1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni



Download 16,75 Kb.
Sana25.12.2019
Hajmi16,75 Kb.
#31540
Bog'liq
1 oktyabr oqituvchilar va murabbiylar kuni
form-foreign-oz, Тестовые вопросы по русскому языку для 7 класса, Frequently used Irregular Verbs table, Gulmira opa, Gulmira opa, влюблённые в ванне – Google Поиск, 2 sinf mat. takrorlash dars ishlanma, 2 sinf mat. takrorlash dars ishlanma, 404.Haitova Maqasuda.Termin.22.04.2020, Чилангарлик цехи бўйича техника хафвсизлик чоралари, 1-, Tojiyev Bobur, 019-121 Документ Microsoft Office Word, s da dasturlash
1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni

Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchi va murabbiylarga bog’liq.Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex­nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktyabr «O’qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan. Mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e'tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bayram kunlari o’qituvchilar qutlug’ ayyom bilan muborakbod etiladi. Ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi beriladi. Mamlakatimizda o’qituvchi-murabbiylar bayrami quyidagicha o’tadi. Avvalo bayram arafasida respublikamizning eng ilg’or o’qituvchi-murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha o’quv yurtlarida o’qituvchilarga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tadi, ular uchun dasturxonlar yoziladi, shogirdlar ustozlariga o’z tilaklarini izhor etishadi. Tadbirlarda o’qituvchilarga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlar yangraydi. Sobiq o’quvchilar ustozlarini bayram bilan tabriklash uchun maktabga keladilar. Qoraqalpog’istonda yangi kelin-kuyovlar bay­ram kuni ustozlari oldiga kelib, ulardan duoi-fotiha olishadi. O’qituvchi va murabbiylar kuni o’quv yurtlaridagina emas, balki mahallalarda ham bay­ram qilinishi an'anaga aylanib bormoqda Ushbu tadbirda ta'lim fidoyilariga yuksak ehtirom ko’rsatiladi. Ustozlar ham bu e'tibordan boshlari ko’kka yetib, barchaga minnatdorchilik bildiradilar. 1-oktyabr - umumxalq dam olish kuni. Shu sababli bu sana ustozlarini ziyorat qilish kuni hamdir. Mazkur bayram o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash marosimidir. Shu kuni o’quv yurtlarida o’qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug’lanadi. Murabbiylar ham huddi o’qituvchilar singari katta mahorat va hayot tajribasiga ega bo’lgan ustoz-pedagoglardir. Murabbiylar yoshlarni bevosita ish jarayonida mehnatni sevish va uning sirlarini o’rgatish orqali tarbiyalaydigan kishilardir. Bu bayram yosh ishchini mehnat jamoasiga olib kirgan va unga hamisha namuna bo’lgan, g’amxo’rlik qilgan kishini ulug’lash tadbiri sanaladi. Mohir murabbiylar qo’l ostida ko’plab ishlab chiqarish ustalari, ilg’or mutaxassislar, mehnat qahramonlari, tadbirkorlar yetishib chiqadi. Toshkent traktor zavodi madaniyat saroyida har yili «O`qituvchi va murabbiylar kuni», «Meh­nat bunyodkorlari» nomli tantanali kecha o’tkazish an'anaga aylangan. «O`qituvchi va murabbiylar kuni»ni  nishonlash arafasida madaniyat saroyida mu­rabbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishtiradigan turli ko’rgazmalar tashkil qilinadi. Ularning biri «Yoshlar yelkasida - otalar qo’li» deb nomlanadi. Ustoz-murabbiylarga ba­g’ishlangan kechada «Mehnat estafetasi», «Us­tozlar xizmati», «Murabbiylar sharafi» ko’rgazmalari namoyish etiladi. Kecha qahramonlari - mehnatda ulkan yutuqlarga erishgan yosh ishchilarning ustozlari sahnaga tanta­nali ravishda taklif qilinadi. Korxona rahbari munosib shogird yetishtirgan ustozlarga «Korxonaning eng yaxshi murabbiysi» degan nishon hamda faxriy yorliq, mukofot va sovg’alar topshiradi. Yosh ishchilar ham murabbiylariga o’zlarining fotosuratlarini, ramziy sovg’alarni topshiradilar. Kecha oxirida yoshlar murabbiylariga tashakkur bildirishadi. Kecha­da ustozlarga bag’ishlangan qo’shiq va raqslar ijro etiladi.


Download 16,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti