1-oktabr tadbiri senariysi
I. Boshlovchi.
Assalom, ona, yurt tonglar o’lkasi,
Tarif-tavsifingning yo’q nihoyasi.
Senga ba’ishlanar muqaddas qo’shiq,
Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.
(madhiya ijro etiladi)
II. Boshlovchi.
Assalom, maktabim-muqaddas dargoh,
Assalom, ustozlar-kasbkori saboq!
Assalo, do’stlarim-menga qo’shqanot,
Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq.
I. Boshlovchi.
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan usgbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni muborakbor etamiz.
II. Boshlovchi.
Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o’qituvchi-ustozlar bayrami. Biz 5 “A” sinf o’quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustoz otangdek ulug’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz. Sini ruhsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
Istiqlol, bunchalar go’zal bu noming,
Non kabi e’zozli, jondek shirin bol.
Yer shari yo’lladi otash saloming,
Assalom O’zbegim, qutlug’ istitqlol.
1-O’quvchi
Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga-mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug’ kunlarga,
Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!
Ey obod diyorim, O’zbekistonim!
Ma’rifat bo’stoni ezgu dostoni
Do’stligu tinchlikning metin qo’rg’oni,
Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!
Ey obod diyorim, O’zbekistonim!
2-o’quvchi
Karnay-surnay ovoz berdi jahonda,
Jahonni qaratti O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yo’lboshchimiz etdi xalq dilini shod.
Yo’lboshchi sozini ettirdi davom,
Dilidi xalqiga chuquqr ehtirom.
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan!
3-o’quvchi
Olis manzillardan boshlangan Vatan,
Sevinchdan ko’zlari yoshlangan Vatan.
Gohida o’tlarga tashlangan Vatan,
Aziz, ona tuproq ko’hna makondir,
Keljagi buyuk O’zbekistondir.
4-o’quvchi
Odam ko’rgani yo’q Sinoday tabib,
Navoiy singari mumtoz bir adib,
Al-Kindiy cholg’usi dillarga habib,
G’azallar, navolar oromijondir,
Keljagi buyuk O’zbekistondir
5-o’quvchi
Ulug’bek nuridan samovot yorug’,
Beruniy poylaydi yillarni yoru’g,
Yassaviy ko’zlarga ziyo va ma’ruf,
“Ziji Ko’ragoniy” kashfi osmondir,
Keljagi buyuk O’zbekistondir.
(Y. Usmonova ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’I ijro etildi)
I. Boshlovchi.
Ey hurmatli muallim,
Har ko’ngilda mehring bor.
Har uyda har shaharda,
Sening mevalaring bor.
II. Boshlovchi.
Ekkan mevalariningni,
Hosili hech tugamas.
Dunyoda sening kabi,
Baxtli inson topilmas.
I. Boshlovchi.Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogirt quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogirt ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi.
1-O’quvchi
Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim,
Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim.
Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim,
Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim.
Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim,
Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim,
Ilm-u ma’rifatdan beruvchi ta’lim.
2-O’quvchi
Ilm-u ziyo berar bizga,
Onadir har o’g’il qizga.
Jo bo’ldingiz qalbimizga,
Mehribonim o’qituvchim,
Jonajonim o’qituvchim.
O’qi, o’rgan deya doim,
To’g’ri yo’lni ko’rsatasiz
Hayot darsin o’rgatasiz
Mehribonim o’qituvchim,
Jonajonim o’qituvchim.
(Ustozlar qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |