1-mavzu: “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati. Davlat tili va yangi alifboni joriy etish to‘G‘risidagi qonunlar, ularning ijrosi reja



Download 26,5 Kb.
bet1/3
Sana05.03.2022
Hajmi26,5 Kb.
#483498
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU: “O‘ZBEK TILI” FANINING MAQSADI VA VAZIFASI, UNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI. DAVLAT TILI VA YANGI ALIFBONI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR, ULARNING IJROSI
Reja:
1. “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati.
2. “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi.
3. Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi qonun va uning ijrosi.


1. Til - millatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p. Lekin har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odati va an`analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o‘zligini namoyon qilishda o‘zbek tilning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bunda o‘zbek tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo‘lmasa, Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lugatit-turk kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiy "Xamsa"si, Bobir Mirzoning "Boburnoma"si, Cho‘lpon va Abdulla Oripovning o‘tli she`riyati yaratilmagan bo‘lardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz timsoliga aylanib ketgan.
O‘zbek tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbaidir. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. Inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalar mana shu til vositasida ongu shuurimizga singadi, odobu axloqimiz, fe`l atvorimiz manna shu tilda berilgan o‘git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bogliq. Biz tilni bilganimiz sayin dunyoni ham bilib boramiz, fikrimiz o‘sadi, ongimiz yuksaladi. Shu bois buyuk shoir mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy til insonni hayvondan farqlab turadigan ne`mat ekanini ta`kidlab o‘tgan.
“O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi va vazifasi talabalarning o‘zbek tilidan olgan bilimlarini yanada boyitish, o‘z fikr-mulohazalarini o‘gzaki va yozma ravishda erkin bayon eta olishlariga erishish. Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.
Fanning vazifasi – o‘qituvchi va talaba oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
- og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish malakalarini hosil qilish;
- sohaviy hujjatlarni tuza olish, shu jumladan, elektron hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish.
O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv uslubiy majmua nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”ga tola mos keladi.
O‘zbek tili ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini
yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni
tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash,
boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.



Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish