1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja



Download 85,5 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2020
Hajmi85,5 Kb.
#46406
  1   2
Bog'liq
1-mavzu boyicha seminar tarix


1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning 
metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati  
Reja: 
 
1.O‘zbekiston tarixi fani, uning predmeti, o‘rganish ob’ekti va manbalari.  
   
2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. 
   
3. Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli. 
   
4.Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 
 
1.Tarix fani dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar 
sodir bo‘lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib, hozirgi holatga 
kellganligini o‘rgansa, O‘zbekiston tarixi uning ajralmas qismi bo‘lib, shu tarixiy madaniy 
jarayonlarga mos holda ona zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti  va 
ularning rivojlanishi davomida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqea  va hodisalar, ularning 
turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni 
to‘laligicha o‘rganadigan fandir. 
“Tarix” so‘zi asli arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish” 
ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘z lotinchada “istoriya” deb  yuritilgan va bu ibora g‘arb 
mamlakatlari xalqlari tillariga singib ketgan. Tarix ma’lum bir makonda, u yoki bu davrga 
oid, aniqlangan, tadqiq etilgan inson hayotidagi voqealar to‘plamidir. 
Demak, tarix–bu odamzotning turli davr va sharoitlardagi kechmishi, insonning 
hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, bunyodkorlikka, odamiylikka, 
ezgulikka intilishini yoritib beruvchi fandir. Inson o‘z manfaatlarini ko‘zlab tutgan 
murakkab va mashaqqatli yo‘lini ifodalovchi ham tarixdir. Buyuk mutafakkir A. Navoiy 
moziyni ta’riflab shunday degan ekanlar:–Hukmdorlarning qay biri zulm otini surdiyu, 
qay biri adolat bilan dong taratdi va oxiri bundan nima murod hosil bo‘lganini tarixdan 
bilamiz. O‘lkada nima obod bo‘lgandi, mamlakat nimadan tinchlikka yuz tutdi

 Har bir 
shaxsning sifati nimayu, nuqsonlari nima, hamma hammasi tarixda bitilgan. Demak 
“O‘zbekiston tarixi” faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar 
davomida to‘planib kelgan o‘zaro ichki g‘onuniyatlar bilan chambarchas bog‘langan 
bilimlar tizimi sifatidagi o‘zining predmetiga, o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lgan mustaqil 
fandir. Shu bilan birgalikda, “O‘zbekiston tarixi” fani xalqimiz tarixini haqqoniy 
tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar 
majmuasidir. Vatanimiz tarixi predmeti xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va 
shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga, 
uni tushuntirishga qaratilgan. 
O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish ob’ekti O‘zbekiston tarixidir. Tarixiy ob’ekt 
(makon) O‘zbekiston tarixi fanining aniq maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat doirasini 
belgilab beradi. Ma’lum bir ma’noda ob’ekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha 
bo‘lsada, ular tarix fanida tutgan  o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. 
Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintag‘aviy chegaralar, 
ma’lum bir xalq, milliy mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va 
hodisalarni bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun 
ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayonlardir. 

Tariximizni o‘rganar ekanmiz, yana shuni inobatga olmog‘imiz lozimki, o‘zbek 


davlatchiligi sarhadlari hozirgi mustaqil respublikamiz hududidan ancha keng bo‘lgan. 
Shu boisdan ham o‘tmishimizning turli davrlarini o‘rganishda Markaziy Osiyoga oid 
ma’lumotlar ham yoritiladi va bu tarixiy jarayonni to‘laroq anglashga yordam beradi. 
Ayni paytda,  mamlakatimizda uzoq vaqtlardan buyon o‘zbeklar bilan yonma yon yashab 
kelayotgan tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa elatlar ham yurtimiz 
tarixiga dahldor. O‘zbekiston xalqi insoniyatning ajralmas bir qismidir. Yurtimiz o‘tmishi 
va buguni o‘zga xalqlar, davlatlar bilan bog‘liq. Chunki ularning o‘lkamizda sodir 
bo‘lgangan voqealarga u yoki bu darajada ta’siri bo‘lgan. Shu bois ham O‘zbekiston tarixi 
jahon tarixining tarkibiy qismi desak adolatdan bo‘ladi 
O‘zbekiston tarixi fani uchun tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati behad katta. 
Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho boyligi 
hisoblanib maxsus arxivlarda, kutubxona va muzeylarda juda avaylab ehtiyotkorlik bilan 
saqlanadi. 
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketmaydi, ularga tarixiy 
manbalar guvoh bo‘lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga-moddiy va yozma manbalarga 
bo‘linadi. 
Eng qadimgi davrlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, har xil idishlar
tanga pullar, harbiy qurol-yarog‘lar, uy joylar, qal’alar, shahar xarobalari, qabrlar, 
qoyatosh suratlari, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. 
Qadimgi davrlardayoq odamlar o‘z fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv 
belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar o‘zlari yashab turgan yoki borib ko‘rgan 
mamlakatlari haqida ko‘rgan-kechirganlarini daraxtlarning po‘stlog‘iga, toshga, teriga, 
keyinchalik qog‘ozga yozib qoldirganlar. Xalqlarning hayotida yuz bergan voqea va 
hodisalar haqida yozilgan bitiklar, kitoblar, podshoh va hokimlarning yozma shakldagi 
qonunlari va farmonlari saqlanib qolgan bo‘lib, bular yozma manbalar deyiladi. 
Umuman, Vatanimiz tarixini yaratish va o‘rganishda quyidagi manbalar asos 
bo‘lishi lozim: 

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish