddiy va qulayliligi;
5• foydalanishning ommaviyligi;
6• axborotning ximoyalanganliligi;
7• kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi
45.Ma’lumotlar bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
1• axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish;
2• saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy
dolbzarbligini ta’minlash;
3• foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni izlash va tanlash;
4• olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish.
46.Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1.bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi
2. ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT)
3.masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plam.
47.Ma’lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash,
axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining
umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish
imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir.
48.Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi birjinsli bo'lmagan va tez tushadigan
raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta
ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda,
katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi.
49.Ma’lumotlarning mustaqilligi -MBBTgaqo’yilgan asosiy talab, talablarning kuchli tili esa
foydalanuvchining talablarini qondirishning
muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar to’plami bilan amallar
bajarish vositalariga ega. Bu esa o’z navbatida EHMlardan
samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
50.MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin.
51.Umumiy olganda zamonaviy MBBT lar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1.ma’lumotlarn ing mustaqilligi;
2.talablarning kuchli tili;
3.javob (sado berish) ning qisqa vaqti
4.ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz kechish
52.Ma'lumotlar bazasi menejerlari
• Microsoft SQL Server.
• Oracle.
• MySQL.
• PostgreSQL
• DB2.
• MariaDB
53.Global kompyuter tarmog’i – Internet Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bo’la olmaydigan masofada turuvchi sub’ektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) o’rtasidagi muloqotdir. ( “Tele”- uzoqdagi, “ kommunikatsiya”– aloqa, xabar).
54.FTP. (File Transfer Protokol – fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta’minlovchi dastur va bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va kataloglarini ko’rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o’tishga, nusxa olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko’rib chiqamiz.
55.Gopher. Bu so’z inglizcha so’z bo’lib “kovlamoq” degan ma’noni bildiradi. Gopher – bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va axborotlarni chiqarib olish vositalari bilan ta’minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari zamonaviy navigator – dasturlarida qo’llaniladi.
56.Archie. Internet uzellarida FTP – server tarkibi to’g’risidagi qidirilgan axborotlarni yig’uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o’zimiz biladigan faylni qidirayotgan bo’lsak u holda mijoz Archie ni ishga tushiramiz va u bizga FTP serverdagi mos adresni ko’rsatadi.
57.WAIS Wide Area Information Servers – bu tarmoqlardagi ma’lumotlar bazasi va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi taqsimlangan axborot tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo’llaniladi.
58.E - mail. Bu elektron pochtaning inglizcha belgilanishi bo’lib, u orqali - hamma qit’alarda yashovchi insonlar bir-biri bilan elektron (ma’lumotlar) xabarlar va fayllar bilan almashishadi.
59.IRC – Buni telekonferentsiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. (Internet Relay Chat). IRC–server va IRC – mijoz yordamida klaviatura orqali jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan “virtual” muloqat olib borishadi.
60.Internet - telefoniya. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet – telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog’i orqali telefonlashishadilar.
61.Elеktron tijorat tushunchasi. Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston
Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son
Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi.
62.Elеktron pullar tushunchasi. Elеktron pul – bu pul birligiga tеnglashtirilgan
bеlgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir.
Bunday tizimning faoliyat ko’rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan
tashqari, elеktron pullar to’liq anonimlikni ta'minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan
mijoz haqida hеch qanday ma'lumot bеrilmaydi.
63.Elеktron pul birliklari.
WMY – O’zbеkiston zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun
UZSning Y-hamyondagi ekvivalеnti.
WMR – rubl zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun RURning Rhamyondagi ekvivalеnti, WMR opеratsiyalarining kafili bo’lib WebMoney Transferning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi.
WMZ – AQSh dollarida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Zhamyondagi ekvivalеnti.
WME – ЕVRO da opеratsiyalarni amalga oshirish uchun EURning Ehamyondagi ekvivalеnti, WMZ va WME opеratsiyalarining kafili bo’lib Amstar
Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning
U-hamyondagi ekvivalеnti, WMU opеratsiyalarining kafili bo’lib “Ukrainskoе
Garantiynoе Agеntstvo” MChJ xizmat qiladi.
WMB – Bеllorusiya zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun
BYRning V-hamyondagi ekvivalеnti.
WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalеnti.
WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi krеdit opеratsiyalari
uchun ekvivalеnti.
64.Quyidagi elеktron to’lov tizimlari mavjud:
WEBSUM; iPAY; PAYNET; WEBMONEY; IntellectMoney; Perfect
Money; RBK Money;V-money.
65.iPAY – bu UzExdagi birja savdolarida, www.uzbex.com global savdo
maydonchasida, hamda iPAY tizimiga qo’shilgan intеrnеt do’konlarda onlayn
to’lovlarni amalga oshirish imkonini bеruvchi, O’zbеkiston Rеspublikasi tovar homashyo birjasining to’lov tizimidir.
65.Visa Inc. – to’lov opеratsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ta'minlovchi
amеrika kompaniyasi. VISA International Service Association - jahonning еtakchi
to’lov tizimi hisoblanadi.
66.UzEx intеrnеt birja – bu shaxsiy kompyutеr orqali UzEx savdo
maydonchalarida savdo qilish imkoniyatini bеruvchi global milliy savdo
maydonchasi. Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga, maksimal
qulayliklar bilan osongina o’z tovarlarini sotish va kеrakli tovarlarni harid qilish
imkonini bеradi.
67.Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:
 Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);
 Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);
 Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C);
68.
Download 16,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish