1. Qadimgi Arabiston yarim orolining siyosiy tarixi



Download 113.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.08.2021
Hajmi113.01 Kb.


                       1.Qadimgi Arabiston yarim orolining siyosiy tarixi 

 

Arabiston  Osiyodagi  eng  kata  yarim  orol  bo’lib  3  mln  kv  km  hududni 

egallaydi.Uning  g’arbida  Qizil  dengizi,sharqida  Fors  va  Omon  qo’tiqlari 

bilan,Janubda  Adan  va  Arabiston  dengizi  bilan  chegaralanadi.Arabiston  yarim 

orolining  katta  qismi  suvsiz  cho'l  va  sahrolardan  iborat.  Shu  tufayli  arab 

qabilalarining  ko'pchiligi  ko'chmanchi  bo'lib,  chorvachilik  bilan  shug'ullanishgan. 

Arablarning  cho'l  va  sahroda  kechadigan  hayotida  tuya  alohida  o'rin  tutgan.  Suv 

nihoyatda taqchil bo'lgan bir sharoitda bu tabiiy hoi edi. Arablar uchun tuya suti va 

go'shti oziq-ovqat, juni esa kiyim-kechak hamda boshpana vazifasini o'tagan. Tuya 

junidan tayyorlangan kigizlardan chodirlar qurishda foydalanilgan.Ko'chmanchilar 

o'z  chodirlarida  yozning  jazirama  issig'idan  jon  saqlaganlar.  Arabistonning 

dehqonchilik uchun eng qulay o'lkasi -Yaman viloyati edi. 

             .Arablar hayotida urug'chilik belgilari kuchli bo'lgan. Ular ko'plab urug' va 

qabilalardan  iborat  edi.  Bu  bo'linish  -  qabilalararo  doimiy  urushlarning  asosiy 

omiliga aylangan. Uzluksiz urushlar faqat vayronagarchilik keltirgan, xolos. 

Bundan tashqari, urug'lar o'rtasida xun olish odati davom etardi. Go'dak qiz bolalar 

tiriklayin ko'mib yuborilar edi. Jamiyatda qonunsizlik, axloqsizlik va zo'ravonlik 

hukm surardi- Odamlarda uyat tuyg'usi yo'qol-gan edi. Ayni paytda tabaqalanish 

jarayoni tobora kuchayib borgan. Mol-mulk qabila zodagonlari qo'lida to'plangan, 

sitdxo'rlik avj olgan. Arab jamiyatidagi islomgacha bo'lgan bu davr tarixga johiliya 

(jaholat) davri nomi bilan kirgan. Islom dini vujudga kelgan davrda Arabiston 

yarim orollarida Makka va Yasrib (Madina) kabi shahar-davlat (polis)lar 

boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega edilar. Bu shaharlar xalqaro 

savdoning eng yirik markazlaridan bo’lib, iqtisodiy hayot jo’shqin tus olgandi. 

Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila boshlagan. 

Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va b.) va umuman 

Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini 

ta’minlashga qodir harbiy kuchga ega bo’lgan yagona saltanatga aylantirish davr 

talabi bo’lib qolgan edi. Saltanat tuzish bilan bir katorda Arabiston yarim 

orollaridagi qabilalarning etnikva madaniy jihatdan birlashuvi, yagona arab tili

og’zaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning shakllanishi va nihoyat, 

arablarning diniy tafakkurida o’zgarish jarayonlari kechayotgan edi. Bunday 

harakatni boshqargan kishilar o’z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan 

holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Shunday qilib, Muhammadning diniy va 

siyosiy faoliyati yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko’rinishi bo’lgan2. 

Muhammad (sav) har tomonlama barkamol inson bo’lgani uchun, uning shaxsiy 

fazilatlari tufayli yahudiyxristian mazhablariga yaqin g’oya bilan yashovchi 

mahalliy hijozliklar harakati o’ziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy 




kuchga ega bo’ldi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy 

voqealardan biriga aylantirdi. 

 

2.Qadimgi Arabiston madaniyati 

 

          .Qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining eng kata yutuqlaridan biri yozuvning 

alfavit tizimining yaratilishidir.Bu yozuv farazlarga ko’ra finikiya 

protisinay(Sinaydan topilgan yozuvlarga ko’ra)alfavitlardan kelib 

chiqqan.Shimoliy Arabiston aholisi nabateylar ham oromiy yozuvlariga o’xshash 

o’z alfavitlarini yaratdilar.Monumental me’morchilik sohasida katta yutuqlarga 

erishilgan. Marib, Timna, Shabva va Karnava shaharlari harobalariga 

ko’ra,shaharlar to’g’ri to’rtburchak shaklida minoralar bunyod qilingan.Petra 

shahri qoyatosh bag’rida bunyod qilinib,uning inshootlari qoyalarda 

qurilgan.Albaster,jez va loydan haykallar yasalgan. Hayvonlar (hokiz, tuya, 

ot)tasviri dinamik va ifodali tasvirlangan. Arabiston yarim oroli dini politeistik 

harakterda bo’lgan.Janubiy Arabistonda bosh xudo Astar bo’lgan.Saba qabilalarida 

Almakaxon oy xudosi hisoblanib,unga ho’kiz qurbonlik keltirilgan.Osmon ,quyosh 

va bir necha sayyoralarga ham e’tiqod qilingan . Nabateylar Ilaxu yoki Alloh 

(,,xudo”),Dusharg (chaqmoq xudosi,dunyo boshqaruvchisi)ga sig’inganlar. 

 

 



 

Tayyorladi: Tarix yo’nalishi S0601_20-guruh talabasi Mirzarahimov Abdulbasir  



 

Download 113.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat