1. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?



Download 21,75 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2022
Hajmi21,75 Kb.
#474699
  1   2
Bog'liq
1. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan





ONA TILI
1.Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Afsuski, yangiliklarga to‘g‘anoq bo‘layotgan kimsalar hamon uchraydi.
B) Yigit undan uzur so‘rab, asta chiqib ketdi.
C) Mirzo Ulug‘bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchilik qilar edi.
D) Ziyrak va hushyor odam omad kelganida uni mahkam ushlaydi.



2.Qaysi gapda ot so‘z turkumiga oid so‘zlarning barchasi to‘g‘ri yozilgan?


A) Talim va tarbiya uzluksiz ravishda olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
B) Nazariy bilimlardan hosil qilinadigan tushinchalar amaliyot bilan mustahkamlanadi.
C) Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi.
D) Xalil ota ana shu munosibatga loyiq bir odam edi.



3.Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi?


A) Hamal keldi // amal keldi.
B) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
C) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi.
D) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi.



4.Tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik yuz bergan gapni toping.


A) Hoy o‘g‘lim, bu yoqqa kel, qoqindiq.
B) Aytishlaricha, ertaga to‘y keladigan ekan, shuning uchun tayyorgarlik ham shunga yarasha edi.
C) Odamlar kasal bo‘laveribdi, ulardan qanchasi o‘laveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaveribsan-da, noinsof!
D) Uydagi hamma narsa; gilamlar, ko‘rpa-to‘shaklar, jihozlar qizil rangga burkangan edi.



5.Qaysi gapda imloviy va tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik yo‘q?


A) Bog‘imizda oq, qizil, sariq, pushti, havorang gullar ochilib yotibdi.
B) Biz, albatta bu ilmiy loyihani amaliyotga tadbiq etishimiz lozim.
C) Hattotga xatni qaytadan ko‘chirtirdi, ammo jo‘natishga ulgirmadi.
D) Yog‘ib yubordida yomg‘ir, nihoyat,
Osmon dil qulfini zaminga sochdi.

6.Qaysi javobda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro ko‘p ma’noli sanaladi?
A) Talabalik – oltin davrim.
O‘zbekistonda oltin qazib olish yildan yilga rivojlanmoqda.
B) Qatiq inson salomatligi uchun juda foydali mahsulot sanaladi.
Qattiq nonlarni tashlab yubormang.
C) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un,
Behuda chiqarma sado hamda un…
D) Hech bo‘lmagandan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi.
Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.

7.Qaysi so‘zlar o‘zaro sinonim sanaladi?


A) ganch, xazina
B) makr, hiyla
C) xiyol, ancha
D) husn, chiroyli



8.Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan?


A) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi.
B) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan.
C) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi,
Chechak ochsa, turfa gullari.
D) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi.



9.Qaysi javobda iboraning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan?


A) Og‘ziga talqon solgan – kamsuqum
B) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – lapashang
C) Yerga ursang, ko‘kka sapchiydi – sho‘x
D) Kapalagi uchib ketdi – hayron bo‘ldi



10. Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan?


A) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi
B) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi
C) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi
D) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi



11. Yasama sifatlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) U men bilan do‘stlarcha xayrlashib, yo‘lga tushdi.
B) Yozgi mehnat – qishki rohat.
C) Hulkarning yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi.
D) Elim deb, yurtim deb yashaganlar nomi mangudir.



12. Qaysi gapdagi fe’lning tarkibida nisbat qo‘shimchasi ishtirok etgan?
A) Men uni hammadan ham ko‘proq qizg‘anar edim.
B) Osmondagi yulduzga boqib, hayot chashmasini qidiraman.
C) Onasi o‘g‘lining ko‘ziga dorini ehtiyotkorlik bilan tomizdi.
D) Alisher Navoiy o‘zbek tili mavqeyini yuksaklikka ko‘tardi.



13.Og‘zi qulog‘iga yetmoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?


A) xursand bo‘lmoq
B) og‘zi qiyshayib qolmoq
C) beparvo bo‘lmoq
D) saxiylik qilmoq



14.Qaysi javobda sifat turkumiga oid antonim so‘zlar juftligi berilgan?


A) yuzaki – sirtqi
B) yaxshilik – yomonlik
C) kechki – ertalabki
D) yer – osmon



15.Qaysi gapda o‘zaro shakldosh so‘zlar qo‘llangan?


A) O‘n olti asr oldin toshga o‘yib bitilgan O‘rxun bitiklarini o‘qing.
Asr namozini o‘qib tugatgandan so‘ng hovliga suv sepdi.
B) Shu qora ko‘zlarni asra, Ollohim.
Ko‘zlarini yumib xayolga toldi.
C) …Ishimda unum yo‘q,
Aytishga unim yo‘q.
D) Kechalari shahar yana ham go‘zal bo‘lib ketar ekan-a?
Suluv qizlar sochida tolbargaklar osilgan.

16. Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan?


A) Taskin berib onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
B) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.
C) Nadir millat qudratining tamadduni,
Amir Temur haykalidan so‘rang buni.
D) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir,
Men uning uchun ham yashab yuribman.

17. Aniq nisbatdagi fe’llar qatori berilgan javobni aniqlang.


A) ko‘rsatmoq, bildirmoq
B) unutmoq, o‘qimoq
C) kiyinmoq, bilinmoq
D) gaplashmoq, oqizmoq
18. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan?
A) Ayrilganning ayiq yer,
Bo‘linganning bo‘ri yer.
B) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi.
C) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.
D) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga.

19. Berilganlardan urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ajratib ko`rsatilgan javobni belgilang.



Download 21,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish