1-Mavzu: Kirish. Axborot tushunchasi. Reja


-Mavzu: Turli antivirus dasturlarini o’rnatish va ulardan foydalanish Reja



Download 2.34 Mb.
bet7/18
Sana29.08.2021
Hajmi2.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
4-Mavzu: Turli antivirus dasturlarini o’rnatish va ulardan foydalanish

Reja.

  1. Ofis dasturlari paketi va uning tarkibi

  2. Zamonaviy matn protsessorlari va ularning imkoniyatlari.

  3. Gipersslkalar, rasmlar bilan ishlash

  4. Murakkab jadvallar bilan ishlash

Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o‘z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko'zlab axborotni “o'g'irlash”, “buzish”, “keraksiz ma’lumotga to‘ldirish”, axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari ham uchrab turadi. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.

Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafaqat mutaxassislarni, balki, barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o'ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib kelayotganiga bog'liq.

Axborot” tushunchasiga yondashuv ham tubdan o'zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko'proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o'ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o‘zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o'nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot “o‘g‘rilari”ni (axborot o‘g‘rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo'lgan) yangi pog'onaga ko'tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta’minotga ega bo'lgan malakali dasturchi dunyoning istalgan burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, Internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o‘z xonasidan chiqmasdan o'zlashtirib olishi (o‘g‘irlashi), ularni g'arazli maqsadlarda o'zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o‘z-o‘zidan axborotni himoyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi.

Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida yaratildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlarigabog'liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq, bank tizimi, transport va boshqa sohalarda boshqaruv va tashxis ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy sohada ham alohida o‘rin tutadi.

Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘o~ nasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o'ziga jalb etdi. Ular yetarli texnik va dasturiy vositalarga ega bo‘lib, qiyinchiliksiz maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarni amalga oshirishlari mumkin bo'lib qoldi. Adliya, krimina- listika, milliy xavfsizlik sohasi mutaxassislari yangi, kutil- magan muammoga duch kelib qoldi.

1 971-yil AQSHning “Nyu-York Penni Central Reylroud” temir yo‘l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo'qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo'qolgani aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshi­rish natijalari vagonlar yo'qolishining sababi kompyuterga atayin noto‘g‘ri manzil kiritilganida ekanini ko'rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi “elektron jinoyat” edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu “elektron jinoyatchilar”ga ham yangi imkoniyatlar yaratib berdi. Bunday xavflarning oldini olishning bir qancha chora- tadbirlari mavjud. Ularga rioya qilish xavfni butunlay bartaraf etmasa-da, sezilarli darajada kamaytiradi. Quyida ushbu chora-tadbirlarning asosiylari keltirilgan.

Shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish.

Internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish.

Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish.

Kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.

Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko'rish maqsadida o‘g‘irlashga arziydigan qimmatli axborot bo'lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o'chirib yuborishi yoki foydalanib bo'lmaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri(Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter xavfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi bilan bog'liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko'chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muhim ma’lumotlarni o‘chirish, sistema fayllarini “buzish” kabi ishlarni bajarish xususiyatiga ega bo'lib, dasturiy vosita­lardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. Axborotni o‘g‘rilardan himoya qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo'ldi.

Kompyuterdagi ma’lumotlami viruslardan himoya qilish uchun AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan antivirus dasturlar ishlab chiqarilmoqda.

Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlari keng tarqalgan:

DrWeb for Windows

AVP Platinium

Norton Antivirus

McAfee

Aidstest

NOD32

Vimslaming asosiy maqsadi kompyuterlami bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilami kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.

Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi. Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘zi ko‘payuvchi dasturlar mexanizmi nazariyasini taklif qiladi.

Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi virus yaratildi.

Hozirgi paytda ijtimoiy axborot texnologiyalarida spam va fishing viruslari keng tarqalmoqda.

Kompyuteming vimslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:

  • ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo‘ladi;

  • kompyuterda noma’lum dasturlaming ishga tushishi;

  • kompyuter tez-tez “osilib” qolishi yoki sekin ishlashi;

  • fayllar yo‘qolib yoki kengaytmasining o‘zgarib qolishi.

Oldinlari turli ko‘ngilochar dasturlar jamlangan ma’lumot tashuvchi disketlar virus tarqalishining asosiy vositasi hisoblangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, lokal va Internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan vimslar asosiy xavf manbaiga aylanib bormoqda.

Fayl-viruslaming tarqalish mexanizimi .exe fayllaming boshlang‘ich qismlariga joylashib, o‘z-o‘zini ko‘paytirishga asoslangan. Ushbu vims ma’lum davrda uxlash holatida saqlanishi mumkin va zararlangan faylni vaqt-soati kelganda ishlatilishi natijasida kompyuter faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqdagi barcha .exe fayllar orqali halokatli vaziyatlami hosil qilishi mumkin.

Hozirgi paytda vims tarqalishida fleshkalar, raqamli fotoapparatlar, mobil telefon va smartfonlar asosiy omilga aylanib bormoqda.

Troyan nomi ostida ma’ lum bo ‘ lgan vims kompyuter xotirasiga biror ochiq dasturiy ta’minot ko‘rinishida kiradi va axborotni yig‘ish, kerakli manzilga jo‘natish, kompyuter tizimini ishdan chiqarish, kompyuter resurslaridan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish vazifalarini bajaradi.

Internet tizimlarida yaratilayotgan turli dasturiy ta’minotlaming mavjud yetishmovchiliklardan foydalanishga mo‘ljallangan “chuvalchang” viruslari keng tarqalgan.

Viruslami kompyuter xotirasiga kirib olishini istisno qilish uchun quyidagi xavfsizlik tadbirlariga amal qilish lozim:

  • adminstratoming alohida imkoniyatlar yaratuvchi yozuvlaridan zarurat tug‘ilmasa, foydalanmaslik;

  • shubhali manbalardan kelgan noma’lum fayllami ishga tushirmaslik;

  • tizimli fayllami ruxsatsiz o‘zgartirmaslik.


Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat