1. Oqava suvni ximiyaviy tozalash



Download 135 Kb.
bet12/14
Sana28.09.2021
Hajmi135 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Etil spirtining olinishi. Etil spirtini yuqorida aytib o'tyilgan o'simliklar biomassasidan olish uchun awal ular ekstraksiya qilinadi va mikrobli bijg'ish yo'li bilan ulaming zaxirasidagi uglevodlar mikroorganizmlar yordamida gidrolizlanadi.

Etil spirti ikki usul bilan, ya'ni kimyoviy sintezlash va fermen-tativ usulda olinadi.

Kimyoviy sintezda etilen (neft yoki tabiiy gazdan olinadi) yuqori temperaturada suv va katalizatorlar ishtirokida konversiyaga uchratiladi. XX asr boshlarida etanol bijg'ish yo'l bilan olinar edi.

Etil spirti olinadigan o'simliklar qatoriga maniok, boshoqli o'simliklar, ayniqsa, jo'xori (uglevod zaxirasi kraxmal) va yemoki tapinambur (uglevod zaxirasi insulin) kiradilar. Bulardan tashqari, shu maqsadda shakarqamish, ananas, qand lavlagi va sorgo (uglevod zaxirasi saxaroza) ham ishlatiladi. Bu o'simliklaming kulturasi hozirda keng miqyosda o'stirilmoqda.

Etanol ishlab chiqarishni yanada mukammallashtirish uchun to'xtovsiz bijg'ish texnologiyasini yaratish lozim.

Metanli «bijg'ish» yoki biometanogenezjarayoni 1776-yil Volt tomonidan ochilgan bo'lib, u birinchi marta botqoq gazi tarkibida metan borligini aniqlagan. Ushbu jarayon davomida olinadigan biogaz tarkibida 65% metan, 30% C02, 1% H2S va kam miqdorda azot, kislorod, vodorod uchraydi. U ko'k rang berib yonadi va hidsizdir. 28 m3 biogazda yig'ilgan energiya 16,8 m3tabiiy gaz, 20,8 1 neft yoki 18,4 1 dizel yoqilg'isiga ekvivalentdir.

Biometanogenez 3 bosqichda amalga oshiriladi: organik birik-malarni eritish va gidrolizlash, asidogenez va metanogenez. Bu jarayonda 3 guruh bakteriyaiar ishtirok etadi. 1-guruh bakteriyaiar murakkab organik substratlarni moy, propion va sut kislotasiga aylantiradi; 2-guruh bakteriyaiar organik kislotalarni sirka kislota, vodorod va C02ga aylantiradi; 3-guruh — metan hosil qiluvchi bakteriyaiar vodorodni yutib, C02 ni metanga aylantiradilar.

Biokimyoviy nuqtayi nazardan, biometanogenez anaerob nafas olishning o'zidir. Bu jarayonda ham elektronlar organik modda-lardan CO,ga beriladi, so'ng u metanga aylanadi.

Biometanogenez suv o'tkazmaydigan silindrik sisternalar (daydjesterlar)da olib boriladi. Bunday yo'l bilan biogaz olish usuli AQSH, Yevropa mamlakatlari, Isroil, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda keng qo'Uaniladi.

O'zbekistonda keng maydonni g'o'za, kanop, tamaki, kunga-boqar o'simliklari egallaydi. G'o'za poyasidan hozirgacha spirt, qog'oz olishga urinishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa, boshqa o'simliklar shunchaki yoqib yuboriladi. O'zbekiston olimlari ushbu chiqindilardan ekologik toza, issiqlikni o'zida yaxshi saqlash xusu-siyatiga ega bo'lgan toza qurilish materiallarini olish texnologiya-larini ishlab chiqish ustida ham samarali tadqiqotlar olib bormoq-dalar va ba'zi bir yutuqlarga ham erishganlar.


Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat