1-mavzu: Mustaqillik davrida о‘zbek folklorining о‘rganilishi Reja



Download 90,5 Kb.
bet1/3
Sana15.01.2022
Hajmi90,5 Kb.
#368391
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU


«Folklorshunoslikka kirish» fani

1-MAVZU: Mustaqillik davrida о‘zbek folklorining о‘rganilishi
Reja:

1. xalq og’zaki ijodi – so’zsanati namunasi sifatida.

2. Folklorning milliy ma’naviyatimizda tutgan о‘rni.

2. Istiqlol davri о‘zbek folklorshunosligi о‘ziga xos xususiyatlari.
Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan о‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bо‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qashshoq kimsa hayotda rо‘y berayotgan voqealarga loqayd bо‘ladi. Loqaydlik esa tuzatib bо‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qо‘shiqlari, maqollari va boshqa о‘nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgan. О‘tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, о‘quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televideniye, internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bо‘lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og‘zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. Odatda, xalqning mustaqilligi, uning ravnaqi badiiy adabiyot bilan uzviy bog‘lanadi. Og‘zaki ijod esa, badiiy adabiyotning ajralmas qismidir. Shuning uchun xalq ustidan hukm yuritishga harakat qilgan hokimiyat, avvalo, uning adabiyotini boshqarishga uringan. Sobiq shо‘ro tuzumi sharoitida xalq bayrami – Navrо‘z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarimiz taqiqqa uchragan. Folklor ekspeditsiyasiga xalq og‘zaki ijodi asarlarini yozib olish maqsadida chiqqanimizda islom diniga oid asarlarni yozib olish ma’qul kо‘rilmas edi. Bu harakatlarning hammasi og‘zaki adabiyotimizni yо‘q qilish niyatini amalga oshirish choralari edi, xolos.

1991 yil 1 sentabrda О‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilindi. Yurtimiz ijtimoiy hayotidagi bu о‘zgarishni о‘zbek xalqi о‘nlab yillar davomida orziqib kutgan edi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz о‘tmish qadriyatlarni qaytadan tiklash, odamlar qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yо‘l ochish siyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ularning kashfiyotlari haqidagi ma’lumotlar qatori turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-rusumlar ham tilga olina boshlandi. Bu tadbirlar har bir о‘zbek qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini uyg‘otish maqsadini nazarda tutdi. Aslida, о‘zbeklarning dunyoda ilg‘or, benazir madaniyatga ega bо‘lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzum paytida ham aytilgan. Ammo bunday hur gaplarning mualliflari qatag‘on qilingan edilar. Ularning kо‘pchiligi sirli vaziyatlarda hayotdan kо‘z yumdilar. Fitrat, CHо‘lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim, Sulaymon Xо‘ja va boshqalar esa о‘ylab topilgan yolg‘on jinoyatlarda ayblanib otildilar. Ayrimlari – Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Shukrullo, Shuhrat kabilar uzoq muddatga qamoqqa olindilar. Ammo erkinlikni, о‘tmishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ‘ib etuvchi asarlar tizimi murakkab vaziyatda ham tо‘xtab qolmadi. XX asrning 60-70-yillari adabiy hayotga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar “О‘zbegim”, “О‘zbekiston” kabi poetik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz О‘zbekiston qadimdan ilm-ma’rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga komil ishonch bildira boshladilar. Xalqimizning haqiqiy farzandlari say-harakati bilan “Xalq og‘zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni, Ergash Jumanbulbul, Fozil shoir, Pо‘lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro etgan epos namunalari, xalq qо‘shiqlari, ertaklari, askiya, latifa, topishmoqlarning nashr qilinishi nur ustiga nur bо‘ldi.

Shuningdek, о‘tgan asrning 50-yillarida Ibrohim Mо‘minov, Vohid Zohidov, Parso Shamsiyev, Solih Mutallibov, Hodi Zarif kabi taniqli ziyolilar turli sabab va vajlar bilan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” (Solih Mutallibov), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Qayum Karimov), Navoiyning “Xamsa”, Boburning “Boburnoma” (Parso Shamsiyev) kabi bir qator asarlarini nashrga tayyorladilar va chop etdilar. Qizig‘i shundaki, bizning olimlarimiz mumtoz adabiyot namunalaridan sobiq shо‘ro tuzumi siyosatiga mos kelmaydigan о‘rinlarni atayin keskin tanqid qilishar, boylar va yо‘qsillar madaniyati haqida siyosatbop gaplarni topishar, ammo asarlarni tо‘liq nashr qilishdek oliy niyatlariga ham erishar edilar.

Tabiiyki, “Sobiq shо‘ro tuzumi davrida bevosita xalq orasida hukmron siyosatni tanqid qiluvchi xalq og‘zaki ijodi asarlari yaratilmadimi?” – degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari yozib olinmasa, ularning ommalashuvi uchun sharoit bо‘lmasa, vaqt о‘tishi bilan bu asarlar о‘z-о‘zidan g‘oyib bо‘ladi: aytuvchining yodidan kо‘tariladi, taqdir taqozosi bilan aytuvchi vafot etadi va hokazo. Ularni yozib olish esa hamisha ham amalga oshavermaydi. Bugungi kunda о‘sha paytda dohiy deb tan olingan tarixiy shaxslar haqida о‘nlab latifalar tо‘qilganini, maqtalayotgan kolxozlar, besh yilliklarning asl qiyofasi qо‘shiqlarda tanqid qilinganini e’tirof etish mumkin, xolos. Jumladan, о‘z paytida Otajon Hoshim tomonidan yozib olingan qо‘shiqlarda kolxoz tuzumiga, hamma ekin maydonlariga faqat paxta ekish siyosatiga salbiy munosabat bildirilgan namunalar borligi haqidagi xotiralar mavjud, xolos. Afsuski, taqdir taqozosi, turli sabablar bilan bu yozuvlar yо‘qolgan.

Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga bо‘lgan munosabatda keskin ijobiy о‘zgarish yasadi. Prezidentimiz Islom Karimovning “О‘zbekiston buyuk kelajak sari” asaridagi “Mustaqil О‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb atalgan bо‘limda: “О‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yо‘li tо‘rtta asosiy negizga asoslanadi”, - deyilgan. “Bu negizlar:


    • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

    • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

    • insonning о‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

    • vatanparvarlik – deb belgilab qо‘yilgan.

Yuqorida qayd etilgan tо‘rt negizning har biri yo bevosita, yo bavosita xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’naviy boyligi – pand, о‘gitlari, el-yurt qadrini e’zozlash, millatimiz g‘ururini himoya qilishdek oliy tuyg‘ular bilan bog‘lanadi. Haqiqatan ham, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, avvalo, milliy qadriyatlarga sadoqat mezoni bilan о‘lchanadi. Zero о‘z qadrini bilmagan farzand о‘zganing qadriga yetmaydi. Xalqimiz og‘zaki ijodidagi asarlarda esa aynan ana shu g‘oya о‘z ifodasini topgan.

“О‘zbekiston buyuk kelajak sari” asarida ilgari surilgan fikrlar izchillik bilan hayotga tatbiq etila boshlandi. Xalq yurtboshi tomonidan aytilgan har bir mulohaza bevosita davlat siyosati sifatida rо‘yobga chiqishiga ishondi. Bunday misollar xalq og‘zaki ijodi ham davlat maqomiga ega ekanini tasdiqlaydi.

Kadrlar tayyorlash “milliy dasturi”ga muvofiq О‘zbekiston maorifi sohasida yangi bir tizim sifatida vujudga kelgan Akademik litseylarda yarim yil davomida “О‘zbek xalq og‘zaki ijodi” nomi bilan maxsus kurs о‘tish rejalashtirildi. Kasb-hunar kollejlarida ham dars soatlari ajratildi. Tо‘g‘ri, umumta’lim maktablarida ham xalq og‘zaki ijodi haqida ma’lumot beriladi. Ammo bu ma’lumot 5-9-sinflarda har yili 2-4 soat hajmda bо‘lib, bir safar о‘qitilgan mavzu kelgusi yilgacha о‘quvchi yodidan kо‘tariladi. Oliy о‘quv yurtlarida esa xalq og‘zaki ijodi darslari faqat Filologiya, О‘zbek tili va adabiyoti, Jurnalistika fakultetlarida mavjud. Hozirgi vaziyatda о‘rta ma’lumotga ega har bir yosh yigit-qiz uchun og‘zaki ijodimiz merosidan bahramand bо‘lish imkoni yaratildi. 

Keyingi yillarda davlat tomonidan xalq qadriyatlariga e’tibor berilishi natijasida og‘zaki ijod durdonalariga bо‘lgan qiziqish ancha jonlandi. Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar materiallari ayrim folklorshunoslar bildirgan xalq og‘zaki ijodida tanazzul jarayoni boshlangani haqidagi fikrlarning u qadar tо‘g‘ri bо‘lmay qolganini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, 2009, 2010 yillarda Toshkent viloyatining Angren, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Chiroqchi tumanlariga, Shahrisabz shahri qishloqlariga qilingan safarlar doston, qо‘shiq, ertak, topishmoq, о‘lan janrlarida yozib olingan matnlarga boy bо‘ldi.

1998 yilda Fozil Yо‘ldosh ijro etgan “Alpomish” dostonining tо‘liq matni “Sharq” nashriyot – matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr ettirildi. Agar dostonni 1928 yilda Mahmud Zarifov yozib olgani, shu paytgacha faqat turli qisqartirishlar bilan nashr etib kelingani nazarda tutilsa, mazkur kitob biz uchun ne qadar aziz ekani ma’lum bо‘ladi.

1999 yil 9 noyabr kuni esa “Alpomish”ning ming yillik tо‘yi nishonlandi. Bu tantanada sо‘zga chiqqan yurtboshimiz Islom Karimov dostonning millatimiz g‘ururini tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ehtirosli sо‘zlar bilan izhor etdi:

“Alpomish” - о‘zbekning о‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga о‘tkazib kelayotgan qahramonlik qо‘shig‘idir”.3

Nutqda dostonning xalq tarixiga oid ma’lumotlarga boy ekani, yosh avlodni tarbiyalashda juda muhim ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Yurtimiz boshlig‘ining dostonga nisbatan hurmati quyidagi jumlada о‘z ifodasini topgan: “Aslida xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bо‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shohbaytidir”.4

Xalq og‘zaki ijodiga bu qadar yuqori baho berishning chuqur ildizi bor. 1997 yil 29 avgust kuni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida Islom Karimov mamlakat kelajagini belgilovchi “Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” deb atalgan nutq sо‘zladi. Mazkur nutda shunday fikr beriladi: “Chor Rossiyasining Turkiston о‘lkasidagi general-gubernatori M.Skobelev: “Millatni yо‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yо‘q qilsang bas, tez orada о‘zi tanazzulga uchraydi”, - deb aytgan gapini eslashning о‘zi kifoya qiladi”.5

Ma’lum bо‘ladiki, madaniyat, san’at, til xalqning xalq sifatida ravnaq topishining bosh omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san’at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir.

Shuning uchun ham 1997 yilda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar” alohida bо‘lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. Unda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta’kidlanadi.

Bugungi kunda esa mustaqil о‘zbek xalqi madaniy hayotida qator yangiliklar rо‘y bermoqda. Jumladan, “О‘zbekiston xalq baxshisi” unvonining ta’sis etilishi, “Boysun bahori” bayramlarining о‘tkazilishi о‘zbek xalqi о‘tmishi bilan bugungi kunini bog‘lovchi о‘ziga xos kо‘prik bо‘lib xizmat qilmoqda.

2008 yilda “Ma’naviyat” nashriyoti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb atalgan kitobini nashrdan chiqardi. Avvalo, aytish kerakki, kitobxon asarning boshidan oxirigacha xalq qadriyatlari, о‘tmish madaniyat, tarix haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar bilan tanishadi. Ayniqsa, muallifning xalq og‘zaki ijodiga bо‘lgan hurmati har bir sahifada aniq ifodalanib turadi:

“Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qо‘lyozmalar... bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”6.

Shuningdek, mazkur asarda yurtboshimiz “Alpomish” dostoni haqida yangi fikrlarni bayon etar ekan, ibratli xulosaga keladi: “Demak, xalqimiz bor ekan, - deydi u, - “Alpomish” dostoni ham barhayot”.7 

Muallif turli mavzular yо‘nalishida о‘z mulohazalarini izhor qilar ekan, ularning yanada tushunarli bо‘lishi uchun “Bilagi zо‘r birni, bilimi zо‘r mingni yiqar”, “Qush uyasida kо‘rganini qilar”, “Mahalla – ham ota, ham ona”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Uyat – о‘limdan qattiq”, “Kuch - adolatda” kabi maqol va buyuk ajdodlarimizning dono sо‘zlaridan foydalangan. Natijada, bu namunalar yurtboshimizning avvalgi nutq va asarlaridan о‘rin olgan “Vatanni sevmoq iymondandir”, “milliy о‘zlik”, “xalq boshiga tushgan xavf”, “mudhish voqealar oldida holva bо‘lib qolish”, “chalamullalar”, “ishingiz bitsa, bо‘lgani” kabi xalqona ibora va hikmatli fikrlar qatorini tо‘ldiradi.



Xullas, xalqimiz og‘zaki ijodining davlat maqomida e’zozlanishini О‘zbekistonning mustaqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida baholash mumkin. Yurtimiz barkamol avlodini xalq og‘zaki ijodidan mukammal ma’lumotga ega bо‘lmagan holda tasavvur qilib bо‘lmaydi. Chunki og‘zaki ijod dostonlarida vatanga xiyonat qilgandan kо‘ra о‘limni afzal bilgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtini birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, о‘z Vatanini ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilgan Gо‘rо‘g‘li, oilasini muqaddas bilgan Kuntug‘mish madh etiladi. О‘zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg‘ulari qо‘shiqlarda eng gо‘zal ichki kechinmalar sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy orzu-havaslari namoyon bо‘ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod о‘zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanini anglab yetadi.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish