1. Missionerlik va prozelitizmning asl maqsadlarini tushuntirib bering. Missionerlik tashkilotlarining vazifalari nimalardan iborat?



Download 18.63 Kb.
Sana17.05.2021
Hajmi18.63 Kb.

“Missionerlik va prozelitizm: qarshi kurash strategiyasi” mavzusi

bo`yicha nazorat savollari:

1.Missionerlik va prozelitizmning asl maqsadlarini tushuntirib bering.

2.Missionerlik tashkilotlarining vazifalari nimalardan iborat?

3.Missionerlik faoliyatlarining salbiy oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?

4.Diniy sektalar o`z maqsadlariga erishish uchun amal qiladigan qoidalar nimalardan iborat?

5.Missionerlikning milliy hayotga tahdidi qanday?

6.O`zbekistonda missionerlik va prozelitizmga qarshi qanday qonuniy asoslar ishlab chiqilgan?

Javoblar:

1.Missionerlik- biror diniy birlashma vakillarining o`z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati.

Prozelitizm- muayyan din vakillari tomonidan boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar yoki dahriylarni o`z diniga kiritishga qaratilgan harakatlar hisoblanadi.

2.Missionerlik tashkilotlarining asosiy vazifalari aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo`rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo`lganlar ichida tashviqot olib boorish yo`li bilan o`z tarafdorlarini ko`paytirishdan iborat.

3.Jumladan, o`tgan asrning 70-yillarida AQSH ning San-Fransisko shahrida Jim Jons ismli shaxs bir necha ming kishilik mahalliy protestantlarni o`z ichiga olgan “Xalq ibodatxonasi” nomli jamoa tuzishga erishadi. Sekta asoschisining turli “qiliq”lari shahar jamoatchiligiga ma’lum bo`lib qolgach, Jons “chirkinliklarga to`la shahar”dan ketib, Gayana changalzorlarida “Xudo Podshohligi”ni qurish lozimligini e’lon qiladi. 1978 yili “Xudo Podshohligi” dagi holatni o`rgangani brogan AQSH Kongressi komissiyasi sekta izdoshlari “podshohlikda” juda og`ir sharoitlarda yashayotgani, ularga qullardek munosabatda bo`linayotgani, Jons barcha “banda”larine o`ziga ibodat qilishga majbur qilganiga guvoh bo`ladi. Kirdikorlarini fosh bo`lib qolganligini bilgan sekta rahbari bir kunning o`zida barcha izdoshlarini o`z jonlariga qasd qilishga majbur qiladi. Oqibatda Jonsga ishon 912 kishi halok bo`ladi.

4.Diniy sektalar o`z maqsadlariga erishish uchun amal qiladigan qoidalar quyidagilardan iborat:

- insonning ma’naviy va jismoniy kamolotga erishishiga bo`lgan intilishidan foydalanish;

- aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanish;

- asosan yoshlar va moddiy ehtiyojmand kishilarni o`z ta’sirlariga olish;

Yashirin faoliyat olib boorish va sekta ichida bo`layotgan voqealarning ko`pchilikka ma’lum bo`lib qolmasligini qattiq nazorat qilish.

5. Din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilde gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo`lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo`nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urishining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o`z taraqqiyotida o`nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.

6.Ma’lumki “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonun (yangi tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan “Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzulishiga aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar” (5-modda 3-band).




Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat