1. Sohadagi yangiliklar mavzusida matn tuzing



Download 174,78 Kb.
bet1/5
Sana16.12.2022
Hajmi174,78 Kb.
#888162
  1   2   3   4   5
Bog'liq
akademik yozuv1


1.Sohadagi yangiliklar mavzusida matn tuzing .
Mamlakatimizda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish, jumladan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini oshirish va internet bilan qamrab olishni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish, jumladan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini oshirish va internet bilan qamrab olishni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning samarasida so‘nggi yillarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 3,3 barobar oshdi. Joriy yilning birinchi yarmida tarmoq korxonalari tomonidan 2,17 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, o‘sish sur’ati 25,4 foizni tashkil qildi.

Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar sohani jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida internetdan foydalanish kanallari 3 foizga kengaytirilib, sekundiga 21,25 megabitga yetkazildi. Bu operator va provayderlarga taqdim etilayotgan tezligi sekundiga 1 megabitgacha bo‘lgan kanallar narxini 20,2 foizgacha kamaytirish imkonini berdi.

Yuqori tezlikda ishlaydigan internetdan xonadonlarda foydalanish narxi oyiga o‘rtacha 40 ming so‘mni tashkil etmoqda. Operator va provayderlar o‘rtasidagi kuchli raqobat telekommunikatsiya xizmatlari bozorida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va narx barqarorligini ta’minlash imkonini bermoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 120 dan ortiq internet provayder va operatorlar faoliyati litsenziyalashtirilgan. Ular orasida “Technoprosystem”, “DosT Link”, “Skyline” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Buzton”, “Sarkor Telecom” qo‘shma korxonasi, “Unitech”, “NetCity” qo‘shma korxonalari kabi kompaniyalar bor. Har bir provayder o‘ziga xos tarif rejasi, aksiya va xizmatlarni taklif etayotir.

Provayderlarning aksariyati trafik uchun to‘lov olmasdan O‘znet tarmoqlari – TAS-IXdan yuqori tezlikda simli foydalanish xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

– Mamlakatimizda aholini arzon va sifatli internet bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Sarkor Telecom”qo‘shma korxonasining marketing va reklama bo‘yicha menejeri Temur Solihov. – Kompaniyamiz ham ushbu jarayonga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Aholining turli qatlamlari uchun keng turdagi tariflarni taqdim etmoqdamiz. Bundan tashqari, to‘lovlarni amalga oshirishning turli usullarini joriy qilganmiz.

Ta’kidlash joizki, telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida fuqarolar, jumladan, mamlakatimizning olis hududlarida yashaydigan aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha magistral, hududiy va stansiyalararo aloqa vositalarida optik-tolali aloqa liniyalari qo‘llanilmoqda. Ularning umumiy uzunligi 16 ming kilometrdan oshadi. 2015-2017-yillarda yana 6,1 ming kilometr keng polosali optik-tolali aloqa liniyalari o‘tkazish rejalashtirilgan. Buning samarasida aholi sifatli internet bilan birgalikda videotelefoniya, internet-televideniye xizmatlari, shuningdek, HDTV kanallar ko‘rsatuvlarini tomosha qilish va boshqa telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 22 raqamli televideniye kanalidan foydalanilmoqda. Bu aholining 54 foizini raqamli televideniye bilan qamrab olishni ta’minlamoqda. 2017-yilda teleko‘rsatuvlarni ushbu formatda uzatishga to‘liq o‘tish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 17-apreldagi O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik jihatdan o‘tish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik jihatdan o‘tish dasturi bu jarayonda muhim o‘rin tutmoqda.

Ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish imkonini beradigan 4G (LTE) texnologiyasi mamlakatimizda internetni rivojlantirish uchun qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan biridir. Ekspertlar fikricha, telekommunikatsiya xizmatlari bozorining ushbu segmenti katta imkoniyatlarga ega. Aholining mobil internetdan keng foydalanayotgani buning yorqin tasdig‘idir.

Mamlakatimizda “EVO’ savdo belgisi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Super iMAX” mas’uliyati cheklangan jamiyati to‘rtinchi avlod tarmog‘ini faol joriy etayotgan telekommunikatsiya kompaniyalaridan biridir. Ushbu kompaniya simsiz LTE va WiMAX texnologiyalari asosida internetdan foydalanish xizmatini taqdim etayotir.

– O‘zbekistonda telekommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgani samarasida soha kompaniyalari yuqori tezlikda ishlaydigan sifatli internet xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda, – deydi “Super iMAX” mas’uliyati cheklangan jamiyatining marketing bo‘limi direktori Zafar Salmonov. – Kompaniyamiz zamon talablaridan kelib chiqqan holda, abonentlarga sekundiga 100 megabit tezlikda ishlaydigan simsiz internet xizmatlarini taqdim etmoqda. Bugungi kunda Toshkent shahri hududining 97,4 foizi to‘rtinchi avlod tarmog‘i bilan qamrab olindi. 2017-yilda mamlakatimizning yana 14 shahrida LTE tarmog‘ini joriy etish rejalashtirilmoqda.


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasida istiqbolda ko‘plab rejalar belgilangan. Keng polosali xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini yanada kengaytirish, jumladan, 4G (LTE) texnologiyasi bo‘yicha mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish uchun zamonaviy data-markazlarni tashkil etish shular jumlasidandir.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda telekommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgani jamiyat va davlat o‘rtasida turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni virtual makonga o‘tkazish, aholi va biznes yuritish uchun yanada keng qulayliklar yaratish, axborot hamjamiyatining zamonaviy talablarini ta’minlash imkonini beradi.




Download 174,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish