1. Quyidagilardan lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarni toping



Download 24,29 Kb.
Sana27.08.2021
Hajmi24,29 Kb.
#156950
Bog'liq
morfemika


1. Quyidagilardan lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarni toping.

A) ser-, -ona, be- B) -gila, -a, -niki C) -miz, -gan, -di D) -sa, -lar, -gacha

2. Tarkibida sodda yasama so‘z mavjud bo‘lmagan gapni toping.

A) Bu xabar Andijon shahridagi 23-maktabning 4-sinf bolasi Muhammadqodirning uyqusini qochirdi. B) Yillar o‘tdi... Muhammadqodir ota ishonchini oqlash uchun bor imkoniyatini ishga soldi. C) Qiyinchiliklardan qo‘rqmadi. D) U o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibligidan olimpiada va jahon chempionligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

3.Tub so‘zni toping.

A) yovuzlik B) gapirmoq C) tarmoqdagi D) soʻzlashmoq

4.-ir qo‘shimchasi vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?

A) so‘z yasovchi B) lug‘aviy shakl yasovchi C) sintaktik shakl yasovchi D) so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi

5.-in qo‘shimchasi bilan yasalmagan soʻzlar qaysi qatorda berilgan?

A) tiqin, yig‘in B) sogʻin, kiyin C) to‘kin, erkin D) qo‘shin, otashin

6.Berilgan qaysi so‘zlarda be- va -siz

qo‘shimchalarini o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha

sifatida qo‘llab bo‘lmaydi?

A) fayz, axloq B) hafsala, gunoh C) bosh, chora

D) berilgan so‘zlarda o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha sifatida qo‘llash mumkin

7. “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi”, -dedi bobo sevinchdan ko‘zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so‘z turkumidan yasalgan?

A) sifat, son, ot, fe’l B) olmosh, son, sifat, fe’l C) olmosh, ot, sifat D) ot, sifat

8.Bir bola ulg‘aygach, otasi unga ishlab pul topib kelishni buyurdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar sonini toping.

A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

9.Quyida berilgan gapda qaysi so‘z turkumiga mansub yasama so‘zlar qo‘llangan?Devor bo‘ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so‘nggi shu’lalari bilan oltinlanardi.

A) ot va fe’l B) ot, ravish, fe’l C) ot, sifat, fe’l D) sifat va fe’l

10.-choq qo‘shimchasi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

A) lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi B) sintaktik shakl yasovchi, so‘z yasovchi

C) lug‘aviy shakl yasovchi, sifat yasovchi D) lug‘aviy shakl yasovchi, ot va sifat yasovchi

11.Men vazifani bajaray. U hovlisini ancha kengaytirdi. Ushu gaplardagi fe’llar tarkibida kelgan –ay qo‘shimchasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?

A) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib,1-gapda buyruq-istak mayli, 2-gapda fe’l yasovchi qo‘shimcha

B) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda fe’l yasovchi, 2-gapda buyruq-istak mayli qo‘shimchasi

C) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda ravishdosh shakli, 2-gapda fe’l yasovchi qo‘shimcha

D) har ikkala gapda buyruq-istak mayli qo‘shimchasi

12.Qaysi qo‘shimcha xoslik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi?

A) -iy (-viy) B) -simon C) -gi (-qi) D) -mand

13.Darvoqe, pand bersang bir jonga, U ham tinch turarmi hech zamon. Deydilar, tuflasang osmonga, Yuzingga tushgaydir begumon. (A.Oripov) Ushbu misralarda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

14.-ay qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi?

A) sifatdan B) ravishdan C) sifat va ravishdan D) ot, sifat va ravishdan

15.Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?

A) -qi, -viy, -k B) -aki, -oq, -choq C) -q, -iq, -iy D) -li, -iq, -a

16.Dunyoviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlarni tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir.

Ushbu gapda yasama so‘zlar soni − A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta

17.Quyida berilgan gapdagi ism asoslariga qanday shakllar qo‘shilib kelgan? Ra’noning yerga qaragan ko‘zi sekin

Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. (A.Qodiriy)

A) lug‘aviy shakl qo‘shimchasi B) munosabat shakllari

C) munosabat shakllari, lug‘aviy shakl qo‘shimchasi

D) munosabat shakllari, kichraytirish-erkalash qo‘shimchasi

18.Quyida berilgan gapda qanday qo‘shimcha yo‘q? Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi.

A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha B) lug‘aviy shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar

C) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar D) qo‘shimchalarning barcha turi bor

19.Mehmon jiddiylashdi, bir narsani isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning qaysi so‘z turkumidan yasalganligini aniqlang.

A) fe’l, ot, ravish B) ot, ravish C) fe’l, ot, sifat D) ot, fe’l

20.Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do‘stlikni mustahkamlaydi. Berilgan gapdagi sodda fe’llar qaysi turkumdan

yasalgan?

A) sifat, ot B) sifat C) ot D) ot, sifat, ravish

21.Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqyapti. Berilgan gapdagi yasama so‘z qanday sintaktik vazifani bajargan?

A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) kesim

22.Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l bor?

A) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik.

B) Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin esingiz kiradi.

C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.

D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi.

23.Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping.

A) sotib yubormoq, o‘ylab qolmoq B) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq

C) quvonib keldi, shoshirib qo‘ydi D) isib ketdi, yozib bordi

24.Qaysi so‘zda so‘z yasovchi qo‘shimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin qo‘shilgan?

A) o‘zicha B) eskicha C) ko‘nikma D) atroflicha

25.Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. Ushbu gapdagi mustaqil so‘zlar sonini aniqlang. A) 9 B) 7 C) 8 D) 6

26.To‘qlikda ochlikni o‘yla, boyiganda muhtojlikni. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar sonini aniqlang.

A) 5 B) 4 C) 3 D) 2

27.Qaysi qatorda sifatning orttirma darajasi yasama sifatdan hosil qilingan?

A) Qorboboning ko‘m-ko‘k ko‘zlarida rango-rang lampochkalarga mahliyo bo‘lib turgan bolalarni ko‘raman.

B) Qirg‘ovul O‘rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir.

C) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. D) Barcha javoblar to‘g‘ri

28.Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchani qo‘llash bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan? 1.Buqrotdan so‘radilar: ”Baodob bilan noodobning o‘rtasidagi farq nimada?” 2.Bir hakimdan: ”Ko‘rkam, yaxshi xulqdor kishi kim?”-deb so‘radilar. 3.Vatanning meni jon-u tanim, sajdagohimdir.

A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 3

29.Qaysi misollarda so‘z yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchi qo‘shimcha bilan omonimlik

(shakldoshlik) hosil qilgan? 1) qalamdon, bilimdon 2) toshqin, jo‘shqin 3) kelinchak, erinchak 4) qo‘llanma, gapirma

A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4



30.Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi. Ushbu gapda nechta yasama fe’l bor va ular qaysi so‘z turkumlaridan hosil bo‘lgan?

A) 3 ta, ot va taqlid so‘zdan B) 2 ta, ot va taqlid so‘zdan C) 3 ta, ot, taqlid so‘z va undov so‘zdan D) 2 ta, ot va fe’ldan
Download 24,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish