1-mavzu: xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik asoslari va bioximik nazariyalari. Xotira murakkab psixik jarayon sifatida reja



Download 75,24 Kb.
bet1/5
Sana31.10.2022
Hajmi75,24 Kb.
#858625
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu Xotira haqida umumiy tasavvurlar Xotiraning neyrofiziologik


1-MAVZU:
XOTIRA HAQIDA UMUMIY TASAVVURLAR. XOTIRANING NEYROFIZIOLOGIK ASOSLARI VA BIOXIMIK NAZARIYALARI.
XOTIRA MURAKKAB PSIXIK JARAYON SIFATIDA
Reja:

  1. Xotira haqida umumiy tushuncha

  2. Xotira o‘tmish jarayonlarni- esga olib qolish, esga saqlash, unutishdan iborat jarayon sifatida.

  3. Xotira bilan bog‘liq hodisalar.

  4. Fenomenal xotira. Xotira va o‘rganish.

  5. Xotira va shaxs.

  6. Asab tizimida izlarning saqlanishi.

  7. Xotirada izlar konsologaisiyasi

  8. Qisqa va uzoq muddatli xotiraning fiziologik mexanizmlari.

  9. Xotirani ta‘minlovchi miya tizimlari.

  10. Xotira jarayonlari. Esda olib qolish jarayoni.

  11. Esda saqlash jarayoni. Esga tushirish.Tanish. Unutish.

  12. Esda olib qolish xarakteri

  13. Esda olib qolishning faoliyat xarakteriga bog‘liqligi.

  14. Esda olib qolish va esga tishirishda individual farqlar

  15. Obrazli eshitish va semantik kodlash.

Tayanch so‗z va iboralar: mnema, mnemonika, konsolidatsiya, muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiya, reproduksiya, mnemometr, piktogramma, tanish, eslash, realiya, oriyentir, xaotik, reproduktiv, xotirot, kognitiv hodisa
Xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik asoslari va bioximik nazariyalari.
Psixologik manbalarda ko‗rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta‘sirotlarning aks ettirilishidan o‗zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba‘zi bir o‗zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko‗nikma, malaka va bilim ko‗lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma‘lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‗ida hosil bo‗ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo‗qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo‗lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o‗zaro uzviy bog‗lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‗ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qo‗llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta‘rif berilib kelinmoqda: ―Individning o‗z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi‖. E‘tibor bering: kompyuterlar ham ma‘lumotlarni esda olib qoladi, esda saqlaydi va esga tushiradi.1 Lekin bu ta‘rifda xotiraga taalluqli bo‗lgan juda ko‗p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o‗z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haq-huquqimiz yo‗q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdan bir yo‗li, bizningcha, unga mana bunday tarzda ta‘rif berishdan iborat: ―Xotira atrof-muhitdagi voqelik(narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‗l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‗naltirilgan mnemik (yunoncha mnemaxotira) faoliyatdir‖. Shuni qat‘iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta‘rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‗la ta‘kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallikka da‘vo qilish degan ibora emas, chunki unda ob‘ektivlik (tashqi) va sub‘ektivlik (ichki) yuzasidan ma‘lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga hojat ham, imkoniyat ham yo‗qdir. Ta‘rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko‗rsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik holat bo‗lishidan qat‘i nazar va o‗sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uning individual (yakkahol) tajriba ko‗lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga bog‗liq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qo‗llash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. O‗zlashtirilgan materiallarni ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bog‗liqdir. Ana shuning uchun har xil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulqatvori, hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qaramaqarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular o‗zaro mezonlari hamda sharhlari bilan tafovutlanadilar. Shunday qilib, xotira shaxs ruhiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o‗tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirda, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ro‗yobga chiqishini ta‘minlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon bo‗ladigan har qanday toifadagi ruhiy hodisa o‗zining tarkibiga kiruvchi har bir qismni muayyan tartibda o‗zaro bog‗langan tarzda saqlab qolinishini talab etadi. Turli ko‗rinishga ega bo‗lgan ―bog‗lanish‖ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u holda rivojlanish to‗g‗risida so‗z ham bo‗lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi ‖chaqaloqlik holatida‖ mangu qolib ketgan bo‗lur edi. Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko‗p marotaba ta‘kidlanishiga binoan, xotira barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bo‗lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta‘minlab turadi. Ularning o‗ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to‗g‗risida muayyan tartibda ma‘lumot berish imkoniyatiga ega. Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bo‗lib hisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko‗p jihatdan xotira muammolarining o‗rganilishiga bog‗liqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, ―aqlli‖ va ―sun‘iy intellekt‖li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat darajasini ko‗tarish uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib borilayotgan ilmiytekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik nazariyalarga bag‗ishlangan. Lekin jahon psixologiyasi fanida assotsianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi ko‗plab yo‗nalishlar mavjud bo‗lishiga qaramasdan, bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Misol uchun, 1968 yilda Richard Atkinson va Richard Shiffrinlar xotira jarayonining uch bosqichda yuzaga kelishini e‘tirof etishgan:2 birlamchi ma‘lumotlarni biz esda olib qolamiz va ular qisqacha qilib sensor xotira deb ataladi; so‗ngra bu ma‘lumotlar qisqa xotira bunkeriga joylashadi; va nihoyat ma‘lumotlar keyinchalik qayta tiklanish uchun uzoq muddatli xotira bunkeriga o‗tadi.
Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bo‗lgan, faraz tarzidagi nazariyalar va qarashlarning haddan tashqari ko‗pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani o‗rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi. Xotirani o‗rganishning har uchala darajasi ichidan uning psixologik darajasi tadqiq qilinishi o‗zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka ega bo‗lib, psixologiya fanida xilma-xil yo‗nalishlar va nazariyalar ishlab chiqilganligi hamda original (mustaqil ravishda, boshqalarga o‗xshamaydigan) innovatsion (yangi, dolzarb) g‗oyalar ilgari surilganligi ma‘lumdir. Bu nazariyalar negizida (mohiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga sub‘ekt(inson)ning faolligi qanday ahamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga kelishi) qanday ro‗yobga chiqishi to‗g‗risidagi muammolarni tasniflash va baholash yotadi. Xotira borasidagi nazariyalar.
Inson xotirasining qonuniyatlarini o‘rganish psixologiya fanining markaziy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma'lumki, insonning har qanday kechinma, xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma‘lum bir sharoitda qayta namoyon bo‘luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun, xotira deganda, inson tabiat, jamiyat, koinot to‘g‘risida ma‘lumot, xabar va taassurot to‘plash imkoniyatini beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutishni tushuniladi.
Bunga bog‘liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o‘rganish bilan aloqador bo‘lgan qator murakkab muammolar masalalarini tadqiq qilish masalasi turibdi. Bular quyidagilardan iborat: izlami esda olib qolishning fiziologik mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday ob'ektiv (tashqi), subyektiv (ichki), tabiiy, biologik va ijtimoiy, psixologik sharoitlar ta'sir qiladi, ulaming chegaralari qanday kabi masalalarga qaratilgan.
Hozirgi zamon xotirani tadqiq qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarda markaziy o‘rin xotira jarayonining asoslariga ajratilgan. Xotira jarayonining asoslari 3

Download 75,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish