1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari



Download 45,6 Kb.
bet1/9
Sana20.09.2022
Hajmi45,6 Kb.
#849600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolik mustaqil ishlar

Namangan Davlat Universtiteti Yuridik fakulteti


Yurisprudensiya( faoliyat turlari bo’yicha) yo’nalishi
KYU.AU-20 guruh talabasi
Abdumalikov Azamatjonning
Fuqarolik huquq fani dan tayyorlagan
mustaqil ishi
1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari
Nazariy savollar.
1.Xususiy va ommaviy huquq oʻrtasidagi nisbatni fuqarolik huquqi misolida tushuntirib bering. Aynan qanday xususiyatlari bilan fuqarolik huquqi xususiy huquq tizimiga mansub sanaladi?
Javob.
Jamiyatda barcha huquq sohalari yagona huquq tizimini tashkil etadi. Ushbu huquq sohalari odatda ikki asosiy huquq tizimilariga ajratiladi: ommaviy huquq va xususiy huquq tizimlari. Ommaviy huquq tarkibiga kirgan huquq sohalari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar tikka chiziq (vertikal) ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan munosabatlardan iborat.Xususiy huquq ham muayyan huquq sohalaridan tashkil topgan huquq tizimidan iborat. Ushbu tizimga kirgan huquq sohalari vositasida jamiyat a’zolari, davlat tashkilotlarining xususiy manfaatlari ifodalangan, mustaqillik va yakka mulkdorlarning (jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar) tashabbuskorligiga asoslangan munosabatlar tartibga solinadi. Bunday munosabatlar yoyiq chiziq (gorizontal) ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni bir tarafning ikkinchi tarafga huquqiy jihatdan bo‘ysunishiga asoslanmagan, mustaqillik va teng huquqqa ega bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardan iborat
2. Mulkiy munosabatlar fuqarolik huquqini predmetini tashkil etadi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlarini ochib bering?
Javob.
Mulkiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar, u mohiyatan moddiy-iqtisodiy munosabat hisoblanadi. Ya’ni, turli moddiy ashyolar, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari, umuman kishilarning fuqarolik huquqining boshqa subyektlarini xuddi shunday mahsulotlarni yaratish, egallash, f oydalanish.
3. Ma’lumki huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar doirasi turli huquq oilalari tizimida turlicha harakterga ega. Sizningcha fuqarolik huquqining manbalari qanday oʻziga xos xususiyatlarga ega?
Javob. Fuqarolik huquqiy normalar asosan muayyan ekvivalentlik (barobarlik, teng qiymatlik) bo‘yicha belgilanadigan qiymat, baho, hajm, miqdor bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko‘riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy munosabatlardagi ekvivalentlik subyektlarni manfaatdorligini va adolatni ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Fuqarolik huquqiy normalar orqali moddiy-iqtisodiy munosabatlar maxsus yuridik shaklda ya’ni, mulkiy huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiriladi va mustahkamlanadi.
4.Sud amaliyoti mamlakatimizda sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik qonun hujjatlari va sud amaliyoti oʻrtasidagi nisbatga baho bering. Qanday doiradagi normativ hujjatlar fuqarolik qonun hujjatlari hisoblanadi?
Javob.
FK 2-moddasi oltinchi qismiga ko‘ra bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Demak ushbu munosabatlardan boshqa barchasi uchun fuqarolik qonun hujjatlari qo’llaniladi.
Kazuslar.
Reklama agentligi jismoniy va yuridik shaxslardan reklama buyurtmalarini qabul qilish uchun ommaviy oferta e’lon qildi. Bu e’longa asosan “Baraka” MChJ va xususiy tadbirkor Akramov agentlikka oʻzlarining turdosh mahsulotlarini reklama qilish uchun murojaat qildi. Agentlik “Baraka” MChJdan koʻp foyda kelishini hisobga olib, xususiy tadbirkor Akramov bilan shartnoma tuzishni rad etdi. Agentlikning harakatlari qonuniy asosga egami? Fuqarolik huquqida taraflarning tengligi deganda nimani tushunasiz?
Javob. Haqiqatdan ham fuqarolik kodeksining 1- moddasida shuningdek konstitutsiyamizning 18- moddasiga asosan barcha fuqarolar bir hil huquq va erkinliklarga ega hisoblanadi. Fuqarolik huquqining tamoyillari orasida fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarining tengligii tamoyili mavjud va unga muvofiq barcha fuqarolik huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar teng huquqli hisoblanadi.Bir tarafdan olganda agentlik harakatlari natogri chunki yuqorda aytib otilganidek barcha shaxslarfuqarolik huquqiy munosabatlarda teng hisoblanadi. Lekin masalaning 2-tarafi ham mavjud, ya’ni fuqarolik huquqi tamoyillarining ichida shartnomalar erkinligi tamoyili ham mavjud va shunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxlslar F.K ning 354-moddasida belgilab qoyilganidek istalgan shartnomani tuzishga va istalgan shartnomani tuzmaslikka haqqi bor va shuning uchun bir tarafdan qaraganda ageentlikning ham harakatlari to’g’ri bo’lishi ,mumkin.
2. Fuqaro Aliyev oʻzinig yer uchastkasida yetishtirgan qoʻziqorin mahsulotini sotish uchun “Yerqoʻrgʻon” bozoriga olib keladi. Shu hududda aholi oʻrtasida qoʻziqorindan zaharlanish hodisasi roʻy berganligi sababli sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari insonlarni hayoti va sogʻligʻini himoya qilish maqsadida bu mahsulotni sotishni ta’qiqladi. Fuqaro Aliyev oʻz mahsulotlarini respublika hududida erkin sotish huquqi borligini vaj qilib sudga murojaat qildi. Fuqaro Aliyevning e’tirozi qonuniy asosga egami? Tovarlarning erkin harakatda boʻlishi tamoyilining mohiyati nima?
Javob.
Tovar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi butun hududida erkin harakatlanish tamoyili. Mamlakatimiz hududi yaxlit iqtisodiy-huquqiy maydon hisoblanadi. Ushbu hududda fuqarolik huquqi subyektlari turli tovarlar, ishlar, xizmatlar, moliyaviy mablag‘larni erkin muomalasidan bahramand bo‘lish huquqiga egadirlar. Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarni hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni ta’minlash, tabiiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan hollarda tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonun hujjatlarida joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari mamlakatimizda barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy jihatdan bab baravar muhofaza qilinishi, mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi, qonunda nimaiki ta’qiqlanmagan bo‘lsa ruxsat berilishi, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyili asosida harakat qilishi kabi tamoyillar ham mavjudligi to‘g‘risida adabiyotlarda fikrmulohazalar mavjud. Fuqarolik huquqining ayrim kichik sohalari va institutlari jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, intellektual mulk huquqi, mualliflik huquqi, vorislik huquqi ham o‘zining alohida tamoyillariga ega. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu vaziyatda fuqaroning harakatlari natog’ri chunki agar odamlar xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar bo’lsa davlat organlari tovarlaran malum paytda va ma’lum joyda foydalanish huquuqini cheklashi mumkin.
3.Da’vogar X.X.Alimov javobgar Yu.S.Maxmudova ustidan sudga murojaat etib, 2008 yil 03 iyun kunidagi hadya shartnomasiga asosan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Muqimiy koʻchasi, 27-uy unga tegishli ekanligini, hozirgi kunda javobgar Yu.S.Maxmudova nizoli uyda doimiy roʻyxatda tursada, lekin 2012 yilning 12 dekabr kunidan buyon yashamasligini, da’vogar esa javobgar uchun ham kommunal toʻlovlarni toʻlash ogʻirlik qilayotganligini, shu sababli sudga mazkur da’vo arizasi bilan murojaat qilishga majbur boʻlganligini, bu kabi ishlar bundan oldin fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudida koʻrilganligini ta’kidlab, mazkur sudning hal qiluv qarorini na’muna qilib, yuqoridagilarni inobatga olgan holda suddan javobgarni nizoli xonadondan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topishini soʻragan. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering? Bir sudning qarori Oʻzbekiston hududida ikkinchisi uchun manba boʻladimi? Sud pretsedenti manba boʻladigan davlatlar qaysi huquq tizimiga mansub?
Javob.
Ushbu vaziyatga huquqiy baxo beradigan bo’lsak, 2001-yil 14- sentabrda Oliy sud plenumining ,, Uy- joy nizolari bo’yicha sud amaliyoti haqida’’ gi qarori qabul qilingan va unga muvofiq uy joy bilan bog;liq nizolar sudlar tomonidan ko’rib chiqiladi. Ushbu vaziyatda fuqaro oldin qabul qilingan sudning hal qiluv qarorini emas ba;ki o’zi yangitdan davo qilishi zarur edi. Shuningdek, 2021-yil 28- iyulda qabul qilingan ,,Sudlar to’g’risida’’ gi qonunga muvofiq o’zbekiston respublikaisda sudlar tegishliligi bo’yicha belgilangan tartibda ko’rib chiqib hal qilinadi. Demak, shunga muvofiq O’zbekiston Respublikasida bir sud chiqargan sudning qarori boshqasi uchun asos bo’lishi mumkin emas.Yuridik pretsedent- deganda oldin malum bir munosabat bo’yicha chiqarilgan qarordan kelgusida ham huddi shunday munosabatda manbab sifatida foydalanishga aytiladi.Yuridik pretsedent sud pretsedenti va ma’muriy pretsedentga bo’linadi. Yuridik pretsedent asosan anglo-sakson huquq tizimiga mansub bo’lgan davlatlarda asosiy manba sifatida foydalaniladi.Bizning mammlakatimiz roman- german huquq tizimiga mansub hisoblanadi.
4. Rassom Azizov bilan rasmlar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkor Aliyev Azizovning oʻzi chizgan rasmlarini yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Dastlab Azizov oʻzi chizgan rasmlarni yetkazib beradi. Keyinchalik bu rasmlar bilan birga shogirdlari chizgan rasmlarni ham oʻtkaza boshlaydi. Bundan xabar topgan haridorlar tadbirkordan rasm harid qilmay qoʻyishadi. Bu Aliyevga zarar yetkazadi. Aliev zararni undirishni talab qiladi. Azizov shartnomada rasmlar savdosi haqidagi ma’lumot borligini va u shartnomani adolatli, oqilonalik tamoyillariga amal qilgan holda bajarganini bildiradi. Azizovning talabi toʻgʻrimi? Huquq oʻxshashligi nima, uning qonun oʻxshashligidan farqini ayting?
Javob.Ushbu vaziyatda tadbirkor Aliyev rassom Azizov bilan o’zi chizganrasmlarni yetkazib berish haqida shartnoma tuzadi. Demak, rassom Azizov ushbu vaziyatd shartnoma talablarini haqiqatdan ham buzgan. Huquq analogiyais va qonunn analogiyasi FKning 5-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra fuqarolik huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi). Masalan, intellektual mulkning yangi obyekti yaratilgan bo‘lib, uni huquqiy rejimiga doir qoida belgilanmaganbo‘lsa u holda mavjud unga o‘xshash obyektning huquqiy rejimini belgilovchi qonun hujjati qo‘llaniladi.Agar ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, u holda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni ya’ni, huquq o‘xshashligiga amal qilinadi. Qonun hujjatlarining umumiy negizlari FKning 1-moddasida bel gilab qo‘yilgan bo‘lib halollik, oqillik va adolat talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilariga tashabbus ko‘rsatish, qonunda ta’qiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish