1. Qambar Ota hayoti va ijodi. Muhammad Ali yaratgan tarixiy romanlardagi bolalar obrazlari



Download 47 Kb.
bet2/5
Sana07.06.2021
Hajmi47 Kb.
1   2   3   4   5
Muhammad Ali hayoti va ijodi. O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali (Ahmedov Muhammad Ali) serqirra qalam sohiblaridan biri hisoblanadi. Adib she’riyat va nasr, publitsistika va tarjima janrlarida ko’plab asarlar yaratgan. Uning katta-katta asarlar yaratish barobarida kichkintoylarni ham unutmay she’r va afsonalar yozayotganligi quvonchli hodisadir.

SHoirning bolalarga bag’ishlangan she’r va afsonalari ham mavzular rang-barangligi bilan ajralib turadi. Adib bolalar uchun asar yozganda bolalar tabiatining o’ziga xosligini unutmaydi. Bolalar har narsaga hayrat bilan boqadilar, hamma narsa ularga qiziq tuyuladi. Ular har bir narsaga qarab dunyoni o’zicha kashf etadilar, bundan beqiyos quvonadilar. SHoir ana shu kashfiyotni tasvirlashga harakat qiladi.

«Bo’taloq» she’rida bo’talog’iga boqib quvongan, atrofida parvona bo’lgan bolakay obrazi chiziladi. Bolaga, ayniqsa, bo’taloqning lo’k-lo’k etib chopishi, unga «cho’k-cho’k!» deyish juda yoqadi, uning o’zi ham birga chopishga tayyor:

Bo’talog’im yayraydi, Bo’talog’im to’ysin deb,

Yantoq bersam chaynaydi. Barra o’tlar tutaman.

Yam-yashil o’tloqlarda, Agarda qasd qilsam-chi,

Lo’k-lo’k chopib o’ynaydi. Undan o’zib ketaman!

Bo’talog’im lo’k-lo’k, Bo’talog’im lo’k-lo’k,

Lo’killama, cho’k-cho’k! Lo’killama, cho’k-cho’k!

Muhammad Ali ijodida Amir Temur mavzusi alohida o’rinni egallaydi. U 1967-yildayoq jasorat ko’rsatib, Sohibqironning bunyodkorligini ulug’lagan va Mustaqillik yillarida maktab darsliklariga kiritilgan «Gumbazdagi nur» dostonini yozgan edi. «Sarbadorlar» tarixiy dilogiyasida (1989) o’zbek prozasida birin¬chi marta 24—30 yoshli Amir Temurning siymosi chizib berildi.

2007-yilda Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan «Ulug’ saltanat» tarixiy roman dilogiyasi («Jahongir Mirzo» — 1999, «Umarshayx Mirzo» — 2004)da adib Amir Temur hayoti va uning suronli davri, o’zbek xalqining milodiy XIV asrdagi turmush tarzi, ijtimoiy hayotda va tafakkurlarda ro’y bergan o’zgarishlar haqida qiziqarli va ishonarli hikoya qiladi.

2008-yilda yozuvchi «Ulug’ saltanat» trilogiyasini yaratish ustida izlanishlarini davom ettirib, uchinchi kitob «Mironshoh Mirzo» romanini yozib tugatdi.




Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat