1 O‘zbekistonning eng yangi tarix davrini boshlab bergan voqealarga fikringizni bayon qiling?



Download 0.6 Mb.
bet2/4
Sana07.09.2021
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4
Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol
demokratik yangilash va modernizasiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy
vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish edi.
Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va
liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya
qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash
jarayonlari davom etdi.


12. Sh. Mirziyoev-Yangilangan O‘zbekiston tarixining ijodkori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorini o‘qib...
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.


13. . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasi FA huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi
qarorining mazmun mohiyati.

O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Jamoatchilik kengashi O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi.  “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazifasi – O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirishdir.


14. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish-hozirgi kunning dolzarb masalasi ekanligi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir.
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996-yillar)” kabi qator to‘plam va monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib borayotir. Bugun “Yangi va eng yangi tarix” bo‘limi xodimlarining ilmiy ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‘qish imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi davlatlar ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‘lim xodimlari eng yangi tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan o‘nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda.
Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligi chop etilish arafasida. Jamoamiz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‘mak berib kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotir.
Bu kabi sa’y-harakatlar albatta e’tiborli. Lekin shu kungacha O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘laqonli bajarilmaganligi sababli ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‘yicha mavjud adabiyotlarni qayta ko‘rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va tahlil etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi.

Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon.
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda.
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir.
Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi FA huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi
qarorida Jamoatchilik Kengashi oldiga quyilgan asosiy vazifalar nimalardan iborat?     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo’ldi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
16.O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar haqida ma’lumot bering.

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi. Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Bu holat demokratik yo‘liga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir.Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan. Lekin besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. 2000-yil aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlarim maqsadga muvofiq, degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston «Adolat» sotsialdemokratik partiyasidir. 1995-yil fevralda tuzilgan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekistonda shakllangan sotsial-demokratik

partiyadir. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga

qo‘yishga va xalqaro sotsial demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi. Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy

tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni

saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda asosiy masala O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi. O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori

malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchunm huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatdaqanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi. O‘zbekiston Ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston Respublikasining «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston ekologik harakati – 2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.

2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur Murojaatnomada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 15 ta deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga erishishi lozimligi taklif etildi.

Partiya – (lot. partio — bo‘lak, qism) G‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari bir bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.

Modernizatsiya – (modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; davlat, jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangilanishi, yangi uslublar, ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.

17. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishida jamiyatni ijtimoiy-iqdisodiy isloh qilishida o‘zbek modulining axamiyatini tushuntirib bering?

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda tizimli yondoshuvning shakllantirilishi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohadagi tub o‘zgarishlarni tadqiq qilishda har bir jarayon xususiyatidan kelib chiqib ma’lum xronologik ramkalarni belgilab olish maqsadga muvofiq bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqotlar, ularda mujassamlashgan manbaviy ma’lumotlarni tanqidiy va tahliliy o‘rganish O‘zbekistonning eng tarixini yaxlit manzarasini yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz tarixchilarining O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixiga doir izlanishlari natijalari shuningdek ko‘plab maqolalar, risolalar, monografik tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi. O‘zbekistonning mustaqillik davri masalalarini o‘rganishda faylasuflar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, sotsiologlarning izlanishlarini e’tirof etgan holda, ularning tadqiqotlarida mujassamlashgan ma’lumotlar va xulosalarni tarixiy tadqiqotlarga jalb qilish asnosida, fanlararo yondoshuvga asoslangan O‘zbekistonning eng tarixini yaxlit yorituvchi asarning yaratilishi fursati yetdi. Bu asar jamiyat tarixiy tafakkurida mamlakatimizning dunyoda munosib o‘ringa egaligi va O‘zbekiston tarixi umumjahon tarixiy jarayonlarining ajralmas bir qismi ekanligi haqidagi tasavvurlarni shakllantirmog‘i lozim.

18. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va o‘qitishning xozirgi kundagi dolzarb muammolari haqida fikrlaringizni bildiring?O'zbekistonning eng yangi tarixini o'qitishning metod va yo’nalishlari

         Tarixiylik prinsipi. Ushbu prinsipga ko'ra, tarixiy voqealar va jarayonlar ushbu voqealar va jarayonlar qanday paydo bo'lganligi, qanday rivojlanganligi va ular nimaga olib kelganligi nuqtai nazaridan qat'iy aniq tarixiy kontekstda ko'rib chiqilishi kerak. Tarixiyizmning uslubiy prinsip sifatida talabi davrda paydo bo'ladi va rivojlanadi. O'rta asrlar teleologizmiga qarshi bo'lgan ma'rifat (Viko, Volter, Russo, Diderot), keyin nemis klassik falsafasida (Hegel, Marks), hayot falsafasida (Diltey) va falsafiy va tarixiy fikrning boshqa sohalarida. Zamonaviy talqinda tarixshunoslik prinsipi tarixshunoslik va jurnalistikada juda kamdan-kam uchraydigan hodisaga qarshi qaratilgan, bunda mualliflar dunyoqarash g'oyalarini, xulq-atvor stereotiplarini va o'z davrlarining axloqiy me'yorlarini tarixdagi voqealarni baholashda, unutish yoki ataylab e'tiborsiz qoldirishda qo'llashadi. , o'rganilgan voqealar sodir bo'lgan joyda shuni ta'kidlash kerakki, tarixiylik prinsipining uslubiy ahamiyati barcha tarixiy yo'nalishlarda tan olinmaydi. Shunday qilib, n norozilik o'zgarganda (ingliz tilidan hozirgi kungacha) - G'arb tarixshunosligining yo'nalishlaridan biri - tarixiy voqelik "haqiqatda" bo'lgani kabi qayta tiklanmaydi, uni har bir tarixchi izohlaydi va quradi va har bir davr ushbu davrning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi (tushunchalar, baholashlar va boshqalar) o'tmishni tasvirlashga nafaqat yordam bera oladi, balki doimiy ravishda aralashadi. Ko'plik prinsipi tarix nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Uzoq vaqt davomida ko'plab tarixiy tadqiqotlar ikkilik radikalizm yoki dixotomizm bilan tavsiflangan edi (bugungi kunda ham topilgan), tarixiy jarayonlar "yoki-yoki" tamoyiliga ko'ra, "oq-qora" idrok prizmasi orqali baholanadigan joy mavjud. faqat ikkita taxmin mavjud - ijobiy yoki salbiy; to'g'ri yoki noto'g'ri. Baholash idrokining bu usuli barcha tarixiy davrlarga xos bo'lgan.

19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi FA huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari va funksialari xakida gapirib bering?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo’ldi.

Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari va ularning axamiyati?

Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendumda O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5-yildan 7-yillik qilib o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi. Referendum qarorlariga ko‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi. Referendum yakunlariga ko‘ra 2003-yil 24-aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning BMT 72-sessiyasida so‘zlagan

nutqi va uning mazmun mohiyati.

J: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsusrezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.



Qo’shimcha ma’lumotlar!

Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasidagi ilk amaliy mashg’ulotsi 1993-yil sentyabrda, 48-sessiyada bo‘lgan bo‘lsa, Shavkat Mirziyoyevning ilk amaliy mashg’ulotsi 2017-yil sentyabrda, 72-sessiyada bo‘ldi.



Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев БМТ минбаридан туриб, Ўрта Осиёни тинч ва гуллаб-яшнаётган ҳудудга айлантириш, Орол муаммосини ҳал қилишда умумжаҳон иштироки, Афғонистонда тинчлик ўрнатиш ва бутун дунё ёшларини террорчилик хавфидан асраб қолиш кераклиги ҳақида гапирди.

Хусусан, Шавкат Мирзиёев бугунги кунда Ўзбекистонда муҳим иқтисодий ва ижтимоий ислоҳотлар олиб борилаётгани, Ўзбекистон Ўрта Осиё мамлакатлари билан дўстона қўшничилик муносабатлари ривожлантиришга ҳаракат қилинаётгани ҳақида сўзлаб берди. Шунингдек, Ўзбекистон президенти ҳудуд хавфсизлигига таҳдид солаётган муаммалар Афғонистонда тинчлик ўрнатиш масаласига алоҳида тўхталиб ўтди. Бу борада Шавкат Мирзиёев АҚШ президенти маъмуриятининг Афғонистон билан қўшни мамлакатлар билан келишган ҳолда тинчлик ўрнатиш ташаббусини қўллаб қувватлади Ундан ташқари Шавкат Мирзиёев Ўрта Осиёнинг экологик муаммоси бўлган — қуриб қолаётган Орол денгизи борасидаҳам тўхталиб ўтди. Ўзбекистон президенти ўзи билан олиб келган харитани намойиш қилди. Сўзининг давомида Шавкат Мирзиёев бутун дунё ёшлари орасида террорчилик тарқалиб бораётганига эътибор қаратди. Ўзбекистон президенти ушбу муаммони ёшларга ўз имкониятларини намойиш қилиш учун янги шароитлар яратиб бериш орқали ушбу муаммони ҳал қилишни таклиф қилди. Нутқининг сўнггида Ўзбекистон президенти бутун дунёда таълим ва ўрганиш орқали диний тоқатлиликни оширишга даъват қилди. Президент бу борада Ўзбекистонда ислом цивилизацияси маркази ташкил қилинаётганини эслатиб ўтди.

22. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati haqida fikringizni bayon qiling?

J:
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi; 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. O‘zbekiston SSRning nomi «O‘zbekiston Respublikasi» deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. MUSTAQILLIKNING DASTLABKI TARIXIY HUJJATLARI O‘zbekiston oliy kengashining XII Chaqiriq VI sessiyasi (1991yil,31- avgust) “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi tug‘risida Oliy kengash bayonoti “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish tug‘risida”gi qaror “MUSTAQILLIK BIZGA NIMA BERDI?” Birinchidan: shuni uqtirish lozimki, o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. Ikkinchidan: mstaqillik o‘zbek xalqiga o‘z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat berdi. Uchinchidan: mustaqillik tufayli O‘zbekiston xalqaro miqyosda o‘zini tanitish, ayni chog‘da xalqaro huquq me’yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. To‘rtinchidan: iqtisodiyotda tub o‘zgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi, ya’ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun sharoit barpo etildi. Beshinchidan: mustaqillik xalqning ma’naviy uyg‘onishi uchun to‘la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyati tiklana boshladi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi

O’z fikringizni ham bildiring !!!!!!!!!!

23. Farg’ona voqealarining kelib chiqishi haqida so’zlab bering.


J: Farg'ona fojiasi. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.

Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi. Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar. Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan,  larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi. Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi. Farg’ona voqealarini O’sha paytlardagin Respublika rahbari R.Nishonov SSSR oliy minbaridan turib “Bu bir –tarelka qulupnay ustida bo’lib o’tgan mojaro” –deb butun dunyoni chalg’itgan edi. Islom Karimov to’la to’kis aniq dalillar bilan Farg’ona voqealarini ochib tashladi .

24. O’zbekistonning mustaqillik sari tashlagan qadamlari to’g’risida gapiring

J: O‘zbekiston mustaqillik arafasida • I.A.Karimov 1989 yil iyunda O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylandi; • 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11- sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi; • «O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi; • O‘zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan «O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani muhokama qilar ekan, Respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi; • 1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12 chaqiriq 1- sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya I.A.Karimovni O‘zbekiston sovet sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib sayladi; • 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi; • 1991 yil 17 martda «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli Respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan umumxalq referendumi o‘tkazildi; • 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli Respublikasi sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi; • 1991 yil 22 iyulda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida yana bir tarixiy ahamiyaga molik qaror qabul qildi; • 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. O‘zbekiston SSRning nomi «O‘zbekiston Respublikasi» deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERIShISh OSTONASIDA” KITOBI – O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI TARIXI BO‘YIChA ENG IShONChLI MANBA Kitobda 1989 yil 24 iyundan 1992 yil 4 yanvarga qadar bo‘lgan davrga xos barcha tarixiy hujjatlar emas, balki, eng avvalo, xalqimizning tarixiy orzusi – milliy istiqlol mavzusiga oid fikr va qarashlar, xalqimiz va uning yo‘lboshchisining tinimsiz kurashlari o‘z ifodasini topgan. Mustaqillikka erishishga asosiy sababchi inson bu birinchi president Islom Abdug’aniyevich Karimovdir .

25. XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekiston iqtisodiyotining ahvoli qanday edi?

J: XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda yuzaga kelgan o‘ta keskin va jiddiy muammolar 1) Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi 1979-1989 yillar davomida O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati – 2,8 foiz Ittifoqdagi aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atiga qaraganda – 3 barobardan ziyod Biroq, aholining yuqori darajadagi o‘sishi uzoq yillar davomidaish joylarini ko‘paytirish, aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. 13 2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi 3) Ishlab chiqaruvchi kuchlarning stixiyali ravishda joylashtirilishi 4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, aholi ijtimoiy ta’minoti va himoyasining mutlaqo qoniqarsizligi 1989-90 yillarda O‘zbekistonda qishloq joylarida yashaydigan aholi ulushi – 60 foizga yaqin Qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi – Atigi 5 foiz Ichimlik suv bilan ta’minlanishi – 50 foizga yaqin Tabiiy gaz bilan ta’minlanishi – Atigi 17 foiz 14 Aholining turmush darajasi hamda yashash sharoitlarining og‘irlashuvi Kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda zarur bo‘lgan daromad – kamida 85 so‘m 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi: Ittifoq bo‘yicha – 12 foiz O‘zbekiston bo‘yicha – 45 foiz O‘zbekistondagi ishsizlar soni – 1 mln.gа yaqin Nobop binolarda joylashtirilgan maktab va kasalxonalarning ulushi – 60 foiz O‘zbekistonning 1985-1991- yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi. 80-yillar o‘rtalarida iqtisodiy hayotda sustlashtirish mexanizmi to‘la shakllandi. 1985 yil aprelidan so‘ng markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. SSSRda etishtiriladigan paxtaning 65%, pillaning 60% dan ortig‘i, kanopning 80-90%, qazib olinadigan oltin, simob, volframning salmoqli miqdori O‘zbekistonda ishlab chiqarilardi. O‘zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos. Paxtaning atigi 10% O‘zbekistonda qayta ishlanardi. 1981-1985 yillarda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu 2,2%ni tashkil etdi. 80-yillarning o‘rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi. Iqtisodiy islohotlar 1987 yili e’lon qilindi. 1986-1987 yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‘yicha birorta samarali yo‘l izlanmadi. 1990 yilgacha qayta qurishning maqsadi sun’iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo‘lib qolaverdi.  80-yillarning 2-yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir etgan holatlardan biri - 1984-1989 yillardagi qatag‘onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo‘ldi. 1990 yil o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonning yangi rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish uchun jiddiy harakat boshladi.

26. XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekistonda qanday ijtimoiy muammolar mavjud edi? Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan Respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq is’temoli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turibmiz. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘likni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylash-tirilganligini aytishning o‘zi kifoya. Juda o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko‘rsa bo‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivoj-lanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti.

2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi 3) Ishlab chiqaruvchi kuchlarning stixiyali ravishda joylashtirilishi 4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, aholi ijtimoiy ta’minoti va himoyasining mutlaqo qoniqarsizligi 1989-90 yillarda O‘zbekistonda qishloq joylarida yashaydigan aholi ulushi – 60 foizga yaqin Qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi – Atigi 5 foiz Ichimlik suv bilan ta’minlanishi – 50 foizga yaqin Tabiiy gaz bilan ta’minlanishi – Atigi 17 foiz 14 Aholining turmush darajasi hamda yashash sharoitlarining og‘irlashuvi Kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda zarur bo‘lgan daromad – kamida 85 so‘m 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi: Ittifoq bo‘yicha – 12 foiz O‘zbekiston bo‘yicha – 45 foiz O‘zbekistondagi ishsizlar soni – 1 mln.gа yaqin Nobop binolarda joylashtirilgan maktab va kasalxonalarning ulushi – 60 foiz Sobiq tuzum davridagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini pasaytiruvchi omillar 1 • to‘lov va imtiyozlarning aholining ko‘p toifasiga berilishi, moddiy ta’minlanish darajasining deyarli e’tiborga olinmagani; 2 • moddiy yordam oluvchilarning farovonlikka o‘z kuchlari bilan erishish imkoniyatlarini to‘la inobatga olmaslik; 3 • hududiy va munitsipal hokimiyat organlari o‘rtasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish vakolatlari va javobgarligining aniq taqsimlanmagani.

27. Farg’ona voqeasi kelib chiqishi sabablari nima edi?



J: Farg'ona fojiasi. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.

Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi. Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar. Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan,  larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi. Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi. Farg’ona voqealarini O’sha paytlardagin Respublika rahbari R.Nishonov SSSR oliy minbaridan turib “Bu bir –tarelka qulupnay ustida bo’lib o’tgan mojaro” –deb butun dunyoni chalg’itgan edi. Islom Karimov to’la to’kis aniq dalillar bilan Farg’ona voqealarini ochib tashladi .

28. Islom Karimov qachon O’zbekiston SSR rahbarligiga saylangan edi?

1989 yil 23 iyunda Islom Karimov O'zbekiston SSRning rahbari etib tayinlandi. 1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12 chaqiriq 1- sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya I.A.Karimovni O‘zbekiston sovet sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib sayladi;

29. ”Mustaqillik to’g’risida”gi Deklaratsiya qachon qabul qilingan edi?

1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi;

30. “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan edi?



I.A.Karimov 1989 yil iyunda O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylandi; • 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11- sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi;

31. 1991-yil avgust voqealari haqida ma’lumot bering? 1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi. To‘ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo‘l qo‘ymaslik, hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin, O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin emas”,-deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g‘ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A. Karimov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi.

19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘yi-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1 sentyabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.




32. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani tushunasiz?
Hayotimizga yangi katta o’zgarishning kirib kelganiga aytiladi.Ya’ni biror nimaning keskin o’zgarib ketishiga aytiladi. Bu burilishni kim qila oladi ? Faqatgina buni o’ziga ishongan, qo’rqmas odamlarning qo’lidan keladi. Masalan: mustaqillikka erishganimiz ham xalqimiz hayotidagi eng katta o’zgarishlardan biri desak bo’ladi.


33. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib qoldi? Chunki yurtimiz qashshoqlik, tarqoqlik, urush janjallar, Rossiyaga qaramlik girdobida qolgan edi.


34. Birinchi Prezident Islom Karimovning „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“
nomli asarini o‘qing va mazmunini qisqa qilib daftaringizga yozib qo‘ying.

O‘zbek  modelining  asosiy  tamoyillari  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan 

mustaqillikning  dastlabki  yillarida  ishlab  chiqilgan.  U  jamiyatimiz  hayotini  har 

tomonlama  isloh  etish  va  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin, adolatli demokratik 

davlat  qurishning  strategik  yo‘lidir.  Mamlakatimiz  o‘zining  ana  shu  maqsadlarig erishish  uchun  taraqqiyotning  o‘ziga  xos  yo‘lini  tanladi.  Milliy  istiqlol g‘oyasi ana shu yo‘ldan borayotgan xalqimizni pirovard maqsadlarga yetaklaydi, taraqqiyotning 

o‘zbek modelini amalga oshirishga yordam beradi. 

Taraqqiyot  modeli  deb,  muayyan  davlat  tomonidan  bir  ijtimoiy  tuzumdan  ikkinchi 

ijtimoiy  tuzumga  o‘tish  yoki  biron-bir  jamiyatdagi  umrini  o‘tab  bo‘lgan  ijtimoiy 

munosabatlarni  zamonaviy  talablar  asosida  isloh  etish  borasida  tanlab  olingan 

rivojlanish yo‘liga aytiladi

4



O‘zbekiston  tanlab  olgan  taraqqiyot  yo‘li  bir  tuzumdan  ikkinchi  tuzumga  o‘tishni 

ta’minlab beradigan taraqqiyot modeliga misol bo‘la oladi. Dunyoda bu borada ancha 

tajriba  to‘plangan.  Masalan,  yaponlarning  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi 

taraqqiyot  yo‘li  davlat  tuzumi  –  monarxiyani  saqlab  qolgan  holda,  jamiyatdagi 

hukmron munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish modeliga misol bo‘la 

oladi. 

O‘zbekistonning  sobiq  ma’muriy  buyruqbozlik  tuzumidan  bozor  iqtisodiyoti 



munosabatlariga  asoslangan  erkin,  demokratik  jamiyatga  o‘tishining  o‘ziga  xos  va 

mos yo‘li – jahonda o‘zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo‘lidir. Uning asosiy 

mazmuni  jamiyatni  inqilobiy  tarzda  emas,  balki  bosqichma-bosqich,  ya’ni  tadrijiy 

ravishda  isloh  etishni  nazarda  tutadi.  O‘zbek  modeli  o‘zining  nazariy  va  amaliy 

jihatlariga  ega.  U  nazariya,  ya’ni  ta’limot  sifatida  mamlakatimizning  salohiyati  va 

keng  imkoniyatlaridan,  tabiiy  boyliklari,  aholisining  ongi,  bilimi  va  yaratuvchilik 

mahoratidan kelib chiqqan holda rivojlantirish tamoyillarini belgilab beradi. Oddiy til 

bilan aytganda, o‘zbek modeli nazariy jihatdan bizning o‘zimizga xos va o‘zimizga 

mos yo‘limizni asoslaydi. 

                                                




35. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi? O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yо’li nazariy va аmаliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning "o’zbek modeli" bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yо’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning "o’zbek modeli" deb qabul qilindi. Tanlangan yо’l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yо’lа, siltov yо’li bilаn bajarib bo’lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shosharlikka yо’l qo’ymasdan, tadrijiy yо’l bilаn keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o’tkazish lozim edi. O’zbekistonga xos taraqqiyot yo’lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug’imizdir. Tanlangan yo’lning to’g’riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar. Yurtboshimiz I. А. Karimov аnа shunday keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo’ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh-qosh bo’ldi. Mustaqillik nuriga to’lgan O’zbekistonning o’tgan 14 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yangilanish yo’lidan borib, o’zimiz tasavvur etishimiz hаm qiyin bo’lgan ulkan zafarlarga erishildi.

36. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz?



Ayni damda ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarining nigohi O‘zbekistonga qaratilgan. Anglaganingizdek, bu bevosita O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevaqt vafoti bilan bog‘liq. Ta'kidlash lozimki, bu inson shu qadar kuchli siyosatchi va davlat arbobi bo‘lganligi bois, u haqidagi ma'lumotlar dunyoning aksariyat yetakchi nashrlarining birinchi sahifasida turibdi. Zero, u kishining vafoti munosabati bilan Kuba Respublikasi hukumati tomonidan 5 sentabrning mamlakatda motam kuni, deb e'lon qilinganligi ham bejizga emas, albatta.  Haqiqatan ham, Islom Karimov dunyoning obro‘li davlat arboblaridan biri edi. U rahbarlik qilgan davrlarda O‘zbekistonning erishgan yutuqlari haqida ko‘plab kitoblar yozish mumkin. Ushbu buyuk shaxsning yozgan asarlari esa hozirda Yevropaning bir qator universitetlarida talabalar uchun o‘quv-qo‘llanmasi sifatida foydalanilmoqda. .Ekspertlarning fikricha, Islom Karimov yuritgan oqilona siyosat yildan yilga o‘zining ijobiy tasdig‘ini topmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan juda katta rivojlanishga erishdi. Buni mamlakat iqtisodiyotida qayd etilayotgan raqamlardan bilib olish qiyin emas. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotining izchil rivojlanishiga kichik va xususiy tadbirkorlik hamda turizm kabi sohalarga alohida e'tibor berilganligi sabab bo‘ldi. 
Ayni damda O‘zbekistonda YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obidalarning yuzdan ortig‘ini uchratishingiz mumkin. Bu esa dunyoning turli chekkalaridan mamlakatimizga sayyohlar oqimining uzluksiz kelishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonning xorijiy sayyohlar e'tiborini tortishiga yana bir sabab, bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikning xukmron ekanligidir.  Bundan tashqari, Islom Karimov o‘z faoliyati davomida madaniyat va sport sohalariga ham jiddiy e'tibor qaratdi. Ayniqsa, bolalar, xotin-qizlar sportini rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlari natijasida aholining kundalik hayotda sog‘lom turmush tarzini kechirishlariga erishildi. Shuningdek, dunyoning ko‘plab mashhur sportchilari xalqaro miqyosdagi tadbirlar va musobaqalar doirasida mamlakatimizga tashrif buyurishdi. Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport yo‘nalishlarida ham jaxon chempionatlari bo‘lib o‘tdi. Rojyer Federar, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi kabi sport yulduzlari, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va boshqalar Toshkentga tashrif buyurib, respublikamizda sportning jadal suratlarda rivojlanayotganligini alohida ta'kidlab o‘tishdi.  Ta'kidlash lozimki, kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori va quyi palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev davlatni vaqtinchalik boshqarish vazifasini ayni damda faqatgina respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev muvaffaqiyatli bajara olishini ta'kidlab, uning nomzodini senatorlar va deputatlar ixtiyoriga taklif sifatida kiritdi va u majlis ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Zero, joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida xalq ishonchini qozona olgan yangi davlat rahbari ham xuddi Islom Karimov yuritgan oqilona siyosatni davom ettiradi. Yangi prezident kim bo‘lishidan qat'iy nazar, O‘zbekiston dunyodagi eng tinch va osoyishta mamlakatlardan biri bo‘lib qolaveradi, mamlakat taraqqiy etishdan to‘xtamaydi

37. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?



hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi. Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan, «Milliy tiklanish» partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002- ▼ Prezident Oliy Majlis Vazirlar Mahkamasi Sud ▼ ▼ ▼ 15 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan «O‘zbekiston Res-publikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi. Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar elyurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi. O‘zingizni sinang! Qonun va Konstitutsiyaviy qonunning qanday farqlari bor? ! Yodda tuting! Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.

38. Iqtisodiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli». O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi. Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil: 1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish. 2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olind



39. Ijtimoiy va ma'naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi?

Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. XX asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida «Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi. Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat ob’yektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Yodda tuting! Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Yodda tuting! 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million kishini tashkil qiladi. Bu 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ni, qishloq aholisi 49,4 % ni tashkil qiladi. Aholisi soni 3 million kishidan oshgan hududlar soni 4 ta bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan koʻprogʻi yashaydi. Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida 54 ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmaganini ko‘rsatadi. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.

40. Taraqqiyotning „o‘zbek modeli“haqida gapiring

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli». O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi. Atamalar izohi! Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui. Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish. ? 36 Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi. Yodda tuting! O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil: 1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish. 2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi.
41. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda bo‘lgan sessiyasida qanday hujjatlar qabul qilindi?

1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: "Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi". Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.

42. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonati haqida so‘zlab bering.

1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: "Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi". Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.

43. Oliy Kengashning O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorining mazmunini bilasizmi?.

SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.

44. Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bilasizmi?


  • 1991 yil 17 martda «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli Respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan umumxalq referendumi o‘tkazildi; 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli Respublikasi sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi;

45. O‘zbekiston Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?

Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.

46. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tasvirlab bering, u qanday hollarda

ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi.

47. O‘zbekiston Respublikasinig Konstitutsiyasini ishlab chiqish, qabul qilish jarayonini

tushuntirib bering.

.O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab I.A. Karimov tomonidan 1990-yilni mart oyida ilgari surildi. 1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi.



48. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillarini bilasizmi?

.O‘zbekiston Konstitutsiyasining birinchi tamoyili-davlat suverenitetidir. 1-6-moddalarda O‘zbekiston-suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir,deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan. Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-xalq hokimiyatchiligidir. 7-14-moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan. Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. To‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», deb belgilab qo‘yilgan. Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar «Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18-52-moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘raatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan. To‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil-mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99 104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.

49. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?

I.A.Karimov —O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li” risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O'zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o'zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o'sha davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o'ylab tuzilgan bo'lib, eski tuzumdan meros bo'lgan illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini ta'minlashni ko'zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita bog'liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o'zbek modeli edi[14]. Islohotlarning o'zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud bo'lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o'z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo'ldi. Taraqqiyotning o'zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya'ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo'lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta'minlash zarur; Ikkinchidan, o'tish davrida davlat asosiy islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat'iy rioya etish lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim; To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan bolalar tashkil etadigan O'zbekistonda buning alohida ahamiyati bor; Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini e'tiborga olib, yaqin o'tmishdagi —inqilobiy hook ”siz, ya'ni evolyusion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

50. . O‘zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisning tashkil topishi va faoliyati haqidaso‘zlab bering.

.O‘zbekiston ham o‘z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo‘linishi asosida tashkil etgan.Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hokimiyatlarga bo‘linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo‘lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog‘i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko‘rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi.O‘zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o‘z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”

51. Vazirlar Makamasining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida nimalarni bilasiz?. O’ZB.res. vazirlar mahklamaSI O’ZB RES. Hukumati ijro etuvchi hokimiyatining markaziy organi Towkent wahrining mustaqillik maydonidsagi hukumat uyida faoliyat yuritadi.vazirlar mahksamasining Huquqiy asoslari O’zb.Ressi konstitutsiyasining 20-bobida va O’zb Ressi vazirlar mahkamasi to’g’risida (1993-yil 6-may yangi tahrirda 2003-yil 29-avgustda berilgaN}qonunda belgilangan.kontitutsiyaga ko’ra vazirlar mahkamasi iqtisodiyotning ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni O’zb Ressi qonunlari Oliy majlis qarorlari O’zb prezidentining farmonlari qarorlari va farmoyishlarini ijrosini ta’minlaydi.Vazirliklar.davlat qo’mitalari ,idpralar va davlat xo’jalik boshqaruvining bowqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.1992 -yil 8-yanvarda tuzilgan

Bosh Vazir Abdulla Oripov

A’zolari : Bow vazir uning o’rinbosarlari ,vazirlar davlat qo’mitasi raislari

Vazirlar Mahkamasi tarkibi o’zb prezidenti tomonidan shakllantiriladi.O’zb bow vaziri nomzodi O’zb prezidenti taqdimiga binoan oliy majlis palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.Vazirlar ,ahkamasining a’zolari Bow vazir taqdimiga ko’ra O’zb prezidenti tomonidan saylanadi.Bow vazir mahkamaning faoliyatini tashkil etadi unga rahbarlik qiladi uni samarali ishlashi un shaxsan javob beradi

Qarorlarni imzolaydi.Vazirlar mahkamasi qonunchilik huquqiga ega .O’zb prezidenti vazurlar mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qaror qabul qilishga uning majlislarida raislik qilishga vazirlar mahkamasi farmoyishlarini va bow vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.vazirlar mahkamasi o’z faoliyatida o’zb res prezidenti oldida va OLIY MAJLIS oldida javobgadir .vazirlar mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zb res vazirlar mahkamasining Reglamentida 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bn tasdiqlangan.vazirlar mahkamasining doimiy organi sifatida bow vazir va o’rinbosarlaridan iborat rayosat faoliyat yuritadi.

52. O‘zbekistonda qanday sud organlari faoliyat yuritmoqda?

O’zb.ressidagi davlat hokimiyatining alohida tarmog’I uning zimmasida davlat idoralari fuqarolarning turli tuman uyushmalari va alohida shaxslar orasidagi munosabatlarning qonun doirasida kechishini va hal etilishini taminlaw vazifasi yuklatilgan.mustaqillikkka erishilgandan so’ng o’zbda huquqiy davlat barpo etiwning tarkibiy vazifasi sifatida sud huquq islohoti o’kazilmoqda. Sud hokimiyati qonun cjiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan ,siyosiy partiyalardan alohida faoliyat yuritishi va sud faoliyatining bowqa asosiy prinsiplari O’zb ressi konstitutsiyasida etirof etildi.(106-116moddalar)Sufdlar to’g’risidagi O’zb ressi qonuni 1993-yil 2-sentyabr yangi tahriri 2000 yil 14-dekabr

Sudlarning turlari : O’zb Ressining Kons/ viy sudi, Umumiy yuridistka sudlari , xo’jalik sudlari, harbiy sud

53. Mahalliy davlat hokimiyatining tuzilishi va uning vazifalari haqida so‘zlab bering.

.Mahalliy davlat hokimiyati organlari joylardagi davlat boshqaruv idoralari ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni o’z vakolatlari doirasida o’zlari hal etadilaryagona davlat hokimiyatini organlarining tarkibiy qismi sifatida yuqori davlat organlari qarorlarini amalga oshiwini taminlaydi.Mahalli hokimiyat tizimini shakllantiriw sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi.ular O’zb res konstitutsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonun 1993 yil 2-sentabr, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to’g’risidagi qonun 1994y 5-may kabilar muhimdir Mahalliy davlat hokimiyati organlari O’zb ressi qonunlarini , President farmonlarini , davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi xalq deputatlari quyi kengashlariga rahbarlik qiladi res va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni hal qiladi.mahalliy davlat hokimiyati organlari 2 ga bo’linadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlariMahalliy vakillik organlari o’z faoliyatini kollegiallik asosida olib boradi Mahalliy vakillik organlarining hamma bo’g’imlari saylov yo’li bn tashkil qilinadi.Mahalliy ijroiya organlari hokimiyatlarga viloyat, shahar tuman hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshlik prinsipi asosida ish olib boradi .Hokimiyatlar boshqarmalar bo’limlar va bo’linmalardan iborat bb ularning tuzilishi O’zb res vazirlar mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bn belgilanadi.

54. O‘zbekistonda qanday vazirliklar va davlat qo‘mitalari mavjud?

Avvaldan mavjud bo’lgan vazirliklar :

1.Tashqi ishlar vazirligi

2.Adliya vazirligi

3.Mudofaa vazirligi

4.Ichki ishlar vazirligi

5.Moliya vazirligi

6.Sog’liqni saqlash vazirligi

7.Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

8.Xalq ta’limi vazirligi

9.Favqulodda holatlar vazirligi

10.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Yangilanga vazirliklar :

11.Iqtisod va sanoat vazirligi

12.Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

13.bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.Qishloq xo’jaligi vazirligi

15. Suv xoʻjaligi vazirligi

16. Maktabgacha taʼlim vazirligi

17. Madaniyat vazirligi

18. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

19. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

20. Innovatsion rivojlanish vazirligi

21. Qurilish vazirligi

22. Transport vazirligi

23. Energetika vazirligi

24. Mahalla va oila masalalari vazirligi (endi tuziladi)

55. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari, erkinliklari, burchlarini bilasizmi?

Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huqukdariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquklari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.

56. Ombudsman nima, u qachon ta’sis etilgan?

Ombudsman (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. O. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — O.; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shahrik. O. turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga sayla-nadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro O.ga bevosita murojaat qilishga haklidir. O. kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniklab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga kursatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular O.ning taklifidan bosh tortsa, O. sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. O. fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki de-putatlari orqali murojaat qiladilar. Dunyoda 1-marta O. lavozimi 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. O.ning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. O.lar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari "Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida" OʻzRning qonuni (1997 yil 24 aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqpari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxe boʻlib, unga OʻzR da davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huqukdari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. Vakil oʻz faoliyatida OʻzR ning Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, OʻzRning xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.

57. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qanday jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlarni bilasiz?

Yengil va to'qimachilik sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanib bor-moqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O'zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to'qimachi», «Qabul-Farg'ona», «Oq saroy to'qimachi» qo'shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004— yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xafq ist'emol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o'rinlari yaratildi. Agar 1991— yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2004— yilda bu ko'rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.

Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo'ng'irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo'l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi.

58. Bozor iqtisodiyoti va uning mohiyatini tushuntiring?

Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.

O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:

• kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

• ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;.

• xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash;

• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

• iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

• jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;

• kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish/

59. Nima uchun iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak?

Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi o’rni, ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lsa ham, taqsimot masalasi ham o’ziga xos muhim o’rin tutadi. Taqsimlash – bu har bir xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir. O’zbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti ommaviy farovonlikni mo’ljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni ta’minlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik prinsiplari amal qilishi uchun zamin yuzaga keladi. Ammo farovonlikni ta’minlash insoniylik bilan bir qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat o’zgarishlari bo’lishini talab etadi. Bunday jarayonlar bólmasa mamlakat siyosiy jihatdan yuksalolmaydi, db óyleyman

60. Mamalakatimizda avtomabilsozlik rivoji haqida ma’lumot bering?

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994— yilda barpo etilgan O'zbekiston-Isroil «O'zlz mash» qo'shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelii yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug'i, deb e'tirof etildi.

1992— yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996— yillarda Asaka shahrida «O'zDEU avto» zavodi barpo etildi va «Damas», «Tiko», «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 1996- yilda 25,3 ming, 1997- yilda 64,9 ming, 1998- yilda 54,4 ming, 1999- yilda 58,4 ming, 2004- yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «O'zDEU» zavodida 1999-2003— yillarda «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yoiga qo'yildi. O'zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «UzDEU avto» zavodi 10 yil (1996-2006— yil iyun) davomida 571580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198609 tasi xorijga eksport qilindi. Samarqandda avtobus va yuk mashinaiari ishlab chiqarishga ixti-soslashgan «Sam Koch avto» zavodi qurildi. 2000— yilda «Sam Koch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi. Hozirgi kunda 1000 dan ziyod kishi mehnat qilayotgan bu zavodda 5 xil rusumdagi avtobuslar, 8 turdagi yuk avtomobillari, 35 xil kuzovlar ishlab chiqarilmoqda. Germaniyaning “MAN avto” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi zavodda yiliga 4 ming 600 ga yaqin yuk avtomobili va 1 ming 350 dan ortiq piritsip ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizda avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchi o'nlab yangi korxonalar bimyod etildi. Hozirgi paytda «O'zDEU» zavodi uchun zarur bo'lgan butlovchi qismlarning 20 foizi O'zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda.

61. Iqtisodiyotimizda qishloq xo’jaligining ahamiyati qanday?

Agrar islohotlarga ustuvorlik beriidi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.

Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.

Qishloqda xo'jalik yiiritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor beriidi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yiiritishda o'zlarini toia-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002- yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, respublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda I mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'rin beriidi.

Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004- yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.

Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.

2003- yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo'ldi, paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar uyushmasi O‘zbekiston fermerlar kengashiga, joylarda esa viloyat va tuman fermerlar kengashiga aylantirildi.

2012-2014 yillarda paxta xom-ashyosi tayyorlashning barqaror hajmi saqlangan holda, sabsavot yetishtirish – 16,3 foizga, poliz mahsulotlari – 16,6 foizga, meva yetishtirish esa – 21 foizga ko‘paydi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda.


62. Moliya-kredit sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?


Iqtisodiy islohotlarning muhim  yo'naIishlandan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo'ldi.

Shu boisdan, respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo'g'inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar raajmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiiuvchi transport, aloqa, suv va energetika ta'minoti, yo'l va ombor xo'jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko'plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmaiari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umum-lashtiruvchi vositalar, firmaiar vujudga keldi.

Xo'jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi banktizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi.

Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan.

Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.

Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1- iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003— yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi..

     2.Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo'jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi, O'zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo'lib, korxonalari mustaqil xo'jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismiarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko'pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to'xtab qoldi. Shu boisdan, O'zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi.

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O'zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yoilaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat buyudjiti va aholi jamg'armalari hisobidan ajratildi. 1994-2003— yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

Xalq xo'jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko'rildi. «Chet el investitsiyaiari to'g'risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el invest is iyas in i O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investisiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliyava iqtisodiy tashkilotlar, qarzberuvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog'i— yildan-yilga o'sib bordi. 1994-2003— yiilarda respublika iqtisodiyotida o'zlashtirilgan chet el investitsiyaiari hajmi 14 mlrd. AQSH dolfarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2003— yilda 2087 taga yetdi. 2005— yilda oldingi yilga nisbatan iqtisodiyotga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 1,5 baravar ko'paydi.” Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.

Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdiInvestitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.

Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.

Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi”. (Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan)

63. Bozor infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?

Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.

Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.

Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:

birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;

kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;

kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;

aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);

axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;

soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;

tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;

maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;

savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;

bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;

konsalting (maslahat) kompaniyalari;

ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;

maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.

Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. [1]

Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.


64. Mustaqillik yillarida kichik bizness va hususiy tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlar va


uning ahamiyati haqida fikr bildiring?

Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999— yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005— yilda 38,2 foizga yetdi. 2005— yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004— yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004— yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'l-ganlarning 65 foizini tashkil etdi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida kiyingi 3 eilda ham katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.

Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi”.

65. Mustaqillik iqtisodiyot bobida qanday imkoniyatlar yaratildi?



Iqtisodiy mustaqillik -milliy iqtisodiyotning chet davlatlarga bogʻliqligini kamaytirish va milliy manfaatlarga xizmat qilishi uchun shartsharoitlarning taʼminlanishi. Davlat mustaqiyaligining moddiy ta-yanchi, uni saklab qolish va mustahkamlash sharti hisoblanadi, chunki iqti-sodiy jixatdan taʼminlanmagan milliy mustaqillik oʻzini himoya qila olmaydi, yashovchanlikdan maxrum boʻladi. Jahon mamlakatlari taraqqiyoti tajribalari asosida I.m.ning oʻzaro uzviy bogʻlangan eng muhim mezonlari va koʻrsatkichlari aniqlangan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin. Milliy mulkning qaror topi sh i — muayyan mamlakatning moddiy va maʼnaviy boyliklari shu mamlakatdagi turli mulk sohiblari egaligida boʻlishi, ularning bu mulkka mustaqil egalik qilish, ulardan foydalanish va erkin, chet el tazyiqisiz tasarruf etish huquqi taʼminlanishi kerak; milliy korxonalar va tashkilotlarning mamlakat iqtisodiyotidagi salmogʻi shu mamlakatdagi chet el mulki salmogʻidan katta boʻlishi lozim; Milliy manfaatlarning ustuvorligi — mamlakat iqtisodiyoti milliy manfaatga xizmat qilishi, yaratilgan daromadlar mamlakatda qolishi, uning katta qismi chet elga olib chiqib ketilmasligi (repatriatsiya), aksincha, iqtisodiyotning milliy subʼyektlari qoʻlida qolishi, i.ch. natijalari mamlakat aholisi farovonligiga xizmat qilishi zarur. I.ch. tuzilmasi milliy doiradagi takror i.ch.ni taʼminlay olishi kerak. I qti -sodiyotning ochiqligi — I.m. iqtisodiy avtarkizm (biqiqlik) bilan sigʻishmaydi. I.m. mamlakat iqtisodiyotining chet el tovarlari, kapitali, ish kuchi migratsiyasi uchun muayyan darajada ochiq boʻlishini taqozo etadi. I.m. mamlakat chet el bilan iqtisodiy aloqalarini oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda va erkin yuritadi. Iqtisodiy taraqqiyot yoʻlini mustaqil tanlash — har bir mamlakat oʻz kelajagini oʻz imkoniyatlari va milliy xususiyatlariga qarab belgilaydi va unga erishish vositalarini erkin tanlaydi. Taraqqiyot mo-dellari xilma-xil, lekin har bir mamlakat sharoitida oʻxshashlik boʻlgan sharoitlarda modellar umumiy boʻlishi mumkin, ularning har birida oʻziga xos tomonlari albatta mavjud boʻladi va uni amalga oshirish har bir mamlakatning oʻz kuchi va imkoniyatiga tayanadi. Milliy investitsiyalarning ustuvorligi — iqtisodiyot rivojiga qoʻyiladigan inves-titsiyalarning asosiy qismi mamlakatning oʻziga tegishli boʻlishi zarur. Mustaqil mamlakat oʻz investitsiya re-surslarini oʻz iqtisodiyotining rivojiga sarflaydi, ammo xorij in-vestitsiyalaridan ham maʼlum darajada foydalanadi. Xorij kapitali ustidan samarali nazorat — I.m. milliy iqtisodiyotning xorij kapitali uchun ochiq boʻlishini inkor etmaydi, lekin bu kapital faoliyati milliy manfaatlarga putur yetkazmasligi talab kilinadi. Bunga xorij kapitali ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish orqali erishiladi. Natijada xorij kapitali tomonidan milliy tabiiy boyliklarni talon-taroj qilinishiga, ekologiyaga zarar yetkazishga, ish oʻrinlarini qisqartirishga, milliy kapitalni siqib qoʻyishga yoʻl berilmaydi. Milliy davlat chegaralari ning mavjudligi va ularning daxlsizligi — milliy iqtisodiyotda chegaralarning mavjudligi uni himoya qilish vositalarini yaratishni ham bildiradi. Bular orasida mamlakat iqtisodiyotini chet el tajovuzidan himoya qilishda milliy valyuta va bojxona xizmati eng muhim oʻrinda turadi. Milliy pul birligi mamlakatdagi yagona toʻlov vositasi hisoblanadi, tovar va xizmatlarni faqat shu pulga sotib olish bilan mamlakat tovarlarining chetga tartibsiz chiqib ketishiga yoʻl berilmaydi; bojxona toʻlovlari, litsenziyalar va kvotalar orqali eksport va import tartibga solinadi. Mamlakatning chet ellardan olgan qarzining meʼyorida boʻlishi — xalqaro kredit faoliyat koʻrsatadigan sharoitlarda davlatning chet mamlakatlardan qarz olishi yoki qarz berishi muqarrar hodisa, ammo chetdan olingan qarzning meʼyordan oshib ketishi moliyaviy qaramlikni paydo etadi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun qarzdorlik meʼyori nazorat qilinadi. Bu meʼyorni aniqlashda qarz miqdori mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) va eksport hajmi bilan taqqoslanadi. Odatda, qarz miqdori YAIMning 50% dan ortmasligi talab kilinadi, ayni paytda qarzni eksportdan tushgan valyuta hisobidan qoplash imkoni ham boʻlishi eʼtiborga olinadi.

I.m. mutlak, emas, balki nisbiydir. Global sharoitlar oʻzgarishi bilan I.m. mezonlari va koʻrsatkichlari oʻzgaradi, chunki mamlakat iqtisodiyotiga tashqi sharoitlarning taʼsiri kuchayadi.

I.m. koʻrsatkichlari mamlakatlarning integratsiyalashuv darajasiga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Mamlakatlar qanchalik chuqur iqtisodiy integratsiyalashgan boʻlsa, milliylikdan globallik (umumiylik) tomon rivojlanish shunchalik jadallashganligidan darak beradi.

66. Agrar islohotlarning natijalari haqida so‘zlab bering.

Agrar islohotlarga ustuvorlik beriidi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.

Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.

Qishloqda xo'jalik yiiritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor beriidi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yiiritishda o'zlarini toia-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002- yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, respublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda I mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'rin beriidi.

Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004- yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.

Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.

2003- yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo'ldi, paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar uyushmasi O‘zbekiston fermerlar kengashiga, joylarda esa viloyat va tuman fermerlar kengashiga aylantirildi.

2012-2014 yillarda paxta xom-ashyosi tayyorlashning barqaror hajmi saqlangan holda, sabsavot yetishtirish – 16,3 foizga, poliz mahsulotlari – 16,6 foizga, meva yetishtirish esa – 21 foizga ko‘paydi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda.


67. Narxlarni erkinlashtirish qanday amalga oshirildi?

Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bujarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar vastipcndiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.

Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujud-ga keltirish bilan bevosita bog'liq. 1992— yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.


68. Chet el sarmoyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilishi haqida nimalarni bilasiz.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag`lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo`l bilan respublika iqtisodiyotini ko`tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini a rag`batlantirish yo`li bilan investitsiyalarni, ko`proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud, ya`ni:

Ulushi qo`shilib qatnashishi orqali qo`shimcha korxonalarni tashkil etish; 100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish; yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu`ba korxonalari va filiallarini tashkil etish; kontsessiya va lizing shartnomalari tuzish; tenderlar e`lon qilish; erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.

Qo`shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo`shma korxonalarni tashkil etishdir. O`zbekiston Respublikasida qo`shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo`lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150000 AQSH dollariga teng bo`lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi.12 Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg`armasining 150000 AQSH dollaridan kam • bo`lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi - sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug`ullanishga ixtisoslashgan kichik qo`shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.

Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqtsa. O`zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli soxalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o`z mol - mulklari bir qismini ajratib, shu`ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu`ba korxonalarga ham qo`shma korxonalarga qo`yilgan talablar belgilangan.

Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o`z kapitallarini jamlagan holda halqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.

Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o`zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.

Lizing shartnomasi esa chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish. Tenderlar esa tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir. erkin iqtisodiy hudud - bu ma`lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O`zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to`g`risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta`rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirrish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma`muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo`lgan maxsus ajratilgan hududdir". erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo`llab - quvvatlovchi, rag`batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo`lishi lozim. Davlatning bosh iclohotchi sifatida qatnashishi xorijiy mamalakatalar tajribasida aniq namoyon bo`ladi, masalan, Xitoy hukumati 1 dollar chet el inveestitsiyalarni jalb etish uchun 4 dollar o`z mablag`larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa o`z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo`lib xizmat qildi. Rossiyada yaratilgan erkin iqtisodiy hududlarga Naxodka, Kaliningrad viloyati, Sankt - Peterburg shahari va boshqalar kiradi. Qozog`istondagi birinchi erkin iqtisodiy hududlar 1991 yilda paydo bo`lgan. Bular: Jezqozg`on viloyatdagi Jayren - Atasu, Kostanay viloyatdagi Lisakov va Olmaota shahardagi "Otakent" erkin iqtisodiy hududlaridir.

Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli kog`ozlar bo`lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi.

Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining sub`ekti va ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo`yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya`ni ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga bo`lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga yo`naltirib, so`ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa, maqsadga muvofiq bo`lur edi.

Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada ragbatlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel’ investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy investitsiyalargarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o`z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog`liq. SHunisi harakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.

Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:

1)moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug`urtalash va kafolatlash;

2) nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta`minlash; texnik yordam ko`rsatish.


4.O`zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilishning

asosiy yo`nalishlari

O`tgan yili iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 23 foizga ortdi va 4,3 milliard AQSH dollaridan ziyod mablag`ni tashkil etdi. Ana shu investitsiyalarning salmoqli qismi bevosita xorijiy investitsiyalardir. Ushbu fakt va raqamlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida alohida ta`kidlandi.

Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning o`rni beqiyosdir. Bunda ilg`or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o`rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo`lgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to`qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog`i hamda boshqa yo`nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e`tibor berilmoqda. eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. 2007 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning 70 foizdan ortig`i ishlab chiqarish ob`ektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo`naltirildi. O`zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortdi. Ularning 76 foizi to`g`ridan-to`g`ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir.
69. Engil va to‘qimachilik sanoatida qanday yangi korxonalar barpo etildi?

Yengil va to'qimachilik sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanib bor-moqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O'zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to'qimachi», «Qabul-Farg'ona», «Oq saroy to'qimachi» qo'shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004— yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xafq ist'emol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o'rinlari yaratildi. Agar 1991— yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2004— yilda bu ko'rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.

Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo'ng'irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo'l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi.

70. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida qanday tadbirlar amalga oshirilyapti?

tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;

sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;

kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.

Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e'tibor berildi. Xo'jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo'ldilar. Respublikada don mustaqifligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo'li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog'i 1991— yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000— yilda 42 foizga o'sdi.

Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash izchillik bilan amalga oshirildi. Agar 1991— yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumladan, 609,5 ming tonna bug'doy tayyorlangan bo'lsa, 2003—yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bug'doy yetishtirildi. O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi.

Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.

Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o'zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalarberdi. 1991-2002— yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. 1990— yilda respublika bo'yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992— yilda 94,7 foizga, 1993— yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995— yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996— yildan boshlab barqaror o'sish ta'minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997— yilda 106,5 foizga, 1998- yilda 105,8 foizga, 1999- yilda 106,1 foizga, 2000- yilda 106,4 foizga, 2001- yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003- yilda 108,4 foizga, 2004- yilda 109,4 foiz, 2005— yilda 7,3 ga o'sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko'paydi, iste'mol buyumlari importi kamaydi.

Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995— yillarda pasayib bordi, 1996— yildan boshlab o'sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996- yilda YalM 101,7 foizga, 1997- yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999- yilda 104,4 foizga, 2000— yilda 104 foizga, 2001- yilda 104,5 foizga o'sdi. 2004-2005 yillarda bu ko'rsatkich 7 foizdan oshib bordi.

Natijada, 2001— yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991- yilga nisbatan 103 foiz o'sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo'lib O'zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko'rsatkichlari izchil o'sib borayotgan mamlakatdir. 2005— yilda iqtisodiyotning o'sish ko'rsatkichi 2000— yilga nisbatan 30,1 foizini 1991— yilga taqqoslaganda esa 28,2 foizni tashkil etdi. Natijada, O'zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 50 foizdan oshdi, tashqi savdoda 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishildi.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o'zgarib, aholi turmush saviyasi o'sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, izchil o'sish sur'atlari odamlar-ning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan-yilga yaxshila-nishiga zamin bo'lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi salmoqli darajada o'sdi. Birgina 1999— yilda 4,5 ming km gaz tarmog'i-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog'i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.

Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta'minlan-gan O'zbekiston Havo yo'llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mam-lakati bilan havo aloqalarini o'rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 mil-Hondan ko'p yo'lovchiga xizmat qildi.


71. Aholini ijtimoiy himoyalash siyosati va amaliyoti haqida so‘zlab bering.


Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rib borildi. Shu maqsadda, miqdori muntazam o'zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'fovlari keng qo'llanildi.

Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to'lovlar miqdori 2000— yilda 187,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Faqat 2000— yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari - mahalla yig'inlari orqali 54,2 mlrd. so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turarjoylar, 19,5 ming o'rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o'rinli maktablar, 15,3 ming o'rinli akademik litseylar, 126,5 ming o'rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va gazlashtirish bo'yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000— yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko'tarildi.

Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda.

Respublikada aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko'rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.

Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatmoqda.

1994— yilda aholining dori-darmonga bo'Igan ehtiyoji respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo'g'i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003— yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko'rsatkich 25 foizgacha o'sdi.

“Ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko‘paytirildi.

 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018-yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m ko‘p mablag‘ sarflandi.

Qishloq joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar qurildi.

Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi”. (Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan)

72. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi va natijalari haqida so‘zlab


bering.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.

Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “bolalar bog‘chasi-maktab” majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.

Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. “Sog‘lom avlod uchun”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.

Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida qariyb 20 ming o‘qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.

Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o‘quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o‘z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o‘n ikkitasi O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o‘qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo‘nalishga o‘tkazish ishi olib borilmoqda, o‘quv yurtlarining tarmog‘i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko‘p bosqichli tizimga o‘tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etilmoqda.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo‘lib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.

Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.

Shunga qaramay, sodir etilgan o‘zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlay olmadi. 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:

• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;

• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;

• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;

• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;

• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi:

• maktabgacha ta’lim;

• umumiy o‘rta ta’lim;

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

• oliy ta’lim;

• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

• maktabdan tashqari ta’lim.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yo’qsak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.

Milliy dasturni yaratishda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan:

Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi;

Ikkinchi bosqich(2001–2005-yy.)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi;

Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlanliriladi.

73 Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi haqida so’zlab beringKuchli ijtimoiy siyosat: O'zbek modelining asosiy tamoyillaridai biri kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholining kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muxtoj qismini qo'llab-quvvatlashdir. Bu tamoyil, birinchidan, o'zbek xalqining mentalitetidan, tarixiy madaniy qadriyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchidan, o'tish davrining dastlabki bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush darajasi hali ancha past holda saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham nazarda tutadi. Bu vaqtda O'zbekiston aholisi jon boshiga to'g'ri keladiran real daromadlar, ish haqi miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari, zarur hayotiy ehtiyoj buyumlari, uy-joy, ijtimoiy-madaniy muassasalar, maishiy xizmat bilan ta'minlanish darajasi bo'yicha sobiq ittifoq rsspublikalari o'rtasida oxirgi o'rinlardan biriga tushib qoldi. Mavjud demografik vaziyat - aholi sonining muttasil usib borishi yuqoridagi ko'rsatkichlarga yanada kuchliroq ta'sir o'tkazayotgan edi. Uchinchidan, o'tish davrida, bozor tan olmaydigan korxonalar va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga barham berildi. Bu ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo bo'ldi. Bunday vaziyatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov «shok terapiyasi» to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emasligini, "bozor ko'pchilik uchun ozor" bo'lmasligini, O'zbekistonga xalqimizning nogironlar, nafaqadorlar, ko'p bolali oilalar, o'quvchilardan iborat nochor tabaqalarini ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta'kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo'lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi...»[39] deb alohida uqtirib o'tdi.

Mustaqillik arafasida O'zbekiston kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha sobiq ittifoqda 12-o'rinda turardi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoq ko'rsatkichidan ikki barobar past edi. Aholi jon boshiga xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi. Daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste'mol qilish bo'yicha eng oxirgi urinlarni egadladi[40].

5-jadvaldan ko'rinib turibdiki, mustaqillikkacha O'zbekiston aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi, pullik va maishiy xizmat ko'rsatish bo'yicha sobiq ittifoq respublikalari o'rtasida faqat Ozarbayjon va Tojikistondan yuqorida turardi. Chakana tovar aylanmasi bo'yicha o'rtacha ittifoq ko'rsatkichidan 1,8, Rossiya, Belorussiyadai 2, Boltiqbo'yi respublikalarinikidan 2.6 barobar past edi. Pullik va maishiy xizmat ko'rsatish bo'yicha ham respublikamiz ko'rsatkichlari faqat Ozarbayjon va Tojikistonnikidan yuqori bo'lib. sobiq ittifoq Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya va Boltikbuyi respublikalari ko'rsatkichlaridan g'oyat past edi. Har ming kishiga oliy ma'lumotli vrachlar, o'rta maxsus ma'lumotli tibbist xodimlari va kasalxona o'rinlari bilan ta'minlanish bo'yicha ham axvol deyarli shunday edi. Uy-joy fondi borasidagi muammolar ham keskinlashdi.

5-jadval


Aholi jon boshiga xizmatlar ishlab chiqarish (1990 y.)45

Chakana tovar aylanmasi (rub) Pullik xizmat

ko'rsatish

(rub) Maishiy xizmat ko'rsatish (rub)

SSSR 1617 251 56,8

RSFSR 1779 282 58,9

Ukraina 1578 252 57,5

Belorussiya 1861 260 78,6

O'zbekiston 906 139 40,1

Qozog'iston 1307 232 51,5

Gruziya 1396 246 70,6

Ozarbayjon 899 136 38,2

Litva 2010 280 76,3

Moldaviya 1512 207 53,1

Latviya 2470 324 77,0

Qirg'iziston 1067 159 43.3

Tojikiston 816 1 14 35,7

Armaniston 1444 199 51,0

Turkmaniston 1058 151 40,2

Estoniya 2712 376 97,0

Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlarning past darajasiga keskin demografik vaziyat ham o'zining jiddiy ta'sirini o'tkazayotgan edi. Agar 1979¬1991 yillarda O'zbekiston aholisi 34,7 foiz o'sgan bo'lsa, bu borada o'rtacha ittifoq ko'rsatkichi 10,5 foizga to'g'ri keldi. Bunda O'zbekiston ko'rsatkichlari Tojikistondan pastroq (40,9%) Turkmaniston bilan barobar turardi. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri davlat tomonidan, xususan, byudjet mablag'lari hisobidan keksaygan, mehnatga layoqatsiz, boquvchisini yo'qotganlarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatishdan iboratdir. Bu davlat ijtimoiy ta'minoti tizimi bo'lib, o'z ichiga ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi.

Ijtimoiy ta'minot bevosita davlat va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan mablag'lar, homiylar va boshqa manbalarning mablag'lari hisobidan amalga oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko'rsatish tartibi va yo'nalishlari qonunan belgilangan, an'analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga ko'ra shakllantirilgan.

Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo'qotganlik bo'yicha nafaqalar hamda nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg'iz nogironlar va keksalarga belgilangan ijtimoiy to'lovlar ijtimoiy ta'minotning asosiy shakllaridir.

Qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish. muxtojlarni tibbiy anjomlar bilan ta'minlash, nogironlarni o'qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli yo'llanmalar joriy etish, jamoat transportida yurish imtiyozlari berish, turarjoy, soliq va maishiy xizmatlarning imtiyozli shakllarini jo- riy etish kabilar respublikamizda ijtimoiy ta'minotning keng tarqalgan shakllari hisoblanadi.

Ijtimoiy ta'minotning huquqiy asoslari, muhim tamoyillari 1993 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta'minoti to'g'risida»gi qonunida ifodalangan. Ushbu hujjatga ko'ra nafaqalar miqdori mehnat staji va ish haqiga uzviy bog'liq. Bugungi kunda 1,3 millionga yaqin pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda.

Mustaqillik yillarida davlat ijtimoiy ta'minot turlari ortib borayotir. Bu, o'z navbatida, iqtisodiyotning jadal rivojlanishini va shunga muvofiq davlat byudjeti daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi.

Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtirish va bu sohada davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy-ma'muriy islohotlar ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat va notijorat ijtimoiy jamg'armalar tashkil etildi. 2001 yil Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta'minot vazirligi birlashtirilib, ularning nsgizida O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shakllantirildi. Joylarda davlatning ijtimoiy ta'minot siyosatini yuritishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman va shahar ijtimoiy ta'minot bo'limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati, sanatoriylar, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo'yicha sog'lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari. nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo'lga qo'yildi.

O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda davlat bilan bir qatorda bir qancha ijtimoiy jamg'arma va tashkilotlar ham samarali faoliyat olib bormoqda. Ijtimoiy jamg'armalar (fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda mulkiy ulush qo'shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo'lib, ularning asosiy maqsadi xayriya, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy faoliyat yuritish orqali jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo'shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ruyxatdan o'tgan ijtimoiy jamg'armalar soni ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg'armalar o'z faoliyatlari orqali ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta'minlashga samarali ta'sir ko'rsatadi.

Ammo ijtimoiy himoyalash aholining kam ta'minlangan qatlamlari hisoblanadigan - bolalarni, nafaqadorlarni, nogironlarni, talaba va o'quvchilarni moddiy qo'llab-quvvatlashdangina iborat emas. Kuchli ijtimoiy siyosat mehnat bozori va bandliq aholi turmush darajasi, aholi daromadlari va harajatlarida ham o'z aksini topali. Ma'lumki. o'tish davrida ishsizlar sonining ortishi, ishchi kuchi tarmoq tarkibining o'zgarishi, ishchi kuchi eksportining kuchayishi, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligining pasayishi, mehnat resurslaridan foydalanishda hududiy tafovutlarning ortishi, yashirin ishsizlikning ko'payishi kabi salbiy xolatlar paydo bo'ladi. Bu - tabiiy hol. Bunday holatlarning oldini olish yoki ularni yumshatish maqsadida O'zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va uni boshqarishni takomillashtirish hamda samarali bandlik siyosatini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta'minlashga oid siyosati mehnat resurslaridan okilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga doyr izchil sa'y-harakatlarda ham o'z ifodasini topdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida to'liq bandlik emas, balki samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik ish bilan ta'minlaydi. Lekin ular samarali yoki ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanmasa, bunday bandlik mehnat unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi.

Samarali bandlikni ta'minlash va mehnat resurslaridan foydalanishning ahamiyati, ayniqsa modernizasiyalash, innovasion texnologiyalarga o'tish jarayonida ruyi-rost ko'zga tashlanadi. Bu, o'z navbatida, qo'l kuchiga asoslangan mehnatdan mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan mehnatga o'tishni, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirishni, iqtisodiy faol aholini korxonalar, tarmoqlar va xuludlar o'rtasida maqsadga muvofik qayta taksimlashni, ish bilan band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi.

Aholini ijtimoiy himoyalashning bosh maqsadi mamlakat aholisining manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat. Bu maqsadga aholi daromadlarini uzluksiz oshirib borish va daromadlar tarkibini takomillashtirish orqali erishish mumkin.

Misol uchun, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo'yicha) 1990 yilda 1328 AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2010 yilda 3271 AQSh dollariga teng bo'ldi, ya'ni 2,5 barobar oshdi[41]. Iqtisodiyotda band bo'lgan har bir kishiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi ham sanoat tarmoqlarida band bo'lgan har bir xodimga to'g'ri keladigan yalpi sanoat mahsuloti miqdori ham ana shunday yuksalishda o'z ifodasini topdi.

Natijada aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadlar (harid qobilyati pariteti bo'yicha) 2010 yil oxiriga kelib 2016,8 AQSh dollarini tashkil etdi. O'tgan 20 yil ichida o'rtacha oylik ish haqi mikdori (AQSh dollari ekvivalentida) 2,7 barobar, o'rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobar oshdi.

O'tgan 20 yil ichida aholi yalpi daromallari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida yangi daromad turi - mulkdan, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar ulushi 10,6 foizdan 47,0 foizga ko'paydi. Aholi yalpi daromadlarida oylik ish haqining ulushi 30-32% darajasida barqaror saklanib turibdi.

Shuning barobarida aholi jon boshiga to'g'ri keladigai pullik xizmatlar miqdori 1992 yilga nisbatan 2,2, maishiy xizmatlar 8.3, makana tovar aylanmasi 4,3 barobar oshdi.

Bu davr ichida aholi iste'moli tarkibida ham jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. 1990-2010 yillarda aholi yalpi harajatlari tarkibida iste'mol, solikdar va boshqa tulovlarning hissasi kamaygan bo'lsa, pul omonatlari va jamg'armalari ulushi usdi. Jami iste'mol harajatlari ichida oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan harajatlar qariyb 10 punktga pasayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun tulovlar ulushi oshdi. Umuman olganda, bu progrsssiv tendensiya hisoblansada, biroq hali uni maqsadga muvofiq, deb bo'lmaydi. Hali yalpi harajatlar tarkibida iste'molga ketadigan harajatlar ulushi katta. Jami iste'mol harajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadigan harajatlarning ulushi 50 foizga yakin. Shunga mos ravishda, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga (televizor, muzlatkich, kompyuter, kir yuvish mashinasi.Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki haqida gapiring. yengil avtomobil) va xizmatlarga (dam olish, sayoxatga chiqish) ketadigan harajatlar ulushi hali ancha past. 2010 yilda har 100 xonadonga 132 televizor, 99 muzlatkich, 18,5 kondisioner, 37 elektr changyutgich, 12 kompyuter, 75 kir yuvish mashinasi, 27,1 avtomobil, 145 mobil aloqa vositalari to'g'ri keldi.

O'tgan davr ichida aholi jon boshiga asosiy iste'mol mahsulotlari ni iste'mol qilish ham (non va non mahsulotlaridan tashqari) sezilarli darajada o'sdi. Go'sht va go'sht mahsulotlari iste'moli - 22,6, sut mahsulotlari - 30,3, tuxum - 42,3, sabzavot va poliz - 122,1, kartoshka - 55,2, usimlik yogi va boshqa moylar - 3,2, shakar - 37,5 va meva, jumladan uzum 260 foiz oshdi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish kuchli ijtimoiy siyosatga asoslanadi. Xalqimiz bu yo'lni o'z yo'lboshchisi rahnamoligida mustaqillikning va bozor islohotlariga o'tib milliy iqtisodiyotni barpo etishning birinchi kunlaridan tanladi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti sifatila tan olingan nemis, shved modellari esa 3-4 asrlik evolyusion rivojlanish hamda sosial-demokratik kasaba uyushmalari va ishchilar harakatining qattiq ta'siri natijasida shakllangan edi.o

74 Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki haqida gapiring. Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.

Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zini o‘zi boshqarish nodavlat va notijorat tashkilotlar faoliyatiga ham katta e’tibor qaratildi. 2000-yilga qadar bo‘lgan davrda respublikada 140 ta nodavlat va notijorat tashkilotlar mavjud edi. Aytish joizki, «Perzent» («Farzand»), «Qishki gullar», «Xalq hunarmandlarining ijodiy ustaxonasi», «Progress»,«Orolning oltin merosi» va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari to‘plagan tajribalar diqqatga loyiqdir.

Mustaqillik yillarida o‘lkada aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Aholiga, ayniqsa og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan manzilli ijtimoiy himoya qilish siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat tashkilotlari bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faol va tobora o‘sib boruvchi o‘rin tutmoqda. NNT kam ta’minlangan oilalarga, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga, yetim bolalarga, yolg‘iz, keksa, o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda aholining boshqa zaif toifalariga kompleks moddiy, ijtimoiy, maslahat, huquqiy, psixologik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda.

NNT tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning dolzarbligini belgilash, ushbu sohada asosiy vazifalar va xavf-xatarlarni aniqlash, NNT salohiyatidan foydalanishni yanada oshirishga doir takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish ushbu tahliliy ma’ruzaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Mehnat vazirligi va BMTTDning “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sheriklik” deb nomlangan qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlangan ma’ruzada:

ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTning afzalligi ko‘rib chiqiladi;

NNT orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari qayd etiladi;

NNT tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi, ularni hal etish yo‘llari taklif etiladi;

ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTni yanada qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi asoslanadi

75. O’zbekiston Respublikasi “Korruptsyiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi qonunning mazmun- mohiyati nimada? Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:

aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.8

Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlant8irish choralari ko‘riladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.

Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kiritilgan.

Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.

Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini ko‘zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga korrupsiya bilan bog‘liq hodisalar, dalillari, voqealar va jarayonlan to‘g‘risida jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

76. Aholining huquqiy ongi va huquqiy yuksaltirish, jamiyatda korrupstiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarur? Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masalaga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:

1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamiga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;

aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;

yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.

2. “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — taʼlim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi boʻyicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

4. Quyidagilar:

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng koʻlamda foydalanishini taʼminlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi hamda qoʻshimcha huquqiy maʼlumotlar (yuridik lugʻat, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi boʻyicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;

aholiga bepul maslahat berish portalini oʻz ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish;

umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlari koʻlamini yanada kengaytirish;

aholining kundalik hayotida koʻp uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qoʻllanmalarni tayyorlash va xonadonlarga bepul tarqatish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borayotgan faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalarida “Bola huquqlari va majburiyatlari” mavzuidagi mashgʻulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, koʻrgazmali tarzda tizimli joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etsin, shuningdek, oʻquvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarining tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;

2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilsin;

yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini koʻrsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda taʼlim muassasalarida turli huquqbuzarliklar, qoidabuzarliklar, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

2019 yil 1 iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin;

2020 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali yaratilishini toʻliq yakunlasin;

uch oy muddatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

doimiy ravishda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilab, aniq dasturlar asosida ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirsin, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida aholi turli qatlamlarining fikrlarini oʻrganib, tahlil qilib borsin;

ikki oy muddatda yoshidan kelib chiqib, huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi boʻyicha aholining huquqiy savodxonligi darajasiga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda mahallalarda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini joriy etsin;

bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqsin;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazib borsin;

zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni samarali amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilishga va natijasi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilashga keng jalb qilsin;

Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida hamda sifatli tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlasin;

Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi va monitoringi, shuningdek, ularning ijrosi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda axborot berib borsin;

ikki oy muddatda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borsin.

15. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targʻib qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin.

16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Farmondan kelib chiqadigan huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan mablagʻlarni oʻzlarining xarajatlar smetasida nazarda tutib borsin.

17. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:

ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini oshirish, bu borada ularning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;

Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishi boʻyicha keng tushuntirish ishlarini ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali yoritilishini taʼminlasin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O. B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                     Sh. MIRZIYOYEV Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”ning hayotga tatbiq etilishi bilan aholi barcha qatlamlarining huquqiy savodxonligiga erishish, huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimi yaratildi. Mazkur hujjatda jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qo­nunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdor ekani, davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi bo‘lmish huquqiy madaniyat to‘g‘risida alohida g‘amxo‘rlik qilishi belgilab qo‘yilgan. 77.O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishda erishilgan yutuqlar haqida gapiring. .1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:

• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;

• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;

• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;

• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;

• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi:

• maktabgacha ta’lim;

• umumiy o‘rta ta’lim;

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

• oliy ta’lim;

• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

• maktabdan tashqari ta’lim.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yo’qsak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.

Milliy dasturni yaratishda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan:

Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi;

Ikkinchi bosqich(2001–2005-yy.)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi;

Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlanliriladi.

O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002/2003 o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borilmoqda. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi.

2004-yil 19-fevraldagi Prezident farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004–2009-yillarda buziladigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi.

2000/2001 o‘quv yilida respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 45 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 6 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1998–2004-yillarda 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, asosiy darsliklar yaratildi. 2000/2001 o‘quv yilida kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan litsey va kollejlarning 700 o‘qituvchisi chet ellardagi nufuzli universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.

Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 2001/2002 o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002-yilda 35620 talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997–2001-yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalarda ishlamoqdalar. 2002-yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi.

O‘zbekiston ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.

O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi Prezidenti V.ShukshinovPrezidentimiz Islom Karimovga “KadrIar tayyorlash milliy dasturi”ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi “Ta’limning o‘zbek modeli” deb e’tirof etildi.

Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.

78 Amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ularni amalga oshirishning faol ishtirokchilari bo‘lish ushun siz qanday ishlarni amalga oshiryapsiz? Endi bunga nima hissa qo’shayotgan busayiz shuni yozasizlarda masalan o’qish orqali ishlash orqali

79 .Bugungi kunda sog’liqni saqlash tizimida qanday ishlar amalga oshirilyapti? Mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag’batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Davlat tomonidan ajratiladigan byudjet mablag’lari yordamida ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika sohasini taraqqiy ettirish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoplash, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash masalalari hal etiladi. Shu orqali davlat kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo’lgan aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydi, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish choralarini ko’radi. Sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni dasturlashtirish – aholining tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlarga va sanitariya-epidemiologik xizmatlarga bo’lgan talabini me’yor darajasida tashkil etishni asoslash va uning xarajatlarini ishlab chiqishni anglatadi. Prezidentimiz tomonidan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta.ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi ijtimoiy sohadagi muammolarni bosqichma-bosqich hal qilinishida ayni muddao bo’ldi. Harakatlar strategiyasinig 4,2 bandida aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga doir vazifalar keltirilgan. Jumladan, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish masalalarini hal qilish bugungi kunning oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda muhim dasturilamal hujjat vazifasini o’tamoqda. Qaror birlamchi tibbiyot muassasalari joylashuvini oqilona tashkil etish, ularda ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilash, mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish, profilaktika ishlarini yanada yaxshilashga qaratilgan. 2017 yilning 16 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga o’z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha davolash, ilmiy-metodik va ta’lim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yo’naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida qator muhim yo’nalishlar belgilab Tez tibbiy yordam ko’chma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017 yilda moliyalashtirish hajmi kamida 2 baravar ko’paytirilishi keltirib o’tilgan.Mamlakatimizda sog’lom, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash hamda salomatligini ta’minlashda ta’lim va tibbiyot muassasalarining o’rni beqiyos. Shu bois ham bugungi kunda ushbu sohalarni tubdan isloh qilish masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatidagi choralarni o’z ichiga olgan. Mazkur qarorni qabul qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish hamda uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo’li bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko’rib chiqishga yo’naltirilgan. Qarorga muvofiq, 2017 yilning 1 sentyabridan xalq ta’limi tuman (shahar) bo’limlarida va tibbiyot birlashmalarida markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmatlari tashkil qilinmoqda. Ushbu xizmatlarning asosiy vazifalari quyi muassasalarning xarajatlar smetasini tuzish va ijrosini ta’minlash, ish haqlarining hisoblanishi va to’lanishini nazorat qilish, zarur bo’lgan moddiy qiymatliklar va xizmatlarni xarid qilish, shuningdek, muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hisobining yuritilishini ta’minlash, ularning faoliyat sohasi bo’yicha tovarlar sotish, xizmatlar ko’rsatishdan tushadigan daromadlarini iqtisodiy tahlil asosida monitoring qilib borishdan iborat qilib belgilangan.2017 yil 1 yanvar holatiga O’zbekiston Respublikasida 6542 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari mavjud bo’lib, ularning soni 1991 yilga (3027 ta) nisbatan ikki barobardan ko’proqqa oshdi. Shifoxona muassasalari soni esa aksincha, 1991 yilda 1388 ta shifoxona muassasasi faoliyat yuritgan bo’lsa, 2016 yilga kelib 20 foizga kamaydi, ya’ni 1106 tani tashkil etdi (1-rasm). 1991 yilda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sohasida 75 ming shifokor faoliyat yuritgan bo’lsa, 2016 yilga kelib ularning soni 84,1 ming kishini (12 foizga oshdi) tashkil etadi. O’rta tibbiyot xodimlari soni esa 1991 yilga nisbatan 41 foizga (341,3 ming kishi) ko’paydi. 1-jadval ma’lumotlari bo’yicha 10000 aholiga hisoblangan shifokorlar soni 35,5 (1991 yil) dan 26,2 (2016 yil) gacha, o’rta tibbiyot xodimlari soni esa mos ravishda 114,7 dan 106,3 gacha kamaygan. Mavjud shifokorlarning 34 foizini oliy toifali shifokorlar tashkil etadi.

80 Xotin qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sosial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevralidagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5325-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish bo’yicha vazifalar belgilab berilgan. Unga ko’ra; birinchidan, xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo’lgan va og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo’lgan ayollarning manzilli ro’yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko’rsatish; uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo’llab-quvvatlash; to’rtinchidan, xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo’lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitasiyasi va moslashishi bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash masalalari ustuvor yo’nalish etib belgilangan. Shuningdek, mazkur Farmonning yana bir ahamiyatli tamoni shundaki, tuman (shahar) xotin-qizlar qo’mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha «Mo’tabar ayol» ko’krak nishoni joriy etildi. Bu nishon jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan, o’zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo’shgan xotin-qizlarning rahbatlantirish maqsadidaBu ham yurtimizda ayollarga bo’lgan hurmatning belgisi hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-sonli ”Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifa va tadbirlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan “Qo’shma ko’rsatma”ning 4-bandiga asosan “2019 yilning 1-iyuliga qadar qayd etilmagan tug’ilganlik, o’lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to’liq xatlovdan o’tkazilishi, uning natijasida tug’ilganlik, o’lim holatlarini qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta’minlan ishi belgilangan”ligi sababli barcha tadbirlar amalga oshirilgan, ushbu tadbirlar natijasiga ko’ra farzandiga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma olmagan ota-onalarga 16 ming 364 tug’ilish, noqonuniy oila kurib yashayotgan er-xotinlarga 15 ming 371 nikoh, hamda o’z vaqtida o’lim guvohnomasi olinmagan vafot etganlarning yaqinlariga 1902 ta o’lim guvohnomasi rasmiylashtirilib, taqdim etildi.

81 Jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish borasidagi tadbirlar haqida so‘zlab bering. Ma’naviy hayotni kitob orqali kitobxonlikni rivojlantirish orqali shakllantirish lozim. Vatanga muhabbat istiqlolga bo’lgan muhabbat mehr ularni himya qilish fikri har bir yosh ma’naviyatida aksini topishi kerak.1-prezidentimiz aytganlaridek “Yoshlarimizni Ona Vatanga Istiqlolga muhabbat ishonch bilan tarbiyalshimiz lozim,”.Turli zararli oqimlarga tushib qolmaslik uchun yoshlardagi ma’naviy bò’shliqni Vatanga muhabbat kitob o’qish kabi ijobiy fazilatlar bilan to’ldirish lozim. Yoshlar O’zbekistonning kelajagidir.(O’z fikrlarizni ham bildirilar)

82 Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi va natijalari haqida so‘zlab bering. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li ta’lim tizimini isloh qilishni taqozo qildi. Bu sohada O‘zbekiston o‘z milliy strategiyasini ishlab chiqib, ta’lim tizimini isloh qilishning o‘ziga xos yo‘lidan bordi. Ta’lim tizimidagi islohotlar jarayoni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi natijasidata’limning uzluksizligi, umumta’lim va professional ta’limning chuqurlashib borishini yorituvchi, shuningdek O‘zbekistonda ilm-fan rivojlanishi holati va taraqqiyot yo‘nalishlarini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida millliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, madaniyat rivojining turli jihatlarini yorituvchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyati jamiyatning katta qismini tashkil etgan ayollar faolligiga bog‘liq ekanligi O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasida yangicha yondoshuvlar, muammolar yechimini izlash zaruriyatini taqozo qilganligi G.G‘anieva tadqiqotida o‘rganildi

83 Davlat tili to’g’risidagi Qonun qachon qabul qilindi? I.A.Karimov 1989 yil iyunda O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylandi; • 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11- sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi; Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda.

84 Davlat tili to’grisidagi Qonunning Davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni va roli haqida so’zlab bering. Har bir xalqda din til birligi bolishi kerak Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi

85.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tarixiy xotirani tiklash bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi? Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyo’q bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyo’q allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyo’q allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi.

1991-yilda buyo’q bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida buyo’q “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.

1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyo’q alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va buyo’q allomaga haykal o‘rnatildi.

2.1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.

O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. President farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qi-lindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng nishonlandi. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi.


Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshoatlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida ko‘rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.

1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yuilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi, 2006-yil 27-oktabrda Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 2006-yil 2-noyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. keng nishonlandi.

Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi.

1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9 may kuni uning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 33 tomlik xotira kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.

Buyo’q ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga ko‘maklashmoqda.

O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:

• · tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;

• · avlodlar xotirasiga sadoqat;

• · kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;

• · mehmondo‘stlik;

• · bolajonlik;

• · ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;

• · muomalada mulozamat, hayo, andishalik;

• · og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo.

Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri “Navro‘z” bayramidir. Qaramlik yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 21-mart “Navro‘z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz “Navro‘z” kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.


1994-yil 23-apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yo’qsak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boy’icha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

3.1996-yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvavtlandi. Mazkur jamg‘arma “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996–2002-yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyo’q allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyo’q mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang (Chelak) qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jomi as-Sahih” kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi.

2000-yil 16–17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga oid “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.

O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming O‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Qur’oni karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi.

Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.

Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi. O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:

• · dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish;

• · diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

• · diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

• · ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;

• · dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish;

• · din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;

• · diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonun-chilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. (kerakli joylarni olib qisqartirib olasizlarda oxirgi savol ko’p bulib ketti.)

86. Milliy va diniy qadriyatlar deganda nimalarni tushunasiz?

«Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi -

ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma`naviyat» va

«qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga

oladi. «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish

mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan,

manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va tamoyillar,

g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir.

Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari

bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham

o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan

durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy

piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva

bilan haqli ravishda faxrlanadilar.

Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir

qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari

ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab

qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol’

o`ynaydi.

Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos

mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga,

yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. YOsh

avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham

ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.

Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini bilish va

uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va

ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish,

ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.

Qadriyat turlari:

1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar.

2. An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy

qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat

malakalari va ko`nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste`dodlarida namoyon

bo`ladigan qadriyatlar.

4. Odamlar o`rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka

asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar.

5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik bo`lgan

qadriyatlar.

Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o`rganish mumkin:

1. Umuminsoniy qadriyatlar.

2. Mintaqaviy qadriyatlar.

3. Milliy qadriyatlar.

4. Diniy qadriyatlar.


87. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy va diniy qadriyatlarni tiklash bo’yicha qanday


ishlar amalga oshirildi?
Jamiyat ma`naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim

sharti va kafolatidir. Shu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat

o`z ma`naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi,

tafakkurida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay,

xalqning milliy ruhini uyg`otmay turib, yuksak taraqqiyot

darajasiga ko`tarila olmaydi. Ma`navit insonni ruhiy poklanish

va yuksalishga da`vat etadigan, uning ichki olamini

boyitadigan, iymon irodasi, e`tiqodini mustahkamlaydigan,

vijdonini uyg`otadigan qudratli kuchdir.

Tarixdan ma`lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy

bosqinchilar hujmiga duchor bo`lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy merosi,

urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo`lgan. Ayniqsa, chor

mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida

milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz,

boy ma`naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko`plab masjidu-

madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi,

qarovsiz qoldi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga

kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma`naviy

merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini

yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.

Jamiyat ma`naviyatini

tiklash va yuksaltirishni ta`minlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo`nalishlari belgilab olindi.nMustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning

tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda?

Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz,


ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar –
siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob
me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari
majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan
hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha
davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib
ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir
avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud
ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa
shundayligicha,
ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi,taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon civilizaciyasi

taraqqiyotiga bebaho hissa qo`shgan buyuk bobokalonlarimizning ma`naviy merosi qaytadan o`rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo`la boshladi.

Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati yulduzlari bo`lgan

buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari

YuNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro

miqyosida keng nishonlandi:

1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;

1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;


88. Mustaqillik yillarida qaysi buyuk ajdodlarimizning yubiley sanalari nishonlandi?

A lisher Navoiy

89. .Qachon Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi?1994 йил, октябрь.


90. Qachon Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi?1991-yil 28-sentabr


91. Qachon Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi?

1996-yilning oktyabr oyida


92. Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi?

Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:

respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;

mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;

davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;

milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqeyi va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.


93. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?

Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va o‘quvchilar almashish kengayadi. Ta’lim to‘g‘risidagi milliy hujjatlar xalqaro miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.

94. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’ziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi?

O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.

Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.


95. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi qarori (5.06.18) ham ana shu islohotlarning bir bo’g’ini sifatida qalbimizni g’ururga to’ldiradi.
Ayniqsa, qarorning 7-bandidagi “oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul kilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov dvrsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra amalga oshirilishi” belgilab berilgani e’tiborlidir. Bu yoshlarning mas’uliyatini oshirish bilan birga ilmga tasodifan kirib kelish,savodsizlikning oldini olishag yordam beradi. “Ustoz-shogird”tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining faol ishtiroki ta’lim sifatini oshirishga, jahon xamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallayotgan mustaqil O’zbekistonimizning buyuk kelajagini qurishda, shubhasiz, zarur deb o’ylayman

96. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi va natijalari haqida so‘zlab


bering.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунининг qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo‘lib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan o‘zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlay olmadi. 1


97. “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni


bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari haqida so’zlab bering.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.

Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “bolalar bog‘chasi-maktab” majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.

Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. “Sog‘lom avlod uchun”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.

Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida qariyb 20 ming o‘qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.

Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o‘quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o‘z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o‘n ikkitasi O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o‘qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo‘nalishga o‘tkazish ishi olib borilmoqda, o‘quv yurtlarining tarmog‘i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko‘p bosqichli tizimga o‘tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etilmoqda.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo‘lib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.

Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.

Shunga qaramay, sodir etilgan o‘zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlay olmadi.

98. Qachon xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi? 2019-yil 22-fevral.

99. Oliy ta’lim sohasida yangi o‘quv yurtlari ochilishi sabablarini ayting.

Sabab davlatimizni yanada qudratli va buyuk bo’lishi uchun, bizga nima kerak ? Albatta kadrlar kerak, ular qachon paydo bo’ladi ? Qachonki inson kapitaliga pul tikkan davlatgina kuchli bo’lishi mumkin . Masalan: yangi oliy o’quv yurtlarini ham ochilishi bunga misol bo’ladi.
100. Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va
iste’dodini o‘stirish bo‘yicha qanaqa fondlar tashkil etildi? Qanday qoʻllab-quvvatlash turlari nazarda tutilgan

 

Hujjatda iqtidorli bolalarga koʻmak berish uchun kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan, hududlar kesimida maхsus idoralararo kengashlar har oʻquv yili boshidan boshlab ular uchun quyidagi хarajatlarni qoplaydi: 



zamonaviy yagona maktab formasi (issiq kiyim-bosh) bilan ta’minlash;

asosiy turdagi oʻquv qurollari bilan ta’minlash;

badiiy kitoblar bilan ta’minlash;

bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;

respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;

respublika boʻylab sayohatga borish va kelish.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari toʻgaraklar, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga, uzaytirilgan kun guruhlariga, shuningdek Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlaridagi jamoatchilik faoliyatiga faol jalb etiladi.



 

Kimlar qoʻllab-quvvatlanadi

 

Qoʻllab-quvvatlanadigan bolalarni aniqlashda quyidagi ijtimoiy mezonlarga e’tibor qaratiladi:



oʻquvchining koʻp bolali oiladan ekanligi (oilada uch va undan ortiq bola mavjudligi);

oʻquvchining oilasida I va/yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning mavjudligi;

oʻquvchining yolgʻiz ona (ota) tomonidan ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan farzandlar tarbiyalayotgan oiladan ekanligi;

oʻquvchining fan, san’at, ta’lim va boshqa yoʻnalishlarda yutuqlari, turli olimpiadalar, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida gʻolib va sovrindorligi, a’lo baholarga oʻqishi. 101.Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qachon qabul qilindi? Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo‘yi kengliklarida qadimdan o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko‘rsatib berildi.



102.Mustaqillik yillarida Qoraqolpog’istonda agrar islohotlarning natijalari haqida so‘zlab bering. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi ilgarigidek, o‘lka iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 100 foizni, go‘sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqa
Mustaqillik yillarida respublikada pilla, g‘alla, paxta, sholi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2003-yilda o‘lkada 568 tonna pilla, 9 ming 746 tonna g‘alla yetishtirildi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. Mazkur yilda rejadagi 8,0 ming gektar o‘rniga 91,5 ming gektar paxta, 55,0 ming gektar o‘rniga 61,0 ming gektar yerga sholi ekildi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning hissasi tobora ko‘payib bormoqda. Qoraqalpog‘istonda dehqon fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Masalan, Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma’qullab, O‘zbekiston hukumati yerni uzoq muddatga ijaraga berish bo‘yicha maxsus qaror qabul qildi. 1991-2003-yillarda investitsiya faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag‘lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko‘payib, byudjet mablag‘ining hissasi kamaydi. O‘tgan yillar mobaynida respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish borasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshi-rildi. 2003-yilga kelib respublika bo‘yicha 43 ta qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan ishlab chiqarish sohasida 32 ta, savdo sohasida 2 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ta, qishloq ho‘jalik sohasida 4 ta, transport sohasida 1 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.


103.Mustaqillik yillarida Qoraqolpog’istonda engil va to‘qimachilik sanoatida qanday yangi korxonalar barpo etildi? Qoraqalpog‘istonda 1996-yilda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 17 ta ko‘tara savdo bozor hamda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 19 ta supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 330 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi o‘lka ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2002-yilda 9 ta korxona davlat tasarrufidan chiqarildi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. To‘rtko‘l tumanida 2000-yil 6-martdan e’tiboran Rossiyaning Savvinovo yigiruv fabrikasi bilan hamkorlikda yiliga 2750 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani qurib tugallashga kirishildi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Mikrofirmalar soni 1999-yildagi 3755 tadan 2000-yilga kelib 5565 taga yoki 1,5 martaga, fermer xo‘jaliklari soni esa 1823 tadan 2353 taga yoki 1,6 martaga ko‘paydi. Birgina 2002-yilning o‘zida respublikaning 12 ta tumanida 21 ta qishloq xo‘jalik korxonalari negizida yangidan 901 fermer xo‘jaliklari tuzildi va faoliyat ko‘rsatib turgan 79 ta fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer maydonlari ajratilib, jami 980 ta fermer xo‘jaliklari tuzildi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o‘rta biznes hajmining ulushi 27 foizni tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p demakdir. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan 2000-yilda 2,9 milliard so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga kamaytirish imkoniyati tug‘ildi. 1991—2003-yillarda natura ko‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo‘l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. 2003-yilda yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi. Bir qator yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi. Respublikaning Ustyurt-Orolbo‘yi mintaqasi yirik neftgaz hududlarining (Kaspiybo‘yi, To‘qay va Amudaryo tekisligi) qo‘shilgan joyida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida eng katta neftgaz maydoni (90 ming kv. km dan ziyod) bo‘lib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mazkur hududda 7 ta gaz va gaz kondensati koni ochildi. Bu konlarda aniqlangan umumiy gaz zaxirasi 100,1 milliard metr kub, gaz kondensati zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi. 1995-yilda Qo‘ng‘irotdagi 37,4 milliard metr kub gaz va 739 ming tonna gaz kondensati zaxirasiga ega bo‘lgan «Urga» koni foydalanishga topshirildi. 2003-yilga kelib mazkur kondan bir kunda 3,2 million metr kub gaz, 24 tonna gaz kondensati qazib olinmoqda. 2002-yilning noyabr oyidan boshlab «Sharq Berdaq» koni foydalanishga topshirildi. Mazkur kon bir kunda 3,0 million metr kub gaz va 16 tonna gaz kondensatini qazib olish quvvatiga ega. Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, "Us-tyurtgaz"), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, "Elteks" aksionerlik jamiyati va "Yuniver" qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, "Kateks", "Nukus non", "Daunt" korxonalari, unyorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi. Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

104.Mustaqillik yillarida Qoraqolpog’istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida qanday tadbirlar amalga oshirilyapti? . Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi ilgarigidek, o‘lka iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 100 foizni, go‘sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqa


Mustaqillik yillarida respublikada pilla, g‘alla, paxta, sholi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2003-yilda o‘lkada 568 tonna pilla, 9 ming 746 tonna g‘alla yetishtirildi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. Mazkur yilda rejadagi 8,0 ming gektar o‘rniga 91,5 ming gektar paxta, 55,0 ming gektar o‘rniga 61,0 ming gektar yerga sholi ekildi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning hissasi tobora ko‘payib bormoqda. Qoraqalpog‘istonda dehqon fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Masalan, Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma’qullab, O‘zbekiston hukumati yerni uzoq muddatga ijaraga berish bo‘yicha maxsus qaror qabul qildi. 1991-2003-yillarda investitsiya faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag‘lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko‘payib, byudjet mablag‘ining hissasi kamaydi. O‘tgan yillar mobaynida respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish borasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshi-rildi. 2003-yilga kelib respublika bo‘yicha 43 ta qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan ishlab chiqarish sohasida 32 ta, savdo sohasida 2 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ta, qishloq ho‘jalik sohasida 4 ta, transport sohasida 1 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, gʻalla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yilda umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi. Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. (102 bn bitta narsa )

105.Mustaqillik yillarida Qoraqolpog’istonda aholini ijtimoiy himoyalash siyosati va amaliyoti haqida so‘zlab bering. Mustaqillik yillarida o‘lkada aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Istiqlol yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimida ham muayyan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu borada eng avvalo aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash uchun tegishli moddiy texnik baza yaratish hamda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda o‘lkada bu sohada 1432 ta malakali shifokor, 3640 ta o‘rta tibbiyot xodimlari aholi sog‘ligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatishmoqda. O‘tgan yillar mobaynida respublika shifoxonalari va poliklinikalarini zamonaviy tibbiy-apparaturalar bilan ta’minlash bo‘yicha alohida yutuqlarga erishildi. 1999-yili Yaponiya granti bo‘yicha respublikaga bir nechta xorijiy tibbiyot asbob-uskunalari keltirib o‘rnatildi. Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi — onalar o‘limi soni kamaydi. O‘lkada «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy Dastur» hamda «Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks Dasturi» ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur Dasturlar bo‘yicha mamlakatda ayollar va bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 2001-yilda Respublika shoshilinch tibbiyot tez yordam markazi hamda Respublika akusherlik va genekologiya ilmiy tadqiqot institutining Nukus filiali tashkil etilib, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish, bemorlarni sog‘lomlashtirish borasida ham ijobiy natijalarga erishildi. Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 ambulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991–2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi "oilaviy poliklinika" sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilaktoriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi.

106.Mustaqillik yillarida Qoraqolpog’istonda jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish borasidagitadbirlar haqida so‘zlab bering. Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston madaniy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta’limi tizimida yuz bergan o‘zgarishlarni ta’kidlash o‘rinli. Bugungi kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumta‘lim muassasalari — litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o‘quvchilarning fanlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan. 35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi. Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: "Yorqin Karaqalpaqstan" (1924 yildan), "Vesti Karakalpakstana" (1919 yildan), "Qaraqalpaqstan jaslari (1931 yildan)", "Amu tongi" (1991 yildan), "Us toz jolm" (1998), "Garezsizlik xem nmzam" (1996 yildan), "Davr koʻzgusi" (1978 yildan), "Madaniyat xem sport" (1997 yildan), "Amudaryo" (1932 yildan), "Vestnik" (1960 yildan), "Aral qmzlari" (1991 yildan), "Ilim xem jemiyet" (1991 yildan), "Saniyat" (2003 yildan), "Ekonomika xem bank" (2003 yildan), "Karakalpakstan" (2002 yildan), "Bilim xem ondiris", "Jipek jolm" (1999 yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932 yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935 yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi. Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730–84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining "Ulugʻ togʻ", "Poʻsgan yel" dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir "Xush boʻling, doʻstlar" sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828– 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845– 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi. 20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy boʻldi.
107.Mustaqillik yillarida Qoraqolpog’istonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi va natijalari haqida so‘zlab bering. 2003-yilga kelib «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga erishildi. Eski turdagi ta’lim muassasalari o‘rniga yangi turdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1998—2002-yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta‘lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta’lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko‘rsatdi. Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etildi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida respublika uchun zarur bo‘lgan soha kadrlarini tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.

Respublikada o‘rta bo‘g‘indagi kadrlarni tayyorlash tizimida 2003-yilga kelib 71 ta o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatdi. Shundan 68 tasi kasb-hunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir. Bugungi kunda mazkur o‘quv yurtlarida 51 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda.


O‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta’lim olmoqda. O‘lkada sog‘liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Respublika sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. . Keyingi besh yil mobaynida yangidan maktablar qurish va kapital ta’mirlash hisobidan 30 ta maktab avariya holatidan chiqarildi. 2001-yili hashar yo‘li bilan 2 ta maktab binosi, 2002-yili 8 ta maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 2003-yilning o‘zida esa 7 ta maktab va kasb-hunar kolleji yangidan qurilib ishga tushirildi. 1991—2003-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. 1992-yilda O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga O‘zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yana ikkita institut qo‘shildi. «Tarix, arxeologiya va etnografiya» hamda «Bioekologiya» institutlari ham shu bo‘lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i bo‘linmasiga esa bo‘lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.

108.Qoraqalpog‘iston Respublikasida melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini qurish va


rekonstruksiya qilish loyihalari so‘zlab bering. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi. Nukusda O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada oliy o‘quv yurtlari ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdordagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi. 2013-2017-yillarda Orolbo‘yi mintaqasida byudjet va markazlashgan kapital mablag‘lar hisobidan 248 milliard so‘mlik irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari amalga oshirilib, 140 ming gektar maydonning suv ta’minoti va 231 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilandi. Prezidentimizning joriy yil 27 noyabrdagi “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu qarorga muvofiq, kelgusi ikki yilda qariyb 140 kilometr kanallar hamda 63 gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinib, 60 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilanadi. 246 kilometrdan ortiq kollektorlarni qurish-rekonstruksiya qilish, 3 ming 735 kilometr uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada 89 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanib, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni oshirishga erishiladi. To‘rtko‘l tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Sho‘rbuloq suv ombori Amudaryoning quyi oqimida suv taqchil yillarda suv ta’minotini yaxshilash, hududda baliqchilik, chorvachilik, bog‘dorchilikni rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Ma’lumki, Orol dengizi sathi pasayib, qirg‘oqdan 180-200 kilometr uzoqlashib ketgani Amudaryoning quyi oqimiga kirib keluvchi suvlar yuqori nishablikdan tushishi va Mo‘ynoq tumanidagi Daryo oralig‘i suv ombori yaqinida jarliklar hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu Mo‘ynoq suv ombori, Ribache, Maqpalko‘l, Zakirko‘l ko‘llariga suv yetib bormasligi, hududdagi baliq va hayvonot dunyosi yo‘q bo‘lib ketish xavfini tug‘dirmoqda.Ushbu xavfning oldini olish maqsadida 2013-2017-yillarda shimoliy va sharqiy dambalarni rekonstruksiya qilish hamda suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash ishlari bajarildi. Navbatdagi bosqichda Maypost ko‘li bo‘ylab to‘g‘on yo‘lini tiklash va ko‘ldan Amudaryoning eski o‘zaniga suv o‘tkazish imkonini beradigan gidrotexnik inshoot qurish mo‘ljallangan. Davlatimiz rahbariga janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli Ellikqal’a, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida 100 ming gektarga yaqin maydon suv bilan ta’minlanib, yiliga 269 million kubometr suv tejaladi. 23 nasos stansiyasi, Suv iste’molchilari uyushmasi va fermer xo‘jaliklari hisobidagi 450 dan ortiq nasos agregatlari to‘xtatilishi har yili 52 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi.m Prezidentimiz irrigatsiya sohasidagi loyihalarni sifatli bajarish va mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda shu kungacha bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi. Mamlakatimizning tegishli vazirliklari, shuningdek, kompaniya va banklar rahbarlarini muntazam ravishda hududlarga yuborib, joylardagi qo‘shimcha rezervlarni izlab topish, aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar izchil davom ettirilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Qoraqalpog‘istonga bugungi safardan oldin ikki hafta mobaynida ishlar xuddi shu tartibda tashkil etildi va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan yangi dastur loyihasi ishlab chiqildi.

109.Qoraqalpog‘iston Respublikasida farmatsevtika plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish loyihasi haqida gapiring. Prezidentimiz Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurdi. Shu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Davlatimiz rahbari mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaverish vaqti o‘tdi. Daromad bermadimi, boshqa ekin ekish kerak. Masalan, qizilmiya bu hudud iqlimi va sharoitiga mos keladi. Shunday ekan, nima uchun uni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ymasligimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo‘shma korxonasida qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan. Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasida farmatsevtika plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019-yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi. Nukus shahridagi «Nukus Med Tex» MChJ tomonidan tibbiy buyumlar, «Berlin farm» MChJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» MChJda farmatsevtika shisha idishlari tayyorlanadi. Shu kabi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan boshqa loyihalar ham taqdim qilindi. Loyihalarda selluloza ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot ham o‘rin oldi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan mazkur loyiha qog‘oz ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.

110.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘i qachon tasdiqlandi? 1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i tasdiqlandi

111.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gerbi qachon tasdiqlandi? 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.

112.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi qachon tasdiqlandi? 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi

113.Orol fojeasi sabablari va oqibatlari haqida so’zlab bering? Tabiat va atrof-muhitni mu-hofaza qilish muammosi, asosan inson faoliyati natijasida, ya'ni insonning tabiiyjarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishisababh paydo bo'ldi. 1970—1985-yillarda bu muammobasliariyat uchun katta Tashvish tug'dirdi. Insonningxo'jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi, qo'riq yer-lar o'zlashtirildi, elektr stansiyalari, zavod-fabrikalarqurildi, yangi shaharlar soni ko'paydi. Yangi yerlarning o'zlashtirilishi, sanoat va qishloq xo'jalik korxonalari, transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishiesa tabiatda mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologikvaziyatni vujudga keltirdi.



Butun dunyoda olimlar ekologik muvozanat buzil-gan, buning xavf-xatari yadro urushi xavfidan qolish-maydi, deb turgan bir paytda sovet hukumati, KPSS bizning mamlakatimizda ekologiya muammosi yo'q, debbu tahdidning oldini olish uchun hech qanday chorako'rmadi. O'zbekiston ohmlariga bu xavf to'g'risidagapirishga yo'l berilmadi.
Islom Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida shunday deydi: «Markaziy Osiyomintaqasida ekologik falokatning g'oyat xavfli zonalari-dan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytishmumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u birnecha o'n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkoretish natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayotfaoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar osti-da qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo'polva takabburlarcha munosabatda bo'lishga yo'l qo'yibbo'lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz.Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. Inson—tabiat-ning xo'jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da'vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko'plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojiagaaylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo'q bo'libketishi yoqasiga keltirib qo'ydi».
O'zbekistondagi barcha yirik og'ir sanoat tarmoqla-ri — metallurgiya, gaz-neft, energetika, kimyo korxo-nalari Ittifoq vazirliklari, malikamalari qaramog'ida edi.Ekologiyani asosan o'sha tarmoqlar korxonalari buzibkeldi. Lekin Markaz idoralari respublika aholisi salo-matligini emas, balki kam sarf qilib, ko'p daromad olish-ni o'ylardi. Shuning uchun bu korxonalarning rahbarlariatrof-muhitni ifloslantirishga qarshi zarur choralarko'rmadi.
Shaharlarda sanoat korxonalari atrof-muhitni zaharligazlar, chiqindilar bilan ifloslantirardi. Ayniqsa, kimyozavodlari va kombinatlari ekologik vaziyatga juda kattasalbiy ta'sir ko'rsatardi. Bu zavodlarning xavfli tomonishunda ediki, O'zbekiston aslida aholi zich yashashydiganmintaqalardan hisoblanardi. Kimyo zavodlari asosanaholisi ko'p shaharlarda qurilgan edi. Masalan, ko'zdankechirilayotgan yillarda Chirchiq shahrida Chirchiqelektr kimyo kombinati yoki SSSRda aholi eng zich joy-lashgan shahar hisoblangan Andijortning qoq o'rtasidagidroliz zavodi faoliyat ko'rsatardi. Respublikaningko'pchilik yirik shaharlarida kimyo zavodlari ishlabturardi. Aholi zich bo'lgan shaharlarda joylashganmazkur korxonalar xalq xo'jaligining u yoki bu tarmoq-larini zarur kimyoviy mahsulotlar bilan ta'minlab, ayni vaqtda atrof-muhitni ifloslantirib, respublika aholisiga, tabiatiga ekologik tahdid solardi. Atmosferaga chiqaril-gan zararli chiqindilardan o'simliklar va hayvonotdunyosi zarar ko'rdi, havo, suv, qishloq xo'jalik mahsu-lotlari zaharlandi. Kimyo sanoati korxonalarida o'shayillari changlarni ushlab qoladigan va gazlarni tozalaydi-gan qurilmalar yetarli darajada o'rnatilmagan edi. Bularaholi istiqomat qiladigan punktlar va sanoat mintaqalarihavosining ifloslanishiga sabab bo'lib keldi. Bu holataholining salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Sovet hukumati amalga oshirgan agrar siyosati tufayliyillar osha mustalikamlanib borgan paxta yakkahokimli-gi O'zbekiston tabiati muvozanatining buzilishiga sababbo'ldi.
Paxta ekin maydonlarining beda va oziq-ovqat ekinyerlari hisobiga kengayishi almashlab ekishni cheklabqo'ydi. Monokultura g'o'zaning yoppasiga kasallanishigaolib keldi. G'o'za zararkunandalari va kasalliklarigaqarshi kurashda Markaz ko'rsatmasi bilan o'ta zaharlikimyoviy moddalar ishlatildi. 80-yillar o'rtalaridarespublikada 90 ming tonna pestitsidlar qishloq xo'jaligi-da qo'llanildi. Zaharli moddalar bilan ishlab berish may-donlarning taxminan yarmida samolyotlarda bajarildi.Zaharli moddalarning paxta dalalariga samolyotda sepi-Ushi havoni, suvni zaharlab, aholi salomatligiga, tabiat-ga, hayvonot dunyosiga zarar yetkazdi.
Zaharlilik darajasi yuqori bo'lgan kimyoviy modda-butifos g'o'zani defolyatsiya qilish uchun 20 yilga yaqinishlatildi. Defolyatsiya asosan samolyotlarda bajarilaredi. Ko'p hollarda butifos har gektar paxta maydonigabelgilangan me'yordan 2—3 baravar ko'p ishlatilardi.Zaharli butifosning defolyatsiyada keng qo'llanilishiatrof-muhitga va odamlar salomatligiga salbiy ta'sirko'rsatdi. Respublika rahbar organlari 1981-yili buzaharli kimyoviy moddadan foydalanishni taqiqladi.Biroq butifosdan g'o'zani defolyatsiya qilishda ayrimxo'jaliklar keyingi yillarda ham foydalandilar.
Pestitsidlarni Tashish, saqlash qoidalariga xo'jaliklaryetarli e'tibor bermas edi. Respublika xo'jaliklaridapestitsidlar saqlanadigan omborlarning uchdan ikki qismi zaharli kimyoviy moddalar saqlash uchun belgilangansanitariya normalariga mos kelmasdi. Ularning ko'plariaholi istiqomat qiladigan joylarga, transport yuradiganyo'llarga, ariqlarga yaqin yerlarga qurilgan edi. Bu hoiodamlarning va ichimlik suvlarining zaharlanishiga olibkeldi. O'sha davrda qishloqlarda vodoprovodlar judakam bo'lganligi tufayli ko'pchilik qishloq aholisi ariq vahovuzlardan suv ichar edi. Pestitsidlarni saqlash vaqo'llash qoidalariga rioya qihnaslik ariq suvlariningzaharlanishiga, aholi orasida sariq, anemiya (kamqon-lik), sil, yurak-qon-tomir va boshqa og'ir kasalliklarningkeng tarqalishiga olib keldi.
O'zbekistondagi irrigatsiya tarmoqlarining ko'p qismizamonaviy texnik talablarga javob bermas edi. Ariqlar-ning suv shimilishiga qarshi qoplamalari yo'qligi natijasi-da suvning ko'pi yerga singib ketardi. 1978—1982-yillar-da respublikamizda har gektar yerga sarflangan suvningo'rtacha miqdori normadagidan ikki baravar ko'p bo'ldi.
Markaziy idoralar aybi bilan Orol dengizi havzasidaTashvishli va halokath murakkab ekologik vaziyat yuzagakeldi. O'zbekistonda yuzlab, minglab gektar yerlarningmeliorativ holati yomonlashdi. Natijada umumdavlatmanfaatlariga ham, milliy manfaatlarga ham mosbo'lmagan ahvol vujudga keldi.
Ana shunday bir sharoitda qurilgan suv omborlari-ning ta'shi ahvolni og'irlashtirdi. Uzoq yillar qishloqxo'jalik muammolari bilan shug'ullangan akademikM. Muhammadjonovning ma'lumotlariga qaraganda, jamiyatimizda ekologik fojianing yuzaga kelishida, ya'niatrof-muhitning yomonlashuvida suv omborlarining hamulushi bor. Markaziy Osiyodagi eng yirik Tuyamo'yinsuv ombori kuybishevlik loyihachilar takliiiga asosan Sulton Sanjar tuz koni va ko'm-ko'k o'rmonzorlar usti-ga qurildi. Oqibatda asrlar davomida Xorazm vohasinituz bilan ta'minlab kelgan kon suv ombori tagida qolibketdi. Ombordagi sho'r suv esa vohaning paxta dalalaritomon oqizildi. Bu esa Xorazm viloyatida ekologikvaziyatni juda og'irlashtirib yubordi.
Orolbo'yi mintaqasidaog'ir vaziyatning yuzagakelishi
1985-yilga kelib suv omborlari soni yana hamko'paydi. Ularning ta'siri ostida daryolarning suvi tarkibida tuz va zaharli moddalar ko'payib ketdi. Natijadayerlarning sho'rlanishi milliy fojia sifatida har tomonla-ma xavf sola boshladi. Namangan yerlarining 48 foizi, Andijon yerlarining 23 foizi, Sirdaryo yerlarining 22 foizikuchli sho'rlandi. Respublikamizda 1,5 mln gektardanortiq yerlar sho'rlangan edi.
Suv inshootlarini kengaytirib borish respublika iqti-sodiyoti uchun muhim ahamiyatga ham ega bo'ldi.Qo'riq yerlar suv bilan ta'minlandi, yangi yerlar tashkiletildi. Biroq ular iqtisodiy samara berishdan Tashqari sal-biy ta'sir ham ko'rsatdi, ularning natijasida yer ostisuvlarining sathi yuqoriga ko'tarilib, haydaladigan yer-larni sho'r va botqoq bosdi, bog'-rog'lar va tokzorlarqurib qoldi.
Orol dengizi fojiasi sovethukumati va KPSSning atrof-muhit, tabiiy resurslardanfoydalanishda o'ylamasdan yuritgan siyosati natijasi bo'ldi. Buning bosh sababiAmudaryo va Sirdaryodan sug'orish uchun haddanTashqari ko'p suv olish edi. Bu holat Orol dengiziningqurib borishiga olib keldi va Markaziy Osiyo mintaqasihamda qo'shni davlatlar ekologiyasiga miSh ko'rilmagantarzda salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Islom Karimov Orol fojiasi haqida shunday degan:«Markaziy Osiyoning hududi bo'ylab sug'orish tizimla-rini jadal sur'atda qurish ko'plab aholi punktlariga vasanoat korxonalariga suv berish barobarida kengko'lamdagi fojia — Orol halok bo'lishining sababiga hamaylandi. Yaqin-yaqinlargacha cho'l-u sahrolardan tortibolingan va sug'orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilanso'zlanardi. Ayni chog'da ana shu suv Oroldan tortibolinganligi, uning «jonsizlantirib qo'yilganligi» xayolgakehnasdi. Endilikda Orolbo'yi ekologik kulfat hududigaaylandi».
Suvning tobora kamayib ketayotgani va sifatiningyomonlashuvi tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosidagio'zgarishlarga, baliqni qayta ishlash sohasining yo'qolibketishiga, shuningdek, sug'oriladigan yerlar sama-radorligining pasayishiga olib keldi. Ekologik vaziyatning yomonlashuvi Orol dengizi havzasidagi 35 milliongayaqin aholining turmush sharoitiga, ularning salomatligi-ga bevosita va bilvosita salbiy ta'sir ko'rsatdi, xo'jalikfaoliyatini buzib yubordi. Bularning barchasi mazkurmintaqadagi migratsion jarayonlarning kuchayishiga olib keldi.
Mustabid sovet tuzumining mudhish xatosi bo'lganOrol fojiasi kun sayin murakkablashib boraverdi. Oroldengizi suv rejimining buzilganligi, sathining halokatlidarajada pasayganligi va 2,2 mln gektardan ortiqsho'rxok maydonning qurishi Qoraqalpog'iston uchun, butun O'zbekiston va qo'shni respublikalar uchunekologik kulfat bo'ldi.
Orol dengizining chekinishi natijasida bu mintaqadatuz-qumli bo'ronlar soni bir necha baravar oshdiki, nati-jada har yili osmonga 70 mln t dan ziyod zaharli aralash-malar ko'tarildi. O'zbekistonning Qoraqalpog'iston, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz vilo-yatining har gektar yeriga yiliga 600—700 kg dan tuz-qumli changlar yog'ilardi. Ko'zdan kechirilayotgan yil-larda Orol dengizining qurib borishi Orolbo'yi respub-likalari, shu jumladan, O'zbekiston uchun ham kattaiqtisodiy zarar keltirdi. Amudaryo quyi oqimi mintaqasi-da baliqchilik, ondatrachilik, ovchilik xo'jaliklari deyarliyo'q bo'lib ketdi. Paxtachilik va chorvachilik 1980—1985-yillarda har yili 30 mln so'mdan ortiqroq zarar ko'rdi.
Biroq pul bilan o'lchab bo'lmaydigan ijtimoiy ziyon-lar ham borki, ularni raqamlarda ifodalab bo'lmaydi. Buinson salomatligidir. Orolbo'yi mintaqasida vujudga kel-gan og'ir vaziyat yerli xalq ahvolini nihoyatda tang qilibqo'ydi. Bu yerda turli xil kasalliklar ko'paydi. yoshbolalar o'limi ortib bordi. Nogiron tug'ilgan bolalar soniham ortdi, bir yoshgacha bo'lgan bolalar orasida o'limhar ming bolaga nisbatan 1980-yildagi 46,5 nafardan1986-yilda 72 nafarga yetdi. Ayollarning 60 foizikamqonlik kasalligiga chalingan edi. Butun Orolbo'yidaqorin tifi kasalligi o'ttiz baravar, yuqumli sariq kasalligiyetti baravar ortdi, ayniqsa, rak kasalligi ko'payib ketdi.
1981—1986-yillarda buyrakka tosh yig'ih'sh kasaligachalinganlar o'n marta, surunkah oshqozon kasalligi uch baravar ko'paydi. Yuqumli kasalliklar bilan, ayniqsa, silbilan og'riganlar soni oshdi.
Orolbo'yi mintaqasida vujudga kelgan og'ir ekologikvaziyatda, ayniqsa, bu dengizga yaqin bo'lgan Mo'ynoq, Qo'ng'irot, Chimboy kabi shaharlar va ular atrofidagiqishloqlar ko'p aziyat chekdi. 70-yillar boshlarida hambaliqchilik bilan nom chiqargan mo'ynoqliklarning ko'p-chiligi oradan o'tgan o'n yil ichida ishsiz, nochor ahvol-ga tushib qoldi. Shahar rivoj topib turgan paytlardaboshqa joylardan kelib qolgan aholining 80—90 mingdanortiqrog'i so'nggi vaqtdagi ekologik talafot tufayli yanao'z yurtlariga qaytib ketdi. Qiyinchiliklarga qaramasdano'z yerida qolgan bardoshli mahalliy xalq murakkabmuammolar iskanjasida qoldi.
Orol fojiasi oqibatlariga to'xtalib, Islom Karimovshunday degan: «Orol dengizining qurib borishi va shujarayon tufayli Orolbo'yi mintaqasidagi tabiiy muhitningbuzilishi ekologik fojia sifatida baholanmoqda. Chang vatuz bo'ronlarining paydo bo'lishi, faqat Orolbo'yidaemas, balki dengizdan ancha naridagi bepoyon hudud-larda yerlarning cho'lga aylanishi, iqlim va landshaftningo'zgarishi — bular ana shu fojia oqibatlarining to'liqbo'lmagan ro'yxatidir».

114.O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nimalardan iborat? .O‘zbekistonning geosiyosiy holati. O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Bunday geografik joylashuvning qulay va noqulay tomonlari mavjud bo‘lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati va geostrategik manfaatlari, hamda uning ichki va tashqi siyosatini tanlash va belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: uzoq o‘tmishdan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy – ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik holatidan kelib chiqib, mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda. O‘zbekiston o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning transport, energetika, kommunikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral – xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasining yer-ostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud. Mazkur imkoniyatlar orqali O‘zbekiston geosiyosiy joylashuvini noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmaydi, Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar ham mavjud: O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. Shuning uchun bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli davlatlar mazkur mintaqada o‘z manfaatlarini izlamoqda. Shu bilan birga O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining ishlab chiqilishi. Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.
115.O‘zbekistonning tashqi siyosati qanday tamoyillarga tayanadi? Tashqi siyosat tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: -mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

- nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

-inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;

- davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

-davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
116.Dunyodagi qaysi davlatlar Toshkentda o‘z elchixonalarini ochgan? O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining ishlab chiqilishi. Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.

117.Qaysi mamlakatlarda O‘zbekistonning elchixonalari faoliyat ko‘rsatmoqda? O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining ishlab chiqilishi. Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda. (Davlatlarni topa olmadim o’zlarizdan aytasizlarda )



118.O‘zbekistonning BMT bilan aloqalari haqida so‘zlab bering. O‘zbekiston va BMT. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Birinchi Prezident Islom Karimov ilk bor amaliy mashg’ulot qildi. Unda Markaziy Osiyoni yadroqurolidan holi zona deb e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabi bir qator muhim takliflar ilgari surildi. 1993-yil oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995-yil sentabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va ham-korlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-seminari tashkil etildi. 1995-yil 24-oktabrda Nyu-Yorkda BMT ning 50 yilligi munosabati bilan Prezident I.A.Karimov nutq so‘zlab, Afg‘onistondagi keskinlikni hal etish kaliti eng avvalo tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etishdir, degan taklifni kiritdi. 2000-yil BMT Bosh Assambleyasining 55-sessiyasi «Ming yillik sammit»ida Islom Karimov BMT minbaridan BMTning mintaqaviy va global muammolarni hal etishdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi zarurligini ta’kidlab, Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari tarkibiga Germaniya va Yaponiyani kiritishni, global va mintaqaviy tahdidlarga munosabat bildirishda tezkorlikni oshirish uchun Bosh Kotib vakolatlarini kengaytirish lozimligini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. 2010-yil BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasidagi Birinchi Prezident Islom Karimov o‘z nutqida jahon mamlakatlari e’tiborini yana Markaziy Osiyodagi murakkab muammolarni hal etish yo‘llariga qaratdi. 2002-yil oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashrifl ari ham mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir. 2017-yil iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Guterrish Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, keyin Orolbo’yi hududidagi vaziyat bilan tanishdi. O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalari, jumladan Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahonsavdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropabo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (EIK), BMTsavdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamlihamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi BMTdoirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaromehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsusrezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.
119.O‘zbekistonning EXHT bilan hamkorligi haqida nimalarni bilasiz? Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) — davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSh va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-yil 3—7-iyulda Helsinki shahrida kengashning 1-bosqich (Yevropadagi 33 davlat tashki ishlar vazirlari ishtirokida), 1973-yil 18-sentabrdan 1975-yil 21-iyuligacha Jeneva shahrida 2-bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975-yil 30-iyuldan 1-avgustgacha Helsinki shahrida 3-bosqich (35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari boʻlgan. Pirovardida Yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni taʼminlashning muhim omiliga aylangan. Kengashning Madrid konferensiyasi (1991-yil aprel)da Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasini tashkil etishga qaror qilindi (1991-yil iyulda taʼsis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, „sovuq urush“ning tugashi natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar kengashning tashkilot sifatida toʻliq shakllanishiga olib keldi. Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkilotiga 54 davlat aʼzo (2002-yil yanvar). Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari 2 yilda bir marta oliy darajada uchrashuv oʻtkazadilar. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul shahrida boʻlgan sammitida (1999-yil 18—19 noyabr) Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning 21-asrdagi yangi tamoyillari belgilandi. Tashkilotga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har yili uchrashib turadilar (Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi — Boshqaruvchi kengash har yili 3 marta Praga shahrida yigʻiladi, bir marta iqtisodiy forum oʻtkazadi. Muntazam ishlovchi doimiy kengashning majlislari haftada 1 marta boʻladi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik boʻyicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har qaftada oʻtadi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qarorgohi Vena shahrida.

Oʻzbekiston 1992-yil 30-yanvarda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga qabul qilindi. Bu bilan Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yoʻl ochildi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining koʻplab tadbirlari orqali Oʻzbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb masalalariga munosabatini jahon hamjamiyati eʼtiboriga havola qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. Karimov Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Lissabon sammitida (1996-yil dekabr) mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarogʻ etkazib berishni toʻxtatish, Istanbul sammitida (1999-yil noyabr) terrorizmga qarshi kurash boʻyicha xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. Oʻzbekiston Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkiloti rahnamoligidagi koʻplab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar boʻyicha byurosi ish olib boradi.


120.O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligihaqida so‘zlab bering. O‘zbekiston va YUNESKO. O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim,fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKObilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta ob’yekt bor. YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida, 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu hamkorlik doirasi yanada kengayib bordi. Jumladan, YUNESKO xalqimizning Shashmaqom, Katta Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.

Qo’shimcha ma’lumotlar:

2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xalqaro hamkorligi doirasida 21 ta oliy darajadagi tashrif, 24 ta davlat va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuv, 400 dan ortiq kelishuv va 60 mlrd. AQSh dollari hajmidagi kelishuvlarga erishildi.



121.Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ni egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va xitoy tili, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning shtab – kvartirasi Pekinda joylashgan. 1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq shartnoma (1996-yil 26-aprel) imzolanishi natijasida «Shanxay beshligi» vujudga kelgan edi.

1997–1999-yillarda Moskva, Almati, Bishkekda bo‘lib o‘tgan sammitlarda «Shanxay beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. 2000-yil Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT», deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida «ShHTni tuzish to‘g‘risida»gi deklaratsiya hamda «Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi. 2002-yil ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt – Peterburg sammitida uchta hujjat: ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi, bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida «ShHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo – iqtisodiy hamkorlik dasturi» qabul qilindi. 2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi.

2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati Hindiston, Eron va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tashkilot geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro mavqeyini yanada yuksaltirdi. Bundan tashqari Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston ShHTga a’zo davlat rahbarlari. 2017-yil.mamlakatlari ham kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishdi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha sherikka aylandi.

ShHTning oliy organlari:

ü «Davlat boshliqlari Kengashi»;

ü «Hukumat boshliqlari Kengashi (Bosh vazirlar)»;

ü «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi»

ü (2002-yil birinchi majlisi bo‘lib o‘gan);

ü «Milliy muvofi qlashtiruvchilar Kengashi»;

ü «Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari

ü Yig‘ilishi» (2000-yil birinchi uchrashuvi amalga oshirilgan);

ü 2002-yil tuzilgan «Mintaqaviy Antiterror tuzilmasi (МАТТ)»;

ü 2004-yil yanvar oyidan ish boshlagan Kotibiyat va boshqalar.

Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi hamda 2017-yil Ostonadagi sammitda Hindiston va Pokiston tashkilotga aʼzo sifatida qabul qilindi.

2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilash, yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash, ularning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishi, komil inson boʻlib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikka qaratdi. Tartibga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi. 

122.MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo‘lib kirdi?

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Chunki sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tarkibiga kirgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog‘lab qo‘ygan ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir yo‘li bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan ham O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar. 1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘i-ziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kirdilar.

Shu  tariqa XX asrning muhim voqealaridan biri sodir bo‘ldi – MDH ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni yangi sharoitlarda – mustaqil davlatlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi.

1993-yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi. 1993-yil dekabrda Ashxabod shahrida MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib, unda Gruziya MDHga a’zo etib qabul qilindi. Shu munosabat bilan MDHning tarkibi 12 davlatga yetdi. 1994-yil oktabrda Moskvada o‘tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tuzildi.

DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. 1996-yilda MDHning bayrog‘i qabul qilindi. MDHning raisi lovozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi. MDHning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro munosabatlarida davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish, teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, iqtisodiy kuch yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish kabi qoidalarga rioya qilish majburiyatlarini olganlar. 2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning «Xavfsizlik Kengashi»ni tuzishga qaror qilindi. 2005-yil avgustda Turkmaniston MDHning rasmiy a’zosi darajasidan chiqib, hamdo‘stlikning tashkiliy a’zosi – kuzatuvchi maqomini oladi. 2008-yilning avgust oyida Gruziya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan chiqish haqidagi istagini bildirdi va 2009-yilning avgust oyidan Gruziyaning MDHga a’zolik ma’qomini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Bugungi kunda MDHning tarkibiga 10 ta a’zo davlat: Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi.

123.Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasida aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi haqida nimalarni bilasiz?

O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ket- ganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.

Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. 1993-yilning yanvarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llab-quvvatladilar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida, 1995-yil Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz shahrida, 1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bora boshladilar. 1999-yil Turkmaniston Prezidentining saroyida Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi.

2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992-yil iyunda Turkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bordi. Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev 1994-yil yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob – kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. 1998-yil oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil bo‘lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar yakunida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog‘iston Respublikasi Prezi-dentining qo‘shma bayonoti» imzolandi.

2001-yil O‘zbekiston Birinchi Prezident I.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi chegaraning 96 % belgilab olindi.

Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 2002-yil Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim» imzolandi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri hisoblanadi. 2013-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ham o‘ta muhim hujjatlar sirasiga kiradi.

2014-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi. 2017-yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammiti munosabati bilan, Sh.Mirziyoyev Qozog‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi.

124.O‘zbekistonning Evropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari haqida so‘zlab bering.

1996-yil 21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan O’zbekiston bilan 

Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim», uning 1999-yil 


1-iyulda  kuchga  kirishi  mamlakatimizning  Yevropa  Ittifoqi  mamlakatlari  bilan  o’zaro 
munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. 
O’zbekistonning  Yevropa  Ittifoqi  mamlakatlari  bilan  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnik 
va  madaniy-gumanitar  aloqalari  yildan-yilga  rivojlanib,  chuqurlashib  bormoqda. 
Respublikamizda  Yevropa  Ittifoqiga  a’zo  mamlakatlarning  145  firma  va  kompaniyasi 
vakolatxonalari  akkreditatsiya  qilindi.  Yevropalik  sarmoyadorlar  ishtirokida  tashkil 
etilgan  491  ta  korxona  ishlayapti,  ulardan  111  tasi  yuz  foizlik  Yevropa  kapitaliga  ega. 
1995-2002-yillarda  Yevropa  Ittifoqi  mamlakatlarining  firma  va  kompaniyalari 
respublikamizda  umumiy  qiymati  qariyb  8  mlrd.  AQSH  dollarlik  yirik  sarmoyaviy 
loyihalarni  amalga  oshirishda  qatnashdi.  2002-yilda  O’zbekistonning  Yevropa  Ittifoqi 
mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 65,8 mln. AQSH dollarini, 2003-
yil yanvar-oktabr oylari yakunlari bo’yicha esa 910,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 
O’zbekistonning  Yevropa  Ittifoqining  a’zosi,  ulkan  iqtisodiy  va  ilmiy-texnikaviy 
salohiyatga ega bo’lgan Germaniya bilan o’zaro  manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. 
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va 
besh  kun  davom  etgan  rasmiy  tashrifi  O’zbekiston  bilan  Germaniya  o’rtasida 
munosabatlarni  yo’lga  qo’yishda  muhim  ahamiyatga  egadir.  I.Karimov  GFR  Federal 
prezidenti  Rixard fon  Vayzenker  va  Federal kantsler  Gelmut Kol bilan samimiy,  o’zaro 
tenglik  asosida,  ishonch  va  qatiyat  bilan  suhbatlashdi.  Ikki  davlat  o’rtasida  madaniy 
hamkorlik  to’g’risida,  sarmoyalar  qo’yishni  amalga  oshirish  va  o’zaro  himoya  qilishga 
ko’maklashish  to’g’risida,  ilmiy  tadqiqotlar  va  mutaxassislar  fondini  tashkil  etish 
to’g’risida  bitimlar  imzolandi.  "Doyche  bank",  "Mersedes-Bens"  va  "Simens" 
kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo’ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida 
kelishib olindi. Safar natijalariga ko’ra O’zbek-Germaniya hamkorligi masalalari bo’yicha 
hukumatlararo  komissiya  tuzildi.  Toshkentda  ikki-tomonlama  savdo-iqtisodiy  palata 

tashkil  etildi,  GFRning  elchixonasi  ochildi.  1994-yil  1-sentabrda  GFR  poytaxti  Bonnda 


O’zbekiston  Respublikasining  Yevropada  birinchi  elchixonasi  ochildi.  Hozirgi  paytda 
elchixona  Germaniyaning  poytaxti  Berlin  shahrida  faoliyat  yuritmoqda.  "Toshkent-
Frankfurt"  havo  yo’li  ochildi,  O’zbekistonda  "Doyche-bank"ning  bo’limi  faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
Germaniyaning  “Geydelberg”  firmasi  O’zbekistonda  nashriyot-matbaa  sohasida 
hamkorlik  qilayotgan  yirik  kompaniyadir.  “Geydelberg”  firmasi  asbob-uskunalari  bilan 
Yangiyo’l  kitob  fabrikasi,  Toshkent  va  Nukus  poligrafiya  kombinatlari,  Samarqanddagi 
‘Tong”  nashriyoti  qayta  jihozlandi.  O’zbekistondagi  “Rastr”  va  “Groteks”  nashriyotlari 
“Geydelberg”  firmasi  texnologiyasi  asosida  ishlamoqda.  Natijada  maktablar  uchun 
darslik,  o’quv  qo’llanmalari  va  boshqa  turdagi  nashriyot  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 
ancha 
yaxshilandi. 
2001-yilda 
O’zbekiston-Germaniya-Rossiya 
hamkorligidagi 
“Namangan qog’oz” qo’shma korxonasi qurilib ishga tushirildi. 
O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimovning  2001-yil  2-5-aprel  kunlari  Germaniya 
Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shryoderning 2002-yil 9-
10-may kunlari O’zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O’zbekiston-Germaniya o’rtasidagi 
o’zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. 
Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doirlari o’rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 
1997-yilda  O’zbekistonda  55  ta  Germaniya  kompaniyasining  vakolatxonalari  faoliyat 
yuritgan  bo’lsa,  2001-yilda  bu  ko’rsatkich  80  taga  yetdi.  Ularning  eng  yiriklari  «Xobas 
TAPO»,  «Xiva  Karpet»  va  boshqalardir.  2003-yilda  Germaniyalik  sarmoyadorlar 
ishtirokida  yengil  sanoat,  oziq-ovqat  sanoati,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  qayta 
ishlash, farmasevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona 
faoliyat  ko’rsatdi,  ulardan  40  tasi  yuz  foizlik  Germaniya  kapitaliga  ega.  O’zbekistonga 
kiritlayotgan  Germaniya  sarmoyalari  hajmi  2001-yildayoq  1  mlrd.  AQSH  dollaridan 
oshdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln. AQSH dollarini 
tashkil  etdi.  Germaniya  Federativ  Respublikasi  O’zbekistonning  Yevropadagi  eng  yirik 
iqtisodiy hamkoridir. 
O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish muhim 
ahamiyatga ega. 1993-yil 28-30-oktabr kunlari O’zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga 
rasmiy  tashrifi  ikki  davlat  o’rtasidagi  hamkorlikka  asos  soldi.  Prezident  I.Karimov 
Fransiya  Prezidenti  F.Mitteran,  Fransiyaning  boshqa  rahbarlari  hamda  jamoatchilik 
vakillari  bilan  do’stona  suhbat  va  samarali  muzokaralar  yuritdi.  F.Mitteran  qabul 
marosimida nutq so’zlab: “Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o’rinni 
egallab turgan mustaqil O’zbekiston Sharq bilan Farb o’rtasida ishonchli ko’prik bo’lishi 
mumkin. Ko’p asrlik tarix, teran an’analarga ega bo’lgan, insoniyatning fahriga aylangan 
allomalarni yetkazib bergan O’zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu 
tashrifdan  keyin  shuni  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  mamlakatingiz  biz  uchun  yanada 
yaqin  bo’lib  qoldi”,  deb  ta’kidlagandi.  Bu  Vatanimiz  to’g’risida,  uning  shon-shuhratini 
ulug’lovchi  xolisona,  oliyjanoblik  bilan  berilgan  bahodir.  Safar  natijasida  Parijda 
«O’zbekiston  Respublikasi  va  Fransiya  Respublikasi  o’rtasida  do’stlik  va  hamkorlik 
to’g’risida shartnoma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish 
to’g’risida  bitim,  sarmoyalarni  o’zaro  rag’batlantirish  va  himoyalash  to’g’risida  bitim 
imzolandi. 

125.Yangilanayotgan O’zbekistonning milliy yuksalish davri qaysi davrdan boshlanadi?

Mustaqillik yillarida milliy istiqlol gʻoyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. Gʻoyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzgʻunchi gʻoyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol koʻrsatmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida taʼkidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy gʻoyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilindi.

126.2017 yil mamalakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari yili” deb e’lon qilinishi va unda amalga oshirish lozim bo’lgan asosiy vazifalar xaqida so’zlang.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarning sifati va natijadorligini tubdan oshirish hamda insonning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini, shu jumladan odamlar hayotining munosib darajasini ta’minlash, ular amalga oshirilishi uchun davlat organlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning murojaatlari bilan ishlashning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, fuqarolarni bezovta qilayotgan hayotiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish, “Inson manfaatlari har narsadan ulug‘” degan ezgu g‘oyani hayotga izchil joriy etish maqsadida, shuningdek 2017-yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:

1. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

2. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) jamoat tashkilotlarini va Hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini keng jalb etgan holda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari va Hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlardan tushayotgan materiallar va takliflarni umumlashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda yig‘ma ishchi guruh tashkil etilsin.

3. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda quyidagi muhim, ustuvor vazifalar amalga oshirilishi bo‘yicha aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratilsin:

qabul qilingan qonunlar, farmonlar va boshqa qonun hujjatlari bajarilishi, davlat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha ular ishining samaradorligi, ular tomonidan insonning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishi, fuqarolarning murojaatlariga munosabat bildirilishi yuzasidan Parlament va jamoatchilik nazoratining doimiy ishlaydigan ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;

fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, barcha darajalardagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar organlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini amaliyotga joriy etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash;

joylarda “xalq qabulxonalari”ni tashkil etishning aniq huquqiy, tashkiliy-amaliy, moddiy-texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalarda byurokratik to‘siqlar va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

talab etiladigan davlat xizmatlarini aholiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bir idora orqali ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu jarayonlarga va davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat”ning samarali tizimini shakllantirish;

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va odil sudlovga erishish, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish instituti sifatida advokaturaning roli va ahamiyatini yanada oshirish, sud-huquq sohasida advokatlarning vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining huquqiy madaniyatini va moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirish, fuqarolarni qonunni hurmat qilish ruhida tarbiyalash tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqbuzarlikka toqatsizlikni kuchaytirish, “Adolat — qonun ustuvorligida” tamoyilini jamiyat hayotida keng qaror toptirish;

iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini bosqichma-bosqich kamaytirish, davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasi, vazifalari va vakolatlarini optimallashtirishga, ularga xos bo‘lmagan bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirishga, davlat xizmati institutini isloh qilishning samarali tizimini shakllantirishga, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini tubdan takomillashtirishga, davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan tashabbuskor, mas’uliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etishga yo‘naltirilgan Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish ishlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkning har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;

hududlarni, ayniqsa ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni, chekka aholi punktlarini kompleks, jadal rivojlantirish, tijorat banklarining faol ishtirokida yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash va shu asosda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, aholining hayoti darajasi va sifatini oshirish;

muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholi hayoti sharoitlari va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon va qulay uylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish;

ta’lim, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash tizimlarini, shu jumladan onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada rivojlantirish, oila institutini mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning iqtidorlari va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning hayotda munosib o‘ringa ega bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jamiyatda hukm surayotgan o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar yaratish, mahalla instituti, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, faxriylar tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash.

127.2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo’nalishi buyicha Harakatlar strategiyasining 4-chi yunalishi nimaga bag’shlangan?



Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

  • aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

  • budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;

  • yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

  • mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

  • aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

  • sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

  • oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish;

  • xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

  • pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

  • farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.

3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:

  • aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

  • aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojini ta’minlashni tubdan yaxshilash;

  • odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chiqindini yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash;

  • aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

  • yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash;

  • yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash;

  • teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:

  • uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

  • ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

  • umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;

  • bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

  • kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

  • ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

  • ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

  • jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

  • yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

  • yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;

  • yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

128.“Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik sari” konsepsiyasini izoxlab bering.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, mahalla nufuzini ko‘tarish nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu – siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma’naviy masaladir. Mahalla ajdodlarimizdan bizga meros jamoaviy turmush shakli sifatida asrlar osha yashab kelayotgan bo‘lsa-da, ana shunday ezgu maqsaddan kelib chiqqan holda istiqlol yillarida bu noyob institut fuqarolik jamiyati poydevori sifatida sayqal topdi.

Ma’lumki, saylovlar – demokratiyaning bosh mezoni, huquqiy demokratik davlat va tadrijiy rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismi, xalq irodasini ifoda etishning, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirokining asosiy shaklidir. Shu ma’noda, oqsoqollar va ularning maslahatchisi etib eng munosib nomzodlar saylanishini ta’minlaydigan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilarini saylash tizimi muhim demokratik jarayondir.

Mustaqillik yillarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslari tadrijiy rivojlanmoqda. Mahalla instituti jamiyat siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining muhim qismiga aylanmoqda. Shuni alohida e’tirof etish lozimki, mahallalarning bunyodkorlik salohiyatiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarishning g‘oyat muhim birlamchi bo‘g‘ini sifatida fuqarolarning eng dolzarb muammolarini o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli hal etishdagi ta’siri va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlash arafasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga eng muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirdir.

Mahalla instituti mamlakatimizga xos milliy qadriyat va xalq ma’naviyatining sarchashmasidir. Boshqacha aytganda, o‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish kabi yumushlar mahalla hayotida yorqin namoyon bo‘ladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi jarayonida ham mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan milliy qadriyatlarimizning noyobligi, betakrorligi va afzalliklari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni paytda mahalla yuksak ma’naviyat beshigidir. Chunki, inson ma’naviyati, avvalo, oila va mahallada shakllanadi. Oila va mahalla muhitida qaror topgan milliy va ma’naviy qadriyatlar istiqlol g‘oyalariga sodiq komil insonni tarbiyalash va millat ravnaqiga xizmat qiladi. “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmat ham bu hayotiy haqiqatning yorqin ifodasidir.

Mamlakatimizda 2008 yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan avvalgi saylovlar yakunlari bo‘yicha 9881 nafar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning 85 ming nafardan ortiq maslahatchisi saylangan edi. Joriy yilda 9973 nafar fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va ularning 98 ming nafardan ortiq maslahatchisini saylash ko‘zda tutilgan. Bugun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholini ijtimoiy himoyalash, yurtimiz obodligi va odamlar turmush farovonligini oshirish, yoshlarni tarbiyalash bilan bog‘liq bir qator vazifalarni bajarmoqda. Ayniqsa, fuqarolar yig‘inlari tashabbusi bilan aholi bandligi ta’minlanmoqda, kasanachilik, hunarmandchilik, xususiy tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, aholiga sifatli tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami tobora kengaymoqda. Eng muhimi, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda hamyurtlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi yaqqol ko‘zga tashlanayotir.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. Mahalla boshqaruviga bunday katta e’tibor bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning xalqchilligidan yana bir dalolatdir. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” degan tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordamning eng demokratik talablariga mos ravishda faoliyatini amalga oshirishi o‘tkaziladigan saylov jarayonida ham namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga ko‘ra, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi. Aytish joizki, fuqarolarning ijtimoiy faolligi ularning saylovlar jarayonida o‘z siyosiy huquqlarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirishida yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki o‘zini o‘zi boshqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi mustahkamlangani ushbu demokratik va xalqchil institutning kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari samaradorligini oshirishda 2004 yilda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilingani muhim omil bo‘layotir. 2003-2008 yillarda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyalari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarini tashkil etish, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar lavozimini joriy etish, aholi tomonidan uy-joy kommunal xizmatlar haqi batamom to‘lanishini ta’minlaganlik uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga mablag‘ ajratish tartibini nazarda tutuvchi muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ayni paytda bu chora-tadbirlar joylarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishda mahallaning roli va ahamiyatini yanada oshirish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam berish, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va boshqa vazifalarni hal qilish imkonini berayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Shu bilan birga, Konsepsiyada “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilindi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining eng muhim xususiyatlaridan biri rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari mahallada doimiy istiqomat qiluvchi shaxslar orasidan saylanishida ham ifodalanadi. Bu holat rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari demokratik talablar asosida saylanishida ham ko‘rinadi. Ya’ni, saylovning erkin va ixtiyoriylikka asoslanganligi nafaqat umuminsoniy tamoyillarga, balki milliy qadriyatlarimizga ham to‘la mos keladi. Yana bir jihati, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilariga saylov saylovchilarning doimiy istiqomat qiladigan joylarida o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, maxsus saylov okruglarini tashkil etish talab etilmaydi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) faqat bir muddatga emas, balki bir necha muddatga ham saylanishi mumkin. Bu esa kimni rais (oqsoqol) sifatida tanlab olishni hal etish fuqarolarning o‘zlariga bog‘liqdir. Rais (oqsoqol) mahalla ruhiyatini o‘zida mujassamlashtiruvchi shaxsdir. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14-moddasiga muvofiq, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda yashovchi aholining fikrini hisobga olgan holda ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga ko‘rsatilgan nomzodlarga doir hujjatlar tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli tuman yoki shahar komissiyasiga saylovdan kamida o‘n kun oldin topshiriladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning tashkilotchilik qobiliyati, hayotiy tajriba va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi unga qo‘yilgan muhim talab, qolaversa, uni saylashning eng muhim mezoni hisoblanadi. Rais (oqsoqol) mahalla hayotini biladigan obro‘-e’tiborga ega, jamoatchilik hurmatiga sazovor shaxs bo‘lishi lozim. Raisni (oqsoqolni) mahalla aholisi katta ishonch bildirib saylaydi. Bunday saylovning o‘ziga xos jihati shundaki, birinchidan, rais (oqsoqol) saylanadi, ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini raisligi lavozimiga o‘tkaziladigan saylovda g‘olib chiqqan nomzod tomonidan taklif etiladigan maslahatchi saylab olinadi. Shu sababli, nafaqat rais (oqsoqol)ning, balki uning maslahatchisining katta hayotiy tajribaga ega bo‘lishi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishning, qolaversa, aholi ishonchini oqlashning eng muhim garovidir. Ayniqsa, mahallaga davlat va jamiyat ahamiyatiga molik aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarni yanada kengaytirishning qonunchilik asoslari tadrijiy takomillashtirilayotgani ularning roli va ahamiyati yanada ortayotganidan dalolat beradi.

Saylov fuqarolar yig‘ini faoliyatining samaradorligini oshirishda va jamiyat tafakkurining yuksalishida ham g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik shakl va usullarini yanada takomillashtirishga erishiladi. Aytish joizki, o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nafaqat asosiy sharti, balki muhim vositasidir. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, o‘zini o‘zi boshqarish organlari – bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik… Fuqarolik jamiyati bu – o‘zini o‘zi boshqarishdir. Uning birinchi va asosiy tamoyili shu.

Darhaqiqat, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarining roli tobora ortib borayotgan sharoitda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi ular zimmasiga yuklatilgan aniq yo‘naltirilgan vazifalarni hal qilish imkoniyatini yaratadi.

129.“Elektron xukumat” nima?

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

130.“Xalk davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug’vor g’oyani tushuntirib bering.

Davlatimiz rahbari “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani ilgari surib, bunda inson manfaati har narsadan ulug‘ ekanligini alohida ta’kidladilar. Ana shu ma’noda, yurtimizda 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasining tashkil etilishi hayotimizda muhim hodisa bo‘ldi.

Yilimizning nomlanishida katta ezgu-maqsadlar mujassam. Uning mazmun-mohiyatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarning sifati va natijadorligini tubdan oshirish, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini, shu jumladan, odamlar hayotining munosib darajasini ta’minlash, ularni amalga oshirilishi uchun davlat organlarining roli va mas’u­liyatini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning murojaatlari bilan ishlashning yangi samarali mexa­nizmlari va usullarini joriy etish, fuqarolarni bezovta qilayotgan ha­yotiy mu­ammolarni o‘z vaqtida hal etish kabi ezgu vazifalar turibdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizning 35-moddasida murojaat qilish huquqi muhim bo‘lgan siyosiy huquqlar toifasiga kiritilib, unga ko‘ra har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lib hisoblanadi. Bu esa, har bir davlat organini fuqarolar­ning mazkur konstitutsion huquqlarini to‘liq ta’minlashga mas’ul ekanligini bildiradi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini belgilab berdi. Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzildi. Bu esa, fuqarolarning xalq qabulxonasiga qilgan har bir murojaatining nazorati davlat rahbarining nazorati daraja­sida ko‘rib chiqilishini anglatadi. Shu bilan birga, jismoniy va yuri­dik shaxslarga murojaatlarni amalga oshirishda qulayliklar yara­tish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi ham tashkil etildi. Unga ko‘ra, fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mazkur virtual qabulxonaga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

131.Maxalla instituti deganda nimani tushunasiz?

Unda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Ichki ishlar hamda Xalq ta’limi vazirliklari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, fuqarolar yig’inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mustaqillikning ilk yillaridanoq davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularni zamon talablariga mos holda takomillashtirib borish, jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi sifatida ushbu noyob tuzilma maqomini mustahkamlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yildi, ularning maqomini belgilash, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

Birgina so’nggi 3 yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi hamda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonunlar hamda sohaga oid 16 ta nizom hayotga tatbiq etildi. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha O’quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali faoliyati yo’lga qo’yildi.

Natijada bugun mahalla aniq yo’naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amaliy ifodasiga hamda keng xalq ommasini davlat, hokimiyat idoralari bilan bog’lab turuvchi mustahkam ko’prikka aylanmoqda. Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlari ham tizimli ravishda amalga oshirilayotir.

Umuman, hozirgi paytda yurtimizda mavjud 10 mingga yaqin fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan 30 dan ziyod vazifalar muvaffaqiyatli bajarilayapti. Milliy va ma’naviy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarni barkamol insonlar sifatida kamolga yetkazish, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan asosda qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar va yoshlar bandligiga ko’maklashish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish shular jumlasidandir.

Mahallalarda yarashtirish, ma’rifat va ma’naviyat, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari, tadbirkorlik faoliyati hamda oilaviy biznesni rivojlantirish, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamoatchilik nazorati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoatchilik komissiyalari tashkil etilishi fuqarolar yig’inlari faoliyatida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992 yilda “Mahalla” xayriya jamoat fondining tashkil etilishi fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahallalarda milliy qadriyatlarni e’zozlash va targ’ib qilish, madaniy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlashda muhim rol o’ynayotgani qayd etildi. Xususan, ayni chog’da respublikamiz bo’yicha 9532 ta fuqarolar yig’ini zamonaviy kompyuter jamlamasi, 7746 tasi mebel jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. So’nggi 3 yil davomida 40 ga yaqin qo’llanma va adabiyotlar tayyorlanib, fuqarolar yig’inlariga yetkazib berildi. Bu esa ular faoliyati yanada samarali bo’lishiga xizmat qilmoqda.

Shu yilning birinchi yarmida mahallalarda 50 mingdan ortiq ma’rifiy-madaniy tadbirlar tashkil etilishida Fond hududiy tuzilmalari tomonidan uslubiy-amaliy yordamlar ko’rsatildi. Fuqarolar yig’inlarining sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi faoliyatini o’rganish, ularning ilg’or tajribasini keng ommalashtirishda har yili an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “Eng namunali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari”, “Fuqarolar yig’inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi” ko’rik-tanlovlari ham ayni muddao bo’layapti.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan ota-onalarning yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq huquqiy, ma’naviy-axloqiy, fiziologik bilimlarini oshirishga ko’maklashish maqsadida 9100 ga yaqin fuqarolar yig’inlari qoshida “Ota-onalar universitetlari” faoliyati yo’lga qo’yildi. 2015 yilning birinchi yarmida ushbu jamoatchilik tuzilmalari tomonidan 56 mingdan ortiq tadbirlar o’tkazildi. Fuqarolar yig’inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlari ham tobora rivojlanmoqda. Jumladan, “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar doirasida joriy yilning o’tgan davrida mahallalarda 58 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etildi.

Anjumanda mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish maqsadida har yili hamkor tashkilotlar ko’magida o’tkazilayotgan “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi”, “Biz aql-idrokli oilalarmiz” kabi musobaqalar ahamiyati salmoqli bo’layotganiga ham e’tibor qaratildi. Yaqinda o’tkazilgan “Futbolimiz kelajagi” respublika turnirida 1 million 260 mingga yaqin bolalar va o’smirlar qatnashgani ham ana shundan dalolatdir. Bu borada Fond va uning hududiy tuzilmalari tomonidan mahallalarda bolalar maydonchalarini qurish va ularning faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ko’rilayotgan chora-tadbirlar muhim omil bo’lmoqda. Masalan, so’nggi yillarda Fond hisobidan 1618 ta bolalar maydonchasi qayta ta’mirlandi, 701 tasi namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanishga topshirildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ham e’tiborlidir. Birgina oxirgi 5 yilda Fond hisobidan 16 mingdan ortiq oilalarga moddiy yordamlar ko’rsatildi, 27 ming nafarga yaqin fuqarolarga kiyim-kechak berildi, 2300 dan ortiq oilalar uy-joylarini ta’mirlashga, 600 nafarga yaqin nogiron va boquvchisini yo’qotgan talabalarga o’quv-shartnoma pulini to’lashga yordam ko’rsatildi.

Bu boradagi xayrli ishlar Keksalarni e’zozlash yilida ham izchil davom ettirilmoqda. Davlat dasturi doirasida Fond hisobidan 520 nafar urush va mehnat faxriysiga televizorlar, 6 ming nafarga yaqin keksalarga kiyim-kechak olib berildi, 1200 nafarga yaqin yolg’iz keksalarning uy-joylarini ta’mirlash uchun moddiy yordamlar ajratildi.

Aholi bandligini ta’minlash masalasi ham doimiy e’tiborda turibdi. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo’llab-quvvatlash maqsadida Fond hududiy tuzilmalari va fuqarolar yig’inlari tomonidan shu yilning birinchi yarmida hududlarda 302 mingdan ziyod yangi ish o’rinlarini yaratish, 41 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etishga ko’maklashildi. Bu borada, ayniqsa, 7102 ta fuqarolar yig’inida tadbirkorlik faoliyatini — oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida ochilgan maslahat markazlarining hissasi salmoqlidir.

Ishtirokchilar tomonidan mahallalar faollari sa’y-harakatlari bilan joriy yilning birinchi yarmida 1,4 milliondan ortiq oilalarda ma’naviy muhit o’rganilgani hamda 32 mingga yaqin oilalarda turli nizoli holatlarga barham berilgani alohida aytib o’tildi.

Bunday keng ko’lamli natijalarga erishilishida davlatimiz rahbarining 2013 yil

10 oktyabrdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan O’quv kurslari muhim o’rin tutmoqda. Hozirgi paytgacha bu kurslarda 36 mingdan ortiq tizim faollari malaka oshirdi.

Tadbirda istiqlol yillarida mahalla institutini rivojlantirish borasida to’plangan ijobiy tajribalar bilan bir qatorda, kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida ham batafsil so’z yuritildi. Jumladan, mahallalarda aholi ma’naviyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan targ’ibot ishlarini izchil davom ettirish, mutasaddi davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolar yig’inlaridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini yanada jonlantirish lozimligi aytildi. Ayni chog’da mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar, qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlarimiz hamda “Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?”, “Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?” degan savollarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib qilish, yurtdoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish yuzasidan zarur fikr-mulohazalar bildirildi.

132.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsadi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonni imzoladi.

Farmonda qayd etilishicha, sentyabr so'ngida ochilgan bosh vazir virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo'jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o'rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

Tahlillar shuni ko'rsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik sub'ektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to'siq va g'ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo'lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog'liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yo'l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda.

Ayni paytda, farmonda keltirilishicha, virtual qabulxona faoliyati "davlat organlarining murojaatlar bilan bog'liq ishni tashkil etishda ularni ko'rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi".

2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to'g'risidagi ko'plab ijobiy fikrlarini e'tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida O'zbekiston Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O'zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etish ko'zda tutilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo'ysunuvchi shaharlardan tashqari) esa O'zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko'rsatadi.

Quyidagilar Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

- aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to'laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon — murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta'minlash;

- fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat organlari) va xo'jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so'zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;

- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qat'iy amal qilgan holda, to'liq, xolis va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini tashkil etish;

- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo'yicha davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko'rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;

- jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o'tkazish;

- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko'rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo'yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo'li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.

Farmonga ko'ra, Prezident devoni tarkibiy tuzilmasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tuziladi. Xizmat zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:

- murojaatlarni ko'rib chiqishda aniqlangan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan huquqni qo'llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek ularning faoliyatini me'yoriy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash;

- davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini, shu jumladan joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda kelib tushayotgan murojaatlar bo'yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlarni ko'rish orqali nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan, shuningdek tegishliligiga ko'ra davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko'rib chiqish va ular bo'yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;

- mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligini ta'minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

- murojaatlarga asos bo'lgan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o'tkazish;

- murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Xalq qabulxonalari kadrlar tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek ma'naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan shakllantirish, to'ldirish va mustahkamlab borish;

- davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam axborot berib borish;

- murojaatlar bilan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etish.

Barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O'zbekiston Prezidenti devonining xodimlari hisoblanadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda tuzilayotgan Xalq qabulxonalari faoliyatini tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta'minlash tegishliligicha Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Farmonda davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlarga:

- jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etiladigan qabullarini muntazam o'tkazib borish;

- har oyda Xizmatga murojaatlar bilan ishlashga oid, shu jumladan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonadan ko'rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlashga oid o'z hisobotini taqdim etib borish vazifasi yuklatildi.

Davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to'g'risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo'lgan javobgarlik xususida qat'iy ogohlantiriladi.

Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripovga bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta'minlash topshirildi. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O'zbekiston bosh vaziri va Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev zimmasiga yuklatildi.

133.Keyingi yillarda sud-xuquq tizimini islox qilish buyicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi?

Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida:

1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin.

Davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:

sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish;

faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llash;

faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;

xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash;

yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnika vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi taklifi ma’qullansin.

3. Belgilansinki, 2017-yilning 1-aprelidan:

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatiladi;

jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;

qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi;

pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi;

sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi;

tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi;

fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartiriladi;

viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinadi;

adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkaziladi;

xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlari tashkil etiladi.

4. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Komissiya (I.B. Abdullayev):

vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;

qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini chuqur tanqidiy tahlil qilish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin;

qonun hujjatlari loyihalarini jamoatchilik o‘rtasida, shu jumladan davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish orqali keng muhokama qilishni tashkil etish choralarini ko‘rsin;

Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli tayyorlanishi va o‘z vaqtida belgilangan tartibda kiritilishi, shuningdek boshqa tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida 2017-yil 1-iyulga qadar:

sud-prokuror xodimlari malakasini oshirish va rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni amalga oshirishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko‘rib chiqish;

tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;

jinoyat ishini qo‘zg‘atish faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish;

fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish;

elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shuningdek odil sudlovga erishishning ilg‘or mexanizmlarini kengroq joriy etish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida uch oylik muddatda:

davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.

134.“Xalq boy bo’lsa, davlat xam boy va qudrati bo’ladi” degan oliyjanob so’zlarning mohiyatini tushuntiring.



rezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirish borasida eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan. Xususan, bunda “2018-2021-yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish belgilangani, avvalo, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish imkonini beradi.

Bu, birinchi navbatda, mamlakatimiz uchun savdo aloqalarini rivojlantirish borasida maqsadli bozorlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga yo‘l ochadi. Chunki moliyaviy markazlashuv kuchayib, axborotlar oqimi tovar va xizmatlar eksportiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan bugungi kunda transmilliy iqtisodiy diplomatiya har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu tashqi bozorlarni marketing o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishni taqozo etadi va shu bois mazkur Konsepsiyada bu borada yangi, zamonaviy va samarali mexanizmni yaratish masalasi maqsad qilingan.

Konsepsiyadan ko‘zlangan yana bir maqsad – belgilangan bozorlarni milliy mahsulotlarimiz bilan ta’minlash. Bunga ulardagi asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali erishish ko‘zda tutilmoqda. Yana bir muhim jihat – milliy mahsulotlarimizning chet el bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizdagi ishlab chiqarish tarmoqlariga xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish belgilangan. Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish ishlarini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq.

Harakatlar strategiyasida tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Bunda tovarlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini berish muddatini, ilgari xuddi shunday tovar uchun sertifikat olgan taqdirda 10 kundan uch kungacha qisqartirish nazarda tutilmoqda.

Tovar va xizmatlar eksportidan (xomashyo tovarlari bundan mustasno) valyuta tushumining belgilangan qismini majburiy sotishni kamaytirish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalarga belgilangan imtiyozlarni mahalliy tovarlarni eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga ham tatbiq etish rejalashtirilgan. Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomalari tuzish orqali eksport qilish huquqini berish, eksport qilish taqiqlangan ayrim tovarlarni (non va go‘sht mahsulotlari, tirik mol va parranda) ruxsatnoma asosida eksport qilish tizimini joriy etish, foydalanilgan mashina, jihoz va texnikalarni eksport qilishni soddalashtirish va tartibini aniqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya normalari va karantin qoidalarini jahonning ilg‘or mamlakatlari standartlariga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.

Bularning barchasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 8-avgustdagi qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi zimmasiga ham katta mas’uliyatlar yuklaydi.

2016-yilda mamlakatimiz tadbirkorlari jamg‘arma ko‘magida 2,9 milliard dollardan ziyod hajmda eksport shartnomalari imzoladi va ular doirasida 470 tadbirkorlik subyekti qariyb 1,4 milliard dollarlik eksportni amalga oshirdi. Jamg‘arma ko‘magida amalga oshirilgan eksport hajmi 2015-yilga nisbatan 33 foizga oshdi. Tashqi bozorlarga asosan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi.

Eksport salohiyatiga ega korxonalarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish va ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida jamg‘arma 2,3 milliard so‘mdan ziyod moliyaviy ko‘mak ajratdi. 15 xil yangi turdagi mahsulotlarni xalqaro bozorlarga yetkazib berish, 40 korxonada xalqaro ISO standartlari talablariga asosan sifat boshqaruvi tizimlarini joriy etishda ko‘maklashildi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida jamg‘arma 2016-yilda Moskva, Ufa, Milan, Seul, Sofiya, Jeneva va Madrid shaharlarida xorijiy vakolatxonalarini tashkil etdi va tadbirkorlarga ushbu mamlakatlar bozorlariga eksport qilishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

Jamg‘arma tomonidan 242 kichik biznes subyektiga 10 nufuzli xalqaro ko‘rgazma va anjumanda ishtirok etishda ko‘mak ko‘rsatildi. Natijada tadbirkorlarimiz 61,5 million dollarlik eksportni amalga oshirdi.

Mamlakatimizdagi har bir tuman ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda jamg‘arma ta’sischiligida 79 agrofirma tashkil etildi. O‘tgan davrda mazkur agrofirmalar jamg‘arma ko‘magida 692 million 483 ming dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi.

Joriy yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash, ularga tovar va xizmatlarini tashqi bozorga chiqarishda yaqindan ko‘maklashish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni maqsad qilganmiz.

Jamg‘arma ta’sischiligida yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 50 million dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishni belgilab olganmiz. Buning natijasida 1,5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish, xorijiy bozorlarda yuqori talabga ega eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, yiliga 25 million dollar qiymatidagi mahsulotlarni eksport qilishga erishiladi.

Yana bir ustuvor vazifamiz – tadbirkorlarga 500 million dollardan kam bo‘lmagan qiymatdagi loyihalarini moliyalashtirishda biznes-reja tayyorlash va zarur hujjatlarni bankka topshirishda ko‘maklashish. Bu O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, jumladan, mamlakatimiz hududlarida xorijdan zamonaviy texnologiya va uskunalarni olib kelish orqali jahon talablariga mos ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi turdagi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Jamg‘arma ta’sischiligida tashkil etilgan agrofirmalar joriy yilda 250 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni eksport qilishi rejalashtirilgan. Ularda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu bilan mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali umumiy eksport hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning ulushini keskin oshirishga erishiladi.

Bu yil turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosdagi 20 ko‘rgazma va yarmarkada tadbirkorlar ishtirokini tashkillashtirishni ko‘zda tutganmiz. Bu orqali 250 million dollardan ortiq eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Jamg‘arma joriy yilda ham mamlakatimiz tadbirkorlariga xorijiy davlatlarning konunchiligidan kelib chiqib talab etiladigan sertifikat va litsenziyalar, shu jumladan, ISO, Global Gep, TUV va boshqa xalqaro sifat sertifikatlarini olishda tizimli va izchil ko‘mak ko‘rsatmoqda. Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz ishlab chiqaradigan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi oshiriladi, eksport geografiyasi sezilarli darajada kengayadi.

Marketingsiz, ya’ni, tovar harakatining barcha bosqichida talab va taklifni o‘rganmay, bozor muammolari yechimida yaxlit va tizimli yondashmay turib, eksport hajmini oshirishning mutlaqo imkoni yo‘q. Shu bois joriy yilda jamg‘arma mutaxassislari 173 mamlakatning mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganish orqali tadbirkorlarimizga xorijiy hamkorlar topish va eksport shartnomalari imzolanishida ko‘maklashishni maqsad qilgan. Jumladan, fermer xo‘jaliklari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida MDH, Yevropa, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori talabga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navlari, ularning narxlari va import hajmlarini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazilmoqda.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida tadbirkorlar ichiga kirib, ularni o‘ylantirayotgan, xususan, korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etishda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni izchil muhokama qilish – doimiy e’tiborimizda.

2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash masalasi belgilangan. Bu tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘iga ulash tizimini yanada takomillashtiradi, uning muddatlari va xarajatlarini qisqartiradi. Natijada eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarimizga katta qulaylik yaratiladi.

Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalarga erishishda 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo‘ladi. Bu – bosib o‘tilgan yo‘l, orttirilgan tajribani xolisona baholash, erishilgan yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta’minlash yo‘lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo‘llari va usullari belgilab olindi, degani. Harakatlar strategiyasining aholi keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida tizimli, batafsil va chuqur muhokamalardan o‘tkazilgani mazkur yuksak marralarga erishish jarayonini samarali tashkil qilish imkonini beradi.

Bu islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad bitta – xalqimizni hayotdan rozi qilish, boy qilish. Bunga odamlarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish, kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali erishish mumkin. Zotan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”.

135.2019 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatga xamda maxalliy Kengashlarga bo’lib o’tgan saylovlar yakinu buyicha fikringizni bildiring… O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida, Mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan saylov qonunchiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat bo’lsada, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligini ta’kidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo’ygan edilar.Ushbu vazifaning ijrosi  2019 yilning 25- iyunida 18 bob,103 moddadan iborat Saylov kodeksi qabul qilinishida hamda 2019 yil 22-dekabrdagi saylovlarda va 2020 yil 5-yanvarda o’tkazilgan takroriy ovoz berish jarayonlarida ta’minlandi.Ushbu muxim siyosiy tadbirni o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10253 ta uchastka hamda xorijdagi fuqarolarimiz ovoz berishi uchun 55 ta uchastkalar tuzildi.O’zbekistonning yangi tarixida birinchi marta MSK tomonidan 180 mingdan ortiq a’zolar saylov qonunchiligidagi yangiliklar bo’yicha o’qitildi.Shuningdek MSK ning 2019 yil 11-oktyabrdagi qarori bilan o’tkazilgan  20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targ’ibot oyligi doirasida davra suxbatlari,debatlar va ommaviy axborotlarda chiqishlar orqali keng xalqimiz  “YaNGI O’ZBEKISTON – YaNGI SAYLOVLAR” shiori ostidagi saylov qonunchiligi bo’yicha yangiliklar xabardor qilindi.Saylovlarning shaffof o’tkazilishini xamda xalqaro standartlarga mosligini 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlardan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatdilar. Shuningdek Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan mahalliy kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vakillari,blogerlar ham faol kuzatdilar.Ular joylarda saylov jarayonlarini kodeks talablari doirasida o’tkazilishini ta’minladilar.Bundan tashqari respublikamizda 60 ta saylov uchastkasidagi saylov jarayoni  to’g’ridan to’g’ri jaxon ommasiga transilyasiya qilindi.Bu jarayon jaxonda O’zbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos holda o’tganligini ko’rsatdi.Prezidentimizning 2018 yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini joriy qilishning xuquqiy asoslarini yaratishda muhim omil bo’ldi . Eng muhimi, saylovlar ochiqlik, oshkoralik va halollik tamoyili asosida hamda keskin kurashlar ostida o‘tkazildi. Ularni 70 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar hamda 10 ta xalqaro tashkilot, 50 ga yaqin xorijiy davlatning 825 nafar kuzatuvchisi, xalqaro va mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining 1 ming 155 nafar vakili kuzatib bordi. Qizg‘in siyosiy kurashlar ostida o‘tgan saylovlar natijasida yangi parlament quyi palatasi deputatlarining tarkibi shakllandi. Ularning 48 nafarini ayollar, 9 nafarini yoshlar tashkil etmoqda. Bu – yosh avlod va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlarimiz samarasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Asosiy o’ringa O’z LiDeP partiyasi ega bo’ldi.

136.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlat boshqaruv va jamiyat tizimi.



Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

137.Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati.

Davlat hokimiyatining ochiqligini ta'minlash va axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor jihatlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston hukumati tomonidan Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ochiqligi to'g'risida”gi Qonunining samarali ijrosi hamda 2013-2020- yillar davomida O'zbekiston Respublikasida Milliy axborot kommunikatsiya tizimini rivojlantirish majmuaviy dasturiga muvofiq, AKT rivojlanish Strategiyasi masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi qonun tamoyillarini, qoidalarini amaliyotda ishlovdan o'tkazish, uning hokimiyat sub'yektlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyatining ochiqligini ta'minlashni ko'zlaydi. Unga muvofiq davlat organlari faoliyatining ochiqligini, oshkoraligini, ulardan ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari keng foydalanishini ta'minlashga qaratilgan normalarining samaradorligini oshirishdan iboratdir. Shuningdek, Qonun normalari va qoidalarini takomillashtirish ham asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda davlatning axborot sohasidagi siyosati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan so'z erkinligi prinsiplari hamda fuqarolarning axborot olishga bo'lgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hech qanday moneliksiz, har taraflama va to'la-to'kis ta'minlashga qaratilgandir.


Bugungi kunda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi qonunining amaliyotga joriy etilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini hamda ular faoliyatidan keng jamoatchilikning xabardor bo'lish huquqini ta'minlashga, ularning amalga oshirayotgan ishlari va qabul qilayotgan qarorlari sifatini oshirish borasidagi mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu qonun jamiyatda demokratiyaning yanada rivojlanishiga huquqiy asos bo'lib, mamlakatimiz va jamiyatimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to'g'risidagi axborotdan foydalanishini ta'minlash,davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas'uliyatini oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risidagi axborotni tarqatish tartibi belgilab berilgan.
Ushbu qonunnning 4-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsiplari quyidagilar qilib belgilangan: - Davlat boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o'z vaqtida berilishi va ishonchliligi; - ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi. Ochiq ma'lumotlar portali fuqarolarga davlat organlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni yetkazishda samarali faoliyat olib bormoqda. Garchi, portal 19- martda o'z faoliyatini boshlagan bo'lsa-da, mamlakat aholisining unga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Ochiq ma'lumotlar portalida hozir 14 ta davlat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan 165 ta ma'lumot joylashtirilgan. O'tgan ikki oy mobaynida 8486 ta ma'lumot yuklab olingan. Aholini eng ko'p qiziqtiruvchi ma'lumotlar bu - “Davlat organlari veb-saytlarining ro'yxati”, “Yalpi ichki mahsulot”, “Oliy ta'lim muassasalari haqida ma'lumot”, “O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalarida 2014- yilda tahsil olayotgan talabalar kontingenti” to'g'risidagi ma'lumotlar hisoblanadi.
Davlat organlari shaffofligini ta'minlashning muhim vositasi ularning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisoblanadi. Shunday ekan, davlat organlari va fuqarolar jamiyat axborotlashuvi, raqamli texnologiyalar va internet rivojlangan bir sharoitda ushbu imkoniyatlardan foydalana bilishi lozim.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat