1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. Tenzorezistorlar p-n o’tish



Download 0.79 Mb.
bet7/10
Sana15.07.2021
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Namlikni o‘lchash

Kimyoviy texnologiya, qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlari hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilayotgan xonalarning namligini aniqlash (misol

uchun, to‘qimachilik kombinatlarida) muhim ahamiyatga ega.

Materialning namligi uning massa birligidagi absolut yoki nisbiy namligibilan belgilanadi. Jismning absolut namligi deb, uning birlik massasidagi suv bug‘lari

massasiga, nisbiy namlik deb, absolut namlikning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta namlikka nisbatiga aytiladi.

Namlikni o‘lchovchi asboblar funksiyasiga elektr o‘tkazuvchanlik (konduktometrik), elektrik singdiruvchanlik (dielkometrik) va yordamchi moddalar-ning elektr va mexanik parametrlarini o‘lchashlar kiradi.

Havoning absolut va nisbiy namligini o‘lchash - da ko‘p hollarda yarimo‘tkazgichli litiy xlorid o‘ zgartkichdan (3-rasm ) foydalaniladi. U himoyalovchi plyonka (2) bilan qoplangan termorezistor (1)dan iborat. Termorezistor ustiga litiy xloridning to‘yingan eritmasi shimdirilgan shisha tolali vtulka (3) o‘rnatilgan. Vtulkaning ustiga kumush yoki platina o‘tkazgich (4) o‘rnatilgan. O‘zgartkich havo kirishi mumkin bo‘lgan korpusga joylashtirilgan bo‘ladi.

3- rasm.


O‘zgartkichning ishlash prinsipi: Ma’lum haroratda litiy eritmasi atrof-muhitning namligini so‘radi. O‘tkazgichdan elektr toki o‘tganda, litiy xloridning harorati oshadi va u kristallanib, o‘tkazuvchanligi kamayadi.

Binobarin, litiy xlorid va uning ichidagi termorezistorning harorati atrof-muhit haroratiga hamda namligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Termorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi.

Sochiluvchan massalar, misol uchun, bug‘doy, sholi, dorivorlar, kimyoviy moddalar namligini o‘lchash uchun elektrostatik o‘zgartkichlar asosida namlik o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan. Sochiluvchan material namunasi silindrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi dielektrik singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini buzadi. Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni namuna namligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun asbob o‘lchanayotgan har bir sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi.

Hozirgi vaqtda tuproqva boshqa sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz o‘lchash uchun radioizotop namo‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop manbai sifatida plutoniy-berilliy birikmalar, qabul qiluvchi uskuna sifatida sekinlashgan neytron hisoblagichlar qo‘llaniladi.

Radioizotop namo‘lchagichlar bilan tuproq, havo va turli sochiluvchan materiallar namligini 1dan 100 foiz diapazongacha, 0,5 foiz xatolik bilan o‘lchash mumkin.

So' ngi yillarda o'ta yuqori chachtotali nam o'lchagichlardan keng foydalanilmoqda. 4- rasmda ularning umumiy funksional sxemasi keltirilgan.



4 – rasm.

O'ta yuqori chastotali elektromagnit to'lqin hosil qiluvchi generatordan to'lqin uzatuvchi antenna orqali namligi o'lchanishi lozim bo'lgan ob'ektga beriladi va undan keyin qabul qiluvchi antenna orqali kuchaytirgich kirishiga uzatiladi.

Kuchaytirilgan signal tarkibidan namlikka proporsional bo'lgan chastotali signal detektor orqali o'lchash asbobiga beriladi. Antennalar orasiga joylashtirilgan ob'ekt o'ta yuqori chastotali to'lqinda faza bo'yicha siljish hosil qiladi va bu o'lchash zanjiri chiqishidagi signalni o'zgarishiga olib keladi.

Shuni aytib o'tish joizki, paxta va uni urug'i hamda boshqa qishloq xo'jalik maxsulotlari va ularning urug'lari namligini o'ta yuqori chastotali nam o'lchagichlar yordamida aniq o'lchash (sxema va konstruksiyalarini takomillashtirish, mikroprotsessor qurilmalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, metrologik, ekspluatatsion xarakteristikalarini yaxshilash, metrologik ta'minotini ishlab chiqish va o'lchash vosita va tizimlarini unifikatsiyalash) sohasida prof. Ismatullayev P.R. rahbarlik qilayotgan ilmiy maktabning salmog'i juda katta.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat