1. O’zbekiston tarixini o’rganish qanday manbalarga asoslalanadi?



Download 17,47 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi17,47 Kb.
#48895
Bog'liq
Tarix 1-oraliq nazorati
Statistika e3c74, СОДЕРЖАНИЕ-WPS Office, pul siyosati, pul siyosati, Inflatsiya (lot, Inflatsiya (lot, укитувчи масофавий кандай ишлайди КУРСАТМА, Маълумот, CD va DVD disklar bilan ishlash dasturlari (AIM.UZ)(1)(1), Investitsiya va risklarni boshqarish, IAKT 19-amaliy ish MIRZAYOROVA H, Muhammad Yusuf. Saylanma, 9 Mavzu Savol va topshiriqlar 4310b20fd215eabefc59988c1601fe9c, Ўз фанининг фидоийси 2020 кўрик танлови С Очилов

1-ORALIQ ISHI.

I-variant

1.O’zbekiston tarixini o’rganish qanday manbalarga asoslalanadi?

O’zbekiston tarixi fanini o’rganishdagi asosiy tarixiy manbalarga to‘xtaydigan bo’lsak, birinchidan, bu eng asosiy va muhimtarixiy manba zardushtiylik dinining muqaddas kitobi- "Avesto" hisoblanadi. "Avesto"da nafaqat zardushtiylik (otashparastlik) dinining tamoyillari, qonun-qoidalari asoslab berilgan, balki unda qadimgi ajdodlarimizning boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmushi, madaniy va ma‘naviy hayotiga oid ma‘lumotlar berilgan. Ikkinchidan, o`tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan va dunedagi juda ko`p xorijiy mamlakatlar, xususan Angliya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va O’zbekiston ning kutubxonalarida saqlanayotgan boy va nodir qo’lyozma asarlar. Shunday qo’lyozmalar orasida podsho, shoh, xon, amirlar saroyida yashagan solnomachi va muarrixlarning yozib qoldirgan asarlari oyat qimmatlidir. Uchinchi, va g’oyatda muhim manbalardan biri-shoiru-yozuvchilar, olimu-fuzalolarning qoldirgan noyob asarlari Vatanimiz tarixini o`rganishda ajoyib va qimmatli ma‘lumotlarni beradi.

Al-Xorazmiy,Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Ulug’bek, Ali Qushchi, Imom al-Buxoriy, Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat va boshqa ko’plab allomalarning ijodlarida, ular yashagan tarixiy va madaniy-muhitga oid qimmatli fikr-xulosalar,tarixiy ma‘lumotlar mavjud.

Bundan tashqari O’zbekiston tarixi fanini o’rganishda hozirgi kunda mavjud bo’lgan ilmiy asarlar, qo’llanmalar, darsliklar, monografiyalar, risolalar, to’plamlar, har xil muzeylarda, ayniqsa o’lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari,arxeologik qazilma yodgorliklari, muzey- shaharlar, tarixiy obidalar,kino, foto hujjatlar va hokazolar muhim va qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi.



2.Paleolit davriga oid O’zbekiston hudududa topilgan va o’rganilgan makonlarni toping?

Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlaming hisobiga ko‘ra, tabiiy-geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik kam bo'lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to ‘g‘ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o‘zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab, iqlim keskin soviydi, tez-tez yog'ingarchilik bo'ladigan bo‘lib qoladi. 0 ‘lkamizda cho‘l va voha landshaftlari shakllanib, o'simliklar va hayvonot dunyosi o‘zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan takomillashadi.0 ‘zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg‘ona vodiysining So'x tumanidagi Selung‘ur g‘oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko‘Ibuloqmakonidan topilgan va o‘rganilgan.Selung'ur g'ori 1958— yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980— yildan boshlab arxeolog olim 0 ‘. Islomov tomonidan o'rganilgan. Tadqiqotlar Selung‘ur manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko‘rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan ayiq, qoplon, karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar Selung‘ur g'orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan degan xulosaga keldilar. Selung‘ur tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo‘lgan mintaqalardan biri ekanligini isbotlab berdi.Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent viloyati Chotqol tog'ining janubiy-sharqiy yonbag’ridagi Jarsoyning qirg‘og‘idagi Ko'lbuloq makonidir. 1963-1970— yillarda arxeolog M.R.Qosimov rahbarligidagi guruh Ko'lbuloq makonida 10 danortiq qatlamni o'rgandi. 730-830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga to'g'ri keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag'al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari topiladi. Ko'lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o ‘rganilgan boshqa madaniy qatlamlar bu yerda odamlar paleolit davrining o'rta va so'nggi bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi. Mamlakatimiz hududida o'rta paleolit yoki mustye davri, avvalo, odamlar qiyofasining o'zgarishi, neandertallarning vujudga kelishi Gcrmaniyaning Ncandcrtal vodiysidan topilgan, bundan 100-40 ming yillar ilgari yashagan odamlarga berilgan nom.bilan farqlanadi. Ulaming peshonasi va jag‘ tishlari bo'rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo‘lgan, tik yura olgan. Surxondaryo viloyatining Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘ori o‘rta paleolitga xos neandertal turidagi odamlarning manzilgohi ekanligidan dalolat beradi. G ‘ordan 8-9 yashar bolaning qabri, kalla suyagi, odam suyaklarining qoldiqlari, ular ovlab tirikchilik qilgan hayvon suyaklari, toshdan yasalgan o'choq, kul qatlamlari, hayvon va qushlarning suyaklari topilgan.0 ‘rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir Temur g‘oridan, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Toshkent viloyatining Xo‘jakent, Obirabmat, Farg‘ona vodiysining Qayrag‘och qishlog‘idagi Boqirg‘ondarasi, Palmon qishlog‘i yaqinidagi Xo‘jaxayr soyi, Buxoro viloyatining Qizil Nura,Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog‘ yon bag‘irlaridagi o‘ng‘ur va buloq yoqalaridan topildi va o ‘rganildi. 0 ‘rta Osiyoda bu davrga mansub 50 dan ortiq manzilgoh aniqlangan. Bu manzilgohlardan turli xil tosh qurollari, hayvon shoxlari va suyaklari topilgan. Odamlarning mehnat qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijond va Uchtutda, Farg‘onadan 40 km uzoqroqdagi Qapchig‘oydagi tosh konlaridan topilgani, toshga ishlov berish ustaxonalaridan foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o‘tkir qirrali pichoqlar, qo‘l chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan. 0 ‘rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar,gulxanda pishirilgan mazali va to‘yimli go‘sht iste’mol qilishgan, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo'rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.0 ‘zbekiston hududida so‘nggi paleolit odamlari yashagan anchagina manzilgohlar topilgan. 1939— yilda Samarqand san’at va madaniyat tarixi muzeyining xodimi N.G.Xarlamov Samarqand shahridan o ‘tgan Siyobcha soyi yoqasidan so‘nggi paleolit davriga xos odammanzilgohini topadi. Bu manzilgohda Samarqand davlat universitetining arxeologlari D.N.Lev va M.Jo‘raqulovlar tomonidan o'tkazilgan izlanishlar natijasida uchta madaniy qatlam ochilib o ‘rganiladi. Bu makondan odam skeletlari, ikkita pastki jag‘ suyagi, hayvon suyaklari, chaylasimon kulba izlari, uning markazida o ‘choq va kul qatlamlari, 10 mingga yaqin (tosh qurollari tosh pichoq, qirg‘ich, tosh bolta) topilgan. Samarqand makonidan tasviriy san’atning eng qadimgi namunasi - hayvonning qovurg'a suyagiga chizilgan beshta o'yiq shakl, bir qancha suyak bezaklari topilgan.

So'nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ham topilgan. O'rta Osiyoda 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib o'rganilgan. Mamlakatimizning so'nggi paleolit manzilgohlarida o'tkazilgan tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odam larning turm u sh tarzi va dunyoqarashida, xo'jalik yuritishida keskin o'zgarish yuz berganligini ko'rsatadi. Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Odamlarning yangi turi, hozirgi zamon odamlariga o'xshash bo'lgan kromanyonlar1 shakllandi. Fanda bu odam "homo-sapiens" - "aql- idrokli odam" deb ataladi. Ulaming miya hajmi "homo-habilis"dan ikki baravar katta, bo'yi baland, qomati tik bo'lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Xo'jalikda baliq ovi kelib chiqadi. Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar.



3.Ismoil Somoniy tomonidan tashkil etilgan markazlashgan davlatning boshqaruv tizimini izohlab bering.

Movarounnahrda Somoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni ham IX asr boshlariga to'g'ri keladi. Bunda ham xalifa Ma’mun o'ziga sodiqlik bilan xizmat qilgan balxlik mahalliy hukmdorlardan S o m o n x u d o t1 avlodlari (uning nabiralari)ga M ovarounnahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo Shosh va Ustrushonaga hokimlik qiladilar.IX asr o'rtalariga kelib Ahmad va uning katta o'g'li Nasr SomoniylarMovarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ldilar. Nasr Somoniy (856-888) davrida Movarounnahr mavqeyi yanada kuchayib bordi. Samarqand davlat poytaxti edi. Xurosonda Toxiriylar sulolasi ag'darilgach (873), uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari ham Somoniylar tasarrufiga o'tadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874) va Somoniylar hukmronligi endilikda deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo ko'p o'tmay, Ismoil o'z hokimiyatini kuchaytirib olgach, o'zining vassallik mavqeyini tan olmay, Nasr hokimiyati xazinasiga to'laydigan yillik daromad miqdorini keskin kamaytiradi.Buning natijasida aka-ukalar o'rtasida uzoq muddatli o'zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888— yilda ular o'rtasida katta urush kelib chiqib, unda Ismoil g'olib bo'ladi va hokimiyatni o'z qo'liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so'ng (892), Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa, Vatanimizda davlat mustaqilligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Buxoro - davlat poytaxti bo'lib qoladi.Ismoilning 893— yilda sharqdagi dashtlik qabilalarga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o'lja va asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati yuksakligidan yaq-1 Somon qishlog'i oqsoqoli. Manbalarda mazkur qishloq Balx, Samarqand yoki Tcrmiz atrofida joylashgan degan ma’lumotlar uchraydi. Ismoil Somoniy davlatining qudrati oshib borayotganidan cho'chigan, uni zaiflashtirishni va o'z ta ’sirini qayta tiklashni ko'zlagan Bag'dod xalifasi Mu’tazid (892-902) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amir ibn Laysga (879-900) Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900—yilda ikkala davlat o'rtasida katta urushga sabab bo'ladi. Urush natijasi esa Somoniylar foydasiga hal bo'lib, buning oqibatida Xuroson yerlari Somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Shu tariqa xalq xalifalik istibdodidan xalos bo'ldi.Ismoil Somoniy bu hududda kechgan uzoq yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr ibn Ahmad (914-943), Nuh ibn Nasr (943-954) davrida ham takomillashib boradi.
Download 17,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti