1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish reja



Download 0,56 Mb.
bet1/16
Sana31.08.2021
Hajmi0,56 Mb.
#160654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-мавзу маъруза матни


1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH

Reja:

1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar

2. Iqtisodiyot fanining predmeti va vazifalari. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).

3. Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig`i va uning qo`llanishi

4. Iste`molchi imkoniyati tushunchasi

1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar

Insonlarning talab-ehtiyojlari ko’p va turlichadir. Biologik tuqtai-nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy boshpana bo’lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar o’z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko’proq xizmatlar va mahsulotlarga ehtiyoj sezadilar. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki suv idishlardagi chiroyli qadoqlangan suv, salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Insonlar o’rmonlardan maymunjon va yong’oqlarni terib yemay, balki xushxo’r saladlar, mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish borasida ham avvalgi ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng sodda kiyim-kechaklarni emas, balki qimmatbaho kiyim-kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni xohlaymiz, albatta. Avvalgidek insonlar chaylalarda emas, balki ko’p qavatli binolarda, xashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Inson ehtiyojini chek-chegarasi yo’q. Insonning baxtiga yer, foydali qazilma boyliklar, ish qurollari, texnika, mehnat qilish va boshqaruvchilik salohiyati kabi ishlab chiqrish resurslari mavjud. Xuddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo’llanilib, bizga mahsulotlarni ishlab chiqarishda va ko’pgina iqtisodiy talablarimizni qondirishda yordam beradi. Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondirish uchun bizdagi mavjud resurslar chegaralangan. Shuning uchun biz muqobil tanlov qilishga majburmiz. Bu haqiqat esa iqtisodiyot iborasini tushunishga yordam beradi va o’z o’rnida, iqtisodiyot atamasi xomashyo va resurslar insonlarni butun ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lmaganligidan, iqtisodiyot fani – kishilar, institutlar va jamiyat ushbu cheklangan resurslarni qanday optimal (eng yaxshi) tanlovni amalga oshirishni o’rgatuvchi ijtimoiy fan hisoblanadi.

Tabiiyki, savol tug`iladi, biz nima uchun men iqtisodiyotni o'rganishimiz kerak? Keling, yo'llarini sanab chiqamiz.


  • ba`zi odamlar yaxshi ish topish uchun iqtisodni o'rganadilar;

  • ba'zi odamlar inflyatsiya va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni chuqurroq anglab etish maqsadida o`rganadilar;

  • ba`zilar esa qanday chora-tadbirlar global isishni sekinlashtirishi yoki maxsus savdo markalari hamda "Xitoyda ishlab chiqarilgan" degani nimani anglatishini tushunishni xohlashadi.

Iqtisodiyot fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi.

Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. SHuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:



  1. ishlab chiqarish jarayoni;

  2. ayirboshlash jarayoni;

  3. taqsimlash jarayoni;

  4. iste’mol qilish jarayoni.

SHunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq bo‘ladi.

Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganli-gidir. Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir.

Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot fanida ehtiyoj deb ataladi.

Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:

a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;

b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;

v) tabiiy-geografik sharoitlar;



g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;

d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;



e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish