1. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda harflar va tovushlar soni mutanosib emas?
A) Baland, past, sust.
B) Poyabzal, albom, me’mor.
C) Quyosh, yurt, yoshlik.
D) Qand, qashqa, kent.
E) D va C.
2. Qaysi qatorda undoshlarning bir tovush tarzida aytilishi ma’no o‘zgarishiga olib keladi?
A) Vassal, qassob.
B) Mashshoq, arra.
C) Hammol, qattiq.
D) Aqqa-baqqa, mashshoq.
E) Kalla, dalli.
3. “Axloq-odob saboqlari” birikmasidagi saboqlari nechanchi bo‘g‘iniga urg‘u tushadi?
A) Birinchi.
B) Ikkinchi.
C) Uchinchi.
D) To‘rtinchi.
E) C va D.
4. Kirish so‘z bilan ifodalangan gap bor qatorni toping.
A) Sobir, buyoqqa chiq, ammamlar keldilar.
B) Aslo qaynonangni aldama, qizim.
C) Men senga aytsam, bugun ketamiz.
D) Chamasi, bir soatlar bo‘ldi.
E) Kel, bolajonim, Sobir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |