1. Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari



Download 39.57 Kb.
bet1/3
Sana28.09.2021
Hajmi39.57 Kb.
  1   2   3

Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha risklarni boshqarish
Reja:
1.Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari

2.Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari

3.Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti


  1. Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari

Risklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi.

Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi.

Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi.

Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin.


Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri operatsiyani amalga oshirishga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz bunday yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning uzluksiz nazorati va monitoringini tashkil etish uchun ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi.

Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga nisbatan moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri moliyaviy- xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya sifatida amalga oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ma’lum bir qismining oldi olinadi.


Konservativ yondashuvda boshqaruv ta’siri kechikadi. Agarda riskli hodisa yuz bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday holatda boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi jarayonlarga ta’sirini neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda risklarni boshqarish boʻyicha xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi.

Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan (boshqaruv ob’ekti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor, buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida yuzaga keladi.

Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi.

Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin.

Ishonchli va dolzarb ma’lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va foydani oshirishga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy darajadagi axborot ta’minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar ehtimolini minimal darajagacha pasaytiradi.


Download 39.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat