1-mavzu: Mexanik harakat. Tekis tezlanuvchan harakat. Aylana bo’ylab harakat



Download 16,46 Kb.
Sana21.07.2021
Hajmi16,46 Kb.
#125093
Bog'liq
1 mavzu Tursunboyeva Dildor


1-mavzu: Mexanik harakat. Tekis tezlanuvchan harakat. Aylana bo’ylab harakat.

Fizika tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari va qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fan. Fizika fanini birinchi bo‘lib qadimgi yunon mutaffakkiri Aristotel (e.a. 384-322 y.) o‘zining kitobida bayon etgan. Olimlar tabiatni ko‘p asrlar davomida o‘rganib, materiya harakatsiz yashay olmaydi, harakatni materiyadan ajratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi, ya’ni harakat materiyaning ajralmas xossasidir, degan xulosaga keldilar. Harakat deganda materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlari bir turdan ikkinchi turga aylanishlari va barcha jarayonlar tushuniladi. Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog‘lanishni ochish va o‘rganish har bir qanday fan tarmog‘ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni bilish esa inson qo‘liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishiga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o‘tmishni izohlashga yordam qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga ishlatish mumkin.

Fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu fanlarning barchasining alohida bo‘limlari bor: astronomiyada – astrofizika, kimyoda – fizikkimyo, agronomiyada – agrofizika, metallshunoslikda – metallofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin. Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Texnikaning taraqqiyoti o‘z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi. Fizika ishlab chiqarishning taraqqiyotiga tegishli tabiiy fanlar orqali ham, bevosita ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Fizikaning ishlab chiqarishga elektr energiya, barcha transport turlari, radioaloqa, teleko‘rsatuv, yadro energiyasini va hokazolarni ochib berganini eslashning o‘zi yetarlidir.

Zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning bir-biriga aylinishini, shuningdek, modda va maydon xossalarini o‘rgatadi. Fizika taraqqiyoti davrida bir qancha tushunchalar sistemasi vujudga kelgan va bular orqali barcha fizik hodisalar, fikrlar, qonunlar va hokazolarni ta’riflash mumkin. Ana shunday tushunchalardan: fizik jismlar, fizik sistema, fizik hodisa va fizik muhit deb ataluvchi tushunchalar.

Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Masalan, turli moddalardan tashkil topgan Quyosh, auditoriya, xonadagi havo, chang zarralari, dengiz, avtobus va hokazolar fizik jismlar. Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. Fizik hodisalar deb, modda zarrachalari, atom yoki molekulalari o‘zgarmas qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, suvning qaynashi yoki muzlashi, avtobus va samolyotning harakati va shu kabilar fizik hodisalardir.

1. Mexanika deb, materiyaning eng sodda harakati, jism yoki ular qismlarining bir-biriga nisbatan ko’chish haqidagi malumotga aytiladi.

2. Jismlarning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan vaqt o’tishi o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Binobarin, jismlarning harakati ham, tinch holati ham nisbiydir.

3. Modiy nuqta deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o’lchamlari juda kichik va shakli nazarga olinmasa ham bo’laveradigan jismlarga aytiladi.

4. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda qoldirgan iziga harakatning trayektoriyasi deyiladi.Harakatlar trayektoriya shakliga qarab 2 turga bo’linadi, to’g’ri chiziqli va egri chiziqli.

5. Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig’ida o’tgan trayektoriyasining uzunligi o’tilgan yo’l deyiladi.

6. Harakat trayektoriyasining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga yo’nalgan kesmadan iborat bo’lgan vektor kattalikka ko’chish deyiladi. Moddiy nuqtaning barobar vaqtlar oralig’ida o’tgan maofasiga qarab harakatlar, tekis va notekis harakatlarga ajraladi.

7. Tekis harakat deb, barobar vaqtlar oralig’ida bir xil masofalarni o’tadigan harakatga aytiladi.

8. Notekis harakat deb, barobar vaqtlar oralig’ida har xil masofalarni o’tadigan harakatga aytiladi. Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko’chishiga qarab, jismning harakati ilgarilanma va aylanma harakatdan iborat bo’ladi. Notekis harakatda tezlanish vektori va moduli o’zgarib turadi.

9. Ilgarilanma harakat deb, jismdagi ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi ixtiyoriy to’g’ri chiziq o’z-o’ziga paralellligicha qoladigan harakatga aytiladi.

10. Aylanma harakat deb, jismning barcha nuqtalari paralell tekisliklardagi markazlari bir to’g’ri chiziqda yotganda aylanalar chizadigan harakatga aytiladi.

11. Harakatni uning sabablarisiz tekshiradigan mexanikaning bir bo’limiga kinematika deyiladi.

12. To’g’ri chiziqli tekis harakat deb, barobar vaqtlar oralig’da bir xil masofalarni o’tadigan va trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lgan harakatga aytiladi.

13. Tezlik deb, vaqt birligi ichida o’tilgan yo’lga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi. Harakatning yo’nalishi va tezkorligini xarakterlovchi fizik kattalikka tezlik deyiladi.

14. To’g’ri chiziqli o’zgaruvchan harakat deb, trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat va barobar vaqtlar oralig’ida har xil masofalar o’tadigan harakatga aytiladi.

15. O’zgaruvchan harakatning o’rtacha tezligi deb, ma’lum vaqtda o’tilgan yo’lni shu vaqt ichida tekis harakat bilan bosib o’tilgan harakatning tezligiga aytiladi.

16. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat deb, trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat va barobar vaqtlar oralig’da oniy tezligi bir xil o’zgargan harakatga aytiladi.

17.To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakatning tezlanishi deb, vaqt birligi ichida tezlikning o’zgarishiga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.

18. Harakatning turlari.

1) a>0 bo’lsa, harakat tekis tezlanuvchan bo’ladi.

2) a<0 bo’lsa, harakat tekis sekinlanuvchan bo’ladi.

3) a=0 bo’lsa, harakat tekis bo’ladi.

19. Tezlik va tezlanish yo’nalishi bir xil bo’lsa, bu tekis tezlanuvchan harakat bo’ladi.

20. Tezlik va tezlanish yo’nalish qarama-qarshi bo’lsa, bu tekis sekinlanuvchan harakat bo’ladi.

21. To’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining moduli va yo’nalishi o’zgarmas saqlanadi.

22. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining moduli tekis ortib, yo’nalishi o’zgarmas qoladi.

23. Notekis harakatda tezlanish vektori va moduli o’zgarib turadi.

24. To’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakatda tezlik vektorining moduli tekis kamayib yo’nalish o’zgarmaydi.



25. Tezlik va tezlanish o’zaro tik (perpendikulyar) bo’lsa, aylanma harakat bo’ladi. 26. To’g’ri chiziqli tekis harakatning tezligi bir vaqtda ham oniy ham o’rtacha tezlikdir
Download 16,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish