1-sinfda o’quvchilar masalni qanday janr sifatida qabul qilishlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan



Download 16,81 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi16,81 Kb.
#552263
Bog'liq
ona tili uqitish metodikasi


1-sinfda o’quvchilar masalni qanday janr sifatida qabul qilishlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) 1-sinfda o‘quvchilar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o‘xshash kulguli asar sifatida qabul qiladilar.
B) 1-sinfda o‘quvchilarga masalni adabiyot janri sifatida qarashga o‘rgatiladi.
C) 1-sinfda o‘quvchilar masalni badiiy asar sifatida qabul qiladilar.
D) 1-sinfda o‘quvchilar masalni ifodali o‘qishni o‘rganadilar
ANSWER: A
Asar tahlil jarayonida matn ustida ishlashning turlari berilgan javobni belgilan?
A) Tanlab o’qish, o’quvchilarni savol tuzishga o’rgatish
B) Ifodali o’qish va matnni tasvirlash
C) So’z bilan tasvirlash va ichda o’qish
D) O’qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish
ANSWER: A
Badiiy asarni tahlil qilishda qaysi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni toiiq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
B) Hikoyani to‘liq va ma’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qish asosiy ish turi hisoblanadi.
C) Badiiy asarni tahlil qilishda qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat asosiy ish turi hisoblanadi.
D) Hikoyani o‘qish darslarida qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘qish asosiy ish turi hisoblanadi
ANSWER: A
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlar o’quvchilarda nimalarni shakllantiradi.
A) O‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglash hamda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shakllantiriladi.
B) Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida bilimlar bilan tanishtiriladi.
C) Matn mazmunini tahlil qilish hamda faktlar mulohazalar xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar bilan tanishtiriladi.
D) O’quvchilar bilimini sistemaga olish, dastur bo‘yicha butun bir bo‘lim yakunlangach, o‘rganilgan bilimlar mustahkamlanadi
ANSWER: A
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsadni ko’rsatib bering.
A) Bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan iborat.
B) Biror hayotiy voqea hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushini aks ettirish, she’riy hikoya syujet ya’ni voqealar sistemasi.
C) O’quvchilar bilimini sistemaga olish, dastur bo‘yicha butun bir bo‘lim yakunlangach, o‘rganilganligini takrorlab umumlashtirish.
D) Matn mazmunini tahlil qilish hamda faktlar mulohazalar xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar o‘rtasida bog‘lanishni aniqlash
ANSWER: A
Boshlang‘ich sinflarda qanday she’rlar o‘qitilishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) O’qish darslarida she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o‘qitiladi.
B) O’zbek va chet el bolalar shoirlarining she’riy asarlari va lirik she’rlari o‘qitiladi.
C) O’zbek va chet el bolalar shoirlarining she’riy asarlari o‘quvchilarda yaxshi o‘qish malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
D) O’qish darslarida she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar o‘quvchilarda matnni o‘qib so‘zlab berishga xizmat qiladi
ANSWER: A
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar qanday muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi?
A) O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uning tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi
B) Asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini uning obrazlari syujet chizig’i va boshqalar
C) O’quvchilar hayotiy tajribasiga tayanish, asarning ko’pligi, ifodali idrok etishning asoslari
D) O’quvchilarning hayotiy faoliyatiga tayanish asar mazmuni ongli idrok etishning asosi va tahlilidir
ANSWER: A
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash nechta bosqichda olib boriladi?
A) 3
B) 2
C) 4
D) 1
ANSWER: A
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida mustaqil ishning nechta turidan foydalinadi?
A) 4
B) 5
C) 3
D) 2
ANSWER: A
Darslikka kiritilgan ilmiy-ommabop asarlar qanday mavzularda bo’lishini ko’rsatib bering.
A) Tabiatshunoslikka oid, tarixiy mavzular va o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlar matnlar iborat.
B) Axloqiy estetik jihat va muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘quvchi nutqi va tafakkurini o‘stirish.
C) Matn mazmunini tahlil qilish hamda faktlar mulohazalar xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar o‘rtasida bog‘lanishni aniqlash.
D) Bolalarda pirsanajlarning hatti-harakatini muhokama qilib baholash ko‘nikmasini o‘stirish
ANSWER: A
Epik (voqeiy) she’r lar o’zida nimani aks ettirganligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Epik (voqeiy) she’rdagi adabiy ertaklar kishilar hayotida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan biror voqeani umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga o‘xshaydi.
B) Epik (voqeiy) she’rda biror hayotiy voqea hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushini aks ettirilgandir.
C) Epik (voqeiy) she’rda real hayot tasviri, fantastik elementlar orqali tasvirlanganligi maroqlidir.
D) Epik she’rlarni o‘qishga o‘quvchilar alohida tayyorlanadi, ularda ifoda etilgan voqealar yuz bergan davr haqida tasavvur hosil qilinadi
ANSWER: A
Hikoyaga berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
B) Hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi
C) Inson xarakteriga xos xususiyatlar insonlar obrazlari orqali ochib beriladi.
D) Hikoyada kishilar hayotida uchraydigan hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi
ANSWER: A
Hikoyani o‘qish darslarida asosiy ish turi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Hikoyani o‘qish darslarida hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turi hisoblanadi.
B) Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi.
C) Hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash va ifodali o’qish asosiy ish turlaridan hisoblanadi.
D) Hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi
ANSWER: A
Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi.
B) Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi va o‘z mulohazalari tahlil etiladi.
C) O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat.
D) Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim sanaladi
ANSWER: A
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlarda nimalar to‘g‘risida bilim beriladi.
A) Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida bilimlar beriladi.
B) Tarixiy mavzular va o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlar matnlar iborat.
C) Real hayot tasviri, fantastik elementlar orqali tasvirlangan matnlar mazmuni beriladi.
D) Matn mazmunini tahlil qilish hamda faktlar mulohazalar xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar o‘rtasida bog‘lanishni matnlar mazmuni beriladi
ANSWER: A
Ilmiy-ommabop asarlar kelgusida o’quvchilarda nimalarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
A) Bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.
B) Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi.
C) Ilmiy-ommabop asarlarda axloqiy estetik jihat va muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘quvchi nutqi va tafakkurini o‘stirishga yordam beradi.
D) Ilmiy-ommabop asarlarda to‘g‘rilik va halollikning g‘alabasi, kambag‘al ishchilarni qiyinchilikdan qutulgani, yaxshilik va ezgulikni ro‘yobga chiqishi va yovuzlikni mahkumga uchragani beriladi
ANSWER: A
Lirik she’rlar o’zida nimani aks ettiradi.
A) Lirik she’r biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi.
B) Lirik she’rni tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo‘llangan ish turlaridan foydalanish mumkin.
C) Lirik she’rni tahlil qilishda faktlar mulohazalar xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar o‘rtasida bog‘lanishni aniqlash mumkin.
D) Lirik she’r o’zida real hayot tasviri, fantastik elementlarni o’zida aks ettiradi
ANSWER: A
Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang
A) Ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o’quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish tasvirlanayaotgan voqealarga nisbatan muallif niyati va munosabati payqay olish imkoniyatini yaratishdan iborat
B) Ifodalangan hayotiy voqealarni yoritish, bola ongida gavdalantirish
C) Tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallif fikri va munosabati
D) Tasvirlanayotgan matnning ma’no mazmuni ochib beriladi
ANSWER: A
Masal kichik hajmli pesani ekanligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pesadir.
B) Masal voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlab berilgan resa hisoblanadi.
C) Masal kichik janrdagi asar bo’lib uni noan’anaviy o‘qish darslarida sahnalashtiriladi.
D) Masal bilan tanishtirish uning syujetini ochib berishda faqat noan’anaviy darslardan foydalanish mumkin
ANSWER: A
Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar nimalar dunyosiga ko‘chirilishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi.
B) Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy xarakterdagi obrazlar dunyosiga ko‘chirilgan bo‘ladi.
C) Inson xarakteriga xos xususiyatlar insonlar obrazlari orqali ochib beriladi.
D) Masal kichik hajmdagi kinoyaviy obrazlarga boy asardir
ANSWER: A
Masalga berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Masal – axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir.
B) Masal o‘quvchilarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishi uyg‘otish, kitobni sevish, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalaydi.
C) Masal matni o‘quvchilarni matn ustida ishlash va xalq og‘zaki ijodini o‘rganishni shakllantiradi.
D) Masal kichik hajmdagi kinoyaviy, she’riy- nasriy asardir
ANSWER: A
Masalni tahlil qilinayotganda o‘quvchilarga qanday yordam berishligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Masalni tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur.
B) Masalni tahlil qilinayotganda o‘quvchi nutqi va tafakkurini o‘stirishga e’tiborni qaratish lozim.
C) Masalni tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish uchun ifodali o‘qish usulidan foydalanish lozim.
D) Masalni tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish noan’anaviy darslardan foydalanish mumkin
ANSWER: A
Matn ikki xil tasvirlanadi. Bular qaysi javobda berilgan?
A) So’z va grafik
B) Ong va Grafik
C) Tasavvur va so’z
D) Og’zaki va Pauza
ANSWER: A
O‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda nechta masalani hal qilishi lozim?
A) 5
B) 4
C) 3
D) 6
ANSWER: A
O‘quvchilar she’rni o‘qiganda qanday tasvirlar muhim ahamiyatga ega ekanligi қайси жавобда тўғри кўрсатилган.
A) She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqeahodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
B) She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm va qofiya hisoblanadi.
C) She’rni o‘qiganda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalari shakllantiriladi.
D) She’r 0’qiganda o‘quvchilarda matnni o‘qib so‘zlab berishga oid malakalar shakllantiriladi
ANSWER: A
O’qituvchi badiiy asar ustida ishlashda qanday masalalarni hal qilishi kerak?
A) Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlay olish
B) asarni tahlil qilish uchun dars soatlarini belgilab olish
C) Ular bir asar tahlili uchun savollar tizimini ishab chiqishi kerak
D) Asardagi matn bilan ishlashni bilish
ANSWER: A
O’quvchilarni qanday hikoyalar ko‘proq qiziqtirishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi.
B) Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
C) Bolalar xarakteriga xos xususiyatlariga mos bo’lgan hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi..
D) Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslari o’quvchilarni ko‘proq qiziqtirishi
ANSWER: A
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari qachondan boshlab o’rgatiladi?
A) Savol o’rgatish davrda
B) Alifbe davrda
C) Tayyorgarlik davrida
D) 1-sinf ikkinchi yarim yilligida
ANSWER: A
She’rga berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
A) She’r - ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir.
B) She’r – o‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash, nutqi va tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi.
C) She’r – o‘quvchilarda yaxshi o‘qish malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
D) She’r – o‘quvchilarda matnni o‘qib so‘zlab berishga o‘rgatishga xizmat qiladi
ANSWER: A
Sinfda o’qish asosida qanday matnlar turadi?
A) badiiy va ilmiy ommabop
B) badiiy va ilmiy
C) ilmiy- ommabop
D) ilmiy va publisistik
ANSWER: A
Download 16,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish