1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. Tenzorezistorlar p-n o’tish



Download 0.79 Mb.
bet1/10
Sana15.07.2021
Hajmi0.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

1-maruza

Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. Tenzorezistorlar. p-n o’tish.

Bu guruhdagi asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog’liq

bo’lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o’zgartirishga asoslangan. Bu

asboblar, asosan, o’lchash qiyin bo’ lgan joylarda yoki laboratoriyalarda tadqiqot

maqsadlarida qo’llaniladi. Ushbu asboblar guruhiga qarshilik, sig’imli, pyezoelektrik, induktiv va boshqa manometrlar kiradi.

Qarshilik manometrlarining ishlash prinsipi sezgir ele ment qarshiligining tashqi bosim ta’sirida o’zgarishiga asoslangan. Sezgir elementlar qatoriga manganin, platina, konstantan, volfram, yarimo’tkazgich va hokazolar kiradi.

Karshilik manometrlarida ko’llash uchun eng kulayi manganindir. Manganin ∆R elektr karshilik orttirmasining R bosimga nisbatan chiziqli bog’lanishiga ega:
(1)

bu yerda Кр — manganin qarshiligining o’zgarish koeffitsiyenti 1/Pa. R—

qarshilik, Om.

Manganin qarshiligining chiziqli bog’lanishi tajriba ma’lumotlaridan 3000 mPa bosimgacha tasdiqlanadi. Bundak tashqari, manganin elektr qarshiligining

temperatura koeffitsiyenti juda kichik. O’zgartgich sezgirligining kichikligi bu

manometrlarni juda yuqori (100 mPa dan ortiq) bosimlarni o’lchash uchun ko’llashga yo’l qo’ymaydi. Manganin uchun Kr = 22,95•10-2 dan Kr = 24,61•10-2 1/Pa gacha.

1-rasmda manganin simli o’zgartgichga ega bo’ lgan manometrning sxemasi keltirilgan. Manometrning korpusi 3 da ikkita germetik metall sterjenlar 4 da manganin qarshilik 2 o’rnatilgan. Shtutser 1 o’zgartgichni obyektga ulash uchun xizmat qiladi. Sterjenlarning ustki qismidagi qisqichlar 5 yordamida o’zgartgich o’lchash asbobiga ulanadi.

1-rasm. Manganinli manometer sxemasi.

O’zgartgichdagi manganinli g’altak qarshiligini o’lchash uchun, odatda ko’priklar, aniq o’ lchovlar uchun esa potensiometrlar qo’llaniladi. Manganin qarshilikli manometrlarning yo’l qo’yadigan asosiy xatosi ±1% dan oshmaydi.

Mamlakatimizda chiqarilayotgan MM-2500 manganinli manometrlar 2500 MPa gacha bosimni o’ lchash imkoniga ega.

Yarimo’tkazgichli datchiklarning pyezokoeffitsiyenti manganinnikidan ming

marta ortiq, lekin datchiklar karshiligining bosimga bo’lgan bog’lanishi nochiziqlidir. Bundan tashqari, katta miqdordagi gisterezis mavjud bo’lib, temperatura ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Yarimo’tkazgichli qarshilik datchiklari

mexanik jihatdan pishiq emas, ular 10 mPa dan ortiq bosimlarni o’ lchashga yaroqsiz.

Elektr qarshilik usuli bo’yicha bosimni o’lchashda sezgir element sifatida

tenzodatchiklar qo’llaniladi. Tenzometrning ishlash prinsipi kuch yoki unga proporsional bo’ lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim

qarshiligining o’zgarishiga aylantirishdan iborat.

2-rasmda tenzometrik o’zgartgich sxemasi ko’rsatilgan. Tenzodatchikning sezgir elementi diametri 0,02 . .. 0,05 mm bo’lgan manganin sim 1 dan iborat. Bu sim bir-biriga yopishgan yupqa qog’oz 2 orasiga sirtmoq shaklida joylashgan.

Simning uchlariga chiqish klemmalari ulangan. Tenzometrning sezgir elementi

elastik element yuzasiga yopishtirilgan. Elastik element bosim ta’sirida deformatsiyalanganda, tenzodatchik simi cho’zilib, uning kesimi kamayadi va

qarshiligi o’zgaradi.

Sezgir element detaliga yopishtirilgan tenzodatchiklar o’lchanayotgan bosim R ni elektr qarshilikning o’zgarishi bilan sezadi. Bu tenzosezgirlik koeffitsiyenti K bilan baholanadi:


(2)

Bunda: ∆R/R — tenzometr qarshiligining nisbiy o’zgarishi; ∆l/lsimning nisbiy deformatsiyasi; К koeffitsiyent qiymati metallar uchun 0,5-4,0 chegaralarida yotadi.



2-rasm. Tenzometrik o’zgartkich sxemasi.
Tenzodatchik elektr ko’prik sxemasiga qarshilikni o’lchash uchun ulanadi. Ko’prikning shkalasi bosim birliklarida darajalanadi. Tenzometrlarning afzalliklari: elektr qarshilikning bosimga bo’lgan bog’ lanishi chiziqli, inersionlik darajasi kichik, asboblarni o’lchash qiyin bo’lgan yerlarga joylashtirish mumkin, xato ±2% dan oshmaydi. Uning kamchiliklari: sezgirlik miqdori juda kichik, temperatura o’zgarishiga bog’ liqlik. Qarshilik manbmetrlari bosimni o’lchashda sanoat texnologik qurilmalarida kam qo’llanadi.

Yuqorida ko’rsatilgan prinsip bo’yicha ishlaydigan EDD-22 tenzomanometr 0,1 dan 0,6 MPa gacha bo’lgan bosimlarni o’lchash uchun mo’ljallangan.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим