1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 101,93 Kb.
bet1/5
Sana12.01.2022
Hajmi101,93 Kb.
#353593
  1   2   3   4   5
Bog'liq
40 19.01.2001 (1)




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Mustaqillik xalqimizning XX asr so‘ngida qo‘lga kiritgan ulkan tarixiy g‘alabasi ekanini, o‘n yillik mustaqil taraqqiyot hayotimizda alohida bosqich, yangi bir davr bo‘lib qolishini nazarda tutib, qutlug‘ an’anaga aylanib qolgan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — istiqlol ayyomini keng nishonlash yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda, oldimizda turgan buyuk maqsadlar sari safarbar qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishini, istiqbol rejalarini ana shu haqiqatni chuqur anglash asosida belgilash zaruratini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 10 yilligini keng nishonlash bo‘yicha dastur 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, uyushma va jamg‘armalar mazkur dastur asosida tegishli ma’naviy madaniy, ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. O‘zbek milliy davlatchiligi tarixini, uning taraqqiyot bosqichlari hamda ilmiy-nazariy masalalarini o‘rganish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin.

Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifasi etib belgilansin:

milliy davlatchiligimizning ko‘p ming yillik tarixini, mustaqillik yillarida uning negizida tiklangan zamonaviy o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos taraqqiyot tamoyillari, jamiyatimizning pirovard maqsadlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish, buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini, ular yaratgan falsafiy ta’limotlarni o‘rganish va zarur xulosa va saboqlar chiqarish;

mustaqillik o‘z-o‘zidan kelmaganini, ozodlik yo‘lida ota-bobolarimiz asrlar davomida kurash olib borganini milliy istiqlol g‘oyasi asosida fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish;

yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy-madaniy merosga vorislik va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish, jamiyatimizda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish borasidagi amaliy ishlar mazmunini keng tahlil etish;

istiqlol sharofati bilan xalqimizning bunyodkorlik salohiyati tom ma’noda yuzaga chiqqanini, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida salmoqli yutuqlarga erishilganini, erkin va farovon hayot barpo etish, barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar Vatanimizning dunyo hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishini chuqur asoslab berish.

5. O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;

Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2001-yil 19-yanvar,

40-son

Vazirlar Mahkamasining


2001-yil 19-yanvardagi
40-son qaroriga
1-ILOVA

Mustaqillikning 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi

tarkibi

H. Karomatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi

T. Alimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

A. Meliboyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

X. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

X. Jo‘rayev

Madaniyat ishlari vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari

K. To‘laganov

Toshkent shahar hokimi, komissiya raisi o‘rinbosari

B. Shodiyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi rahbari, komissiya mas’ul kotibi

Sh. Abdullayev

Moliya vaziri o‘rinbosari

F. Abdullayev

Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori

R. Abdullayev

Kompozitorlar uyushmasi raisi

A. Boliyev

Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi mas’ul kotibi

M. Bekjonov

“O‘zbekbirlashuv” kompaniyasi raisi

E. Boqiboyev

“Nuroniy” jamg‘armasi raisi

E. Vohidov

O‘zbekiston xalq shoiri

A. Jabborov

“O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi rahbari

Sh. Jalilov

“Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi

R. Jo‘rayev

Xalq ta’limi vaziri

D. Jahongirova

Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

A. Islomov

Mudofaa vaziri o‘rinbosari

Y. Ismatova

“O‘zbekraqs” birlashmasi bosh direktori

B. Yo‘ldoshev

Fanlar akademiyasi prezidenti

B. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston xalq artisti, rejissor

A. Ko‘chimov

“O‘zteleradio” kompaniyasi raisi

B. Mahsitov

Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi

E. Mustafoyev

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

M. Muhammad Do‘st

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

M. Yusuf

O‘zbekiston xalq shoiri

A. Nazarov

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor

F. Nazirov

Sog‘liqni saqlash vaziri

A. Oripov

O‘zbekiston Yozu�chilar uyushmasi raisi

O‘. Komilov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

B. Parpiyev

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

K. Rasulov

Respublika baynalmilal madaniyat markazi raisi

Sh. Minavvarov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

A. Usmonov

“Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri

Y. Usmonova

O‘zbekiston xalq artisti

B. Pensov

“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi o‘rinbosari

R. Fayzullayev

“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi raisi

B. Xo‘jayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Y. Sharonov

“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi

R. Shog‘ulomov

Davlat matbuot qo‘mitasi raisi

K. Yusupov

“Kamolot” jamg‘armasi raisi

S. G‘ulomov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

E. G‘aniyev

Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri

B. Husanboyev

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi

R. Hamidov

Toshkent shahar madaniyat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i, rejissor

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari

Eslatma: tashkiliy qo‘mita tarkibiga kirgan shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga tayinlangan shaxs tashkiliy qo‘mitaga bevosita a’zo bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining


2001-yil 19-yanvardagi
40-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar

dasturi


Download 101,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish