1. Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish



Download 489,13 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2020
Hajmi489,13 Kb.
#39735
  1   2
Bog'liq
25-bilet

Bilet – 25

1. Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

Innovatsion texnologiyalar - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy baxs-munozaralar o’tkazish, shu materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’psatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichiq guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mahg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Innovatsion texnologiyalarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, uz fikrini bayon qilish, uni asoslagan holla himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, baxs olib borish ko’nikmalari shaqllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emosional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab to’zilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.

Unga ko’ra tafakkurning rivojlaiishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja qo’yidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham 11 foydalanadi, jumladan; Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq, fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustaxkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi okibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollash-tirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta to’zish, yoritib berish, sharxlash, oydinlashtirish. Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilim-laridan fakat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni tutri qo’llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarniig ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqdrish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taksimlash, tekshirish, guruhlash. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy kayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish. tizimlashtirish, kombinasiyalashtirish, yaratish, to’zish, loyihalash.

Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-ximipshi ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlar ga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq, fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, ulchash, nazorat qilish, asoslash, ma'ыsullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Innovatsion texnologiyalar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday irogressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mahg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Maktabdagi o’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq, bo’lib, ular orasida o’qitishning usul na metodlari xal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirilishiga, o’quvchilarda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari uzaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo’ladi. Pedagogika amaliyotida o’qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to’plangan. Ularni taplashda turli sharo-itlar, o’qitilayotgan fanning harakteri, bolalarning yosh xususyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi. Forobiyning fan va san’atning afzalligi haqidagi risolasida o’quv jarayonini tashkil etish ga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar ifodalangap. Olim uzining o’qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerakligini o’qtirgan.1 Sharq qomusiy olimlarining asarlarini tahlil qilish, hozirgi terminologiyadan foydalanib, mazkur asarlar mualliflarining prinsiplari va o’qitish metod1ari bilishning umumiy krnunlariga muvofiqdigini aniqlash imkonini beradi. Barcha qomusiy olimlar foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhga ajratish mumkin. Bular: ko’rsatmali tajriba metodlari (Ibn Sino), bilimlarni bayon qilishning savol-javobli yo’llari (Abu Rayxon Beruniy, al-Xorazmiy), ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish metodlari (Forobiy, al-Xorazmiy) va xokazolardan iboratdir.

Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olimlarning barchasi o’quvchi-lar faoliyatini kuchaytirish va ularda mantiliy tafakko’rni rivojlantirish maqsadini kuzlaganlar. Bur\oniddin Zarnud-jiyning fikricha, insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga kdrab boradi. Akl — faol, ijodiy kuchdir, koinotni bilish ko’rolidir. Ammo dastlabki tajribasiz bilishning bulishi mumkin emas. Chunki umuminsoniy akl tushunchasi taqdirlash, kuzatish va tajriba yo’li bilan tarkib topadi. Bundan shunday pedagogik xulosa chikdrish mumkinki, inson xissiy idrokni boyitish bilangina o’zining bilimlarini oshira oladi. Shuning uchun ta’limda o’quvchilarning o’zidagi tajribaga tayangan metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak. Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda metodlariin tanlash juda muximdir.O’qituvchi darsning eng boshida 4—5 daqiqa umumiy so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars buyicha yetarli darajada o’zlashtirmagaiini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqate’tiboripi eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafeil javob bera oladigan o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik kilgan material tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashgulotlardagi nuqsonlarini paykash va shu zaxoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir. Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa-da, ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muxim bo’lib, birinchidan, o’quvchilarni ularning e’tikodiga, e’tikodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakat-ga aylantiradi, ikkinchidan, o’qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o’qish-o’rganish diqqat-e’tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir akl, mustaxkam iroda, tinik tasavvur, kuchli xotira zarur. O’qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga kiyinchiliklarni yengishni o’rgatishdir.

2. Axborot turlari. axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish

Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar

Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi.

Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig'i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin.

Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.

Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.:


  • Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida;

  • Yorug'lik nuri va tovush signallari ko’rinishida;

  • Radioto’lqinlar ko’rinishida;

  • Elektr va nerv impulslari ko’rinishida;

  • Magnit yozuvlari ko’rinishida;

  • Imo-ishora va mimika orqali;

  • Hid va ta’m ko’rinishida;

  • Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida.

Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi..

Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi.



Misollar:

  1. Ob-havo prognozi ma’lumotlari axborot qabul qiluvchiga (teletomoshabinga) manbadan - meteorolog-mutaxassisdan aloqa kanali - televideniye signallarini uzatuvchi apparatura orqali televizorga uzatiladi;

  2. Jonli mavjudot o’zining sezgi organlari (ko’zlari, quloqlari, burni, terisi, tili va shu kabilar) orqali tashqi dunyodan axborot oladi, uni muayyan ketma-ketlikdagi nerv impulslariga aylantiradi, nerv tolalari orqali uzatib, o’z xotirasida miyaning neyron strukturalari ko’rinishida saqlaydi, impulslarni qayta ishlash yoki tahlil qilish natijasida o’z harakatlarini boshqaradi yoki tovush signallari beradi, ya’ni o’z faoliyatda foydalanadi.

Axborotni qayta ishlash - bir xil informatsion ob’ektlarni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida boshqa informatsion ob’ektlardan olishdir. Axborotni qayta ishlash axborot ustida bajariladigan asosiy amallardan biri va axborot turli-tuman bo’lishi va uning ko’lamini (hajmini) oshirishning asosiy vositasidir.


  • yaratish;

  • uzatish;

  • qabul qilish;

  • foydalanish;

  • eslab qolish;

  • o’zlashtirish;

  • ko’chirish;


  • rasmiylashtirish;

  • tarqatish;

  • almashtirish;

  • kombinatsiyalash;

  • qayta ishlash;

  • bo’laklarga bo’lish;

  • ixchamlashtirish;


  • yig'ish;

  • saqlash;

  • izlash;

  • o’lchash;

  • buzish;

  • va boshqalar

Axborot ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

Axborot ustida muayyan amallar bajarishga oid barcha jarayonlar informatsion jarayonlar deyiladi.

Axborotni qayta ishlash vositalari - insoniyat tomonidan yaratilgan turli qurilmalar va tizimlardir, birinchi navbatda axborotni qayta ishlovchi univenrsal mashina - kompyuterdir.

Kompyuterlar axborotni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida qayta ishlaydilar. Tirik organizmlar va o’simliklar axborotni o’z sezgi organlari va tizimlari orqali qayta ishlaydilar.



Axborot xossalari

Axborot quyidagi xossalarga ega:

  • ishonchlilik;

  • to’liqlilik;

  • qimmatlilik;

  • dolzarblilik;

  • tushunarlilik;

  • qulaylilik;

  • qisqa va lo’ndalilik;

va boshqalar.

Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni yoki voqelikni real akslantirsa. Ko’pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi - ob’ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo’lmagan axborot uning noto’g'ri talqin qilinishiga yoki noto’g'ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.

Ishonchli axborot vaqt o’tishi bilan ishonchli bo’lmagan axborotga aylanishi mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan u eskirib, voqelikni to’g'ri, ro’yi-rost akslantirmasligi ham mumkin.

Axborot to’liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to’g'ri qaror qabul qilish uchun yetarli darajada bo’lsa. To’liq bo’lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin.



Malumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash

Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg'oloni» asaridagi axborot miqdori qancha yoki pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday javob olish mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda ishlatiladigan birliklar bilan tanishib chiqamiz.



Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bir bit qabul qilingan ( bit — inglizcha binary, digit — ma’nosi ikkilik raqam).

Axborot nazariyasida bit - ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini beruvchi axborot miqdoridir..

Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va saqlovchi xotiraning eng kichik bo’lagidir.

Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi — bayt ishlatiladi. 1 bayt 8 bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish uchun 8 bit zarur (256=2i 1 2 3 4 5).

Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.



  • Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar.

  • Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”.

  • Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.




  • Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:




    • 1 Kb =1024 bayt,

    • 1 Mb=1024 Kbayt,

    • 1 Gb =1024 Mbayt,

    • 1 Tb =1024 Gbayt.




  • Quyidagi axborot o’lchov birliklari ham keng qo’llaniladi:




1.1-rasm.Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.
Semantik (ma`noli) adekvatlik – ob`ektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma`noli mazmunini hisoblashni ko’zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma`lumotlar tahlil qilinadi, ma`nolar bog’liqligi ko’riladi.. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko’rsatish mumkin.

Sintaktik adekvatlik – axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajadagi axborotni ifodalash usulida axborot elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o’lchamlari, bu kodlarni o’zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axborot ma`lumot deb ataladi.

Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik – axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob`ekt), foylanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foylanish bilan bevosita bog’langan.

Faqat dolzarb axborotgina ahamiyatga ega va u kutilgan natijaga erishish imkonini beradi. Biroq axborotni shoshilib, to’liq shakllanmagan holda yoki kechiktirilib uzatilishi undan unumli foydalanish imkonini bermaydi.

Axborotning qimmatliligi uning qanchalik muhimligi va inson faoliyatgda qo’llanilib, ijobiy natija olishnishi bilan baholanadi.

Agar qimmatli va dolzarb axborot tushunarsiz ifodalangan bo’lsa, u foyda keltirmasligi va qimmatlilik ahamiyatini yo’kotishi mumkin.

Axborot uning iste’molchisiga tushunarli bo’lgan tarzda ifodalanishi kerak.

Axborot iste’molchi tomonidan qulay tarzda tushunilib, mohiyati anglanishi va undan oqilona foydalanish imkoniga ega bo’lishi kerak. Biroq manbalarda, o’quv darsliklari va qo’llanmalarda ba’zi axborotlar murakkab tarzda, tushunib yetish qiyinchilik tug'diradigan holda, ba’zilarida esa lo’nda va ravon tilda bayon etiladi.

Biror ob’ekt haqidagi axborot qisqa (ortiqcha belgilarsiz, lo’nda) yoki keng (ortiqcha belgilar bilan, ko’p jumlali holda) bayon etilishi mumkin. Qisqa axborot kam xotira sig'imi talab qilib, undan foydalanish qulay.

Umuman axborotning ikki turini alohida ajratib o’tish mumkin: uzluksiz va uzlukli (diskret) Uzluksiz axborot - fazo, vaqt; uzlukli axborot - ma’ruza, teledastur va hokazolar

1 Kilobayt (Kbayt) = 1024 bayt = 26 bayt,

1 Megabayt (Mbayt) = 1024 Kbayt = 220 bayt,

1 Gigabayt (Gbayt) = 1024 Mbayt = 230 bayt.

Keyingi paytlarda qayta ishlanadigan axborot hajmi ortib borishi munosabati bilan axborotning katta o’lchov birliklari ham kiritildi::1 Terabayt (Tbayt) = 1024 Gbayt = 240 bayt,

1 Petabayt (Pbayt) = 1024 Tbayt = 250 bayt,

1 Eksabayt (Ebayt) = 1024 Pbayt = 260 bayt,

1 Zettabayt (Zbayt) = 1024 Ebayt = 270 bayt.

1 Yottabayt (Ybayt) = 1024 Zbayt = 280 bayt,


belgilar pozitsiyasi sonini bildirsa, uning tarkibi koddagi belgilarning ma’lum bir alomatga ko’ra joylashish tartibini belgilaydi.

Obyekt uchun uning kodli belgisini berib almashtirish jarayoni kodlashtirish deyiladi. Kodlashtirish tizimida ikki metodan foydalaniladi:



  • tasnifli kodlashtirish tizimi;

  • qayd qiluvchi kodlashtirish tizimi.

Tasnifli kodlashtirish tizimida ob’ektlar avvaldan sinflarga yoki iyerarxik (daraxtsimon) ob’ektlar tizimiga ajratilib belgilab chiqiladi.

Misol: Oliy ta’lim tizimida ta’lim darajalari, bilim sohasi, yo’nalishlar va mutaxassislik ma’lumotlari quyidagi ob’ektlarga ajratilib kodlashtiriladi.

X X X X X X X

Ta’lim dasturi darajasi kodi mutaxassislik kodi;

- yo’nalish kodi;

- ta’lim soHasi kodi;

- bilim soHasi kodi;

Ta,limning xalqaro standart tasniflash tizimiga muvofiq bakalavriat yo’nalishi 5 raqami bilan belgilanadi. Magistratura yo’nalishi esa 5 va A belgilari bilan belgilanadi. Masalan: bakalavlar quyidagicha kodlashtiriladilar - 5140100, 5211300, 5520400 va 5340800; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A520403 va 5A340800.

«Biznes va boshqaruv» yo’nalishi uchun standartda belgilangan umumiy kod - 340 000, Bakalavriatning «Soliqlar va soliqqa tortish» yo’nalishi kodi - 5340800, magistraturaning «Davlat soliqlari va yig'imlari» mutaxassisligi kodi - 5A340802



Qayd qiluvchi kodlashtirish tizimida ob’ektlar avvaldan sinflarga ajratilmaydilar.

Masalan: Fakultetning barcha talabalari o’quv guruhlariga ajratilib, ularga tartib nomeri beriladi. Har bir guruh ichida Har bir talaba alfavit tartibi bo’yicha o’z qayd nomeri beriladi.

3. Algoritm tushunchasi.

"Algoritm" so’zi O’rta Osiyolik buyuk matematik al-Xorazmiyning (Alhorithmi) nomi bilan bog'liq. Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy (783-850) Xorazm o’lkasida tug ilib, o’sdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo’ldi.

Ma’lumki, al-Ma’mun 809 yildan Marvda dastlab xalifa Xorun ar-Rashidning noibi, so’ng 813 yildan boshlab xalifa bo’ladi va 819 yili Bag'dodga ko’chadi. Al-Ma’mun Marvda bo’lganida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o’z saroyiga jalb qilgan.

Bag'dodda al-Ma’mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — «Bayt ul-hikma» faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga tarjimonlik faoliyatini keng ko’lamda rivojlantirdi. Vizantiya, Hindistondan ko’plab kitoblar keltirilib, «Bayt ul-hikma»ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita yirik rasadxona - birinchisi 828 yilda Bag'dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi.

Xorazmiy bilan Bag'dodda, keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» deb tanilgan «Bayt ul- hikma»da ijod etgan olimlar orasida Markaziy osiyoliklar salmoqli o’rinni egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi.

Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»— algebraik asar, «Hind hisobi haqida kitob» yoki «qo’shish va ayirish haqida kitob»— arifmetik asar, «Kitob surat-ul-arz»— geografiyaga oid asar. «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-ta’rix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola».

Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma’lum. Biroq unda olim algebraik risolasini eslaydi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani ma’lum bo’ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima kilingan. Tarjimaning XIV asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozmasi AQSHda Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi.

Risola «Dixit Algorizmi», ya’ni «Al-Xorazmiy aytdi» iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Asarning lotincha qo’lyozmasida hind raqamlari ko’pincha yozilmay, ularning o’rni bo’sh qoldirilgan yoki ahyon- ahyonda 1, 2, 3, 4, 5 sonlarga moye keladigan hind raqamlari yozilgan. Ko’pincha esa hind raqamlari o’sha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan.

Xorazmiy hind raqamlari asosida o’nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o’tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, ya’ni razryadlarini e’tiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.

Risolaning boshlanishida Xorazmiy undagi masalalar o’z davrining amaliy talablariga javob sifatida vujudga kelganligini qayd qiladi.

U shunday deydi: «...Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o’lchash, kanallar o’tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».

Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrdayoq Ispaniyada seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlangan. Keyinchalik to yangi davrgacha Yevropa olimlari Xorazmiy risolasiga qayta- qayta murojaat qilib, u asosida darsliklar yozganlar. Bu qayta ishlangan nusxalar va darsliklarning nomida «Algorizm kitobi» degan ibora bo’lgan.

Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o’nlik pozitsion sanoq sistemasining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Yevropaga hind raqamlari arablar orqali o’tganligi uchun ular «arab raqamlari» deb ataladi va hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda. Yevropaliklar uzoq vaqggacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini «algorizmi» deb atab keddilar.

Faqat XVI asr o’rtalaridagina bu nom «arifmetika» iborasi bilan almashtiriladi. Shundan keyin to hozirgi kungacha «algorizm» yoki «algoritm» deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan bo’ldi. Bu ibora bilan al-Xorazmiyning nomi fanga abadiy kirib qoldi.

Xorazmiyning algebraik risolasining to’liq nomi — «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala». Risolaning nomidagi «al-jabr» va «al-muqobala» so’zlari «to’ldirish» va «ro’para qo’yish» — o’rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. «Al-jabr» so’zi lotincha transkripsiyada «algebra» bo’lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo’lib qoldi. Xorazmiyning algebraik risolasi uch qismdan iborat:


  1. algebraik qism, buning oxirida kichik bir bo’lim — savdo muomalasidagi bob keltiriladi;

  2. geometrik qism, algebraik usul qo’llanib o’lchash haqida;

  3. vasiyatlar haqidagi qism.

Al-Xorazmiyning nomini lotincha ifodasi — Algorithmi. Algoritm — informatika va matematikaning asosiy tushunchalaridan xisoblanadi.

  1. Download 489,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish