1-mavzu Alisher Navoiy hayoti va faoliyati (1441-1501) reja



Download 477.5 Kb.
bet11/13
Sana20.01.2017
Hajmi477.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

MARDLIK KUYCHISI

O'zbek xalqi Maxtumqulini o'z shoiriday sevib o'qiydi. Buning boisi shuki, Maxtumquli adabiy merosi g'oyaviy mazmuni, falsalty mohiyati, ma'naviy-ruhiy xususiyatlari jihatidan o'zbek mumtoz adabiyotiga juda hamohangdir. Maxtumquli she'rlari o'zbek xalqining ma'naviyatiga, odamgarchiligiga muvofiq mazmunda bitilgan. Maxtumquli nazmining o'zbek mumtoz adabiyotiga hamohangligi yana shundaki, u ham g'oyaviy mundarijasiga, falsafty yo'nalishiga, timsollar tizimiga ko'ra tasavvuf ta'limotiga tayangan. Maxtumquli merosi sahifalaridan eng ilg'or so'fiyona yo'nalishlardan — javonmardlik tariqati nafasi yaqqol ufurib turadi. Shoir deyarli har birshe'rida mardlikning mohiyatini ochib, nomardlikning oqibatini fosh etib, mardlik amaliyotidan saboq berib, uning dasturini bayon etib boradi. Tasavvuf murakkab ta'limot bo'lishiga qaramay,

Maxtumquli o'zining javonmardlik she'riyatini sodda, samimiy va xalqchil bir uslubda yaratgan. Shuning uchun keng xalq ommasi xonadonlarida Maxtumquli she'rlari asosida yaratilgan qo'shiqlar tez-tez yangrab turadi. Shulardan biri «Ko'ring» radifli she'rdir.

Bu she'ri bilan Maxtumquli insonshunoslik sabog'ini, odanini tanish darsini beradi:

Har yigitning aslin bilay desangiz,

Ma'rakada o'tirib-turishin ko'ring,

Birov bilan oshna boiay desangiz,

Avval o'z so'zida turishin ko'ring.

Yigitning ma'rakada o'tirib-turishi uning asli-nasli qandayligini, qanaqa muhitda o'sganligini, nechog'li tarbiya ko'rganligini ko'rsatadi. Shuning uchun Maxtumquli ma'rakada o'tirib-turishni yigitning asilligini ko'rsatuvchi belgi sifatida ta'kidlaydi. Lafzi halollik ham olijanoblikning muhim shartlaridandir. Shu bois, shoir birov bilan oshna tutinishdan avval uning lafzi halolligini sinab ko'rish lozimligini uqtiradi.

Manmanlik, takabburlik yomon xislatlardan biridir. Chinakam davlatmand odam boyligi bilan maqtanmaydi. Maxtumquli puli bilan kerilish pastkashlarga xos xususiyat ekanligini mana bunday yozadi:

Bir pu! tushsa bir iflosning qo'liga,

Ko'ksin ochib kezar qishning ycliga.

Bu misralar bizni kibru havodan saqlanishga chaqiradi. Qiz tanlash, kelin izlash har bir oila va har bir yigitning bo'ynida bor. Shoir bu borada ham nozik did bilan zukko nasihatini aytadi:

Xaridor bo'lsangiz qizga, kclinga,

Adabin, ikromin, o'tirishin ko'ring.

Bular eng oddiy tashqi belgilar. Lekin qizning asil ma'naviy qiyofasi, axloq-odobi mana shu oddiy bclgilarda ham namoyon bo'lishi mutnkin. Birinchi navbatda qizning odob-ikromi, o'tirish-turish madaniyatiga e'tibor bergan yigit adashmasa kerak. Maxtumquli sabog'idan ibrat olgan qizlarimiz ham baxtli bo'lishlari shubhasiz.

Mard yigitning ot-yarog'i shay bo'lsa,

Yetishar har yerda hayda-hay bo'lsa,

O'zi hotam bo'lib, yana boy bo'lsa,

Chor atrofdan mehmon kelishin ko'ring.

Xalqimizda “Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur” degan naql bor. Turkmanlarda yigitning birinchi yarog'i ot hisoblanadi. Maxtumquli mard yigitning ot-yarog'i shay bo'lsa, har qanday maqsadiga erishadi deganida, shunga suyanadi. Yigitning yarog'i hamisha shay bo'lsa, o'zi afsonaviy Hotamday saxiy bo'lsa, yana buning ustiga, boy-badavlat bo'lsa, u orzudagi javonmardning o'zginasi. Bunday olihimmat, mard inson do'stu yor, mehmonu mezbon ardog'ida yashaydi.

Shoir Tangriga shikoyat va iltijo bilan ijtimoiy tengsizlik haqiqatini aytadi:

Bir nechani qilding moli bisyori,

Bir nechani qilding bir pulning zori.

Ayni paytda, insonlami bu dunyo foniyligidan ogoh etadi:

Yaxshi-yomon, odam zotining bori,

Navbat bilan o'tib borishin ko'ring.

Baytdan xulosa shuki, boy va kambag'al, yaxshi va yomon navbati, bilan bu dunyo va uning molu mulkini tark etadi. Shuning uchun, ey insonlar, bu dunyodagi tengsizlik o'tkinchi birsinov, molingizga inonmang. Keyingi band mantiqan shu fikrni davom ettiradi:

Tangri bezor, biling, zakotsiz boydan,

Siz ham qoching zinhor ul kelar joydan,

Mardga bir ish tushsa, ko'rar xudoydan,

Nomardning hamrohdan ko'rishin ko'ring.

Zakot bermaydigan boyning boyligi halol emas. Shuning uchun undan xudo bezor, shoir odamlarni ham haromdan hazar qilishga, zakotsiz boylardan qochishga da'vat etadi. Maxtumquli sabog'icha, boshga qanday kulfat tushsa, uni xudodan ko'rish — musibatni mardlarcha qarshilash, boshiga tushganini boshqalardan ko'rish esa nomardlikdir. Mardningva nomardning qanday bo'lishini Max- tumqulining, xususan, mana shu bandlari yaqqol ko'rsatadi:

Nomard yurar mudom o'limdan qochib,

Uyiga kelganda zaharin sochib,

Mard yigit mehmona ko'ksini ochib,

Nomardning mehmondan qochishin ko'ring.

Tasavvufdagi Xo'jagoni Naqshbandiya tariqatining sarhalqasi Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy o'z vasiyatnomasida o'limga hammavaqt tayyorturish to'g'risidasaboq beradi. Chunki o'limning qachon, qayerda, qanday holatda sodir bo'lishi Ollohning irodasiga bog'liq. O'limga hamisha hozir turish Ollohning qudratiga tan bcrishdan tashqari, javonmardlik belgisi hamdir. O'limdan qochib yurish esa, Maxtumquli aytganiday, notantilik, nomardlikdir. Er yigitning o'z manzilidagi xushmuomalaligi, mehmonnavozligi, har qanday holatda ham mehmonni ochiqko'ngillik, bag'rikenglik bilan kutib olishi mardlik nishonasidir. Nomardlik esa mehmondan qochish, uni ochiq chehra bilan kujib olmaslik, undan manzilini, mol-dunyosini, xizmatini ayashda ko'rinar ekan.

Mana bu baytlarda mardlikning turish-turmushda ko'rinadigan holatlari ajoyib tasvirlangan:

Mard yigitning ishi suhbat — soz bo'lar,

Ko'ngli qish bo'lmayin, doim yoz bo'lar.

Yaxshining ko'nglida gina oz bo'lar,

Yomonning kunda bir urishin ko'ring.

Mard yigit — suhbat va sozga o'ch, xushchaqchaq, uning ko'ngli hamisha yoz havosidek ochiq, taftli, haroratli. Shuning uchun u hammavaqt davralami qizdirib, suhbatga jon kirgizib yuradi, elning nazarida va ardog'ida bo'ladi. Mard kishi ko'nglida gina-kudurat saqlamaydi, nomardning esa boshi urishdan chiqmaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu va shunga o'xshash asarlar mardlikning hayotiy-badiiy falsafasidir. Ular juda sodda ifodalanganidan birozjaydariroq falsafaday tuyulishi ham mumkin. Lekin ularni hayot bilan taqqoslab mutolaa ctsangiz, chuqur mohiyatiga yetasiz. Ayniqsa, Komiljon Otaniyozovday mahoratli hofiz ijrosidagi ashula turini tinglasangiz, asardan benihoya ta'sirlanasiz.



Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik