1-mavzu: Qadimgi Sharqda xalqaro munosabatlar va diplomatiya Nazorat savollari



Download 98.5 Kb.
Sana12.01.2021
Hajmi98.5 Kb.

1-mavzu: Qadimgi Sharqda xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Nazorat savollari
1.Qaysi davlatlar miloddan avvalgi 2000 yillikning ortalarida Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatni belgilab bergan?
Miloddan avvalgi II ming yillikning ortalarida Yaqin Sharqda siyosiy vaziyat quyidagicha korinish kasb etdi. Malum darajada bir-biroviga teng xisoblangan bir necha buyuk davlatlar mavjud edi: Misr, Kassitlar Bobili, Shimoliy Mesopotamiyadagi Mitanni davlati va Kichik Osiyodagi Xett podsholigi. Suriya, Falastin, Finikiya, Shimoliy Mesopotamiya va Kichik Osiyodagi kichik va mayda podsholiklar yoki knyazliklar yuqorida korsatib otilgan buyuk davlatlarga qaram bolib qoldilar.

Sovgalar bilan ozaro almashish diplomatik munosabatlarning muhim tarkibiy qismi edi. Ham Bobil, ham Ossuriya, ham Mitanni podsholari oz maktublarida firavndan koproq oltin yuborishni tom manoda yalinib-yolvorib soragan. Korib chiqilayotgan davrning oxiriga kelib Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sezilarli darajada ozgargan: Mitanni va Xatti yoq bolib ketdi, Bobil va Misr zaiflashdi, Ossuriya va Elam esa ota kuchaydi.

Diplomatiyaning qadimgi Misrning siyosiy xayotida oynagan roli haqidagi saqlanib qolingan malumotlar asosan giksoslar xukmronligi va keyingi Yangi podsholik davriga oid.
2.Qadimgi Misr va Xett podsholigi ortasidagi munosabatlar haqida nima bilasiz?
Al-Amarna arxividan topilgan xatlarda Old Osiyo xukmdorlarining firavn bilan dostona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tuzilgan sulolaviy nikohlari togrisida malumotlar mavjud. Misr va Old Osiyoning mustaqil, dostona davlatlari ortasidagi munosabatlarda bir-biriga teng podsholar vaqti-vaqti bilan bir-biroviga qimmatbaho sovgalar yuborishi odat edi, ayniqsa sovga oluvchining taxtga otirishi yoki xukmronligi davrida uning uchun muhim voqealar roy bergan paytlarda. Misrga tobe bolgan yerlarning xokimlari olpondan tashqari firavnga turli sovgalar yuborishlari lozim edi. Mustaqil davlatlarining xukmdorlari ham, firavnning iltifotiga sazovor bolish maqsadida, unga qimmatbaho sovgalar jonatishgan. Misrdan Old Osiyoning mustaqil va dostona davlatlari xukmdorlariga asosan oltin va qora darahtdan yasalgan buyumlar yuborilardi. Firavnning aloxida ishonchini qozongan shaxslar, ularning ayrimlari jirkanch Rechenu mamlakatida Yuqori Misr podshosining kozlari, Quyi Misr podshosining quloglari deb nomlangan rasmiy unvonga ham ega bolib, Osiyoda roy berayotgan jarayonlarni kuzatishardi. Aksariyat xollarda ular firavnning maxfiy topshirigi bilan Misrning Osiyodagi egaliklariga jonatilgan vakillari edi. Xech qanday rasmiy unvoni yoq ayrim shaxslar ham firavnning xabarchilari bolishi mumkin edi.

Tarix faniga malum bolgan abadiy tinchlik, birodarlik, tashqi tajovuzni qaytarish va ichki siyosiy ixtiloflarni hal etish yolida xamkorlik togrisidagi eng qadimgi shartnomalardan biri mil. avv. XIII asrda Misr firavini Ramzes II va Xettlar podshosi Xattusili III tomonidan tuzilgan. Uzoq muddatli, lekin natijasiz urushdan song ushbu shartnoma muvofiqlashtirildi va tasdiqlandi. Unda abadiy tinchlik, dostlik va birodarlik, xamkorlik, tajovuzdan ozaro voz kechish, ittifoqchilik va biror-bir tomon harbiy tajovuzga uchraganda unga komaklashish ichki tartibsizliklar yuzaga kelganda ozaro yordam berish, qochoqlarni, oqsuyak yoki oddiy inson bolishidan qatiy nazar, ularga muruvvatli munosabatda bolish sharti bilan, qaytarib berish togrisida shartnoma imzolanganligi takidlanardi.


3.Miloddan avvalgi I ming yillikda Ossuriyaning tashqi siyosati va diplomatiyasi haqida nima bilasiz?
Miloddan avvalgi I ming yillikda osha davr kolamlariga kora jahon gegemoniyasi uchun ulkan qamrovli kurash olib borildi-ki, unda eng qudratli davlatlar golib chiqishdi. Bu esa, oz navbatida, dastlabki imperiyalarning, yirik harbiy-siyosiy birlashmalarining,oziga xos jahon miqyosidagi saltanatlarning barpo etilishiga olib keldi.Miloddan avvalgi IX asrda Ossuriyaning tashqi siyosati tort yonalish (shimoliy, janubiy, sharqiy va garbiy) boyicha rivojlandi.

Miloddan avvalgi VIII asrning birinchi yarmi Ossuriya uchun chuqur inqiroz va tushkunlik davri boldi. Inqiroz xolati Ossuriyaning xalqaro mavqeiga ham salbiy tasir korsatdi. Ossuriya davlatining tashqi siyosiy qudrati mil. avv. VIII asrning ikkinchi yarmida, xokimiyat tepasiga Tiglatpalasar III (mil. avv. 745-727 yy.) kelganda tiklandi. Tiglatpalasar III zamonida asosiy etibor yana garb mamlakatlariga qaratildi. Janubda ham unga omad kulib boqdi. Bobil uchun ossuriyaliklarga qarshi kurash olib borgan xaldey qabilalari ustidan galaba qozonildi. Tiglatpalasarning ozi Pulu nomi bilan Bobilda toj kiygan.Sargon II xukmronligi davrida Ossuriyaning tashqi siyosati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

tashqi siyosatga oid barcha ananaviy yonalishlarning yagona, ozaro bogliq tugunga chatishib ketishi;

harbiy harakatlarning hujumkor xususiyatga, yani yangi yerlarni bosib olish intilishiga ega emasligi, balki asosan, jazo sifatida zabt etilgan xududlarni boysundirilgan xolatda saqlab qolishga qaratilganligi.Sinaxxerib esa ( mil. avv. 705 - 681 yy ) oz hujumlarini asosan ikki yonalishda ( garbiy va janubiy ) olib bordi. Xukmronligining butun davri davomida Sinaxxeribning oy-fikrlari Bobilga qaratilgandi. Ossuriyaga qarshi Bobil-Elam-Dengiz boyi (Orta yer dengizi) - arablar ittifoqi doim mavjud edi. Miloddan avvalgi 689 yilda Sinaxxerib Bobilni shafqatsizlarcha yer bilan yakson qilib tashladi.

Miloddan avvalgi 674 va 671 yillardagi yurishlar natijasida Ossuriya ozining eng ulkan istilosini amalga oshirdi - Misrni zabt etdi. Ammo Ossuriyaning Misr ustidan xukmronligi mustahkam emasdi va uzoqqa chozilmadi.Asarxaddon ogli - Ashshurbanapalga (mil. avv. 668\635-627 yy.) ulkan saltanat meros bolib qoldi. Ashshurbanapal boshqaruvi davrida Ossuriyaning tashqi siyosati ikki bosqichga bolinadi. Xukmronligining birinchi yarmi (mil. avv. 654 yy.) Yaqin Sharqda Ossuriya ustivorligining saqlanib qolishi va mamlakat gullab yashnaganligining davom etishi bilan tavsiflanadi.Miloddan avvalgi VIII asrning ortalarida Ashshurbanapal xukmronligi davridagi Ossuriya tashqi siyosatining ikkinchi bosqichi boshlandi. Mamlakatda siyosiy inqiroz bora-bora avj olib bordi.

Ossuriya diplomatiyasi tarixiga oid manbalarda talaygina va rang-barang malumotlar mavjud. Podshoga taaluqli yozuvlar ular orasida birinchi orinda turadi. Asosan Nineviya shahri arxivida saqlanib qolgan, podsholarning yozishmalari bizlargacha koplab miqdorda etib kelgan.

Ossuriya va unga qaram bolgan davlatlar ortasida shartnomalar ogishmay bajarilishi lozim edi. Shartnomani tuzish marosimi sexr-jodu va taomillariga oid amallar, xudolar qasam ichishlar bilan birgalikda oldida amalga oshirilardi va ular muqaddas ittifoq kuchiga ega bolardi. Shartnomani buzish eng tabarruk qoidalaridan xatlab otishni anglatardi. Bu esa shafqatsizlarcha jazolanardi.Turli davlatlar bilan dostona munosabatlarni qadrlagan Ossuriya podsholari sulolaviy nikohlar va xukmron xonadonlar bilan qarindoshchilik aloqalarini ornatishga malum darajada axamiyat berishgan. Ossuriya davlati xukmronligi davrida garovga olish amaliyoti tinchlik munosabatlarini kafolatlash, imzolangan shartnomalarga rioya qilish, Ossuriya xokimiyatiga boysunish elementlarining biri sifatida qollanardi.Ossuriya xukmdorlarining diplomatik xarakatlari goyat muvaffaqiyatli bolib chiqdi. Ular Shamashshumukin qozgoloni ishtrokchilarining safini buzishga va maglubiyatga uchratishga yordam berdi.

Muzokaralar olib boradigan tomonlarning bir-biriga murojaat qilish tartibi togrisidagi masalani korib chiqish lozim. Birodar va birodar (yoki oga va ini), ota va ogil - ushbu sozlar davlatlar - xamkorlar ortasidagi munosabatlarning turli nyuanslarini (sezilar-sezilmas farqlarni, tafovutlarni) ifoda etardi. Ossuriyaning boshqa mamlakatlarning ustidan xukmronligi harbiy kuch vositasida ornatilgan davrda xukmdor (yoki sulton ) - qul formulasi koproq ishlatilardi. Bunday tartibni buzishga urinishlar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.

Ish yuritish Ossuriya davlatida ikki tilda olib borilardi: akkad tilining ossuriya shevasida va aramey tilida. Diplomatik tusdagi hujjatlar orasida nomalar, xatlar, muhrli hujjatlar, uzuk osti hujjatlar, oddiy hujjatlar (tablichkalar - sopol parchalari), mahfiy maktublar, malumotlar va boshqalar tilga olinadi. Muzokaralarda turli darajadagi omilkor va etiborli kishilar qatnashgan.

Davlat nomidan muzokaralarni podsholar, shaxzodalar, taxt vorislari, podsho amaldorlari: abarakku, rabshaku va boshq, elchilar, choparlar (mar shipri) olib borishgan, sarkardalar va aholi istiqomat qiladigan joylarning boshliqlari ham uchraydi. Ossuriya razvedka (josuslik) xizmatining juda katta va kop tarmoqli apparatiga ega edi. Razvedka (josuslik) masalalari bilan odatda shaxzoda - taxt vorisi shugullanardi.



Ashshurbanapal ham, taxt vorisi deb elon qilingandan song razvedka (josuslik) masalalari bilan faol shugullandi. Ashshurbanapalning podsholik davrida esa razvedka (josuslik) Ossuriya tashqi siyosatining ehtiyojlarini qondirish yolida gayrat bilan ishlardi. Ossuriya diplomatiyasining harakatlari xamkor - davlatlarning ichki ziddiyatlarini, ushbu davlatlar tarkibidagi turli viloyatlarning va ayniqsa qabilalarning separatizmini, ularning boshqa davlatlar bilan qarama-qarshiligini xisobga olgan holda amalga oshirilardi. Bularning barchasi haqidagi malumotlarni Ossuriya mamuriyatiga, shu jumladan diplomatiya xizmatiga, razvedka (josuslik) yetkazib berardi.
4.Artxashastr haqida nima bilasiz?
Qadimgi Hind tashqi siyosat nazariyasi boyicha asosiy manba Kautilyaning Artxashastra-si xisoblanadi va xozirda uning sanasi milodiy birinchi asrlar bilan belgilanadi. Ushbu asarda davlat tuzilishi, mamuriy-xojalik boshqaruvi, sud ishlari, harbiy va diplomatik sanat boyicha malumotlar mavjud. Bundan tashqari nitishastra turidagi asarlar ham borki, ularning asosiy mazmuni podsholarga ahloqiy nasihatlar, shuningdek ichki va tashqi siyosatiga oid maslahatlardan iborat. Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlar nazariyasining asosida mandala (yani doira, odatda davlat doirasi manosida izohlanadi) konsepsiyasi yotadi.Mandala - bu tashqi siyosatga oid muayyan harakatlar va chora-tadbirlar majmuasi sifatida tasavvur qilish mumkin-ki, u yanada yirik davlatga aylanib ketish tendensiyasiga egadir. Buyuk davlatning (va oxiri kelib jahon saltanatining) barpo etilishi siyosatning oxirgi maqsadi deb xisoblangan.Dushman ustidan golib chiqishning eng muhim vositasi sifatida u va uning ittifoqchilari orasida adovatni keltirib chiqarish, raqib ittifoqchilari bilan separat (boshqalar bilan kelishilmagan, bir tomonlama) shartnomalar imzolash yoki ularga togridan-togri harbiy yordam korsatish, yani dushman mandalasini parchalab tashlash tan olingan. Mandalaning yana bir ahamiyatli xususiyatini takidlash kerak: podshoning ittifoqchilari, taxtda otirib va xokimiyatga ega bolib, oz ittifoqchilarini ham saqlab qolishgan.Mandala tushunchasi bilan bir qatorda qadimgi Hind siyosiy nazariyasida yetti xadli (azoli) davlat konsepsiyasi muhim orin egallaydi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: podshoning ozi, vazirlar, shahar-qalalar, qishloq yerlari, xazina, qoshin va ittifoqchilar. Artxashastra- da tez-tez tilga olinadigan qoshinlar yoki ittifoqchilarning tavsifida alohida tohtalish kerak, chunki davlatlararo munosabatlarga oid koplab maslahatlarning katta qismi aynan ular bilan bogliqdir. Artxashastraga binoan, ittifoqchining asosiy xususiyati - foyda keltirish. Itoatkorlik - uning eng muhim fazilatidir. Siyosat sanatini egallagan podsho, birinchi galda shartnomalarning murakkab tizimiga tayanib, yakka xokimlikka intilishi lozim. Har hil tinchlik bitimlari siyosatining eng birinchi va muhim vositasi sifatida nazarda tutilgan.Tashqi siyosatning ananaviy usullari orasida ahamiyati jihatdan ikkinchi orinda urush turadi. Urush barcha usullardan foydalanib bolgandan keyingina, oxirgi vosita sifatida korilgan. Podshoga galabalarga jangsiz erishish tavsiya qilingan, chunki tinch yol bilan boysundirish kamroq kuchni va harajatni talab qiladi.

Duta (elchi) atamasining braxmanlarda tilga olinishi elchilik xizmati Hindistonda davlatchilik taraqqiyotining ilk bosqichida (mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi) vujudga kelgan deb soz yuritishga imkon berardi.

Kautilyaning Artxashastrasida maxsus bob elchining vazifalariga bagishlangan. Shu yerda, jumladan, elchilarning turkumlari keltirilgan - muxtor, cheklangan vakolatlarga ega va chopar (maktublar etkazuvchi).Elchilik xizmatini bajargan amaldorlar boshqa, doimiy vazifalarga ham ega bolgan-ki, ularning mamuriy apparatdagi orni va mansablarining nomlari aynan shu orqali belgilangan. Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga kora man etilishi yoki cheklanishi mumkin edi. Siyosiy asarlarda elchiga koproq sukut qilish va eshitish qatiyan tavsiya etiladi. Elchi ozga mamlakatga jonab ketar ekan, sayohati uchun zarur bolganlarning barchasini - otlarni, aravalarni, pullarni puxtalik bilan tayyorlagan. Uzoqda joylashgan mamlakatlarga elchiliklar juda kam yuborilgan. Manbalarda asosan Hindiston ichkarisida mavjud bolgan davlatlarga yuborilgan elchiliklar haqida gap yuritiladi. Hindiston hududida koplab kichik davlatlarning mavjud bolishi elchiliklar sonining shunga mos bolishini talab qilardi. Tobe davlatlar oliy xukmdor poytaxtida doimiy vakillariga ega bolishgan. Elchilik xizmatining tashkil qilinishi Qadimgi Hindiston davlatlarining rivojlanish darajasiga mos bolgan. Maxsus diplomatik muassasa, aftidan, shakllanmagan bolsa ham, elchilik vazifalarini podsho nomidan ish olib borgan oliy mansabdor shaxslar yoki batafsil korsatmalar olgan oddiy amaldorlar bajargan. Elchilardan nomalarni (maktublarni, xatlarni ) etkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli amaldorini yoq qilish maqsadida ham foydalanilgan.

Shuningdek, elchilar dushmanning joylashuvi, kuchlari, zahiralari haqida malumotlar toplagan. Artxashastrada turli hil nomalarning (maktublar va xatlarning), shu jumladan, diplomatik tusdagi yozishmalarning formulyarlari berilgan.

5.Qadimgi Xitoyda Xan imperiyasi qanday tashqi siyosatni va diplomatiyani olib borgan?
Xan imperiyasining qoshni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bolib qolgan oykumena egotsentrik (egotsentrizmga oid, ota manmanlik. Ozini dunyoga ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol oynagan.

Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga daosizm falsafasiga oid asarlarda oz aksini topgan ozgacha konsepsiya qarshi turganki, unga kora Orta imperiya-ning boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib topgan kunidan boshlab, eng muhim tashqi siyosiy vazifasi chegaralarni kochmanchi Syunnu qabilalarning muntazam bosqinlaridan himoya qilish edi. Miloddan avvalgi III asrning oxiriga kelib imperiyaning shimoliy chegaralarida ushbu qabilalarning qudratli birlashmasi vujudga keldi.

Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma deb malum bolgan va miloddan avvalgi 198 yilda tuzilgan shartnomaga binoan Lyu Ban shanyuy (syunnu qabilalarining oliy sardori) Modega nisbatan olpon tolovchi ekanligini faktik jihatdan tan oldi. Miloddan avvalgi 195 yilda Lyu Banning olimidan song Mode, vaziyatni ozi uchun qulay deb xisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoyga qaratdi. Modomiki, Xitoyga hujum qilishga rasmiy baxonasi bolmagan Mode igvo qilmoqchi boldi va miloddan avvalgi 192 yilda Lyu Banning beva xotini imperatritsa Lyuyxouga nikoh taklifi bilan maktub yubordi. Konfutsianlik ahloqiga binoan beva xukmdor ayolga nikoh taklifi bilan murojaat qilish rasm odat bolib qolgan odob qoidalarining qopol tarzda buzilishi edi. Lyuyxou darhol shanyuy Modega qimmatbaxo sovgalar yubordi. Shu bilan bir qatorda nikoh togrisidagi taklifiga rad javobini berdi.Xan imperiyasi Buyuk ipak yoli boylab joylashgan Sharqiy Turkiston vohasining shahar-davlatlarida oz tasirini va xukmronligini yoyish uchun turli diplomatik va harbiy usullardan foydalangan. Ushbu siyosatni amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida Xan imperiyasining usun qabilalari bilan ittifoq tuzishi namoyon boldi. Miloddan avvalgi 115 yilda usunlar xuzuriga Chjan San boshchiligidagi elchilik yuborildi. Ushbu elchilik Xan davridagi Xitoy davlatining Markaziy va Orta Osiyoning, hamda Orta Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savo va diplomatik aloqalarini rivojlanishida katta rol oynadi. Biroq Buyuk ipak yolini egallash Udi uchun uning imperiya sarhadlarini 10 ming li miqdorida kengaytirish va xokimiyatini butun dunyo boylab yoyish goyasini amalga oshirishdagi muhim bosqichi edi xolos. Harbiy yonalishdagi faol tashqi siyosat bilan bir qatorda Udi janubiy va shimoliy-sharqiy yonalishlar boyicha keng istilochilik harakatlarini olib bordi. Shu bilan birga, yillar davomida Udi tomonidan olib borilgan urushlar davlat zahiralarini va hazinani quritdi. Imperiyaning chekka hududlardagi qabilalarni Xanlarga qarshi chiqishlari kengaydi. Udi vafotidan song yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borilmadi.

Miloddan avvalgi I asrning oxiri milodiy I asrning boshiga qadar Xan imperiyasining tashqi siyosati passiv korinishga ega boldi. I asrning ortalariga kelib esa Xan imperiyasi qadimgi dunyoning eng yirik davlatiga aylandi. Ushbu davrda imperiyaning eng asosiy vazifasi shimoliy syunnu qabilalarini boysundirish va garbiy olkada oz xukmronligini tiklash edi.

73 yilda Ban Chao elchilik vazifasi bilan garbiy olkaga yuborildi. Uning bu yerlardagi harakatlari osha zamon diplomatiyasiga xos tarzda olib borildi. Ban Chao faoliyati natijasida garbiy olkada Xan xukmronligining mustahkamlanishi Xitoyni garbiy mamlakatlar bilan siyosiy va savdo aloqalarining kengayishi uchun katta ahamiyatga ega boldi. 80-yillarning oxiridan boshlab Buyuk ipak yoli orqali Kushon davlati, Parfiya va Yaqin va Orta Sharqning boshqa Uzoq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar ornatildi. Ular (munosabatlar) I va II asrlar chegarasida eng yuqori nuqtasiga kotarildi. Rim imperiyasi (qadimgi Xitoy manbalarida Datsin deb nomlanadi) bilan togridan-togri aloqa ornatishga urinishlar ham qilib korildi.

Qadimgi Xitoyning deyarli 2000 yillik tarixi davomida yaqin va uzoq qoshnilar bilan tashqi munosabatlarni amalga oshirishning muayyan tamoyillari ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoy uchun xos bolgan ikki eng muhim tendensiyani, davlatlararo aloqalar va shartnomalar negizidagi munosabatlarning ikki asosiy turini etirof etish lozimdir. Ularning birinchisi di go-teng davlatlar konsepsiyasiga tayanadi. Teng sheriklar nazariyasi birinchi galda, ortadagi podsholiklarning ozaro munosabatlari amaliyotidan kelib chiqqan va teng huquqli davlatlar ortasidagi munosabatlarni uzoq muddatli va mustahkam ananasiga ega bolgan.

Ammo Udi xukmronligi davridan boshlab qoshni xalqlar bilan ozaro munosabatlarni amalga oshirishda ozgacha tamoyil ustunlik qildi. Bu tamoyil, konfutsianlikning dunyoni tartibga soluvchi monarxiya doktrinasiga tayanib, varvarlarning (yani chegaradan narigi barcha xalqlarning) yetilmaganligi togrisidagi nazariya bilan bevosita bogliq edi va barcha ozga mamlakatlarga Xitoyning ehtimolli olpon tolovchisi sifatida rasman qarardi.

Garovga olish hodisalari Xan imperiyasining qoshni mamlakatlar va xalqlar bilan munosabatlardagi odatiy xol edi. Xan zamonidan elchilarni qabul qilishning maxsus marosimi ishlab chiqildiki, uning maqsadielchilik yuborgan xukmdorning Xan imperatoriga nisbatan tobelik xolatini takidlab otishi kerak edi. Saroyga ornatilgan qoidalarga bekami-kost rioya qilishga katta ahamiyat berilardi. Elchilar albatta sovgalar bilan yetib kelardilar. Xan imperiyasi ham oz navbatida, inomlar berishga qizganmasdi. Elchilarni qabul qilish va ular tomonidan sovgalarni topshirish marosimi xorijlik vakillarni kamsitadigan va ozga yurtlar xukmdorlarining tobe xolatini takidlashga qaratilgan bolsada ham, Xan imperiyasi va qoshni mamlakatlar ortasidagi munosabatlarning haqiqiy korinishlarini buzib korsatardi.


Saidov Behruz




Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat