1. Pensiya ta’minoti tizimining shakllanishi va rivojlanishi



Download 172 Kb.
bet1/4
Sana23.07.2022
Hajmi172 Kb.
#844347
  1   2   3   4
Bog'liq
PENSIYA TA\'MINOTI BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING MAZMUNI VAZIFALARI YO\'NALISHLARI


PENSIYA TA'MINOTI BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING MAZMUNI VAZIFALARI YO'NALISHLARI

Reja:
1.Pensiya ta’minoti tizimining shakllanishi va rivojlanishi


2.Mustaqil O‘zbekiston pensiya ta’minoti tizimining rivojlanish bosqichlari


1.Pensiya ta’minoti tizimining shakllanishi va rivojlanishi
“Pensiya” (lotin tilidagi “pension” so‘zidan olingan bo‘lib,
tarjima qilinganda “to‘lov” ma’nosini anglatadi) so‘zi esa birinchi marta XY asrning II yarmida Lyudovik XI davrida Parij Hisob palatasining hujjatlarida qayd etilgan bo‘lib, Angliya hazinaboni va arboblari uchun to‘lab turiladigan to‘lovlarni anglatadi. Pensiya dasturlari II jahon urushi davrida, ya’ni ish haqini muzlatib qo‘yish sababli ishchilarning pensiya jamg‘armasiga ajratma ajratish qiyinlashgan paytda tarqala boshladi.
Ushbu tizimning vujudga kelish tarixiga nazar tashlasak, dastlab qadimgi Rimda harbiy pensiyalar tizimini joriy etgan, xususiy sektorda band bo‘lganlarning yoshiga ko‘ra davlat tomonidan tashkil etilgan birinchi pensiya tizimi 1889 yilda Germaniyada amalga kiritilgan bo‘lib, nemischa yondashuvning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy ta’minot majburiy bo‘lib, badallar kiritishga asoslangan. Ish beruvchilar ham, ishchilar ham uni moliyalashtirishga mablag‘lar kiritishi lozim bo‘lgan, shuningdek, amalda joriy etilgan tizim zamirida ilgari mavjud bo‘lgan gildiyalar va ishchilarning birlashmalari tomonidan tashkil etiladigan ixtiyoriy o‘zaro yordam jamg‘armalarining ish amaliyoti ham yotadi. Yangi tizimda pensiya olish huquqi ilgari to‘langan badallarga asoslagan. Bundan tashqari Daniya (1891) va Yangi Zelandiyada (1898) kambag‘allarga maksadli yordam kursatishga mo‘ljallangan pensiya tizimi joriy etildi. Bu yerda u umumiy soliq daromadlari hisobidan moliyalashtirilar, muhtojlikni tekshirishni nazarda tutar va to‘lovlarning tekis darajasini kafolatlar edi. Bu pensiya tizimlari ko‘p jixatdan kambag‘allar to‘g‘risidagi an’anaviy qonunchilikdan kelib chiqqan.
Keyingi yillarda Fapbiy Yevropa mamlakatlarining aksariyatida Nemischa modelga asoslangan pensiya ta’minot tizimi shakllandi; anglosakson mamlakatlari Shimoliy Yevropa mamlakatlari Daniya va Yangi Zelandiya taklif qilgan yo‘ldan bordi. Bu tizimlar har xil vazifalarni hal qilardi. Nemischa tizimida ishlovchi odam pensiyaga chiqqach, uning ijtimoiy maqomini saqlashga qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik Angliyada ham joriy etilgan Daniya tizimi kambag‘allikni cheklashga qaratilgan edi.
Pensiya” - kategoriya sifatida pul mablag‘larining maqsadli fondlarini shakllantirish va keksalik chog‘ida fonddan foydalanish shakl va usullari yig‘indisini o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi.1
Pensiya” – belgilangan(pensiya) yoshiga yetganida, nogironlik yuz berganda, boquvchisi yo‘qotilganda, shuningdek belgili muddat xizmat qilgani uchun va davlat oldida alohida xizmatlari uchun fuqarolarning davlat yoki sobiq xodimlarning sobiq ish beruvchilari tomonidan muntazam pul daromadlari bilan ta’minlanishi.2
Pensiya ta’minoti tizimining shakllanishi bosqichlarida mehnatga qobiliyatsizlar himoyasini qishloq oilalari va jamoalar ta’minlagan, bir qator kasblarda esa ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli ishlovchining mehnat qobiliyati yo‘qolgan sharoitda – korporatsiyalar, cherkovlar ham ishchilarga moddiy yordam ko‘rsatishda muhim rol o‘ynagan.
Makro darajada pensiya tizimining samaradorligi uning ijtimoiyiqtisodiy maqsadga muvofiqligini va inson omilini takror ishlab chiqarish jarayonining davlat tomonidan tartibga solinish darajasini aks ettiradi. Moliyaviy nuqtai nazardan pensiya tizimining samaradorligi mablag‘larni jalb qilish va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida mablag‘larni ishlatilish darajasini ifoda etadi.
Davlat taqsimlash tizimida u yoki bu choralar tartibini tanlashni esa mamlakat pensiya tizimida vujudga kelgan holat, demografik vaziyat tavsifi, jamiyatda amal qilayotgan adolat tushunchalari, siyosiy qarashlar belgilab beradi. Respublikamizda amal qilayotgan pensiya ta’minoti tizimi ma’lum tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, uning rivojlanishi(ni) mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qaror topishiga qaratilgan islohotlarning mazmunmohiyatidan kelib chiqib yangi bosqichni boshlab berdi. Mamlakatiimiz pensiya ta’minoti tizimi taraqqiyotini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Pensiya ta’minoti rivojlanishining birinchi bosqichi 1917-1956 yillarni qamrab olib, «pensiya» tushunchasining paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi. 1917-1919 yillarda pensiya ta’minoti yuzasidan ellikdan ortiq dekret qabul qilingan, ularning asosiy g‘oyasi mehnatga qobiliyatsizlarni ijtimoiy jihatdan ta’minlashni jamiyat zimmasiga yuklashdan iborat. 1930 yilda «Pensiyalar va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha nafaqalar to‘g‘risida»gi Nizom ishlab chiqilgan, 1956 yilda «Davlat pensiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingunga qadar pensiyalar shu nizom asosida to‘lab kelingan. Mazkur nizomga muvofiq, pensiya bilan ta’minlanish huquqiga faqat mehnatdan jarohatlanish yoki kasb kasalligi tufayli nogiron bo‘lgan shaxslargina ega bo‘lgan. Bu bosqichning xususiyati yagona pensiya ta’minoti tizimining mavjud bo‘lganligidadir.
Pensiyalar har bir tarmoq uchun belgilangan alohida tartib asosida tayinlangan. Pensiya ta’minotini rivojlanishining ushbu bosqichiga xos muhim jihatlardan biri, ikkinchi jahon urushi davrida pensiyaga oid qonun hujjatlari harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini pensiya ta’minoti haqidagi yangi qaror bilan to‘ldirildi va takomillashtirildiki, ularni tizimning daromad qismida ishtirok etmagan holda, xarajatlar qismidagi ishtiroki, hozir ham muayyan muammolar va e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda. Bu bosqichning muhim xususiyati shundaki, pensiyaga chiqish yoshi erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh qilib belgilangan.
Davlat pensiya ta’minoti shakllanishining ikkinchi bosqichi 1956 yilda qabul qilinib, 1991 yilga qadar amal qilgan «Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi va ilk bor yagona pensiya tizimining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Ushbu qonun pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqish va to‘lashning yagona tartibini belgilab berdi. Mazkur qonunda jamoa xo‘jaliklari xodimlarining pensiya ta’minoti ko‘zda tutilmagan. Jamoa xo‘jaliklari a’zolarining pensiya ta’minoti mahalliy miqyosda, ya’ni xo‘jaliklararo pensiya jamg‘armalari tuzish yo‘li bilan hal qilingan va faqat 1964 yilga kelibgina pensiya ta’minoti aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. Pensiya tizimining mazkur ikki bosqichiga xos xususiyatlarni umumlashtiradigan bo‘lsaq bu bosqichlarda aholini pensiya bilan ta’minlash tizimi to‘liq shakllantirildi.
Uchinchi bosqich ijtimoiy ta’minot tizimida islohotlarning boshlanishi va uning asosi bo‘lgan "SSSRda fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunning 1990 yilda qabul qilinishi bilan belgilanadi. Ushbu qonunning qabul qilinish zaruriyati shundaki, avvalgi pensiya qonunchiligi nizolari bilan jamiyatda vujudga kelgan ko‘pgina o‘zgarishlar o‘rtasida qarama qarshiliklar paydo bo‘lib, jamoat iste’mol jamg‘armalari hisobiga davlat tomonidan pensiya ta’minotini amalga oshirishni kafolatlash imkoni bo‘lmay qoldi. Bu bosqichning muhim xususiyati shundaki, amaliyotda ilk bor pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy pensiyalar va daromadlarni indeksatsiyalash tushunchalari paydo bo‘ldi. Uchinchi bosqichda teng taqsimlash tamoyilidan chekinib, pensiya ta’minotining mehnat miqdori va sifatiga erishishga urinib ko‘rildi. Amal qilib kelgan pensiya tizimida fuqarolarga ishlagan davri muddatidan qat’iy nazar, bir miqdorda keksalik pensiyasi tayinlagan bo‘lsa, yangi qonunda esa ko‘p ish stajiga ega fuqarolarga pensiya ta’minotida ustunlik berildi. Mazkur qonunda pensiya miqdorini tayinlash uchun oylik ish haqi darajasi mezon sifatida qabul qilindi.

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish