1-MAVZU: KIRISH.FANNING RIVOJLANISHI
Reja:
1.
Organik kimyoning rivojlanishi.
2.
A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi.
3.
Оrganik birikmalar orasida boruvchi jarayonlarning sinflanishi.
4.
Organik birikmalarning sinflanishi
.
Organik kimyo organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining
kimyosini o’rganuvchi fandir.
Molekulasi tarkibida uglerod atomi bo’lgan birikmalarga organik
birikmalar deyiladi.
Organik birikmalar tarkibida ugleroddan tashqari ko’pincha
H, O, N,
ba’zan
S, P,
galogenlar va ayrim
metallar (alohida-alohida yoki turli xil
kombinatsiyalarda) bo’ladi.
Organik kimyo – kimyoning katta va mustaqil bo’limi bo’lib, uning mavzu
bahsi uglerod birikmalarining kimyosidir: bu fan ularning tuzilishi, xossalari,
olinish usullari, amalda foydalanish imkoniyatlarini o’rganadi. Anorganik va
organik kimyo orasiga amalda keskin chegara qo’yib bo’lmaydi.
Organik kimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlarini 4 ta davrga ajratish mumkin: