1 Mavzu: Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari Reja


Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari



Download 23.84 Kb.
bet6/9
Sana02.05.2021
Hajmi23.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3.Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari. Davlatning vazifalari – bu davlatning milliy va umumbashariy mohiyati hamda ijtimoiy vazifasini aks ettiradigan asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan iborat. Bu vazifalar davlat hududi doirasida amalga oshiriladigan ichki vazifalar hamda uning hududlaridan tashqarida amalga oshiriladigan tashqi vazifalarga bo‘linadi. Davlat vazifalari doimiy va muvaqqat (favqo‘lodda holatlarda) vazifalarga bo‘linib, bu vazifalar o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turadi.

Bugungi zamonaviy davlatning asosiy vazifalari jamiyatning normal hayoti va taraqqiyotini tashkil etish, shu jamiyat fuqarolari va xalqining huquq, yerkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoyalash, mamlakatning ichki va tashqi ziddiyatlari hamda qarama-qarshiliklarini hal etishga qaratilgan. Davlat ijtimoiy rolining mohiyati barcha fuqarolarining umumiy xohish-irodasini ifoda etgan holda butun jamiyatga ma’lum maqsadlarni nazarda tutuvchi, tashkillashtiruvchi ta’sir o‘tkazishdan iborat. SHuning uchun davlat tomonidan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarishini belgilab byeradigan quyidagi ikki jihati ajratiladi: 1) davlat fuqarolari-ning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari va xohish-irodasini o‘zida qanchalik mujassam etishining ko‘rsatkichi; 2) davlatning ijtimoiy jarayonlarni qanday boshqarayotgani, jamiyat taraqqiyotini ta’minlayot-ganidir.

Bir so‘z bilan aytganda, davlat jamiyatning hayotiy faolyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli vazifalarni bajaradi. Ularning barchasi ma’lum darajada boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lib, boshqaruv tizimi va apparati orqali amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu boshqaruv, u bilan birga davlat apparati ham murakkablashib, takomillashib boradi.

Davlatning boshqaruv vazifasi davlatning deyarli barcha vazifala-rini qamrab olganligi bois, davlatning vazifalari – bu boshqaruv vazifalarining majmuasi sifatida izohlanadi. Davlatning asosiy boshqaruvchilik vazifalari rahbarlik, muvofiqlashtirish, tashkil etish, nazorat, sotsiumni saqlash va rivojlantirish maqsadida qarorlar qabul qilish, uning tuzilishi va faoliyatini tartibga keltirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning har tomonlama faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘lay sharoitlar yaratishdan iborat.

Davlat o‘zining tarkibiy tuzilishi va aloqalariga ko‘ra ko‘ptizim-lilik xususiyatiga ega. Bu tizimda ko‘plab davlat idoralari va boshqa tuzilmalar, ko‘p sonli mansabdor shaxslar va boshqa xizmatchilar, millionlab kishilar ishga solinadi. Davlat boshqaruvida quyidagi tizimlar alohida ajratib ko‘rsatiladi:

1. Boshqaruvchi tizim – davlat boshqaruvi sub’ektini belgilovchi sifatida.

2. Boshqariladigan tizim – butun jamiyat va uning davlat ta’siriga tortilgan tarkibiy qismlari boshqaruv ob’ektlari sifatida.

3. O‘zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlar.

3. O‘zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlar.

Hokimiyatning markaziy idoralari va mintaqalarning o‘zaro aloqalari xususiyatlariga ko‘ra boshqaruvning subordinatsiyali va muvofiqlashtiruvchi shakllari farqlanadi. Muvofiqlashtiruvchi boshqaruv hokimiyatning yagona markaziy idorasi bilan birga to‘liq yoki qisman mustaqillikka ega bo‘lgan joylardagi idoralar ham mavjud bo‘lgan fedyeratsiya yoki konfyerensiya shaklida amalga oshiriladi. Subordinatsiyali boshqaruv unitar davlatlar uchun xos bo‘lgan joylardagi hokimiyatning markazga ma’muriy bo‘ysunishi, quyi boshqaruv idoralariga ta’sir o‘tkazish, yuqori boshqaruv idoralaridan keladigan buyruqlarga majburan bo‘ysundirishiga asoslanadi. Mulk shakllaridan foydalanish mezonlariga ko‘ra, quyidagi boshqaruv turlari: fedyeral boshqaruv; mintaqaviy boshqaruv; munitsipal boshqaruv; xususiy (korporativ) boshqaruv kabilar farqlanadi.

Boshqariladigan ob’ektlarga ta’sir o‘tkazishga ko‘ra, quyidagi soha (fuksional) va hududlar boshqaruvi mavjud: 1) Soha boshqaruvi markazdan to korxonagacha bo‘ysunish bo‘lishini nazarda tutadi. Bunday holat tarmoqda yagona texnikaviy siyosatni joriy etadgan, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo muvozanatni ta’minlaydigan tarmoq vazirliklari orqali amalga oshiriladi. 2) Hududiy boshqaruv ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish hamda mintaqalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy darajasini tenglashtirishga qaratiladi.

Muvaqqat harakat me’yorlarining miqyosiga bog‘liq holda boshqaruv strategik, taktik va tezkor ko‘rinishlarga bo‘linadi. Strategik boshqaruv jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan to‘liq yoki ayrim yo‘alishlar, sohalar, ob’ektlar, hududlar bo‘yicha uzoq muddatli mo‘ljallarni belgiab byeradi, jamiyat rivojining maqsad-lari, vazifalari, strategiyalarini aniqlaydi va boshqaruvning har bir bo‘g‘iniga faoliyat yo‘nalishini byeradi. Taktik boshqaruv – belgilan-gan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlardir. Bu qisqa muddatli boshqaruv bo‘lib, unda mavjud axborot negizidagi strategik mazmunga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar doimo ma’lum davrda yerishilgan natijalar bilan qiyoslanadi. Tezkor boshqaruv joriy yoki tasodifiy chekinishlar natijasida paydo bo‘ladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda aniq vazifalar qo‘yiladi hamda vaziyatdan kelib chiqib, mavjud shart-sharoit asosida ma’qo‘l variant tanlab olinadi.



Download 23.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati