1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari Boshqaruv jarayoni va vazifalari



Download 13,74 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi13,74 Kb.
#714503
Bog'liq
5.VARIANT- Menejment


VARIANT №5
1.Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
2.Boshqaruv jarayoni va vazifalari
3.Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.
Javoblar.
1.Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo'lgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya'ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya'ni boshqariladiganlar bo'ladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi bo'lib hal qilishga qadimgi misrlik-lar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik haqida masalani qo'yganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo'shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko'rsatmalarini qo'llagan, amaldor shaxslar tomonidan javobgarlikni o'z tobelariga o'tkazishga yo'l ko'ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi ma'lumotlar va qadimgi SHumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.
Boshqaruvga antik davrda ham ma'lum ulush qo'shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qilishga undashnini, ya'ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi g'oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko'rib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta'minlash usullari bilan shug'ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Qadimgi tashkilotlar ma'lum tuzilishga ega bo'lgan, unda boshqaruvchining darajalari ajratilgan. Yirik siyosiy tashkilotlar ham mavjud bo'lganlar, qirollar va generallar ularning rahbarlari bo'lganl ar. YAna boshqaruvchilar, omborlarni saqlovchilari, mol haydovchilar, ishni nazorat qiluvchilar, xududlarning gubernatorlari va xazinachilar bo'lganlar, ular ushbu tashkilotlarning faoliyatini ta'minlashga yordam berganlar.
Yillar o'tdi, ko'pgina tashkilotlarni boshqarish aniqroq va murakkabroq, tashkilotlarning o'zlari esa - kuchliroq va barqarorroq bo'la boshlaganlar. Rim imperiyasi bunga misol bo'lib xizmat qiladi, u yuz yillar mavjud bo'lgan. Boshqaruvning aniq tuzilishi bilan ajralib turuvchi, generallar va ofitserlardan tashkil topgan diviziyalarga bo'lingan rim armiyasi legionlari yomon tashkil qilingan Yevropa mamlakatlari, O'rta Osiyo davlatlari orqali g'alaba marshi bilan o'tganlar. Bosib olingan xududlar Rimga bo'ysunuvchi gubernatorlar boshqaruviga berilgan, Rim bilan aloqa o'rnatish uchun yo'llar qurilgan.
Zamonaviy boshqaruvning deyarli barcha shakllari xarakteri va tuzilishini bugungidan katta farq qiluvchi qadimgi tashkilotlarda ko'rish mumkin.
Quldorlik davrida ham boshqaruv elementlari mavjud bo'lgan, ammo mehnatga majbur qilishning asosiy vositalari sifatida to'g'ridan to'g'ri majbur qilish va jazo bilan qo'rqitish usullari ustunlik qilganlar.
Keyinchalik, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan, bunday mehnat o'ziga uzviy ravishda xos bo'lgan samarasizligini ko'rsatgan. Uni burjua davrida vujudga kelgan yollanma mehnat tizimi almashtirgan. U mehnatni boshqarishda moddiy rag'batlar va iqtisodiy vositalarni qo'llovchi majbur qilishning tubdan boshqa, vositali mexanizmidan foydalanishga asoslangan. 250 yil avval G'arbiy Yevropaning bir qator mamlakatlarida vujudga kelgan savdo kapitalizmi butunlay boshqa asosga - pul kapitaliga ega bo'lgan. Mehnatga majbur qilishning to'g'ridan to'g'ri va qurol shakllari o'rniga kapitalizmda o'lchov qiymatlarini almashtirish asosida harakat qiluvchi va rasmiy shaxsiy mustaqillik va almashtiruvchi tomonlarning tengligini ko'zlovchi bozor mehanizmi shakllangan va undan hamma yerda foydalanilgan.
Boshqaruv amaliyoti qadimgi vaqtlardan XX asrga qadar rivojlanayotgan bo'lsa ham, ehtimol, hech kim uni tizimli boshqarish haqida o'ylab ko'rmagan. Odamlarni asosan tashkilotlarni qanday boshqarish emas, balki qanday qilib ko'p pul ishlash, siyosiy hokimiyatni egallash sho'baiqtirgan.
XIX asrning boshida ingliz tadqiqotchisi R.Ouen ko'p vaqtini tashkilot maqsadlariga boshqa odamlar yordamida erishish muammolariga bag'ishlagan. U ishchilarga durustroq uy-joy bergan, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilagan, ularning mehnatlari natijalarini baholash tizimini ishlab chiqqan va ko'pgina to'lovlar yo'li bilan yaxshi ishni rag'batlantirgan. Bu islohotlar haqiqat va rahbar rolini insoniy idrok etishning mohiyatida noyob yorib o'tish bo'lgan. Ammo, shunga qaramasdan, o'sha davrning tadbirkorlari R. Ouenning islohotlarida sog'lom fikrni kamroq ko'rganlar, ulardan hech biri uning misoliga ergashmagan, chunki ularda boshqaruvga sho'baiqish bo'lmagan.

  1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari

Boshqaruvga jarayon sifatida qarash lozim.Boshqaruv jarayoni — bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro bog‘langan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi.Boshqaruv vazifalari — boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bo‘lishi kerak.
Boshqaruvning beshta umumiy vazifalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:— rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash);— tashkil etish (vazifalarni bo‘linmalar yoki xodimlar o'rtasi-da taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish);— motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlan-tirish);— muvofiqlashtirish (oqilona aloqalarni o‘rnatish yo‘li bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari o‘rtasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi);— nazorat (haqiqiy erishish mumkin bo‘lgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash).Boshqaruvning bu umumiy vazifalari kommunikatsiya va qarorlar qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashtirilgan. Bu vazifalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqaruvning har qanday jarayoni mazmunini ko‘rsatib beruvchi doiraviy diagramma bilan taqdim etilishi mumkin
Boshqaruv qarorlari — 1. Hujjat (qaror, buyruq, tadbirlar rejasi va h.k.) — 2. Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni o‘z ichiga oluvchi jarayondir.Boshqaruv qarorlari quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadi:
— tovarning yashash davri bosqichlari bo'yicha;— menejment tizimining tizimchalari bo‘yicha;— faoliyat sohalari bo‘yicha;— ko‘lamlilik bo‘yicha;— ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha;— maqsadlarning turlari va miqdori bo‘yicha;— harakatlarning davomiyligi bo‘yicha (strategik, taktik, operativ);— vazifalarning bajarilishi bo‘yicha;— ta’sir ko‘rsatish obyektlari bo‘yicha;— rasmiyligi bo‘yicha (rasmiy va norasmiylar);— foydalanilgan axborotlar bo‘yicha;— aks ettirish shakllari bo‘yicha;— qarorlarni qabul qilish darajalari bo‘yicha (yakka shaxs, bo'linm a yoki tashkilot darajasida);— turkumlashtirilganlik darajasi bo‘yicha (kuchsiz turkum-lashtirilgan — dasturlashtirilmagan va yuqori darajada turkum-lashtirilgan — dasturlashtirilgan);— mazmuni bo‘yicha (ekologik, ijtimoiy, tashkiliy, ilmiy, texnik va h.k.);— ta’sir ko‘rsatishning chuqurligi bo‘yicha (bir bosqichli, ko‘p bosqichli);— qarorning yo‘nalishi bo‘yicha (tashkilot ichida yoki uning tashqarisida);
Tashkilotlar tushunchasi va ularning tasnifiJamiyat turli tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik kishilar o‘zlarining butun hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langanlar.Ammo tashkilotning o‘zi nima va bu tashkilot uchun qaysi umumiy alomatlar xosdir?Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma’lum maqsadlarga erishish uchun birlashgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin.Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:— hech bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsning mavjud bo‘lishi;— hech bo‘lmaganda, guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul qilgan bir maqsadning mavjud bo‘lishi;— maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining mavjud bolishi.Alohida, xususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bo‘lgan maqsadlar hamda tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir.

  1. Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendentsiyalari kuzatilmoqda.

Ularda eng muhimi- bu ierarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qatiy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan tariflanuvchi yumshoqroq, ozini ozi tashkil qiluvchi tashkilotlarga otishdir. Ozini ozi tashkil qilishning xududiy, gorizontal tizimi, ozini ozi rivojlantirish va ozini ozi boshqarish va, shunga kora gorizontal boyicha menejmentning ustivorligi mavjuddir.
Ozbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va ozini ozi tashkil qilishning tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng ozini ozi rivojlantirishi jarayonlarini bazi bir jadallashuvini va otgan yillarda vujudga kelgan qatiy(ierarxik) va egiluvchan(dasturiy–maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni yumshatilishini kozgatdi, shunday bolsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali goyatda kamroq qollaniladilar, buni ularning ozini ozi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular Ozbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bolsalar kerak.
Keyingi yillarda tashkilotlarning ozini ozi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin bolmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar.
SHuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga yordam beradi:
salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish;
zamonaviy ilgor ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va tezroq ozlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning malumotlari va ilgor tajribadan foydalanish;
tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi;
tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yolga qoyilishi;
xojalik yurituvchi subektlar tomonidan qonunchilik va meyoriy hujjatlarga rioya qilinishi;
bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xojalik yurituvchi subektlarning faoliyati va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi.
Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining samaradorligini kotarilishiga yordam beradi.
Keyingi on yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham tariflanadilar. Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik, korporativ) taminlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini kamroq samaraliroq qilib qoydi. SHuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi muhit ozgarishlarini hushyorlik bilan his qiluvchi, istemolchilar sorovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi tashkilotlarni tashkil bolishiga komaklashdi. Ishlab chiqaruvchini istemolchi bilan ancha yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri boladi. Bu esa, oz navbatda, ishlab chiqaruvchini istemolchi talablaridagi ozgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga majbur qildi, koproq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida oz tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira olaganlargina galaba qozonishi mumkin.
Korsatib otilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning yangi turlarida aniq nomoyon bolishlari mumkin, ularga edxokratik, kopolchamli, partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin.
Edxokratik (ing. adhocracy sozidan), tashkilotlar nostandart va murakkab ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez ozgaruvchan tuzilmalarga nisbatan qollanilishlik bilan tariflanadilar. Bu tashkilotlarga maqsadlarga erishish vositalari ijrochilar tomonidan tanlaniladi. Har biri bevosita ozining harakati uchun javob beradi. Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi, u umumiylik hisini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi.
Bunday tashkilotlarda rasmiyatchilik judayam kamaytiriladi, bu narsa ierarxiyaga, ish sharoitlari va inshoatlarga, imtiyozlar, kiyimlar va h.k. ga tegishlidir. Tashkilotga xodimlar harakatidagi erkinlikning yuqori darajasi xosdir, uning choqqisi sifatli bajarish va muammoni hal qilishni bilishdir. Quyidagilar tashkilotning asosiy elementlaridir:
xodimlar ozlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar boladilar, murakkab operatsiyalarni bajaradilar, bir birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa qilishni biladilar;
qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron ierarxiyadagi oringa emas, balki ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan boladi, moliyaviy nazorat yuqoridan amalga oshiriladi;
mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi va umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi.
Download 13,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish