1. Shimoliy Parfiya antik davri arxeologiyasi Murg’ob vohasi (Marg’iyona) antik davri arxeologiyasi Tayanch iboralar



Download 16,38 Kb.
bet1/2
Sana26.04.2023
Hajmi16,38 Kb.
#932024
  1   2
Bog'liq
6-MA\'RUZA


6-MAVZU:JANUBIY TURKMANISTONNING ANTIK DAVRI ARXEOLOGIYASI.
Reja:
1. Shimoliy Parfiya antik davri arxeologiyasi
2. Murg’ob vohasi (Marg’iyona) antik davri arxeologiyasi
Tayanch iboralar: Shimoliy Parfiya, Murg’ob vohasi, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleksi, “Kvadrat zal”, “Aylana ibodatxona”, Gyaurqal’a, Erkqal’a, Ko’hna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqal’a.
1. Shimoliy Parfiya antik davri arxeologiyasi. Bu hudud O’rta Osiyoning boshqa hududlari kabi Aleksandr Makedonskiy vafotidan bir necha yillar o’tib, vujudga kelgan salavkiylar davlati tarkibida bo’lgan. Mil. av. 250 yilda mahalliy yunon zodogoni Androgor salavkiylar davlatidan mustaqil bo’lib olgandan so’ng mamlakat mil.av. 247 yili shimoldan kelgan ko’chmanchi dax (dai) yoki dai tomonidan bosib olinib, arshakiylar sulolasi tarkib topadi. Arxeolog olima L.M. Levina Arshak boshchiligidagi dax (dai) qabilalari migratsiyasini Sirdaryo deltalaridan birida rivojlangan Chirikrabot madaniyat qurg’oqchilik tufayli inqirozi uchrashi natijasi bilan bog’laydi. Mil. av. II asrlarda Parfiya davlatining qudrati yanada kuchayib, mamlakat chegaralari Suriyaga qadar yerlarga kengayib yirik imperiyalardan biriga aylanadi. Bu davrda Marg’iyona ham bosib olinib, Parfiya tarkibiga kiritiladi. III asrning birinchi choragida Eronda tobor kuchayib borayotgan sosoniylar Parfiya davlatiga barham berib, Umumiy tavsifi Shimoliy Parfiya va Murg’ob vohalari bosib olinadi.
Shimoliy Parfiya hududining antik davri yodgorliklarini o’rganish 1930 yildan boshlangan. Vohaning antik davri moddiy madaniyat meroslarini o’rganishning yangi bosqichi 1946 yili Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleksi tashkil etilgandan so’ng boshlanadi. O’tgan asrning ikkinchi yarmi davomida M.Ye.Masson, A.A.Marushyenko, G.A. Kosholenko, D.Durdiyev, V.N.Pilipko va boshqa arxeolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan turli darajadagi tadqiqotlar davomida barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o’rganilgan.
Eng yirik yodgorliklar sirasiga Yangi Niso, Eski Niso, Ko’hna Kaaxka, Yariqdepa, Xusravqal’a shu kabi qadimgi shahar xarobalari qal’a-qo’rg’on, dehqonchilik qishloqlari yoki alohida maqsadlar uchun xizmat qilgan manzilgohlar (Eski Niso, Mansurtepa) aniqlanib, ularda turli darajadagi qazishma ishlari amalga oshirilgan.
Hozirgi Ashxobod shahridan 18 km. g’arbda joylashgan Yangi Niso nisbatan yaxshi o’rganilgan manzilgohlar sirasidagi qo’hna shahri xarobasi sanalib, o’z davrida sun’iy do’nglikda joylashgan ark (4 ga. atrofida) va unga tutash shahar (18 ga.) va shahar atrofdan tashkil topgan qadimgi shaharning uchala qismlari alohida mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan.
Muhim maqsadlarda foydalanilgan manzilgohlar sirasiga kiruvchi Eski Niso ehtimol Mitridat I (mil.av. 171-138 yy.) hukmronligi davrida barpo qilingan Parfiya hukmdorining qo’riqxona qal’asi-Mixrdatkirt (Mitridatokert) yodgorligi markazida saroy-ibodatxona majmuasi va ular uchun xizmat qilgan xo’jalik hamda yashash xonalari joylashgan. “Kvadrat zal”, “Aylana ibodatxona” va “Minorasimon ibodatxona”lar muhim o’rin tutadi.
Ayrim ilgaridan rejalashtirish asosida aniq o’lchamda barpo qilingan shahar turidagi manzilgohlar odatda qalin mudofaa devorlari bilan muhofaza qilinib, to’g’ri to’rtburchak burjlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, aylana yoki kvadrat o’lchamga asoslangan manzilgohlar qal’a vazifasini bajarib, ularning atrofi odatda zichlangan tuproq devorlar (val) muhofaza qilingan. Bu davrda asosiy qurilish ashyosini tuproq tashkil etib, odatda xom g’isht va paxsa sifatida foydalanilgan. Xom g’ishtlar to’g’ri to’rtburchak va kvadrat o’lchamlardan iborat. Ayrim ko’tarma devorlar pishgan g’ishtdan barpo qilingan. Imorat tomlari asosan yog’och bolor asosida tekis, ayrim hollarda esa gumbaz qilib, aylana imoratlar chodirsimon shaklda yopilgan.
Shimoliy Parfiyaning asosiy xo’jaligi sug’orma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllaridan iborat bo’lgan. Hunarmandchilda birinchi navbatda dehqonchilik ish qurollari yasash asosiy o’rin egallagan. Bu davrdagi harbiy qarama-qarshilik qurol-yarog’lar ishlab chiqarishga bo’lgan talabni kuchaytirishi tabiiy, edi. Shimoliy Parfiyaning nisbatan yaxshi o’rganilgan hunarmandchilik turlaridan biri-kulolchilik sapol parchalari, xumdonlar ko’plab yodgorliklarda o’rganilgan. O’rganilgan xumdonlar aylana shakldagi ikki yarusdan iborat. Angob berish va pardozlash keng qo’llanilgan antik davri sapollari yuqori sifati bilan ajralib turgan. Bu davrda kosalar, piyolalar, ko’zalar va bokalsimon idishlardan foydalanilgan. Antik davrining oxirlarida angob berish va pardozlash susayadi. Angoblar qizil, qizil-jigar va jigar ranglaridan iborat. Bu davrda ayniqsa, tagli bokalsimon idishlar urf bo’lgan.

Download 16,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish